Научная статья на тему 'Oila farzand tarbiyasining asosiy bo’g’inidir'

Oila farzand tarbiyasining asosiy bo’g’inidir Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
38
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Oila farzand tarbiyasining asosiy bo’g’inidir»

OILA FARZAND TARBIYASINING ASOSIY BO'G'INIDIR

A'zamov Umarxon

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi

Jumanazarova Gullola

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi Namangan, CTzbekiston

Kishiiik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma'iumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila —jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo'lib, har tomonlama sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma'sul bo'lgan g'oyat muhim tarbiya o'chog'dir.

O'zbek oilasi a'zolarning barchasini savodxon, ma'lumotli deb atasak, xato qilmagan bo'lamiz, ana shu imkoniyatlar ta'sirida o'g'il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo'lib voyaga etmoqdalar.

Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma'naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o'zlari ham tarbiyaning o'ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma'nosiga doir eng yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib turishlari kerak bo'ladi.

O'z farzandlariga oqilona tarbiya bera oigan ota-onalar, umrlarini rohat va farog'atda o'tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko'radilar, dillari asió jaroxat azobini sezmaydi; o'kinish hissiga duchor bo'lmaydilar. Shu to'g'rida o'zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: "Toy ulg'aysa, ot tinadi (ya'ni ot minishdan qutqariladi)".

Oilaning asosiy tayanchi bo'lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko'radi, o'zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.

Ota — oilaning boshlig'i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko'z ilg'amas nuqtalarini ilg'ay olish, oila a'zolariga faqat to'g'ri, haq yo'lni ko'rsatib turishdek insoniy mas'uliyat ota zimmasida turadi.

Ota oilada o'z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o'zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to'g'rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko'rsatadi.

Murg'ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy guliston yoxud Axloq" kitobida quyidagi ibratli o'g'itlarni aytgan edi: "Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim".

Oilada kattalarning obro'si qo'rqitish asosida emas, balki samimiylik, o'zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a'zolarining inoqligi, o'zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o'zga kishilar to'g'risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg'ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi.

Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo'lib yetishishida muhim o'rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo'lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog'lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma'naviy va axloqiy qadriyatlar, acanalar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko'nikma va malakalar manbaidir.

Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo'lib, tarbiyaning mazmuni, yo'nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog'liq.

Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo'ladi, tafakkuri orqali olamni

anglaydi va o'zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ¡jtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi.

Oiladagi ma'naviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lib, oila a'zolarining turmush tarzi ko'p holiarda farzandiarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va xissiyotiarini beigiiab beradi. Demak oila sog'lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas'uldir.

Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e'tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o'zligini taniy boshlaydi.

Komillik insonning adolatli bo'lishi, xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o'z hatolarini anglab, ulardan xalos bo'lishga xarakat qilishi demakdir, ma'naviyatni boyitish, iymon-e'tiqodli, aql-zakovatli bo'lish kishilarni g'aflatdan uyg'otadi, barcha ezgu tilaklarini ro'yobga chiqaradi.

Yosh avlodni barkamol, sog'lom, Vatan tuyg'usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog'liqdir.

Yosh avlodda kelajakka bo'lgan ishonch xissini uyg'otish uchun esa, ajdodlarimizning ma'naviy-axloqiy merosini chuqur o'rgatish, ularning iste'dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo'naltirish maqsadga muvof iqdir.

Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko'payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto'g'ri foydalanishi, o'smirlarning bir qismida hayotga iste'molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi.

Xulosa qilib aytganda oilada bola tarbiyasining milliy o'ziga xos qoidalari mavjud bo'lib, ota-onalar ulardan o'rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma'naviy-ruhiy hotirjamlik, o'zaro totuvlik xukmron bo'lsa, oila a'zolari bir-birlariga g'amxo'r bo'lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg'a siljish bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A. Avloniy. "Turkiy guliston yohud axloq". T., "O'qituvchi". 1994

2. Jamoa. Oila pedagogikasi. T., "Aloqachi", 2007

3. M. Imamova. Oilada bolalarning ma'naviy axloqiy tarbiyasi — T. "O'qituvchi". 1999

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.