Научная статья на тему 'OG’ZAKI VA YOZMA TARJIMANING FARQI VA AFZALLIKLARI'

OG’ZAKI VA YOZMA TARJIMANING FARQI VA AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1992
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sinxron / eslatmalar / simultansion tarjima / yozma va o’g’zaki tarjima / sinxronist / tarjima uslublari haqida tushunchlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Juraali Kamoljonovich Solijonov, Nargiz Odil Qizi Xudoyberdiyeva

Ushbu maqolada tarjima turlari tushunchasini, uning asosida tarjima uslublari, agar og’zaki va yozma tarjimonlar ba’zi talablarni bajarish kerak bo’lsa, u holda uning afzalliklari va farqi haqida so’z boradi. Tarjima usullaridagi leksik va grammatik o’zgarishlardan to’g’ri foydalana bilish mohiyati haqida aytib o’tilgan. Og’zaki va yozma tarjima turlari haqida ma’lumot shuningdek, tarjimaning ichki bo’limlari, usullari va shu asosda qo’yilgan talablar tasrvirlanadi. Bundan tashqari, tarjimonlar tarjima qilish jarayonida duch kelgan muammolarga bo’lgan yechimlar yaqqol sezilib turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OG’ZAKI VA YOZMA TARJIMANING FARQI VA AFZALLIKLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-88-91

OG'ZAKI VA YOZMA TARJIMANING FARQI VA AFZALLIKLARI

Juraali Kamoljonovich Solijonov

Termiz davlat universiteti E-mail: solijonov94@gmail.com ORCID 0000-0001-6394-295X UDK 81.2/.4481.25

Nargiz Odil qizi Xudoyberdiyeva

Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarjima turlari tushunchasini, uning asosida tarjima uslublari, agar og'zaki va yozma tarjimonlar ba'zi talablarni bajarish kerak bo'lsa, u holda uning afzalliklari va farqi haqida so'z boradi. Tarjima usullaridagi leksik va grammatik o'zgarishlardan to'g'ri foydalana bilish mohiyati haqida aytib o'tilgan. Og'zaki va yozma tarjima turlari haqida ma'lumot shuningdek, tarjimaning ichki bo'limlari, usullari va shu asosda qo'yilgan talablar tasrvirlanadi. Bundan tashqari, tarjimonlar tarjima qilish jarayonida duch kelgan muammolarga bo'lgan yechimlar yaqqol sezilib turadi.

Kalit so'zlar: Sinxron, eslatmalar, simultansion tarjima, yozma va o'g'zaki tarjima, sinxronist, tarjima uslublari haqida tushunchlar.

ADVANTAGES AND DIFFERENCES BETWEEN INTERPRETATION AND

TRANSLATION

ABSTRACT

This article discusses the concept of types of translation, translation methods based on it, if oral and written translators need to fulfill certain requirements, then it will be discussed about its advantages and differences, from lexical and grammatical changes in translation methods to It was mentioned about the essence of knowing how to use it correctly. information about the types of oral and written translation, as well as the internal departments, methods and requirements of translation are described. In addition, the solutions to the problems faced by the translators in the

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-88-91

process of translation are clearly visible.

Keywords: Translators, take notes, sinxronist, simultaneous translation.

KIRISH

Mazkur maqolada og'zaki va yozma tarjima turlarining imkoniyatlari mulohaza qilinadi. Tarjima qilinayotgan matnning grammatik kategoriyalarni o'zgarishisiz saqlab qolgan holda tarjima qilish talablari, shuningdek, tarjima usullaridagi leksik va grammatik o'zgarishlardan to'g'ri foydalana bilish mohiyati haqida aytib o'tilgan. Shuningdek, maqolada tarjima jarayonidagi punktatsion tushunchalar o'rganib chiqilgan bo'lib va buning qo'llanishi qachon va qanchalik ahamiyatli ekanligini ochib beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ushbu maqola uchun tadqiqot davomida tarjimaning turlari va usullari muhimligi tushuntirib beriladi.[9] Tarjima usullari ilmiy, badiiy tahlildagi e'tibor berish kerak bo'lgan talablar grammatik kategoriyalar o'rganish,[8]lingvistik muammolar bo'yicha"Roulingning fantastik asarlaridagi antroponimlarning lingvo-perspektiv muammolari"qo'llanmasidan ma'lumotlar olingan.[2] Tarjima turlari, tarjima jarayonida qo'llaniladigan tarjima usularining vazifasi haqida.

NATIJA

Tarjima bir tildagi matnni boshqa tilga ijodiy yondashib qayta yaratishdan iboratdir. Mazkur maqolada tarjima san'ati va tarjima turlari hamda tarjima jarayonlari, uning bugungi kundagi ahamiyati xususida so'z yuritiladi, va shuningdek, tarjimonlar og'zaki va yozma tarjimada o'z bilim va mahoratlarini qanday qilib yaxshilash borasida tushunchalar beriladi. Tarjima turlari va usullaridan foydalanish tarjima sifatini oshiruvchi vosita. Tarjima uchun muhim bo'lgan tarjima usullari va tarjima turlari matnlarni, og'zaki nuqtni yoki asarlarni tarjima qilish jarayonidagi eng kerakli bo'lgan tarjimaning asosiy bo'ginidir.

MUHOKAMALAR

Tarjima bir tildagi matnni boshqa tilga ijodiy yondashib qayta yaratishdan iboratdir. Tarjima turlari shakliga qarab ikkiga: og'zaki tarjima va yozma tarjimaga bo'linadi. Og'zaki tarjima: o'z ichki sinxron va ketma - ket tarjima turlarga, yozma tarjima ham o'z navbatida badiiy, ilmiy va boshqa soha tarjimalariga bo'linadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-88-91

Og'zaki va yozma tarjimaning farqi haqida gapiradigan bo'lsak, og'zaki tarjimada yozma tarjimaga nisbatan ingliz tilini yuqori darajada bilishingiz, yetarlicha ko'nikmalarga ega bo'lishingiz, va shuningdek nutqingiz ravon bo'lishi ya'ni ( to'g'ri talaffuz qila olishingiz, intanotsiyani) to'g'ri qo'llashingiz kerak. Chunki yozma tarjimonlardan farqli o'laroq sinxronistlar (og'zaki tarzda tarjimonni olib boruvchi tarjimonlar) tarjima qilish jarayonida hamkasblar bilan maslahatlashish, kerakli manbaa, lug'atlardan yoki google ilovasidagi tarjima variantidan foydalanish, ingliz tili mutaxassislari bilan bog'lanish imkoniyatlaridan foydalana olmaydi. Sinxron tarjimondan qisqa vaqt ichida o'z ona tilisidan ingliz tiliga yoki ingliz tilidan o'z ona tilisiga tushunarli, aniqroq qilib, nutq mazmunidan uzoqlashmagan holda tinglovchilarga tarjima qilib berish mahorati talab qilinadi, shuningdek, sinxronist bo'lmoqchi bo'lsangiz, to'g'ridan to'g'ri nutq qilayotganingizda, nimagadir tushunmay qolsangiz yoki biron narsani qoldirib ketsangiz o'zingizni erkin, xotirjam his qilishingiz mumkin chunki keyinroq bu xatolarni to'g'irlab, ma'lumotlarni to'ldirib qo'ya olasiz. Bundan tashqari tarjima jarayonida shaxsning Grammatik kategoriyasini saqlab qolish kerak: agar matn muallifi "men" desa tarjimon "men"ni deb tarjima qilish kerak va eng yaxshisi shuki, tarjima qilish paytingizda hammaning e'tibori sizda bo'ladi, ko'z-u quloqlari bilan sizni tinglaydi, bundan, albatta, kayfiyatingizni ko'tariladi va o'zingizni liderlardek his qilasiz. Asosan sinxronistlardan bir vaqting o'zida ham tinglab, tezda mulohaza qilib, to'g'ri va to'laqonli tarjima qilish talab etiladi. Bu tarjima ingliz tilida "simultansion tarjima" deb ataladi. Og'zaki tarjimaning ikkinchi turi bo'lgan ketma-ket tarjima qilish bu bir tildagi og'zaki axborotni boshqa tilga tarjima qilishdir. Tarjimon eng kamida bitta abzasni tinglagandan so'ng tinglash chog'ida yozib olingan eslatma(take-notes)lardan foydalanib nuqtni tarjima qiladi. Yozma tarjimaga keladigan bo'lsak, siz yozma tarjima usullarida yetarlicha ko'nikmalarga ega bo'lishinigiz, va chuqur fikrlash qobilyatingiz bo'lishi kerak. Agar siz badiiy uslubda tarjima qilayotgan bo'lasangiz, siz badiiylikni, tantanavorlikni ifodalab berishingizga to'g'ri keladi, va shuningdek tarjima badiiy bo'lishi uchun leksik va grammatik o'zgarishlardan mohirona foydalanishi kerak: so'zlarning tartibini o'zgartirish, so'z qismlarini almashtirish (inversiya), sabab-oqibat musabatlari va boshqalar. Agarda ilmiy uslubda bo'lsa siz faktlarga asoslanib ilmiy atamalardan foydalangan holda, ilmiy misolar bilan tarjima qilishingiz talab qilinadi. Tarjima nusxa ko'chirish emas, ayniqsa badiiy sohada tarjimon o'z estitikasi bilan ijodiy yondashishi, tarjima qilayotgan asaringizni voqeasini ham uning muallifini ham hayotini badiiy ifodalasa, tarjimon bu sohada

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-88-91

samarali ijod qilgan bo'ladi. XULOSA

Mahoratli tarjimon ikkala turdan qaysi birini tanlashi o'ziga bo'g'liq, chunki kimdir uchun kun bo'yi tarjima qilishga borish osonroq bo'lsa, boshqasi uchun kun bo'yi uyda kompyuterda o'tirib yozma tarjima qilish qulayroq va qiziqarliroq bo'lishi mumkindir. Og'zaki tarjimada imlo qoidalarni bilish va tinish belgilarini to'g'ri qo'yish qobiliyatiga e'tibor berish ahamiyatsizdir, ammo yozma tarjimada bunga e'tibor juda katta.

REFERENCES

1. Solijonov Juraali Kamoljnovich. (2022). Lingua-perspective Problems and Solutions of Translating the Plant and Food Names in the "Harry Potter" books from English into Uzbek. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, Vol 39(No 4,), 221-229. doi: 10.5281/zenodo.6607317 https://doi.org/10.5281/zenodo.6607317

2. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-1 -334-343

3. Kamoljonovich, S. J., & O'G, Y. N. U. B. (2022). BADIIY TARJIMA UCHUN TARJIMA USULLARI TAHLILI (IAN TUHOVISKIY ASARLARI MISOLIDA). Ta 'lim fidoyilari, 18(5), 32-37.

4. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLART("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

5. Dilshodbek Davronbek O'G'Li Qodirov (2022). Og'zaki tarjimada duch keladigan muammolar va ularga qoyiladian talablar. Science and Education, 3 (5), 1961-1965.

6. https: //2ndsun.uz/index.php/yt/article/view/219

7. https://zenodo.org/record/6523187#.Y2ypnHbMLIU

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.