Научная статья на тему 'Og’ishgan xulq shakllarining shaxs axloqining turli ko’rinishlarida namoyon bo’lishi'

Og’ishgan xulq shakllarining shaxs axloqining turli ko’rinishlarida namoyon bo’lishi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4159
249
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
og’ishgan xulq / tahlillar / ilmiy tasavvurlar / raqobat reaktsiya / axloq / anomal / me’yoriy / sog’liq kasallik oldi kasallik / psixologik va patalogik axloq

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulbaxor Ortig’Aliyevna Bekberdiyeva

Ushbu maqolada Shaxsning og’ishgan xulqi bu umumqabul qilingan yoki rasman o’rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloqiy sifatlari va uning turli ko’rinishlarida namoyon bo’lishi yoritilgan . Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmasligidagi asosiy vaziyatlar va ularning salbiy va ijobiy oqibatlari haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Og’ishgan xulq shakllarining shaxs axloqining turli ko’rinishlarida namoyon bo’lishi»

Og'ishgan xulq shakllarining shaxs axloqining turli ko'rinishlarida namoyon bo'lishi

Gulbaxor Ortig'aliyevna Bekberdiyeva University Business and Science

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shaxsning og'ishgan xulqi - bu umumqabul qilingan yoki rasman o'rnatilgan ijtimoy me'yorlarga mos tushmaydigan axloqiy sifatlari va uning turli ko'rinishlarida namoyon bo'lishi yoritilgan . Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an'analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmasligidagi asosiy vaziyatlar va ularning salbiy va ijobiy oqibatlari haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: og'ishgan xulq, tahlillar, ilmiy tasavvurlar, raqobat - reaktsiya, axloq, anomal, me'yoriy, sog'liq - kasallik oldi - kasallik, psixologik va patalogik axloq

Manifestation of deviant behavior patterns in different forms

of personal morality

Gulbakhor Ortigaliyevna Bekberdiyeva University Business and Science

Abstract: This article examines the deviant behavior of a person - his moral qualities that do not correspond to generally accepted or officially established social norms and manifest themselves in its various manifestations. In other words, the main situations in which the movement does not comply with existing laws, rules, traditions and social orders, as well as opinions about their negative and positive consequences, are given.

Keywords: deviant behavior, analysis, scientific imagination, competition-reaction, morality, anomalous, normative, health-disease, took-illness, psychological and patalogical ethics

Og'ishgan xulq tushunchasini biz eng avval shaxs axloqining turli shakillari, unga insoniy sifatlarning barcha xususiyatlarini o'zida jam qilgan va mutaxasislar tomonidan ularning tahlillari va izlanishlari natijasida tavsif va tariflarni ko'rib chiqishdan boshlaymiz.

Inson axloqi to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar dastlab XX asrning boshlarida bixevioristlar tomonidan psixologiya fanining predmeti deb talqin qilingan vaqtdan

boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. Dastlab axloq tushunchasi doirasida shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchilar, "raqobat - reaktsiya" sxemasi bo'yicha kuzatiladigan (harakatlanuvchan, vegetativ, nutqiy) tushundilar. Adabiyotlarda qayd etilishicha 1931 yilda axloqiy qarshlarni pedagogika-psixologiya fanining asoschisi asoschilaridan biri Djon Uotson tomonidan "Tuxumning mahsuldorlik xususiyatishuki xar lahzasida dunyo yuzini ko'ruvchi va organizm rivojlanish darajasini yanada murakkablashib boruvchi faolliyatning uzluksiz oqimi" degan qarashlari bilan ham shaxs shakillanishi jamiyatning har qanday ijobiy va salbiy ta'sirlarida ko'rishimiz mumkin.

"Axloq" tushunchasining barcha ko'rib chiqilgan tavsifnomalari uning shaxsning faoliyat jarayonlaridagi turli ko'rinishlarida ham to'la ma'noda farqlana oladi. Biz pedagogika va psixologiya mutaxasislari tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlar asosan "Og'ishgan xulq" tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan jarayondir. Biz uchun muhim bo'lgan "shaxsning og'ishgan xulqi" tushunchasini ta'riflashga o'tishdan oldin biz psixologik va pedagogik jarayonlarni ham amaliy faoliyatda o'rganishimiz lozim. Ayrim mutaxasislar tomonidan va pedagogik, psixologik fanlarda quyudagi ko'rinishlari tavsiflangan:

Mutaxasislarmizdan J.Godfruaning e'tirozi xar bir aytilayotgan fikr o'zini mantiqiy va asosli fikrlariga dalillariga ega bo'lishi kerak yani biz "Qanday axloqni me'yoriy deb hisoblash mumkin" degan savol inson axloqini,shu jumladan, og'ishgan xulqni tushuntirish uchun markaziy asos sifatida etirof etdi. Ammo taniqli mutaxasislarimiz ham "Anomal" axloq tushunchasining ma'nosiga qat'iy ta'rif berish murakkab, ular orasidagi chegara esa o'ta noaniq haqiqatlarga asoslanadi degan xulosa kelishdi.

Shunga qaramay, bugungi kunda ilmda va kundalik turmush faoliyatimizda ushbu tushunchalar birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida, qoidadagidek, og'riqli va taqiqlangan xatti xarakatlar bilan bog'liq bo'lmagan, shu bilan birgalikda, ko'pchilik odamlar uchun xarakterli bo'lgan me'yoriy-ma'qullangan axloq tushuniladi.

Shu o'rinda biz avvalllo meyor tushunchsiga o'z tarifimizni keltirib o'tsak, mavjud jamiyatdagi vaziyat bizni meyor tushuncha va tarifini tavsifini keltirishimizda bir muncha qarshiliklarga uchraymiz. "Me'yoriy" deb qat'iy mazmunda ushbu soxa yoki bir fanda ayni vaqtda qabul qilingan me'yor va mezonlarga muvofiq keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me'yorlarni qattiy belgilash va olish usullarini ko'pincha mezon deb ataymiz. Tushunchalarni izohlashning turli ko'rinishlarini muhim belgilariniajratib o'tadi. Shaxsning og'ishgan xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zarurati sifatida yordam berishi kerak. Shu o'rinda shuni malum qilamizki mavjud va aniqlangan tushuncha va kelyirilgan tariflardan biz quyudagi qarashlarni sizga taqdim etishni lozim deb bildik.

Shuningdek bu Shaxs va uning og'ishgan xulqini quyudagi tarifda keltirib o'tamiz - bu umumqabul qilingan yoki rasman o'rnatilgan ijtimoy me'yorlarga mos tushmaydigan axloq. Xulosa qilib aytganda, bu mavjud xatti-harakat, mavjud qonunlar, vazifalar, qoidalar, an'analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmasligi yoki aslidan o'zgacha ifodalanishi mimkin? .

Bola shaxsidagi Deviant va deviatsiya tushunchalari axloqni me'yoriy ortiq yoki meyordanko'p og'ishgan axloqiy xususiyat sifatida aniqlaganda quyudagilarni esda saqlash kerakki, xar bir ijtimoiy me'yorlar o'zgarishi va takrorlamas bolishini. Bu, o'z navbatida, biz pedagog va psixologlardan boy tajribani talab qiladi. Shubhasiz, deviant axloq - bu har qanday me'yorlarni emas, balki ushbu jamiyat uchun va ayni shu vaqtda birmuncha muqim bo'lgan ijtimoiy me'yorlarnigina buzilishi bilan tavsiflanadigan hodisadir.

Shaxsning va deviant xatti xarakati va axloqiy ko'rinishlari , uning namoyon bo'lishidagi muhum jarayonlarni boshqa bir odamlar tomonidan ijobiy yoki salbiy baholanishini ko'rishimiz mumkin. Salbiy yoki ijobiy baho jamoatchilikning turli muhokamalari yoki ijtimoiy cheklovlarga , shu jumladan, jinoiy yoki aksincha

ma'muriy jazo shakli ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. Dastavval, sanktsiyalar istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi.

Masalan, jazo muddatini o'tab, "me'yoriy" tushunchasini anglagan va hayotga qaytgan odamning moslashuvdagi qiyinchiliklarida biz bu xolatni yaqol ko'rishimiz mumkin.

Insonning mavjud xatti harakatlarini tuzatish orqali yangi hayot boshlashga intilishi, extiyojlarini ortishi ko'pincha atrofdagi mavjud odamlarning yoki jamiyatning ishonmasligi, ularni rad etilishlari natijasida tubdan o'zgaradi. Deviant (giyohvand, jinoyatchi, o'z-o'zini o'ldimvchi va h.k.) tamg'asi sekin-asta deviant barobarlikni (o'z-o'zini qis qilishni) shakllantiradi. Shunday qilib, axmoqona shuxrat xavfli yakkalanishni kuchaytiгadi, ijobiy o'zgarishlarga to'sqinlik qiladi va deviant axloqning takrorlanishini chaqiradi.

Og'ishgan xulqning xususiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak bu shaxsning o'zi yoki atrofdagilarga ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. Bu esa quyudagi holatlarda namoyon bo'ladi

> Mavjud tartibning noturg'unligi,

> Ma'naviy va moddiy zarar keltiгish,

> Jismoniy zo'rlik va daгd-alam yetkazish,

> Sog'lig'ining yomonlashishi bo'lishi mumkin.

Deviant axloq o'zining eng keyingi ko'rinishlarida shaxs va uning atrofdagilari uchun bevosita xavf tug'diradi, masalan, suitsidal axloq, zo'ravonlik jinoyatlari, "og'ir" giyohvand moddalaг iste'mol qilish. Zaгaгning psixologik markeri o'sha odamning o'zi yoki uning atrofidagilarning aziyat chekishidiг.

Xulosa o'mida shuni aytishimiz mumkinki deviant xulqning yoki og'ishgan xulqning xar qanday ko'rinishiga moyil bo'lgan shaxslar jamiyatni tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa og'ishgan xulqning xususiyatlaridan biri bo'lgan jamiyat meyorlariga zid xatti-harakatlarda namoyon bo'ladi. Ana u endi tibbiy me'yorlar chegarasida ko'rib chiqiladi. U garchi mutaxasislar tomonidan kassalik yoki patologik xususiyatga ega deb qaralsa ham aslini olganda psixik kasalliklarning patologik holat bilan tenglashtiriloqda bunga sabba ruhiy buzulishlar va ruhiy tazyiqlar sabab bo'ladi. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik axloqiga o'rin bor.

Shu o'rinda patologik axloqning turli ko'rinishlarini ham keltirib o'tsak tibbiy me'yordan og'ish- birinchi darajasi tibbiy aralashuvni talab qilmaydi. Bunday toifadagi insonlarga belgilangan mutaxasislar yani psixiatr o'z yordamini bera oladi agarki inson o'zida istak va xoxish bo'lsa. masalan, psixik kasallarning deviant axloqi alohida sifati va xatti xarakat sifatida o'rganiladi. Patologik axloq kasallik holati ta'siri ostida shaxsning o'z harakatlarini anglash va nazorat qilish qobiliyati ahamiyatli tarzda pasayishini nazarda tutadi.

Bugungi kunda yuqorida aytib o'tilgan keltirilgan fikrlar ayni damda jamiyatimizda kezib yurupti ularni tuzatish va kelib chiqaruvchi oqibatlarini oldini olish uchun barcha mutaxasislar birgalikda xarakat qila olishimiz lozim. Shunday qilib, og'ishgan xulqli shaxs "sog'liq - kasallik oldi - kasallik" psixopatologik o'qida istalgan joyni egallashi mumkin. Shuning uchun ham jamiyat qonun qoidalari biz mutaxasislarga mana shunday meyorlarni anglash va ijobiy hal etish masalasini dolzarb masala ekanligini takidlamaqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Porter M. Mejdunarodnaya konkurensiya. - M., Mejdunarodnbie otnosheniya,

1993

2. Migranyan A.A. «Teoreticheskie aspektbi formirovaniya konkurentosposobnbix klasterov».

3. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

4. Aipinge L.P. Cluster Centre Principalso perceptions of t'e implementation of t'e School Clustering System in Namibia (Unpublished Masters T'esis). R'odes University, - Sout' Africa: 2007

5. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

6. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

7. Azizxodjaeva N.N. Voprosq podgotovki uchitelya v sisteme neprerqvnogo pedagogicheskogo obrazovaniya. -T.: TGPI, 1995. -64 s.

8. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

9. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirish. -Toshkent: Fan, 2004. - 130 b.

10. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

11. Internet-resurs: http://www.krsu.edu.kg/vestnik/v3/a15.html

12. Bannayev, M. S. (2022). O'zbeksitonda psixologik diagnostika va psixologik korreksion faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar. Science and Education, 3(6), 701-703

13. Bannayev, M. S. (2021). O'zbeksitonda maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etish imkoniyati va muammolari. Science and Education, 2(7), 293-297.

15. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.