Voxidova Mehri Xasanovna,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
O'ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH YO'NALISHLARI
UO'K: 339.5
DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_4_5
VOXIDOVA M.X. O'ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN SAVDO ALOQALARINING RIVOJLANISH YO'NALISHLARI
Ushbu maqolada O'zbekistonning 2000-2021 yillarda Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi regression-korrelyatsion tahlili keltirilfan. O'zbekistonning Markaziy Osiyo har bir mamlakati bilan savdo aylanmasining mamlakat tashqi savdo aylanmasiga ta'siri o'rganilgan. Tahlil natijalariga ko'ra, O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbolli ekani aniqlangan. Ushbu mamlakatlar bilan savdo hajmini oshirish bo'yicha mqsadli takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo (MO), O'zbekiston, eksport, import, savdo hajmi, tashqi savdo aylanmasi, kooperatsiya.
ВОХИДОВА М.Х. НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ТОРГОВЫХ ОТНОШЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА СО СТРАНАМИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
В статье представлен регрессионно-корреляционный анализ внешнеторгового оборота Узбекистана со странами Центральной Азии в 2000-2021 гг. Выявлено влияние товарооборота Узбекистана с каждой страной Центральной Азии и перспективность развития внешнеторговых отношений Узбекистана с Казахстаном, Кыргызстаном и Туркменистаном. Даны целевые предложения по увеличению объема торговли с этими странами.
Ключевые слова: Центральная Азия (ЦА), Узбекистан, экспорт, импорт, объем торговли, внешнеторговый оборот, сотрудничество.
VOKHIDOVA M.KH. DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF TRADE RELATIONS OF UZBEKISTAN WITH THE COUNTRIES OF CENTRAL ASIA
In the article is presented a regression-correlation analysis of the foreign trade turnover of Uzbekistan with the countries of Central Asia in 2000-2021, the influence of the trade turnover of Uzbekistan with each country of Central Asia and the prospects for the development of foreign trade relations of Uzbekistan with Kazakhstan, Kyrgyzstan and Turkmenistan are revealed. Targeted proposals for increasing the volume of trade with these countries are given.
Key words: Central Asia (CA), Uzbekistan, export, import, trade volume, foreign trade turnover, cooperation.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
Kirish.
2016 yildan keyin O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining takomillashishi natijasida uning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari rivo-jlonib bormoqda. Jumladan, O'zbekistonning yirik 5 ta eksport hamkorlarining 2 tasi (Qozog'iston-11%, Qirg'iziston-8,2 % ulushga ega), import hamkorlarining 1 tasi (Qozog'iston-11% ulushga ega) ushbu mamlakatlardir. Mamlakat barcha Markaziy Osiyo davlatlari bilan aktiv savdo aylanmasiga ega.
Jumladan, 2021 yilda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 3,9 milliard dollarni tashkil qilgan bo'lsa (2020 yilga nisbatan 30,4 foizga ko'p), 2022 yil yanvar-noyabrda - 4,2 milliard dollar (+18,8%): eksport - 1,27 milliard dollar (+20,2%), import - 2,93 milliard dollar (+18,1%) ga yetdi.
Eksportning asosiy pozitsiyalari: transport vosi-talari (27,8%), oziq-ovqat tovarlari (19,1%), xizmat-lar (14%), plastmassa va undan yasalgan buyumlar (5%), to'qimachilik mahsulotlari (4,5%), qora metallar (4,2%) va boshqalardan iborat.
Import: un mahsulotlari (27,3%), qora metallar ulardan yasalgan mahsulotlar (17,8%), energiya mahsulotlari (10,5%), ruda va shlak (12,7%), quril-ish materiallari (5%), transport vositalari (4,6%) va boshqalardan iborat.
O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan umumiy hisobda 7 milliard AQSH dollariga teng o'zaro savdosining 60 foizi Qozog'istonga to'g'ri keladi. Ayni paytda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'zaro savdo Markaziy Osiyodagi hududiy ichki savdoning 25 foizini tashkil qiladi (16,5 milliard) [1].
O'zbekiston Qirg'iziston bilan ham ikki tomonlama kelishuvlar, SHHT va MDH doirasida savdo-iqt-isodiy munosabatlarini olib boradi. 2016 yildan 2020 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonning Qirg'iziston bilan tovar aylanmasi 3,5 barobar o'sib, 903 million dollarga yetdi [2]. 2021 yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi tovar ayir-boshlash hajmi 953,5 million dollardan, 2022 yil birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi [3].
O'zbekistonda qirg'iz sarmoyasi ishtirokidagi 187 ta korxona bor (ular soni 2016 yilda 49 ta bo'lgan), shulardan 98 tasi qo'shma korxona hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, energetika, yengil sanoat, farmat-sevtika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va qish-loq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalar-ida qo'shma loyihalar sonini ko'paytirish istiqbollari mavjud.
O'zbekiston savdo salohiyati uchun foydali bo'lgan "Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston" transport koridorining imkoniyatlari juda baland. U mam-lakatga dengizga va Janubiy-Sharqiy Osiyo mam-lakatlariga chiqish imkonini beradi.
2021 yilda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22,6 foizga oshib, 604,5 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, Tojikistonga eksport hajmi 23,6 foizga oshib, 500,9 million dollarni, import 17,7 foizga oshib, 103,6 million dollarni tashkil etdi. Pandemiya davrida Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi kamaymaydi va bir oz bo'lsada, 2019 yildagi 480,5 million dollardan 2020 yilda 493,1 million dollargacha 2,7 foizga oshgani kuzatildi [4].
2021 yilda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 902,0 million dollarni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 67,6%ga o'sdi. Shu bilan birga, 2022 yil yanvar-may oylarida mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 322,6 million dollarni tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 1,2%ga oshdi.
O'zbekiston Respublikasi 2021 yilda dunyoning 182 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. O'zbekiston tashqi savdosida Turkmanistonning ulushi umumiy savdo aylanmasida - 2,1%, eksportda - 1,2% va importda - 2,8%ni tashkil etdi.
2021 yil ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda Turmaniston kapitali ishtirokida 173 ta korxona [5] faoliyat olib bordi. Ikki mamlakat o'rtasida chegaraviy savdoni rivojlantirish bo'yicha kelishuv imzolangan.
Markaziy Osiyodagi har bir mamlakat O'zbekiston tashqi savdo aylanmasida o'ziga xos salohiyatga ega. Ushbu mamlakatlar etnik tarkibining bir-biriga o'xshashligi o'zaro savdo imkoniyatlarini oshirsa, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonning JSTga a'zo ekanligi hamda O'zbekiston va Turkmanistonning a'zo emasligi savdo munosabatlarini murakk-ablashtiradi.
Ushbu maqolaning maqsadi ham O'zbekiston tashqi savdo aylanmasiga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasining ta'sirini aniqlagan holda, o'zaro hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Ilmiy muammoning qo'yilishi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo-iqtisodiy hamkorligi hudud olimlari va boshqa yirik xorijiy olimlar tomonidan ham samarali o'rganilgan.
Uuriintuya Batsaikhan, Marek Dombrovskiy tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tarixi, geografiyasi va geo-siyosati, savdo-iqtisodiy yo'nalishdagi integratsiyasi,
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
mamlakatlarda olib borilgan islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilinadi.
Tahlillar natijasida Markaziy Osiyo mamlakat-lari tabiiy resurslariga boy bo'lishiga qaramasdan, hali-hanuz sotsealistik tuzimning qoldiqlarini iqti-sodiy hamda siyosiy yo'nalishlarda namoyon etishini ko'rsatib beradi.
Maqola keng qamrovli bo'lib, bunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining siyosiy-iqtisodiy holatini ko'rsatib berildi. Hudud mamlakatlarining xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar bilan aloqala-rini tahlil qiladi, ammo Markaziy Osiyo davlatlarin-ing o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorligi va ularning istiqbollariga e'tibor qaratilmaydi [6].
Lyu TSzyunsya tomonidan olib borilgan tadqiqot-larda [7] Markaziy Osiyodagi energetik diplomatiya to'g'risida so'z boradi. Xalqaro investitsiyalar orqali tashqi energiya bozorlaridan foydalanish energiya xavfini bartaraf etish va energiya manbalarini taqsim-lashni optimallashtirishning muhim strategiyasiga aylandi. Muhim jug'rofiy joylashuvi va turli xil boy energiya manbalari bilan Markaziy Osiyo xalqaro hamjamiyat e'tiborini jalb qildi va xorijiy investitsi-yalarni jalb qilish joyiga aylandi. Biroq, korruptsiya xavfi, xususan energetika sohasidagi xorijiy sarmoya-dorlar uchun katta muammo hisoblanadi. Respondent sifatida Markaziy Osiyoning besh mamlakati bilan bo'lgan xalqaro investitsiyalar arbitrajidagi kor-ruptsiyaning ulushi energetika sohasida 75% gacha yetadi. Bunday vaziyatlarda sarmoya kiritish uchun joy sifatida Markaziy Osiyoni tanlash resurslarni talab qiladigan investitsiyalarni yaratish uchun ham imkoniyatlar, ham tavakkallarni ko'rib chiqqandan so'ng qabul qilinishi kerak. Ushbu borada sarmoy-aviy bitimlarga erishish, Markaziy Osiyo mamlakat-lari uchun huquqiy bazani yaratish, investitsiyalarni rag'batlantirish choralarini ko'rish, investorlarning o'zini o'zi boshqarish va o'zini o'zi himoya qilish, investitsiya kafolatlari tizimini kuchaytirish taklif eti-ladi.
Xitoy olimlari tomonidan keltirilgan ushbu xulos-ani boshqa ko'plab olimlar ilmiy tadqiqoti natijasida ham uchratishimiz mumkin. Mintaqa mamlakatlarining nafaqat, energetika sohasida, balki boshqa ko'plab, savdo, iqtisodiy, tranzit, bojxona va chegara soliqlari bo'yicha ham hamkorligi 21 asrda Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida turgan muhim muammo-lardan biri hisoblanadi.
Valyuta kurslarining o'zgaruvchanligi kapital bozori narxlari bilan chambarchas bog'liq va import-eksport hamda real iqtisodiyotga xorijiy investitsiya-
lar hajmiga ham ta'sir qiladi. Xuping Ma, Jun Wang, Xiaolei Sun[8] tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda VAR indeksiga asoslangan yondashuvni qo'llagan holda, bir necha marshrutli yo'l bosib o'tgan dav-latlar o'rtasidagi almashinuv kurslarining o'zgarishi xavfini o'rganildi.
Markaziy Osiyo valyuta bozorlaridagi ichki o'zaro ta'sir kuchsiz, Qirg'iziston valyutasi esa butun mint-aqada muhim rol o'ynashi keltirib o'tiladi. Shu o'rinda Qirg'izistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo ekan-ligi ham nazarda tutiladi. Ammo Qozog'iston hamda O'zbekiston singari mintaqa tashki savdo aylanma-sida muhim ahamiyat kasb etadigan mamlakatlarning o'rni inobatga olinmaydi.
Keltirilgan ilmiy tadqiqotlarga suyangan holda etirof etish lozim-ki, Markaziy Osiyo hududiga jahon miqyosida, kundan kunga qiziqish ortib bormoqda. Turli mamlakatlar va turli siyosiy-iqtisodiy kuchlar ushbu mintaqada oz manfaatlariga erishish yo'llarini izlamoqdalar. Ammo ular manfaatlari hamisha ham ushbu hudud mamlakatlari manfaatlariga mos kelavermaydi. Shunin uchun ham Markaziy Osiyo mamlakatlari avvalam bor o'z manfaatlarini aniq belgilab olishlari, va usbu manfaatlarga erishsihda ichki imkoniyatlarini qaysi uslubda birlashtirishlari borasidagi tadqiqotkarni amalga oshirish - muhim ahamiyat kasb etadi.
Materiallar va metodlar.
Tadqiqot natijalarini hisoblash 1-jadval ma'lumotlariga muvofiq olib boriladi. Unga ko'ra, O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojik-iston va Turkmaniston bilan tovar aylanmasining O'zbekiston umumiy tovar aylanmasiga ta'siri 20002021 yillar bo'yicha regression-korrelyatsion tahlil qilinadi.
Tahlil natijalariga ko'ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining qaysi biri bilan savdo aloqalarning rivojlani-shi O'zbekiston tashqi savdo aylanmasining ortishiga olib kelsa, u bilan hamkorlikni va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tahlil va natijalar.
1. Y va X munosabatlari
R-kvadrat (R2) 0,9681 ga teng. Demak, Y ning o'zgaruvchanligining 96,8% X bilan izohlanadi.
Korrelyatsiya (R) 0,9839 ga teng. Bu shuni anglata-diki, X va Y o'rtasida juda kuchli to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
1-jadval. O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan 2000-2021 yillardagi savdo aylanmasi hajmi (million. AQSH dollarida) [9].
Yillar O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasi O'zbekiston-Qozog'iston O'zbekston-Qirg'iziston O'zbekiston-Tojikiston O'zbekiston-Turkmaniston
2000 6 212,1 53,9 156,8 284 387,5
2001 6 307,3 224,3 108,8 238 berilmagan
2002 5 700,4 78,7 81,9 205 berilmagan
2003 6 689,2 229,9 50,2 200 berilmagan
2004 8 669,0 409 57 235 berilmagan
2005 9 500,1 476 71,5 218 berilmagan
2006 11 171,4 679 58,5 243 berilmagan
2007 15 719,6 1 367 194,7 301 berilmagan
2008 21 197,3 1 742 141 229 berilmagan
2009 21 209,6 1 158 140,9 198 berilmagan
2010 22 199,2 1 539 126,6 81 berilmagan
2011 26 365,9 1 911 201,4 69,4 berilmagan
2012 26 416,1 2 103 0 62 berilmagan
2013 28 269,6 2 074 251,4 12,1 berilmagan
2014 27 530,0 2 060 265 12,8 373,9
2015 24 924,2 1 629 151,5 12 278,7
2016 24 232,2 1 490 193,1 67,3 183
2017 26 566,1 2 243 322 76,5 151,5
2018 33 429,9 2 870 511 295 254,2
2019 41 751,0 3 170 775 376 426,5
2020 36 256,1 2 890 912 401,2 439
2021 42 170,5 3 740 934 428,1 784,6
Nishab: bi=10,5955 CI[9,6988, 11,4923] X ni 1 ga oshirganingizda, Y qiymati 10,5955 ga oshishini bildiradi.
y-kesishmasi: b0=5035.5438 CI[3360.8867, 6710.2008] X 0 ga teng bo'lganda Y qiymatining bashorati 5035.5438 ekanligini bildiradi.
X-kesishmasi -475,2511 ga teng.
2. Muvofiqligi.
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,20) = 607,5041, p-qiymati = 2,22e-16. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni rad etamiz.
Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus-taqil o'zgaruvchisiz modelga qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlaydi, natijada Y = b0 + e.
Nishab (bi): ikki dumli, T(20)=24,6476, p-qiymati = 2,22e-16. Bitta bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.
Y-kesish (bo): ikki dumli, T(20) = 6,2723, p-qiymati = 0,000004003. Demak, bo noldan sezilarli farq qiladi.
3. Qoldiq normallik.
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi. Shapiro-Wilk p-qiymati 0,6611 ga teng. Ma'lumotlar normal taqsimlangan deb taxmin qilinadi (4-jadval).
1. Y va X munosabatlari.
R-kvadrat (R2) 0,6807 ga teng. Demak, Y ning o'zgaruvchanligining 68,1% X bilan izohlanadi.
Korrelyatsiya (R) 0,8251 ga teng. Bu shuni anglata-diki, X va Y o'rtasida juda kuchli to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud.
Nishab: bi=35,2363 CI[23,9809, 46,4917] X ni 1 ga oshirsangiz, Y qiymati 35,2363 ga oshadi.
y-kesishmasi: bo=12021.9179 CI[7800.6204, 16243.2154] X 0 ga teng bo'lganda Y qiymatining bashorati 12021.9179 ekanligini bildiradi.
X-kesishmasi -341,18 ga teng.
2. Muvofiqligi
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,20) = 42,6456, p-qiymati = 0,000002302. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni rad etamiz.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
2-jadval. Regressiya tengliklari
Regression line equation Reporting linear regression in APA style
O'zbekiston-Qozog'iston Y = 5035.5438 + 10.5955X X predicted Y, R2 = .97, F(1,20) = 607.5, p < .001. p = 10.6, p < .001, a = 5035.54, p < .001.p = 10.6, p < .001, a = 5036.14, p < .001.
O'zbekiston-Qirg'iziston Y = 12021.9179 + 35.2363X X predicted Y, R2 = .68, F(1,20) = 42.65, p < .001. p = 35.24, p < .001, a = 12021.92, p < .001.
O'zbekiston-Tojikiston Y = 19624.7752 + 9.601X R2 = .011, F(1,20) = 0.23, p = .635. p = 9.6, p = .635, a = 19624.78, p < .001.
O'zbekiston-Turkmaniston Y = 21718.5266 + 28.7481X X predicted Y, R2 = .62, F(1,6) = 9.81, p = .020. p = 28.75, p = .020, a = 21718.53, p = .001.
3-jadval. O'zbekiston-Qozog'iston savdo aloqalari korrelyatsiyasi
Source DF Sum of Square Mean Square F Statistic (dfi,df2) P-value
Regression (between y and y ) 1 2667429130 2667429130 607.5041 (1,20) 2.22e-16
Residual (between y and y) 20 87816007.87 4390800.393
Total (between y and y) 21 2755245137 131202149,4
4-jadval. O'zbekiston-Qirg'iziston savdo aloqalari korrelyatsiyasi
Source DF Sum of Square Mean Square F Statistic (df1,df2) P-value
Regression (between y and y ) 1 1875615433 1875615433 42.6456 (1,20) 0,000002302
Residual (between y and y) 20 879629704.4 43981485.22
Total (between y and y) 21 2755245137 131202149.4
5-jadval. O'zbekiston-Turkmaniston savdo aloqalari korrelyatsiyasi.
Source DF Sum of Square Mean Square F Statistic (df1,df2) P-value
Regression (between y and y ) 1 234886346,5 234886346,5 9,8134 (1,6) 0,02026
Residual (between y and y) 6 143611611,4 23935268,56
Total (between y and y) 7 378497957,9 54071136,84
Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus-taqil o'zgaruvchisiz modelga qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlaydi, natijada Y = b0 + e.
Nishab (bi): ikki dumli, T(20)=6,5304, p-qiymati = 0,000002302. Bitta bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.
Y-kesishmasi (b0): ikki dumli, T(20) = 5,9407, p-qiymati = 0,000008253. Demak, bo noldan sezilarli farq qiladi.
3. Qoldiq normallik
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi. Shapiro-Wilk p-qiymati 0,01923 ga teng. Ma'lumotlar odatda taqsimlan-magan deb taxmin qilinadi, siz o'zgartirishni yoki kat-taroq namunani olishni ko'rib chiqishingiz kerak. Bu
natija ko'p hollarda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasi dinamik ko'rinishga ega bo'lmaganda, o'rganilgan vaqt davomida ko'rsatkichlar tez-tez o'zgarganda yuzaga keladi.
O'zbekiston-Tojikiston savdo aloqalari korre-lyatsiyasi.
Y va X munosabatlari
R-kvadrat (R2) 0,01149 ga teng. Demak, Y ning o'zgaruvchanligining 1,1% X bilan izohlanadi.
Korrelyatsiya (R) 0,1072 ga teng. Bu shuni anglata-diki, X va Y o'rtasida juda zaif to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud.
Nishab: bi=9,601 CI[-31,9434, 51,1453], X ni 1 ga oshirganingizda, Y qiymati 9,601 ga oshadi.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
y-kesishmasi: b0=19624.7752 CI[10078.4328, 29171.1176] X 0 ga teng bo'lganda Y qiymatining bashorati 19624.7752 ekanligini bildiradi.
X-kesishmasi -2044.0394 ga teng.
2. Muvofiqligi
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,20) = 0,2324, p-qiymati = 0,635. P-qiymati > a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni qabul qilamiz.
Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus-taqil o'zgaruvchisiz modelga qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlamaydi, natijada Y = b0 + e.
Nishab (bi): ikki dumli, T(20)=0,4821, p-qiymati = 0,635. Bitta bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.
Y-kesishmasi (bo): ikki dumli, T(20) = 4,2882, p-qiymati = 0,0003586. Demak, bo noldan sezilarli farq qiladi.
3. Qoldiq normallik.
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi. Shapiro-Wilk p-qiymati 0,06909 ga teng. Ma'lumotlar odatda tarqatiladi deb taxmin qilinadi (5-jadval).
1. Y va X munosabatlari.
R-kvadrat (R2) 0,6206 ga teng. Demak, Y ning o'zgaruvchanligining 62,1% X bilan izohlanadi.
Korrelyatsiya (R) 0,7878 ga teng. Bu X va Y o'rtasida kuchli to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudlig-ini anglatadi.
Nishab: bi=28,7481 CI[6,2929, 51,2034], X ni 1 ga oshirganingizda, Y qiymati 28,7481 ga oshadi.
Y-kesishmasi: bo=21718.5266 CI[12566.3076, 30870.7456] X 0 ga teng bo'lganda Y qiymatining bashorati 21718.5266 ekanligini bildiradi.
X-kesishmasi -755,4767 ga teng.
2. Muvofiqligi
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,6) = 9,8134, p-qiymati = 0,02026. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni rad etamiz.
Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus-taqil o'zgaruvchisiz modelga qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlaydi, natijada Y = b0 + e.
Nishab (bi): ikki dumli, T(6)=3,1326, p-qiymati = 0,02026. Bitta bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.
Y-kesishmasi (bo): ikki dumli, T(6) = 5,8066, p-qiymati = 0,001145. Demak, bo noldan sezilarli farq qiladi.
3. Qoldiq normallik.
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi. Shapiro-Wilk p-qiymati
0,6164 ga teng. Ma'lumotlar normal taqsimlangan deb taxmin qilinadi.
Ko'rib turganimizdek, korrelyatsiya koeffitsenti Qozog'istonning O'zbekiston savdo aylanmasi hajmiga tasiri 0,98, Qirg'izistonniki 0,82, Tojikistonniki 0,10 (eng past), Turkmanistonniki 0,79 ni tashkil etdi. Demak, O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmaniston bilan savdo aylanmasini oshirish mamlakat tashqi savdo aylanmasining ortish-iga olib keladi. Keyingi bo'limda O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan eksport va import pozitsiyalarini tahlil qilish orqali kengroq natiajaga ega bo'lamiz.
Muhokamalar.
Olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga transport vositalari, mineral yoqilg'i, trikotaj, kiyimlar, meva va sabzavotlar eksport qilsa, uning importi tarkibida mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar, tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tsement, yorma, mashinalar, yadro reaktorlari va qozonxona-lar ustunlik qiladi. O'zbekiston MO mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlarining boshqa pozitsiyalari bo'yicha ham eksportni amalga oshiradi, ammo umumiy hisobda ularning narxi yuqori emasligi sababli, eksport hajmida yuqori ahamiyat kasb etmaydi.
O'zbekistonning savdo balansi manfiy saldoga ega (2022 yil noyabr bo'yicha eksport 1539,5 million dollarni, import 2754 million dollarni tashkil etgan). Buni MO mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanma-sida ham ko'rish mumkin. Masalan, birgina MO mam-lakatlarining Tojikistondan tashqari barchasi bilan O'zbekiston manfiy saldoga ega (6-jadval).
O'zbekiston MO mamlakatlariga transport vositalari, meva va sabzavotlar, hayvon, hayvon yog'lari, temir va po'lat, oziq-ovqat sanoati chiqindilari, kiyim, trikotaj va tekstil buyumlarini eksport qiladi.
MO mamlakatlaridan import tarkibida rudalar, mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar, yorma, mashinalar, yadro reaktorlari va qozonxonalar ustun-likka ega (3-jadval).
Buni bir necha omillar bilan asoslash mumkin:
- mamlakatda mavjud mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlarning aholi ehtiyojlarini to'liq qoplamasligi va buning natijasida importga ehtiyojni keltirib chiqarishi;
- mashinalar, qozonxonalar ishlab chiqarish-ning O'zbekistonda rivojlanmaganligi;
- kimyo sanoatining modernizatsiyalanmagan tarmoqlarining saqlanib qolayotganligi va kimyo sanoatida innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
6-jadval. O'zbekistonning MO mamlakatlari bilan eksport va import tuzilmasi (2021 yil, million AQSH
dollarida)
Eksport (AQSH dollarida) Import (AQSH dollarida)
O'zbekiston-Qozog'iston Transport vositalari (325,06 million), meva, yong'oq, qovun (112,77 million), sabzavotlar (74,43 million), plastmassa (58,08 million), mashina, yadro reaktorlari, kotellar (49,38 million dollar) va boshqa-lar. Yorma (649 million), temir va po'lat (474,3 million), rudalar (347,21 million), mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar (288, 80 million), temir yo'l va tramvaydan tashqari transport vositalari (119,95 million) va boshqalar.
O'zbekiston-Qirg'iziston Kiyim (187,48 million), trikotaj va to'qilgan buyumlar (97,52 million), boshqa tekstil buyumlari (33,66 million), plastmassa (31,51 million), sabzavotlar (28,95 million) va boshqalar. mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar (44,11 million), tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tsement (33,03 million), temir va po'lat (21,05 million), mashinalar, yadro reaktorlari va qozonxonalar (8,65 million), shisha va shisha idishlar (6,96 million) va boshqalar.
O'zbekiston-Tojikiston Mineral yoqilg'i (54,83 million), oziq-ovqat sanoati chiqindilari (43,79 million), o'qitlar (30,13 million), plastmassa (17,69 million), temir va po'lat (17,46 million) va boshqalar. tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tsement (33,77 million), mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar (22,99 million), temir va po'lat (17,96 million), alyuminiy (8,28 million), paxta (5,62 million) va boshqalar.
O'zbekiston-Turkmaniston O'g'itlar (48,41 million), tuz, tsement va gips (5,79 million), meva, yong'oq va qovun (5,49 million), hayvon, hayvon yog'lari (3,74 million), tosh, gips va asbest (3,47 million) va boshqalar. mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar (633,54 million), plastmassa (31,00 million), shisha va shisha idishlar (7,76 million), sun'iy iplar (2,08 million), mashinalar, qozonxonalar (1,94 million) va boshqalar.
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi takliflar shakllantirildi:
- O'zbekiston tashqi savdo aylanmasining ortishidagi eng katta muammoning uning JSTga a'zo bo'lmaganligida emas, balki ishlab chiqarishning modernizatsiya qilinishi kerakligidadir. Shu sababli ham, kimyo sanoatining tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ushbu yo'nalishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ham iqtisodiy-matematik tahlil qilish zaruriyati kelib chiqadi;
- mashinalar, qozonxonalar ishlab chiqarish imkoniyatini tahlil qilish zarur. Qirg'iziston va Turk-maniston bilan hamkorlikda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin;
- Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksport va import tovarlari tarkibi bir-biriga o'xshash. Shu sababli ham MO mamlakatlari o'rtasida sanoat kooper-atsiyani rivojlantirish maqsadga muvofiq. Masalan, tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tsement, plastmassa ishlab chiqarish jarayonida hamkorlikni yo'lga qo'yish mumkin. Bu kooperatsiyaga kirgan tar-moq va sohalarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi;
- shuningdek, mamlakatlar o'rtasida tran-schegaraviy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qil-adigan transchegaraviy maxsus iqtisodiy zonalarni ham tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday turdagi zonalar savdo aloqalarni rivojlantirish bilan birga, savdo infratuzilmasining (transport va logistika) rivojlanishiga ham imkoniyat yaratadi [11];
- O'zbekistonning Turkmaniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbolli yo'nalish bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Turkmaniyaton bozoriga meva va sabzavotdan tashqari, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim va trikotaj mahsulotlari, o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini rivojlantirish imkoni mavjud. Mineral yoqilg'ilar, moylar va distillatorlar, plastmassa, shisha va shisha idishlar, neft tarkibidan olinadigan kimyo mahsulotlari importini oshirish O'zbekiston iqtisodiyoti uchun foydali bo'lishi mumkin. Sababi, Turkmaniston kimyo sanoatiga jalb qil-ingan xorijiy investitsiyalar natijasida kimyo sanoati rivojlanish tendentsiyasini ko'rsatmoqda.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
ЖАХОН ИКТИСОДИЁТИ ВА ТАШКИ ИКТИСОДИй АЛОКАЛАР / , МИРОВАЯ ЭКОНОМИКА И МЕЖДУНАРОДНЫЕ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ 35
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://daryo.uz/k/2022/12/21/songgi-6-yilda-amalga-oshirilgan-13-dan-ortiq-ozaro-tashriflar-2-milliard-dollardan-4-milliard-dollargacha-osgan-ozaro-savdo-yildan-yilga-rivojla-nayotgan-madaniy-gumanita
2. https://www.uzanalytics.com/xalqaromunosabat/9826/
3. https://sputniknews-uz.com/20220726/ozbekiston-va-qirgiziston-avtomobilsozlik-sohasidagi-qoshma-loyihalarni-kopaytirmoqchi-26543226.html
4. Infografika: O'zbekistonning Tojikiston bilan savdosi. https://review.uz/oz/post/infografika-torgovlya-uzbekistana-s-tadjikistanom
5. Опыт торгово-экономического сотрудничества Узбекистана и Туркменистана в современный период https://www.uzdaily.uz/ru/post/70320
6. Uuriintuya Batsaikhan, Marek Dabrowski (2017). Central Asia - Twenty-five Years After the USSR Breakup // Russian Journal of Economics, Volume 3, Issue 3, 2017, Pages 296-320, ISSN 2405-4739, https://doi.org/10.1016/j. ruje.2017.09.005. (http://www.sciencedirect.com/science/ article/pii/S2405473917300429)
7. Liu Junxia (2019). Investments in the energy sector of Central Asia: Corruption Risk and Policy Implications // Energy Policy, Volume 133, 2019, 110912, ISSN 0301-4215, https://doi.org/10.1016/j. enpol.2019.110912. (http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0301421519304902)
8. Xuping Ma, Jun Wang, Xiaolei Sun (2018). A study on the dynamics of exchange rate volatility network: Evidence from Central Asia // Procedia Computer Science, Volume 139, 2018, Pages 76-81, ISSN 1877-0509, https://doi.org/10.1016/j.procs .2018.10.220. (http://www.sciencedirect. com/science/article/pii/S1877050918318891)
9. O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston statistika boshqarmalari ma'lumotlaridan, CAAN ma'lumotlaridan olingan. https://www.caa-network.org/archives/19734/ ekonomika-i-covid-19-v-czentralnoj-azii
10. Trading economics sayti ma'lumotlaridan olingan. https://tradingeconomics.com/uzbekistan/ indicators
11. Khasanovna, V. M. (2020). DEVELOPMENT OF TRANSBOUNDARY TRADE AND ECONOMIC RELATIONS IN CENTRAL ASIA. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 1(4), 24-34. https://doi.org/10.47494/cajitmf.v1i4.49
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)