Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIYIQTISODIY RIVOJLANISHIDA ISLOMIY MOLIYANING AHAMIYATI VA IMKONIYATLARI'

O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIYIQTISODIY RIVOJLANISHIDA ISLOMIY MOLIYANING AHAMIYATI VA IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
69
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islomiy moliya / islomiy iqtisodiyot / moliyaviy aktiv / investitsiya / kapital / salaf / istisno’ / ribo. / Islamic finance / Islamic economy / financial asset / investment / capital / salaf / exception' / ribo.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nodira Saidovna Qosimova

Ushbu maqolada islomiy moliyaning afzalligi va islomiy moliyani tartibga soluvchi islom qoidalari to‘g’risida so‘z boradi. Islomiy kapital va investitsiya kiritish natijasida O‘zbekistonning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga erishish imkoniyatlari, xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash va qo‘shimcha kapitalning kirib kelishiga zamin yaratish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the advantages of Islamic finance and the Islamic rules governing Islamic finance. The possibilities of social and economic development of Uzbekistan as a result of Islamic capital and investment, support of the private sector and creation of the ground for the inflow of additional capital are highlighted.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIYIQTISODIY RIVOJLANISHIDA ISLOMIY MOLIYANING AHAMIYATI VA IMKONIYATLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISHIDA ISLOMIY MOLIYANING AHAMIYATI VA IMKONIYATLARI

Nodira Saidovna Qosimova

Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti nodiraqosimova261 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada islomiy moliyaning afzalligi va islomiy moliyani tartibga soluvchi islom qoidalari to'g'risida so'z boradi. Islomiy kapital va investitsiya kiritish natijasida O'zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga erishish imkoniyatlari, xususiy sektorni qo'llab quvvatlash va qo'shimcha kapitalning kirib kelishiga zamin yaratish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Islomiy moliya, islomiy iqtisodiyot, moliyaviy aktiv, investitsiya, kapital, salaf, istisno', ribo.

ABSTRACT

This article discusses the advantages of Islamic finance and the Islamic rules governing Islamic finance. The possibilities of social and economic development of Uzbekistan as a result of Islamic capital and investment, support of the private sector and creation of the ground for the inflow of additional capital are highlighted.

Key words: Islamic finance, Islamic economy, financial asset, investment, capital, salaf, exception', ribo.

Har qanday muassasaviy tarmoq uni tartibga soluvchi qoida va nizomlar, o'rnatilgan qonunlar mavjud bo'lgan taqdirda faoliyat ko'rsatadi. Musulmonlar turmush tarzini tartibga soluvchi qoidalar islom qonunlari majmui - shariatda ifodalangan. Ushbu qonunlar to'rt manbaga ega.

Birinchisi - muqaddas "Qur'oni karim" bo'lib, u diniy bilimlarning asl va o'zgarmas manbasi hisoblanadi. Qur'oni karim Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam orqali Jabroil (alayhissalom) vositasida yetkazilgan Allohning vahiylarini o'z ichiga olgan bo'lib, butun insoniyatga yo'llangan ilohiy ko'rsatma hisoblanadi.

Mazkur qonunlarning ikkinchi manbasi "Hadis"lar hisoblanadi. Ular Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning qavllari va tutumlari yoki ular bilan bog'liq voqealar to'g'risidagi qisqa rivoyatlar bo'lib, Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallam sunnatlari asosini tashkil etadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Shariat qonunini shakllantiruvchi uchinchi manba "Ijmo" deb ataladi. Ijmo - obro'li islomiy olimlar1 tomonidan aniq bir masala yoki holat uchun ishlab chiqilgan yechimlardir.

To'rtinchi manba "Qiyos" deb nomlanadi. Ushbu atamaning dastlabki ahamiyati «o'lchash» yoki «ikki ashyo o'rtasida taqqoslash o'tkazish» so'zlaridan kelib chiqadi. Qiyos - murakkab va munozarali masalalar bo'yicha Qur'on va hadislarda bayon etilgan asoslarga ko'ra, mujtahidlar tomonidan yangi yechimlarni ishlash va monandligi asosida hukm chiqarishdir. Islom huquqshunosligida Qur'on va hadislarga asoslangan dalillar shar'iy (qonuniy) dalillar deyiladi, ularning ishonchliligi har qanday gumonlardan xolidir, chunki mazkur ikki manba islom ta'limotining mutlaq haqqoniy va mustahkam asosini tashkil etadi. Ijmo va qiyosga asoslangan dalillar, shuningdek, «furu» - shariat huquqining tarmog'i sifatida ham ma'lum. Shunday qilib, islom yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi.

Islom tamoyillariga muvofiq shakllantirilgan moliyaviy va iqtisodiy tizim zamonaviy va umumqabul qilingan tizim bilan qanday qilib va qay darajada uyg'unlashishi mumkin? Mana shunday tizim iqtisodiy resurslarni joylashtirish, taqsimlash va ayirboshlash masalalari bilan qay tarzda shug'ullanishi mumkin? Uning asosiy qoidalaridan ayrimlari qay yo'sinda lozim darajada tahliliy sinchkovlik ila izohlanishi mumkin? Islom tamoyillariga asoslangan moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy tizimni shakllantirish yoki ko'rib chiqishga jalb etilgan tadqiqotchilar mazkur va boshqa ko'plab masalalarni tadqiq etadilar. Faqat so'nggi bir necha o'n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me'yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko'plab tadqiqotlar chop etilgan bo'lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo'shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta'rifni qo'llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko'rib chiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islomiy moliya» atamasi ko'pincha «foizni man etuvchi» tizimni ta'riflash uchun ishlatiladi. Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat noto'g'ri, balki qo'shimcha chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi. Islomiy moliya industriyasi global moliyaviy aktivlarning qariyb 1% ini tashkil etadi . Islomiy moliyaviy xizmatlarga korporativ va ulgurji bozorda talabning ortib borishi tarmoq o'sishini rag'batlantirib turgan omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tarmoqda banklar asosiy bo'g'inni tashkil etmoqda va global bank sanoatida u qadar katta

1 Islom an'analarida Qur'on va sunnatdan mustaqil xulosa chiqarish huquqiga ega ulamolar "mujtahid"lar deb ataladi.

2 Baydaulet, Ye.A." Islomiy moliya asoslari " Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2019.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

bo'lmagan, lekin o'sib borayotgan tarmoqni o'zida aks ettirmoqda. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida islomiy bank ishi o'sishidagi ulkan o'zgarishlar yirik an'anaviy banklarning ham diqqat-e'tiborini, «islomiy darcha» deb ataladigan muqobil mahsulotlarni taqdim etishga qaratishiga turtki bo'ldi. Chunki islomiy banklar umumiy moliyaviy muhitda vujudga keladi va ishlaydi, ular bozorda raqobatbardoshlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq muammolarga ro'baro' bo'ladi. Bundan tashqari, mazkur banklar shariat ko'rsatmasi talablarini bajarishlari lozim bo'ladi.

Islomiy moliyalashtirishning o'ziga xos muhim xususiyatlaridan biri - voqelikdagi (real) aktivlar asosida moliyalashtirishdir. Moliyaviy sohaning oddiy kapitalistik konsepsiyasida bank va moliyaviy muassasalar faqat pullar va monetar majburiyatlarni sotib oladilar va sotadilar. Boshqa tomondan islomiy e'tiqodda pullar savdo predmeti sifatida tan olinmaydi. Pullar o'zicha hech qanday qiymatga ega emas, u faqat almashinuv vositasi, tovar yoki xizmatning puldagi ekvivalentidir. Qandaydir qiymatga ega biron narsa pulga sotilsa yoki turli valyutalar bir-biriga almashganda, foyda paydo bo'ladi. Pullar (bir valyutada) yoki ularning o'rnini bosuvchi qog'ozlar bilan kredit-qarz amaliyotlari natijasida olingan foyda o'zida pullik qo'shimcha qiymatni ifodalaydi, demak, u man etilgan hisoblanadi. Shunday qilib, oddiy moliyaviy muassasalardan farqli ravishda muqobil (islomiy) moliyalashtirish hamisha voqelikdagi (real) aktivlarga asoslanadi, oldi sotdi jarayonida voqelikdagi qo'shimcha qiymat yuzaga keladi. Buni voqelikda aktivlarni yaratadigan bo'nakli moliyalashtirish vositalarida (salam va istisno' asosida) ko'rib chiqamiz. Asosan salam amaliyotlari ishlatiladigan qishloq xo'jaligida moliyaviy muassasa mijozi hosilni sotganidan keyin o'z foydasini moliyalashtiruvchi

-5

bilan bo'lishib oladi. Istisno' bilan bo'lgan holatda moliyalashtirish mablag'i infratuzilma aktivlarini ishlab chiqarishga yo'naltiriladi, to'lovi kechiktirilgan aktivni buyurtmachiga sotishdan kelgan tushum orqali moliyalashtiruvchi o'zining puli va o'rnatilgan foydani qaytib oladi. "Salam" lug'atda "taslim qilish", "berish" kabi ma'nolarni anglatadi. Shariatda esa, zimmadagi vasf qilingan molning qiymatini oldindan berishga aytiladi. Bu savdo hojat tushganda ribo aralashmasligi sharti ila joiz. Ya'ni, oldi-sotdi qilinayotgan narsa bir xil bo'lmasligi va riboning boshqa ko'rinishlari bo'lmasligi kerak.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida ular mevani bir yil, ikki yilga «salaf» savdo qilar edilar. Bas, u Zot: «Kim xurmoni (boshqa rivoyatda, bir narsani) salaf savdo qilsa, ma'lum o'lchov, ma'lum vazn bilan, ma'lum muddatga salaf qilsin», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Sharh: Madina ahlining «salaf» savdosi johiliyat qoidasi

3 B Jo'raev (tarjimon). Islomiy moliyalar va bank tizimi. Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti. - T.: O'zbekiston, 2014.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

bo'yicha bo'lar edi. Mevaning qancha berilishi, qachon va qayerda berilishi tayin qilinmas edi. Shuning uchun ham, oralaridan turli kelishmovchiliklar, janjallar kelib chiqar edi. Ushbu hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «salaf» savdosining islomiy vasfini qilib berdilar. Salaf savdoda quyidagilar bo'lishi shart:

1. «Ma'lum o'lchov».

2. «Ma'lum vazn».

3. «Ma'lum muddat».

Ya'ni, narxi oldindan berilgan savdo moli xaridorga qachon berilishi ham aniq kelishib olinishi kerak. Ana shunda turli kelishmovchiliklarning oldi olingan bo'ladi.

Muhammad ibn Abu Mujolid roziyallohu anhu aytadilarki: «Meni Abdulloh ibn Shaddod va Abu Burdalar, Abdulloh ibn Abu Avfoning oldiga yuborib: «So'rachi, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari u zotning davrlarida bug'doyla «salaf» savdo qilishar ekanlarmi?» dedilar. Bas, u: «Shom ahli nabiytlari bilan bug'doyda, arpada va o'simlik yog'ida ma'lum o'lchov va ma'lum vaqtga salaf qilar edik», dedi.

«Huzurida (molning) tagi borlar bilanmi?» dedim. «U haqida ulardan so'ramas edik», dedi. So'ngra ikkovlari meni Ibn Abza huzuriga yubordilar, undan ham so'radim. Bas, u: «Ha, ulardan ekinlari bormi-yo'qmi so'ramas edik», dedi». Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.

Abu Dovud va Ibn Moja keltirgan rivoyatda: «Kim bir narsada salaf qilsa boshqasiga burib yubormasin», deyilgan.

Hadisda Shom ahli nabiytlari4- dehqonlari ma'nosida ishlatilgan. Chunki ular ekinlarini sug'orish uchun yer ostidan suv chiqarishga usta bo'lganlar. Sahobai kiromlarning ilmga bo'lgan qiziqishlari va har bir narsani aniq bilib, halol - haromiga qarab, keyin qilishga harakatlari e'tiborga sazovor. Abdulloh ibn Shaddod va Abu Burda roziyallohu anhumlar katta va ilmli sahobiylar bo'laturib Muhammad ibn Abu Mujolid roziyallohu anhuni Abdulloh ibn Abu Avfo va Abdurahmon ibn Abza roziyallohu anhumlarning huzurlariga salaf savdosi bug'doyda joizmi-yo'qmi ekanini bilib kelish uchun yuborishlari shuni ko'rsatadi.

Mahsulot paydo bo'lishidan oldin uning oldi-sotdisi amalga oshadigan tijorat muomalasining ikkinchi turi bu istisno'5 hisoblanadi. Bu tijorat ishlab chiqaruvchiga xaridor uchun muayyan mahsulotni ishlab chiqarish buyurtmasini berishni bildiradi. Agar ishlab chiqaruvchi xaridor uchun mahsulotni o'zining materiallaridan ishlab chiqarish majburiyatini olsa, istisno oldi-berdisi yuzaga keladi. Istisno joiz bo'lishi uchun narx tomonlarning roziligi bilan o'rnatilishi hamda (ishlab chiqarilishi

4 Sharh: «Nabiyt» so'zi yer ostidan suv chiqarishga usta odam, degan ma'noni bildiradi.

5 Istisno ' - ikki tomon: sotuvchi va xaridor o'rtasidagi oldi-sotdi shartnomasi bo'lib, unga ko'ra xaridor buyurtma bo'yicha qurilishi yoki tayyorlanishi lozim bo'lgan mavjud bo'lmagan tovarni sotib olishga rozilik bildiradi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

kutilayotgan) mahsulotning barcha zarur xususiyatlari bo'yicha bir kelishuvga erishishlari shart. Istisno shartnomasi ishlab chiqaruvchiga mahsulotni ishlab chiqarish mas'uliyatni yuklaydi, ammo u ishlab chiqarishni boshlamasdan oldin tomonlardan biri ikkinchi tomonga ogohlantirish bergan holda shartnomani bekor qilishi mumkin. Biroq ishlab chiqaruvchi mahsulotni ishlab chiqarishni boshlagandan keyin shartnomani bir tomonlama bekor qilib bo'lmaydi.

XULOSA

Islomiy moliya tarmog'i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o'zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSh dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20% ga o'sib bormoqda. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo'lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi.

Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to'g'ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga6 a'zo davlatlarning xalqaro savdo, iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo'llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo'lib xizmat qiladi.

n

O'zbekiston bilan hamkorlik doirasida, ITB guruhi sog'liqni saqlash, energetika, qishloq xo'jaligi, qurilish, maktab va ta'lim muassasalarini jihozlash, avtomobil yo'llarini qurish va ta'mirlash, davlat moliya tizimida islohotlar o'tkazish kabi sohalardagi loyihalarni (ja'mi 86 loyiha) moliyalashtirish uchun 2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag' ajratish haqida qaror qabul qilgan va shundan 1,1 mlrd. AQSh

o

dollaridan ziyod qismi bugungi kungacha moliyalashtirilgan .

Islom Taraqqiyot Bankining asosiy vazifasi a'zo-mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq bo'lgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlash bo 'lib, uning guruhi tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

• Islom taraqqiyot banki - IsDB

• Xususiy tarmoqni rivojlantirish buyicha islom korporatsiyasi - ICD;

• Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug'urtalash islom korporatsiyasi - ICIES;

• Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi - ITFC;

• Tadqiqotlar va treninglar islom instituti - IRTI.

6Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo'lib, 1973 yilning 18 dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari moliya vazirlari yig'ilishining qaroriga ko'ra ta'sis etilgan

O'zbekiston 2003 yildan beri ITBning a'zosidir.

8 ttps://azon.uz/content/views/islom-taraqqiyot-banki-haqida

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Islom Taraqqiyot Bankining guruhi keng miqyosdagi faoliyatlarni olib boradi, shu jumladan:

• a'zo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko'maklashish;

• a'zo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;

• a'zo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun ta'lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;

• a'zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko'rsatish;

• a'zo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha boshqa turli dasturlarni amalga oshirish.

• ITB a'zo-mamlakatlarda9 davlat va xususiy tarmoqqa qarashli yo'llar, kanallar, to'g'onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joylar, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqa shu kabi qishloq xo'jaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtiradi.

Ushbu loyihalar a'zo-mamlakatlar ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag'larini O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo'llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya'ni an'anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf." Bozor va unga bog'liq masalalar". T.: "Hilol-Nashr", 2014.

2. Ye.A. Baydaulet Islomiy moliya asoslari". Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2019. - 432 b

3. Abdulmannon Abdulloh. Tijorat va ishlab chiqarish haqida tasavvur. T.: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi, 2021

4. B Jo'raev (tarjimon). Islomiy moliyalar va bank tizimi. Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti. - T.: O'zbekiston, 2014

5. Kasimova Nodira Saidovna "INVESTMENT ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN" Procedia of Theoretical and Applied Sciences Volume 2, | Sep 2022 ISSN: 2795-5621 Available: http://procedia.online/index.php/applied/index

6. Касимова Нодира Саидовна. "ИНВЕСТИЦИОННАЯ СРЕДА В УЗБЕКИСТАНЕ"

"Экономика и социум" №10(101) 2022 www.iupr.ru

7. www.Ziyonet. Uz.

9ITBning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. Bankning asosiy hissadorlari: Saudiya Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, BAA, Qatar, Misr, Quvayt va Turkiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.