INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O'ZBEKISTONDA YOSHLAR PORTAL LOYIHASINI YARATISHDA XORIJIY TAJRIBANI O'RGANISH VA AMALIYOTGA JORIY ETISHNING
AHAMIYATI
Ismonov Navro'zbek Obobakir o'g'li
Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi Loyiha boshqaruvi fakulteti 2-kurs magistri G-mail: [email protected]
Annotatsiya: XXI asrning ilk yillaridan boshlab olimlar va siyosatchilar davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xarakterini modernizatsiyalashga katta ahamiyat berishmoqda. "Modernizatsiya" iborasiga berilayotgan tariflar xilma- xilligi bo'lishiga qaramay, ularning asl ma'nosi - "elektron hukumat"ga shaxsiy ehtiyojlar, aholi va tijorat, ijtimoiy jarayonlar nazorati, yoshlar va aholining boshqa qatlamlarining munosabatlari uchun davlat organlari faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish orqali davlat boshqaruvining yangi imkoniyatlarini yaratishni anglatadi. Bugungi kunda juda ko'plab sohalarda bo'lgani kabi yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlashda portal va veb-sahifalar yaratilgan va ushbu portal va veb-sahifalar butun dunyodagi yoshlarning barcha jarayonlardagi ishtiroki va munosabatlarini, yutuq va kamchiliklarini o 'zida aks ettirib boradi va mavjud muammolar, to 'siqlarga qarshi kurashish uchun o 'z imkoniyatlari darajasidan foydalanadi. Xalqaro yoshlarning o'zaro munosabatga kirishuvida yoshlar portallari juda ko'plab ijobiy ustunliklarga egaligi, hamda jamiyat va hukumatda yoshlarning o'zaro ishtiroki va jarayonlarga munosabat bildirishida muhim o'rin egallab kelmoqda. Bu o'z navbatida demokratik jamiyatning takomillashuviga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va davlatning xalqi va kelajagi bo'lgan yoshlar oldidagi mas'uliyatining yanada oshishiga sabab bo'ladi. Shu sababli xalqaro darajadagi yoshlar masalari bo'yicha islohotlarning ijobiy ko 'rinishlari O'zbekistonda joriy etish maqsadga muvofiq bo 'ladi va bu taraqqiyotning kaliti bo'lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlari: Modernizatsiya, ommaviy axborot vositalari, raqamlashtirish, veb-portal, axborot, biznes, internet, bank, "Elektron hukumat".
https://doi.org/10.5281/zenodo.7538204
Bugungi kunda Internet manbalari va OAV (ommaviy axborot vositalari) axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o'rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko'zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ma'lumki, o'tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan Internet tarmog'i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda an'anaviy OAV ning informatsion texnologiyalar asrida o'z mavqeini saqlab qolishi ko'p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchars bog'liq bo'lib qoldi. Bu borada Yurtboshimiz alohida ta'kidlab, «...bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi...», — deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar1.
Yoshlarning jahon hamjamiyatidagi o'rni bugungi kunda o'sib borayotgani, barcha sohalar, jarayonlar, faoliyatlarda ularning o'z fikrlari, mulohazalari, aniq maqsad va rejalarining mavjudligi yoshlar bugungi kunda naqadar faol va serg'ayrat ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Bugungi kunda yoshlar jamiyat va davlat fuqarolarining ko'pchiligini tashkil etganligi tufayli barcha davlatlarda ularning o'zaro munosabatlari, qarashlari va fikrlari barcha sohalar doirasida o'zining yorqin ifodasini topadi. Xususan, bugungi globallashuv jarayonlarida yoshlarning o'zaro, hamda davlat va jamiyat miqyosidgi munosabatlar virtual olam orqali ko'proq namoyon bo'lib bormoqda. Ularning aksariyati bugungi kunda dunyo bo'ylab ro'y berib borayotgan jarayonlarning qatnashchisi yoki faol kuzatuvchi sifatida o'zlarining ishtiroklarini aks ettiradilar. Yoshlarning munosabatlari bugungi kunda virtual olamning ajralmas qismlari bo'lgan turli xil veb-sahifalar, messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va portallar orqali aks etib bormoqda.
Veb-portal (inglizcha "portal - darvoza") - internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, yangiliklar, forumlar va h.k) ko'rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko'p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma'lum mavzuga bag'ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uz.net yoki ru.netga tegishli bo'lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo'lishi mumkin2.
Hozirgi kunda xalqaro miqyosda yoshlarninig va boshqa foydalanuvchilarning qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllanib bormoqda va davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Bu ma'lumotlar esa bugungi yoshlar hayotining ajralmas qismidir.
Dunyo mamlakatlarida so'nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo'lib, ular qatorida "Elektron hukumat" tizimini yaratishga alohida e'tibor berildi.Shu harakatlardan biri xalaqaro darajadagi yoshlar portallarining yaratilishi hisoblanadi va ulardan Xalqaro yoshlar portalidir.
Xalqaro yoshlar portallarining yaratilishiga bir qancha sabablar mavjud bo'lib, Xusuan, Yevropa davlatlarimisolida talqin etadigan bo'lsak Yevropaning aholisi tezroq keksayib
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentini Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so'zi gazetasi. 2019-yil 1-son.
2 Elektron hukumat H. Zayniddinov,M.Yakubov, J.Qoraboyev Toshkent -2013 109-bet
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
borishi va yosh ishchilar safi qisqarishi bilan Yevropa Ittifoqi o'zining yangi avlodiga tobora ko'proq suyanadi. 2007-yil 5-sentabrda taqdim etilgan komissiya tahliliga ko'ra, yoshlar ko'pincha bu mas'uliyatni olishga yetarli darajada tayyor emaslar. Yevropaning har olti yoshidan biri maktabni erta tark etadi va 4,6 million 15-24 yoshdagi bolalar ishsiz. Oq hujjatlar (ushbu hujjat hukumat tomonidan ishlab chiqilgan va kelgusidagi qonunchilik bo'yicha o'z takliflarini belgilab beruvchi dasturiy hujjatlardir. Oq hujjatlar tez-tez muhim hujjatlari sifatida nashr etiladi va ularda Billning rejalashtirilayotgan versiyasi bo'lishi mumkin.)3 Yevropa Ittifoqi va milliy darajada yoshlar ta'limi va sog'lig'iga ko'proq mablag' sarflash va ta'limdan ish joyiga o'tishni yaxshilash zarurligini ta'kidlaydi. Shuningdek, unda yoshlarni ko'proq fuqarolik hayotiga, umuman jamiyat hayotiga jalb qilish muhimligi ta'kidlangan.
Xalqaro yoshlar portallarining yaratilishining nazariy asoslaridan yana biri imkoniyatlarni kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda muammolarga yechim izlab topishdan iborat. Ushbu portallarda yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish ko'pincha avlodlararo tenglik, fuqarolik ishtiroki va demokratiyani barpo etish uchun eshik sifatida ko'rib chiqiladi. Xalqaro yoshlar portali faoliyati davomida yoshlar yetakchiligidagi ommaviy axborot vositalari, yoshlar huquqlari, yoshlar kengashlari, yoshlarning faolligi, jamoat qarorlarini qabul qilishda yoshlarni jalb qilish va boshqa jarayonlarga qaratilishi mumkin. Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo'lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal ommalashuvi natijasida ular jahon media maydoni sahnasida katta mavqega ega bo'lib bormoqda. Shunday ommaviy muloqot vositalaridan biri - yoshlar potallaridir. Hamon ommaviy kommunikatsiya hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan va endigina taraqqiyot yo'lidagi davlat fuqarolari ham bir xil ehtiyojlardan kelib chiqib ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko'tarilayotgan ekan, bunda yoshlar portallari ustuvor vositaligini e'tirof etmay iloji yo'q. Bugungi kunda ham Respublikada yoshlarning muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarning faoliyatini yoritish, ularning barcha sohalardagi salohiyatli kadrlar bo'lib yetishib chiqishlari uchun yoshlar portalini yaratish uchun dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda, ushbu bitiruv malakaviy ishi ham ushbu jarayonning bir qismi bo'lib xizmat qilmoqda va bu kabi islohotlar yoshlarning jamiyatdagi ishtiroki bilan Respublikamizning rivojlanishida muhim o'rin tutadi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro yoshlar portallarining yaratilishi mavjud ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning ta'siri, yoshlarning iste'dodlari va salohiyatlarini oshirishga, ularning
3 Marxel' I. I., Ovakimyan Yu. O. Kompleksniy podxod k ispol'zovaniyu texnicheskix sredstv obucheniya. M.: Visshaya shkola, 2018. 77-bet.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ta'lim olish va yetuk kadrlar sifatida davlat va jamiyat rivojida o'zlarining o'rinlariga ega bo'lishlari xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati:
1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentini Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so'zi gazetasi. 2019-yil 1-son.
2.Elektron hukumat H. Zayniddinov,M.Yakubov, J.Qoraboyev Toshkent -2013 109-bet
3.Marxel' I. I., Ovakimyan Yu. O. Kompleksniy podxod k ispol'zovaniyu texnicheskix sredstv obucheniya. M.: Visshaya shkola, 2018. 77-bet.
Internet manzillari:
1. www.intuit.uz
2. www.citforum.ru
3. www.google.uz
4. http://e-dastur.uz/maqola/dars/231-web.html
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Web_sahifa