Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA VOLFARAM MINERAL XOM ASHYO BAZASI VA UNING ASOSIY MUAMMOLARI'

OʻZBEKISTONDA VOLFARAM MINERAL XOM ASHYO BAZASI VA UNING ASOSIY MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
113
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ingichka / Sautbay / Volfram / Sheelit / Tungstenit / profillovchi metallar / kvars-greyzen / Skarn tipi / Lyangar / Stratigrafiya / Koʻkpatas svitasi / Adamelit-granit / fleksuralar / quyi perm dioritlari. / Ingichka / Southbay / Tungsten / Scheelite / Wolfstenite / profiling metals / quartz-greisen / skarn type / Lyangar / Stratigraphy / Kokpatas Formation / Adamelite-granite / flexures / Lower Permian diorites.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xo‘jakulov Amirjon Murodovich, Boymurodov Najmiddin Abduqodirovich

Bu maqola O‘zbekıston hududida joylashgan va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan volfram konlarining geologik joylashuvi, relyefi, mineralogik umumlashtirilgan tarkibi haqıda asosiy ma’lumotlar berilgan. Ushbu maqolada volframning eruvchan shakllari va sheelit va volframitning kristallanish sharoitlari, shuningdek ularni ishlab chiqarishning asosiy jihatlari tabiatda uchraydigan volfram rudasi turlari va uni boyitish jarayoni texnologiyasiga ilmiy yondashuvi tahlil qilingan va o‘rganilgan. Volframitni boyitish jarayonida odatda flotatsiya va gravitatsion boyitishning kombinatsiyalangan texnologiyasi yoki kombinatsiyalangan flotatsiya texnologiyasi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASE OF TUNGSTEN MINERAL RAW MATERIALS IN UZBEKISTAN AND ITS MAIN PROBLEMS

This article provides basic information about the geological location, relief, mineralogical general composition of tungsten deposits located in the territory of Uzbekistan and currently operating. In this article, the soluble forms of tungsten and the crystallization conditions of scheelite and wolframite, as well as the main aspects of their production, the types of tungsten ore found in nature and the scientific approach to the technology of its beneficiation process are analyzed and studied. In the beneficiation process of wolframite, the combined technology of flotation and gravity beneficiation or combined flotation technology is usually reported.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA VOLFARAM MINERAL XOM ASHYO BAZASI VA UNING ASOSIY MUAMMOLARI»

UO'K: 669.01/.09 - 10.5281/zenodo. 10726243

O'ZBEKISTONDA VOLFRAM MINERAL XOM ASHYO BAZASI VA UNING

ASOSIY MUAMMOLARI

Xo'jakulov Amirjon Murodovich Boymurodov Najmiddin Abduqodirovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, "Konchilik ishi" kafedrasi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Konchilik ishi kafedrasi

л assistenti, Qarshi, O zbekiston

dotsenti, Qarshi, O zbekiston

ORCIDID: 0009-0008-5701t0()ll ТшП^^

Annotatsiya. Bu maqola O 'zbekiston hududida joylashgan va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan volfram konlarining geologik joylashuvi, relyefi, mineralogik umumlashtirilgan tarkibi haqida asosiy ma'lumotlar berilgan. Ushbu maqolada volframning eruvchan shakllari va sheelit va volframitning kristallanish sharoitlari, shuningdek ularni ishlab chiqarishning asosiy jihatlari tabiatda uchraydigan volfram rudasi turlari va uni boyitish jarayoni texnologiyasiga ilmiy yondashuvi tahlil qilingan va o 'rganilgan. Volframitni boyitish jarayonida odatda flotatsiya va gravitatsion boyitishning kombinatsiyalangan texnologiyasi yoki kombinatsiyalangan flotatsiya texnologiyasi haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Ingichka, Sautbay, Volfram, Sheelit, Tungstenit, profillovchi metallar, kvars-greyzen, Skarn tipi, Lyangar, Stratigrafiya, Ko'kpatas svitasi, Adamelit-granit, fleksuralar, quyi perm dioritlari.

БАЗА ВОЛЬФРАМОВОГО МИНЕРАЛЬНОГО СЫРЬЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И

ЕЕ ОСНОВНЫЕ ПРОБЛЕМЫ

Хужакулов Амиржон Муродович Боймуродов Нажмиддин Абдукодирович

Доц. кафедры «Горное дело», Каршинский инженерно- Асс. кафедры «Горное дело», Каршинский инженерно-

экономический институт, экономический институт,

Узбекистан, Карши Узбекистан, Карши

Аннотация. В данной статье представлены основные сведения о геологическом положении, рельефе, минералогическом общем составе вольфрамовых месторождений, расположенных на территории Узбекистана и действующих в настоящее время. В данной статье проанализированы растворимые формы вольфрама и условия кристаллизации шеелита и вольфрамита, а также основные аспекты их производства, типы вольфрамовой руды, встречающиеся в природе, и научный подход к технологии процесса ее обогащения. изучал. В процессе обогащения вольфрамита обычно применяют комбинированную технологию фло-

тации и гравитационного обогащения или комбинированную технологию флотации.

Ключевые слова: Ингичка, Саутбей, Вольфрам, Шеелит, Волъфстенит, металлы профилирования, кварц-грейзен, скарнский тип, Лянгар, Стратиграфия, Кокпатасская свита, Адамелит-гранит, флексуры, нижнепермские диориты.

BASE OF TUNGSTEN MINERAL RAW MATERIALS IN UZBEKISTAN AND

ITS MAIN PROBLEMS

Khujakulov Amirjon Boymurodov Najmiddin

Assoc. Department of Mining, Karshi Engineering-Economic Ass. dept. of "Mining " Karshi engineering-economics institute,

Institute, Uzbekistan, Karshi Uzbekistan, Karshi

Abstract. This article provides basic information about the geological location, relief, mineralogical general composition of tungsten deposits located in the territory of Uzbekistan and currently operating. In this article, the soluble forms of tungsten and the crystallization conditions of scheelite and wolframite, as well as the main aspects of their production, the types of tungsten ore found in nature and the scientific approach to the technology of its beneficiation process are analyzed and studied. In the beneficiation process of wolframite, the combined technology offlotation and gravity beneficiation or combined flotation technology is usually reported.

Keywords: Ingichka, Southbay, Tungsten, Scheelite, Wolfstenite, profiling metals, quartz-greisen, skarn type, Lyangar, Stratigraphy, Kokpatas Formation, Adamelite-granite, flexures, Lower Permian diorites.

Kirish. Volfram (W)-oltinchi guruh metali, odatda olti valentli bo'ladi. Atom og'irligi 183,85. Tartib raqami 74. Klarki 710-3. Solishtirma og'irligi 19,1-21,4. Suyuq-lanish harorati 3388°C. Volfram Sheele tomonidan 1781-yili kashf etilgan. Volfram-ning eng yuqori oksidi WO3. Uning tuzlari volframning asosiy minerallari hisoblanadi. Sanoatda volfram po'latning maxsus nav-larini, qattiqligi juda yuqori bo'lgan qotish-malar va bronza olishda ishlatiladi. Volfram kislotasining tuzlari badiiy bo'yoqlar tayyor-lashda, to'qimachilikda, fotografiyada va boshqa sohalarda foydalaniladi. Nurash zo-nasida volfram molibden bilan o'rin alma-shadi. Volfram minerallari asosan, pegmatit-larda, pnevmatolitlarda, gidrotermal tomir-larda va kontakt-metasomatik jinslarda uchraydi.

Adabiyot tahlili va usullari. Volfram O'zbekistonda asosiy profillovchi metal-lardan biridir. Respublika 50 yildan ortiq vaqt mobaynida, dunyoga mashhur volfram-ma'dan provinsiyasi bo'lib kelgan. Ulardan biri deyarli to'liq ishlab chiqilgan (Lyangar), yana uchtasi yaqin vaqtgacha (Ingichka, Qo'ytosh, Ugat) ishlagan, Muruntov oltin konida volfram qazib olinadi. Respublikada volfram iste'molchisi, O'zbekiston o'tga chidamli va qattiq qotishmalar korxonasi (O'CH va QQK) hisoblanadi.

Volfram ma'danli obyektlari respub-likaning uchta kon-iqtisodiy maydonlarida jamlangan:

\-Toshkent atrofi (Sargardon, Barkrak va Chavata-daykali kvars-greyzen tipidagi konlari bilan, Chotqol ma'danli maydoni); 2-Samarqand (Ingichka koniga ega

1-jadval

Tarkibida volfram ishtirok etuvchi minerallar

t.r Mineral nomi Formulasi t.r Mineral nomi Formulasi

1 Tungstenit WS2 5 Sheelit CaWÜ4

2 Tungstit WÜ2(0H)2 6 Molibdosheelit Ca(Mo,W)04

3 Volframit (Fe,Mn)WÜ4 7 Kuprotungstit CuWÜ4

4 Ferberit FeWÜ4 8 Shtolsit PbWÜ4

Zirabuloq ma'danli maydoni, Chaqilka-londagi Yaxton, Karatyubedagi Karatyube, Shimoliy Nurotadagi Qo'ytosh, Janubiy Nurotadagi Lyangar); skarn tipidagi bu konlar Janubiy Tyan-Shanning Zarafshon-Oloy va Zarafshon-Turkiston metallogen zonalaridagi C3-P1 granitoidlari bilan chegaralangan;

3-Qizilqum (Janubiy Tyan-Shanning Janubiy Bukantau zonasidagi Saritau va Sautbay konlari bilan, Turbay ma'danli maydoni).

Qizilqum hududi bo'yicha ma'lum bo'lgan tasniflar va yangi ma'lumotlarning tahlili to'rtta geologik va sanoat tipni ajratib ko'rsatadigan, umumiy tasnifni taklif qilish imkonini beradi: skarn va aposkarn-skarnoid plastlari, dala shpati-kvars va kvars-greyzen tomirsimon-shtokverk.

Skarn tipi - Ingichka, Qo'ytosh, Lyangar, Yaxton yotqiziqlarining asosiy sheelitli konlari bo'lib, C3-P1 granodiorit-adamelit qatlamining kontaktlar va yaqin ekzokontaktlar (50-100 m. gacha) intru-ziyalari bilan chegaralangan.

Dala shpati-kvars (gumbeit) tipidagi O'zbekistonda Saritau volframli shtokverki bu turga to'g'ri keladi, garchi biz maydonlashtirishning yagona gidrotermik ustunida Saritauning yuqori bo'g'ini deb

hisoblaydigan, Muruntov oltin-noyob metall shtokverkini ham, kam bo'lmagan tipik analog deb hisoblash mumkin.

Muhokama. Sharqiy O'zbekistonda volfram minerallashuvining kvars-greyzen tipi keng tarqalgan. Bular mayda konlar (Sargardon, Barkrak va boshqalar) va leykokratik va subalkalin granitlarning endokontaktlari bilan chegaralangan, boy ma'danlarga ega.

1. Sautbay volfram koni va

ma'danli maydoni Kon haqida umumiy ma'lumotlar. Sautbay koni janubiy Bukantau-Turbay tog'larining g'arbiy qismida joylashgan. Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga qarashli. Uni oltin ma'danli Ko'kpatas koni bilan grunt yo'l (20 km) bog'laydi, u yerdan temir yo'l va shosse yo'llari boshlanib, Uchquduq tumani markazi bilan (35 km) bog'laydi. O'sha yerdan EUT-ZX va Amudaryodan vodoprovod o'tadi. Oltin va uran uchun tog' boyitish kombinatlari Ko'kpatas va Uchquduqda joylashgan, tog'-metallurgiya zavodi-kondan 40 km maso-fada. Relyef cho'lniki, yarim sahro, tekis-langan (nisbiy o'zgarishlar 10-30 m).

Foydali qazilmalar. Ma'danli tana-larni mineral tarkibi ko'p komponentli. Magnezial skarnlar asosan diopsiddan

www.srt-iournal.uz

iborat, ba'zan forsteritdan iborat. Unga, flogopit, tremolit, serpentin, ohakli skarnlar-solit, ba'zan granat, kvars, kalsit, plagioklaz qo'shilgan. Gipogen ma'danli minerallardan sheelit, molibdenit, pirrotin, pirit, xalkopirit, arsenopirit, sfalerit, galenit, vismutin, antimonit, sof oltin, kumush, vismut mavjud.

Ma'danli tanalarni geokimyoviy tarkibi volframdan tashqari, yuqori konsentrat-siyalarga ega: mis-0.1%, rux-0.03%, vismut-0.04%, oltin-0.25-1.5 g/t, kumush-1-5 g/t, molibden-0.01%. Ma'danlardagi asosiy yo'ldosh komponentlar-oltin, vismut, mis, ular texnologik tadqiqotlar bo'yicha sulfîdli konsentratdan ajratib olinishi mumkin. Geokimyoviy zonaviylik, ma'danli mine-rallarni taqsimoti xususiyatlariga mos ke-ladi, u quyidagicha ketma-ketlikdadir: (pastdan-yuqoriga): molibden-volfram, mis, rux, qo'rg'oshin, surma, mishyak, kumush.

Oltin konsentratsiyalarini keskin ortishi skarn tanalarda va ma'dan atrofî meta-somatitlarda (5-9 g/t gacha) belgilangan, ma'dan maydonini janubiy-sharqiy qanotida (Burgut uchastkasi). Ma'danlashuvni vertikal oralig'i 500 m. dan ortiq (kon kam nuragan).

Gidrogeologik sharoitlar-oddiy, doimiy suv oqimlari yo'q va minimal suvlilikka ega.

2. Yaxton volfram koni va ma'danli maydoni

Kon haqida umumiy ma'lumotlar.

Yaxton koni Chaqil-Kalon tog'larining suv ayirg'ichi yaqin qismida, Urgutsoy hav-zasida joylashgan. Ma'muriy jihatdan Samarqand viloyatining, Urgut tumaniga qarashli. Tuman markazi bilan grunt yo'li (10 km) orqali bog'langan, keyin vil oyat markazi va temir yo'l stansiyasi bilan shosse yo'l orqali bog'langan (25 km). Relyefi keskin o'zgaruvchan, absolyut balandligi 1400-1900 m, nisbiy o'zgarishlar 150-300

m. Iqtisodiy jihatdan (elektr ta'minoti, EUT, mehnat resurslari) Urgut tumani yuqori darajada o'zlashtirilgan Volfram ma'dan-larini namunaviy qazib olishni Qo'ytosh boyitish fabrikalarida o'tkazgan, ammo tashib olishni samarasizligi tufayli (150 km) to'xtatilgan.

Foydali qazilmalar. Skarn ma'danli tanalarni mineral tarkibi asosan, geden-bergitli-grossulyar, gedenbergitli-vollosto-nitlardan iborat. Boshqa minerallardan eng ko'p uchraydiganlari kvars, andezit, am-fibol, kalsit, pirrotin, pirit, xalkopirit, arsenopirit, vismutin va galenitlardan tashkil topgan.

Har-xil tadqiqotchilar mineral hosil bo'lishini 10 tagacha guruhga ajratadi. Asosiylari, skarnlar (piroksen, granat, andezin) va uchta gidrotermal: 1) amfibol, albit, kvars, sheelit. 2) kvars, albit, molibdenit va sheelit. 3) kvars, serisit, jilbertit, kalsit va pirit, markazit, xalkopirit, galenit. Vaqt bo'yicha birinchi va ikkinchi bosqichlar granodiorit-pofirlarning dayka-lari kirib kelishi bilan ajralgan. Ikkinchi va uchinchisi esa dioritoid daykalar guruhi bilan ajratiladi.

Ma'danli tanalarni geokimyoviy xusu-siyati volfram va molibdenni yuqori konsen-tratsiyalari bilan tavsiflanadi. Volframning miqdori har-xil bloklarda 0,25% dan, 0,4% gacha o'zgaradi. O'rtacha 0,35%, molibden 0,023%, mis 0,077%, sufidlarda yig'i-ladiganlar vismut (0,5-1%), talliy (1,25 g/t), selen va tellur.

Volframni yo'ldosh elementlari molibden, mis, vismut, qalay, ular shu tartibda vertikal geokimyoviy zonaviylik qatorini hosil qiladi. Lokal namoyon bo'lgan bere-zitlar bilan, submeridional bo'ylab qo'rg'oshin, kumush, oltin, mishyakni geokimyoviy tarkiblari bir-biriga bog'liq. Ma'danlashish-

ning tarqalish qalinligi 400 m dan ortiq.

Tog'-texnik sharoitlar murakkab, bu-ning sababi ma'danlashuvni notekis tar-qalganligi, foydalanishdagi tog' lahmlaridan uzoqdaligidir. Grunt suvlari oqimi norma atrofida. Boyitishning texnologik sxemasi murakkab. Bundagi sheelit konsentrati 73%, ajratib olishda 85% ga yana yo'ldosh komponent sifatida mis va molibden bilan qazib olinadi. Yassi surilmalar va sinfor-malarni yirik paleo-geologik tuzilmasida, yer osti suvlarini harakatini qo'shimcha qilish mumkin.

Migratsiya omilining asosiy kompo-nenti intruzivni ildizi, uning eng tik yotuvchi qismiga to'g'ri keladi. Minerallashgan zona Qo'ytosh-Ugat kamari ma'danlashuvi, mak-simal darajada moprotsenti bilan tavsif-lanadi. Chekka qismlarda u kamayadi, uzoqlashganda esa sanoatga loyiq bo'lmay qoladi. Tashkil bo'lish sharoitlari bo'yicha Qo'ytosh koni kam chuqurlik sharoitlariga, katta bo'lmagan nurash kesimi bilan bog'liq. Sistema ochiq intruziv yuqori darajali deformatsiyasi bilan, komponentlarning qisman yoyilishiga imkon beradi.

3. Ingichka volfaram koni va ma'danli maydoni

Ingichka konining o'rganilish tarixi. Ingichka koni Zirabuloq tog'ining janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Ma'muriy jihatdan Samarqand viloyati Nurobot tumaniga to'g'ri keladi. Relef 50 m gacha balandlikda bo'lgan tepaliklardan iborat. Kattaqo'rg'on temir yo'l stansiyasidan 28 km masofada joylashgan, ya'ni Ingichka GOK magistral yo'l bilan bog'langan.

Foydali qazilmalari. Minerologik

assotsiyasi bo'yicha uchta tempraturali fatsi-yat ajratilgan: piroksen, amfibol va muskovit-rogovikli. So'ngi ikkisi granit massivining barcha qismi bo'yicha tarqalgan, lekin piroksen-rogovikli fatsiya faqat kon chegaralarini qamrab oladi. Intru-zivning chuqurlikdagi yuzasi va morfologik shartlanganligi, qamrab olgan metomor-fizmning gorizontal zonalligini aks ettiridi. Piroksen-rogovikli fatsiyalar intruzivdan 50100 m, amfibol-rogovikli - 450-500 m, muskovit-rogovikli fatsiya esa 1100 m dan ko'proq masofada tarqalgan.

Xulosa. O'zbekiston volfaram mineral -xom ashyo bazasini kengaytirish va joriy etishning asosiy muammolari:

1. Qizilqumda, birinchi navbatda, Turbay, Oltintov, Auminza-Beltau ma'danli maydonlarida, aposkarn-skarnoid tipidagi yangi obyektlarni maqsadli prognozlash va izlash;

2. Faol kon boyitish fabrikalarga ega ma'lum konlarning yon bag'irlari va pastki qavatlarini maksimal darajada reali-zatsiya qilish;

3. Muruntov karyeri va uning eng yaqin yo'ldoshlaridan, volfram qazib olish-ning texnologik imkoniyatlarini kengay-tirish;

4. O'zbekistonning kichik, lekin nisbatan boy ko'rinishlaridan (To'rangi, Xo'jadiq, Sargardon va boshqalar) metall qazib olishning maqsadga muvofiqligini geologik-iqtisodiy baholash;

5. Murakkab oltn-volfram obyekt-larini aniqlash maqsadida, Sautbay va Saritau ma'dan konlari yonbag'irlarini qayta ko'rib chiqish va baholash ishlari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Shodiyev , A. ., Boymurodov , N. ., Xujaqulov , A. ., & Isroilov , S. . (2024). O'ZBEKISTON VOLFRAM KONLARI HAQIDA UMUMIY TAVSIFINI

O'RGANISH. Наука и инновация, 2(1), 154-159. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/25843

2. Пирматов, Э. А., Шодиев, А. Н. У., & Боймуродов, Н. А. (2023). ИЗУЧЕНИЕ РАСТВОРИМЫХ ФОРМ ВОЛЬФРАМА И УСЛОВИЙ КРИСТАЛЛИЗАЦИИ ШЕЕЛИТА И ВОЛЬФРАМИТА. Universum: технические науки, (11-2 (116)), 15-19.

3. Shodiev, A., Boymurodov, N., & Ravshanov, A. (2023). STUDY OF THE TECHNOLOGY FOR EXTRACTING TUNGSTEN IN THE FORM OF A SEMIFINISHED PRODUCT AND METALLIC FORM FROM INDUSTRIAL WASTE. Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности, 1(2),

4. Шодиев, А., Боймуродов, Н., Хужакулов, А., Равшанов, А., & Нарзуллаев, М. (2024). ИССЛЕДОВАНИЕ И ОБОСНОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПОЛУЧЕНИЯ ПОЛУФАБРИКАТОВ И ВОЛЬФРАМА В МЕТАЛЛИЧЕСКОМ ВИДЕ ИЗ ПРОМЫШЛЕННЫХ ОТХОДОВ. Молодые ученые, 2(1), 107-112.

5. Шодиев, А. Н. У., Туробов, Ш. Н., Саидахмедов, А. А., Хакимов, К. Ж., & Эшонкулов, У. Х. У. (2020). Исследование технологии извлечения редких и благородных металлов из сбросных растворов шламового поля. Universum: технические науки, (5-1 (74)), 37-40.

6. Шодиев, А. Н. У., Хужакулов, А. М., Олимов, Ф. М. У., Ахмедова, Д. А., & Туробов, Ш. Н. (2020). Исследование возможности извлечения редких металлов из отходов металлургического производства Узбекистана. Вестник науки и образования, (13-1 (91)), 26-31.

7. Duncan J.F., Kepert D.L. Polyanion equilibria in aqueous solution. Part. II. A thermodynamic atudy of the paratungstate anion. Journ. Chem. Soc., 1962, № 1.

8. Schwarzenbach G., Meier J. Formation and investigation of unstable protonation and deprotonation products of complexes in aqueous solution. - "J. Inorg. Nucl. Chem.", 1958, v. 8, p. 302-312.

9. Temirjon Otatso'ziyev. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

87-91.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.