Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
82
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / raqamli iqtisodiyot / big data / bulutli texnologiya / sun’iy intelekt / buyumlar interneti / blokcheyn. / digital technology / digital economy / big data / Cloud technology / artificial intelligence / Internet of things / blockchain.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmonov Jamshid Rasulovich, Sanakulova B.R.

maqolada jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati oʻrganilgan holda, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslangan. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

the article explores the role and importance of digital economy in the world economy, based on the priorities for the development of digital economy in Uzbekistan. Also, the experiences of the use of digital technologies in the socioeconomic sphere are covered.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING

USTUVOR YO'NALISHLARI

Usmonov Jamshid Rasulovich

Oriental universiteti magistri Ilmiy rahbar: Sanakulova B.R.

i.f.d., professor

Annotatsiya: maqolada jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o'rni va ahamiyati o'rganilgan holda, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari asoslangan. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, raqamli iqtisodiyot, big data, bulutli texnologiya, sun'iy intelekt, buyumlar interneti, blokcheyn.

Abstract: the article explores the role and importance of digital economy in the world economy, based on the priorities for the development of digital economy in Uzbekistan. Also, the experiences of the use of digital technologies in the socioeconomic sphere are covered.

Keywords: digital technology, digital economy, big data, Cloud technology, artificial intelligence, Internet of things, blockchain.

Аннотация: в статье рассмотрены роль и значение цифровой экономики в мировой экономике, обоснованы приоритетные направления развития цифровой экономики в Узбекистане. Также освещается опыт использования цифровых технологий в социально-экономической сфере.

Ключевые слова: цифровые технологии, цифровая экономика, большие данные, облачные технологии, искусственный интеллект, интернет вещей, блокчейн.

Kirish. Jahon iqtisodiyotidagi raqamli bozordagi shiddatli o'zgarishlar sharoitida har bir davlatlar tomonidan raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati jadallik bilan o'sib bormoqda. DataReportal xalqaro agentligining raqamli muhit tendensiyalari haqidagi hisobotlariga ko'ra, "2022-yilga nisbatan mobil qurilmalarning foydalanuvchilari 3,2%, internet foydalanuvchilari 1,9% ijtimoiy media foydalanuvchilari 3% o'sish ko'rsatkichlariga ega bo'lgan. Shu bilan birga, dunyo aholisining 68 foizi raqamli muhit orqali munosabat o'rnatayotganliklarini ta'kidlashgan"1. "Axborot asri" va "ilg'or texnologiyalar" raqamli siyosatning bosh mezonlari bo'lib hisoblanadi hamda bugungi kunga kelib har qanday davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini shakllantirishida raqamli texnologiyalardan foydalanishni davr talabi darajasiga ko'tarmoqda.

O'zbekistonda raqamlashtirish borasida ilg'or xorjiy tajribalar almashinuvi borasidagi say-harakatlarni birgina 2023-yil 15-avgust kuni Vashingtonda

1 2024-yil boshiga global raqamli ko'rsatkichlar tahlili. https://datareportal.com/ - global raqamli ko^satkichlaming statistik tahlillari sayti

O'zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori o'rinbosari Izabel Koulman ikki tashkilot o'rtasidagi anglashuv memorandumini imzolanganligida ham ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PQ-6079-son "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida raqamli sanoatni jadal rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo'lib, hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlarini o'z ichiga oladi. Strategiyani amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" elektron hukumatni rivojlantirish, raqamli sanoat, raqamli ta'lim va raqamli infratuzilma sohalaridagi maqsadlarni qamrab olgan.2

Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni3da belgilangan vazifalar amalga oshirish maqsad qilib olingan. Ushbu farmonda keltirilgan vazifalarni izchil bajarishda 7 ta bob va 100 ta maqsad strategik yo'nalish sifatida belgilab olingan. Ushbu maqsadlar ichida "25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish" shu jumladan, iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish hamda dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish vazifalari tadqiqotimizni dolzarbligini asoslaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Axborot jamiyati, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot va uni rivojlantirish masalalari doirasida xorijiy hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlari o'z tadqiqotlarida o'rganishgan.

A.A.Abduvaliyev, A.B.Bobojonov, S.S.G'ulomov, B.A.Begalov, A.Sh.Bekmurodov, A.A.Musaliyev, T.Z.Teshabayev, N.Nabiyeva, K.U.Turabayeva, D.N.Raximova, S.M.Xodjayev va boshqa bir qator olimlarning ishlarida milliy iqtisodiyotning raqamlashtirish siyosati doirasida nazariy va amaliy tadqiqotlar o'z aksini topgan4.

2 https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/16/usaid-digital-uzbekistan-2030/

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-5841063

4 А.А.Абдувалиев,Ракамли щтисодиёт:тенденциялар ва истщболлар (Монография)-Т.: «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи» 2020.-190 б. ISBN978-9943-6730-5-2; Бобожонов А.Б. Узбекистонда ахборот мадсулотлари ва хизматлари бизнесини ривожлантиришнинг услубий жидатлари.: PhD. дис. щт. фан. - Т.: ТДИУ, 2018, - 155 бет.; Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. - Т.: Iqtisod-Moliya, 2019. 396 b.; Бегалов Б.А., Кичик бизнес субъектлари учун яратилаётган ахборот тизимлари сифатини бадолашда фойдаланувчилар талабининг тадлили. "И^тисодиёт ва инновацион технологиялар" илм. эл. журнали. № 1, январь-февраль, 2015 йил; Бекмуродов А.Ш., Мусалиев А.А. Информационный бизнес. Уч.пос. -Т.: ТГЭУ, 2006. - 288 с.; Teshabayev T.Z., Otakuziyeva Z.M., Bobokhujaev Sh.I. Specificity of conceptual development of information economy in Uzbekistan // Advances in Economics, Business and "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" Ilm. el. jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil; Набиева Н. 2021. Научно-теоретические основы разработки маркетинговых стратегий развития предприятий сферы услуг в условиях цифровой экономики. Общество и инновации. 2, 4 (авг. 2021), 19-26. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4-

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda ilmiy mushohada, abstrakt-mantiqiy fikrlash, tizimli tahlil, integratsiyalashgan yondashuv, statistik, mantiqiy tadqiqot usuli, analiz, qiyosiy va vaziyatli tahlil yordamida amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish birinchi navbatda zamonaviy texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda qo'llash va joriy etish bilan boshlanadi. Shuning uchun dastavval raqamli texnologiyalar nima ekanligini bilishimiz lozim.

Zamonaviy ikkilik sanoq tizimining asoslari XVII asrda matematik Karl Leybnits tomonidan qo'yilgan. Yigirmanchi asrda bu tizimdan dasturiy ta'minotda foydalana boshlandi. 1941-yilda birinchi EHM, 1948-yilda esa birinchi EHM dasturi paydo bo'ldi. Keyinchalik, XX asr o'rtalarida raqamli texnologiyalar deganda ma'lumotlarni 0 (signal yo'q) va 1 (signal mavjud) larning turli kombinatsiyalari shaklida ifodalash tushinilgan. Cheksiz miqdordagi ma'lumotlarni 0 va 1 dan tashkil topgan sonli ifodalash raqamli texnologiyalarning asosini tashkil qiladi. EHM yoki kompyuter istalgan ma'lumotni elektr signalining mavjudligi yoki yo'qligi ko'rinishida avtomatik tarzda tasvirlaydi, ya'ni ikkilik sanoq tizimining 0 va 1 raqamlari kabi.

Ammo keyinchalik bu boshqa ta'rif bilan almashtirildi: raqamli texnologiyalar-bu ma'lumotlar "raqamlashtirilgan", ya'ni universal raqamli shaklda taqdim etilgan texnologiyalar. Raqamli texnologiyalar ta'rifming yana bir varianti- bu ma'lumotlarni yaratish, saqlash va tarqatish imkonini beruvchi barcha texnologiyalardir. O'z navbatida, analog qurilmalar ma'lumotlar birlashtirilmagan, lekin har bir ommaviy axborot vositasi uchun turli formatlarda saqlanadigan va uzatiladigan qurilmalardir. Masalan, statsionar telefon analog texnologiya bo'lib, smartfon allaqachon raqamli qurilma.

Oddiy qilib aytganda, raqamli texnologiyalarga elektron hisoblash va ma'lumotlarni o'zgartirish bilan bog'liq barcha narsalar kiradi: gadjetlar, elektron qurilmalar, texnologiyalar, dasturlar. Analog texnologiyalar bilan taqqoslaganda, raqamli texnologiyalar katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va uzatish uchun ko'proq mos keladi va yuqori hisoblash tezligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, axborot buzilmasdan, iloji boricha aniq uzatiladi. Asosiy kamchiligi yuqori energiya sig'imi va iqlimga salbiy ta'sir ko'rsatishadi.

Hozirda global uglerod chiqindilarining taxminan 0,3%i ma'lumot markazlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ular yiliga taxminan 200 TVT / soat elektr energiyasini iste'mol qiladilar, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda yillik energiya iste'molidan ko'proqdir. Biroq, 2030 yilga kelib, bu ko'rsatkich umumiy global talabning 20 foizigacha o'sishi mumkin, bu esa chiqindilarning sezilarli o'sishiga olib keladi.

pp12-19.; Турабаева К.У. Ракамли иктисодиётда электрон савдонинг ривожланиш хусусиятлари // Development Issues Of Innovative Economy In The Agricultural Sector. International scientific-practical conference on March 25-26, 2021. http://papers.conference.sbtsue.uz/; Рахимова Д.Н. Strategy of socio-economic development of the regions of Uzbekistan in the conditions of the digital economy // "Ракамли иктисодиёт шароитида иктисодиёт ва ишлаб чикаришни ташкил этиш ва бошкариш: назария ва амалиёт" мавзусида халкаро микёсдаги онлайн илм.-ам. конф. туплами. -Т.: ТМИ., 2021. - Б. 19-22.; Xodjayev S.M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hukumat tizimini takomillashtirish. Diss. avtoreferati.-TDIU, 2023.-B.53.

Ko'pincha raqamli texnologiyalar bilan axborot texnologiyalarini bir biri bilan chalkashtirish holatlari uchraydi, aslida biri boshqasining bir qismi hisoblanadi. Axborot texnologiyalariga, ma'lumot almashish bilan bog'liq bo'lgan barcha texnologiyalar hatto analog qurilmalar kiradi. Masalan, qachon yurish kerakligini aytadigan svetofor-bu axborot analog qurilmasi va bizga tirbandlik(probka)lar to'g'risida xabar beradigan servis ham axborot, lekin allaqachon raqamli texnologiya hisoblanadi.

Deyarli har qanday biznes (Customer Relationship Management(CRM)-mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi) dan foydalanadi. Bu tizim mijozlarga masofadan ishlash, saqlash va mijozlar bazasi bilan ishlash, buxgalteriya hisobi va tovarlarni hisobga olish uchun onlayn xizmatlarni taklif qiladi. Kompaniyalar o'z bizneslarini rivojlantirish va mijozlar bazasini yaratish uchun tobora katta ma'lumotlar va tahlillardan foydalanmoqdalar.

Ta'limda gadjetlar va dasturlar masofaviy o'qitish, tayyorgarlik va uy vazifalari, taqdimotlar, dasturlash va ijodiy vazifalar uchun ishlatiladi. Virtual va kengaytirilgan haqiqat materialni yaxshiroq idrok etishga va o'rganishni yanada interaktiv qilishga yordam beradi. AI algoritmlari kasbga yo'naltirish va o'quv jarayoniga yordam beradi.

Tibbiyotda raqamli texnologiyalar yangi dori-darmonlar va vaksinalarni tezroq topishga, hatto dastlabki bosqichlarda ham aniqroq tashxis qo'yishga, kasalliklarni bashorat qilish bo'yicha tahlillarni to'plashga, robotlar yordamida onlayn konsultatsiyalar va hatto operatsiyalarni o'tkazishga yordam beradi.

Chakana savdoda "digit " tovarlarni qidirish va buyurtma qilish, omborlarni boshqarish va yetkazib berish jarayonini soddalashtiradi. Mijozlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish va savdo zallari orqali harakatlanish to'g'risidagi ma'lumotlar do'kon maydonini optimallashtirishga yordam beradi. Ovozli yordamchilar va chat-botlar so'rovlarni maksimal tezlikda qayta ishlaydi va oflayn do'konlar kassa apparatlari va sotuvchilarsiz-kameralar hamda yuzni aniqlash algoritmlaridan foydalangan holda ishlamoqda.

San'at va ko'ngilxushlik sohasida raqamli texnologiyalar o'yin o'ynash, kitob sotib olish va o'qish, musiqa tinglash va Full videolarni onlayn tomosha qilish, oqim xizmatlarida cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi. Neyron tarmoqlar musiqa, rasm va kitoblarni yaratishda ishtirok etadi, virtual aktyorlar va musiqachilar esa haqiqiylarini almashtiradi.

Ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalar yordamida alohida liniyalar va butun zavodlar avtomatlashtiriladi, yangi modellar va materiallar ishlab chiqariladi, xavfsizlik va ekologiya nazorat qilinadi, uskunalardagi nosozliklar bashorat qilinadi, nuqsonlar va shikastlanishlarning oldini olinadi, ish vaqti va resurslar optimallashtiriladi.

Umumiy ovqatlanishda raqamli texnologiyalar buyurtmalarni yig'ish va tarqatish, pishirish, mahsulotlarning miqdori va saqlash muddatini nazorat qilish bilan shug'ullanadi va hatto maksimal tirbandlik bilan yangi nuqtalarni topishga yordam beradi.

Bugungi kunda har bir davlat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni o'zining ustuvor yo'nalishi deb biladi. Davlat dasturlari yordamida raqamlashtirish, xavfsizlikni ta'minlash va huquqiy tartibga solish, mamlakatimizda raqamli savodxonlik darajasi tahlil qilinib rivojlanmoqda. O'zbekiston ham raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda jarayonga moslashish sur'atini oshirmoqda.

2019-yilda chop etilgan UNCTADning raqamli iqtisodiyot hisobotiga ko'ra, 7 ta raqamli kompaniya (Microsoft, Apple, Amazon, Google, Facebook, Alibaba va Tencent) jami global bozor kapitallashuvining 3/2 qismini tashkil qildi. Global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan qo'shilgan qiymatning qariyb 40 foizi AQSh va Xitoy hissasiga to'g'ri keladi5. 2021-yil holatiga ko'ra raqamli iqtisodiyotning O'zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 1,6 foizni, AQShda 9,3 foizni, Xitoyda 3,8 foizni, Hindistonda 8 foizni tashkil etdi.

2025-yilga borib dunyoning raqamli iqtisodiyoti 23 trillion AQSh dollarga yetadi. Uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi hozirgi 17,1 foizdan 24,3 foizgacha oshadi. Kommunal, sanoat va qishloq xo'jaligi, transport, moliya va boshqa sohalarda raqamli transformatsiyani rag'batlantirish uchun dunyo bo'ylab 100 milliard ulanish o'rnatiladi. Bulutli texnologiyalardan foydalanadigan korxonalar soni 85%, sun'iy intellekt - 86%, raqamli katta ma'lumotlar - 80 foizni tashkil etadi. Ushbu yuqori darajada rivojlanayotgan texnologiyalarni o'rganishimiz natijasida O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ustuvor yo'nalishlar sifatida quyidagi texnologiyalarni ko'rib chiqamiz.

Katta ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash texnologiyasi (Big Data).

«Big Data» atamasi «katta ma'lumotlar» degan ma'noni bildirib, uni birinchi marta 2008-yilda «Nature» jurnalining muharriri Klifford Linch ishlatgan. U dunyoda axborot hajmlarining jadal sur'atlarda o'sishi haqida gapirib, faqatgina yangi vositalar va yanada ilg'or texnologiyalar ularni o'zlashtirishga yordam berishini ta'kidlagan. Linch «katta ma'lumotlar»ga sutkasiga 150 Gb hajmda bo'lgan har qanday ko'rinishdagi ma'lumotlar tegishli deb hisoblaydi, ammo hanuzgacha ma'lumotlarni yagona o'lchov birligi mavjud emas6.

«Big Data» - bu juda tez sur'atlarda o'sib borayotgan katta hajmdagi tizimli va tizimsiz raqamli ma'lumotlar to'plami. «Big Data» biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish, to'plangan ma'lumotlarga asoslangan eng samarali qarorlarni qabul qilinishini ta'minlash maqsadida axborotni saqlash va qayta ishlashning innovatsion usullarini o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda «Big Data» texnologiyalari bozorida AQShning Amazon.com, Inc., IBM, Microsoft, Oracle, Dell Technologies, Cisco Systems, Inc., Cloudera, Inc., Salesforce.com, Inc., Teradata, Tableau Software, Hewlett-Packard, Prolifics, Inc., Xplenty, Clairvoyant, Teradata, EquBot Inc., Dell Technologies, Vmware, Inc. Databrix korporatsiyalari va SAS instituti, Germaniyaning SAP SE va Software AG, Yaponiyaning Fujitsu Limited va CMIC Co., Ltd., Hindistonning Infosys Limited,

5 DIGITAL ECONOMY REPORT 2019, VALUE CREATION AND CAPTURE: IMPLICATIONS FOR DEVELOPING COUNTRIES. United Nations Geneva, 2019. - P. 17.

6 https://ict.xabar.uz/uz/startap/big-data-texnologiyasi-va-undagi-malumotlarni-tahlil-etish

Xitoyning Huawei Technologies Co., Ltd. va Buyuk Britaniyaning Deloitte Touche Tohmatsu Limited kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.

2021-yilda mamlakatlarning global yirik ma'lumotlar va biznes-tahlil bozoridagi ulushi: AQSh - 51%; Yaponiya - 5,7%; Xitoy - 5,5% Buyuk Britaniya -5,1%; Germaniya - 4,4%; boshqalar - 28,3%.

«Katta ma'lumotlar»ning kelajagi tahlilchilarni talab qiladi. Katta ma'lumotlar hajmi o'sishda davom etar ekan, unga sho'ng'ish va amaliy tushunchalarni olish uchun o'qitilgan ma'lumotlar tahlilchilariga ehtiyoj ortib bormoqda. «Katta ma'lumotlar» tahlili moliya, hukumat va sog'liqni saqlash kabi sohalarda o'zgarishlar yaratish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, firibgarlikning oldini olish, tabiiy ofat yuz berganda resurslarni taqsimlash yoki sog'liqni saqlashni yaxshilash orqali odamlar hayotini o'zgartirishga yordam beradi.

Bulutli texnologiyalar (Cloud computing).

Bulutli texnologiyalar - bu raqamli ma'lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyalari bo'lib, ular yordamida kompyuter resurslari Internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi. Dasturlar ishlaydi va o'z ish natijalarini mahalliy kompyuterdagi veb- brauzer oynasida ko'rsatadi. SHu bilan birga, ishlash uchun zarur bo'lgan barcha dasturlar va ularning ma'lumotlari masofaviy Internet-serverda joylashgan va vaqtincha mijoz tomonida keshlangan: shaxsiy kompyuterda saqlanadi.

Bulutli hisoblash - bu foydalanish uchun to'lov asosida Internet orqali hisoblash resurslariga - jismoniy serverlar yoki virtual serverlar, ma'lumotlarni saqlash, tarmoq imkoniyatlari, ilovalarni ishlab chiqish vositalari, dasturiy ta'minot, sun'iy intellekt asosidagi tahliliy vositalar va boshqalarga talab bo'yicha kirishdir7. Texnologiyaning afzalligi shundaki, foydalanuvchi o'z ma'lumotlariga kirish huquqiga ega, lekin u ishlaydigan infratuzilma, operatsion tizim va dasturiy ta'minotdan foydalanish qiyinchilik tug'dirmaydi. "Bulut" so'zi murakkab infratuzilmani ifodalovchi metafora bo'lib, uning orqasida barcha texnik tafsilotlarni yashiradi.

Bulutli hisoblash yordamida davlatning axborotlari va tushunchalarni topish, bashorat qilish, ularni yaxshilash va boshqa strategik qarorlarini qabul qilish uchun tahlil qilinishi mumkin. Bulutli xizmatlar iqtisodiyotda katta hajmdagi ma'lumotlarga kirish uchun ko'proq qayta ishlash quvvati va ilg'or vositalar bilan ta'minlashi mumkin, shuningdek, atrof-muhit o'sib borishi bilan tezda ko'lamini aniqlash imkoniyatini beradi.

Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT)

Cisco IBSG konsalting guruhining hisob-kitoblariga ko'ra, 2008 va 2009 yillar orasida Internetga ulangan buyumlar soni odamlar sonidan oshib ketdi, shuning uchun odamlar Internetidan buyumlar Internetiga evolyutsion o'tish kuzatildi. Buyumlar Interneti deganda tarmoqlararo ma'lumotlarning o'zaro ta'siri, shu jumladan elektronika, dasturiy ta'minot, sensorlar, aktuatorlar va ushbu obyektlarga ma'lumotlarni to'plash va almashish imkonini beruvchi tarmoqqa o'rnatilgan

7 https://www.ibm.com/topics/cloud-computing

jismoniy qurilmalar, transport vositalari, binolar va boshqa obyektlarning o'zaro ta'siri tushuniladi8.

Tadqiqotlarga ko'ra, 2018-yil oxiriga kelib dunyo bo'ylab narsalar internetiga ulangan qurilmalar soni 22 milliard donani tashkil qilgan. 2025-yilda 38.6 milliard qurilma, 2030-yilda esa 50 milliard buyumlar internetga ulanishi taxmin qilinmoqda.

McKinsey Global instituti ma'lumotlariga ko'ra, Buyumlar Interneti 2025-yilgacha jahon iqtisodiyotini har yili 4 trln.dan 11 trln. AQSH dollarigacha olib keladi. Internet-narsalar loyihasi Yevropa Ittifoqi va Xitoyda davlat darajasida ustuvor vazifa sifatida qabul qilingan va Cisco, IBM, Intel, Ericsson, ZTE, NEC, HP va boshqalar kabi korporatsiyalar uchun asosiy hisoblanadi. Buyumlar Interneti asta-sekin inson faoliyatining barcha sohalariga kirib, "Sanoat buyumlar Interneti" (IIoT) kabi tushunchani faol muhokama qilinadigan texnologik trendga olib keldi. Sanoatda qo'llaniladigan buyumlar Internet texnologiyalari xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi va samaradorlikni oshirishi mumkin. Eng yirik nemis kompaniyalarining so'rov natijalariga ko'ra, 2019-2022-yillar davomida kompaniyalarning taxminlariga ko'ra, sanoat Internet texnologiyalariga investitsiyalar samaradorlikni o'rtacha 18% ga oshirishi va xarajatlarni 14% ga kamaytirishi mumkinligi aniqlangan.

Sun'iy intellekt (Artificial Intelligence, AI)

Sun'iy intellekt (AI) - bu kompyuterlarga turli xil ilg'or funksiyalarni, jumladan, og'zaki va yozma tilni ko'rish, tushunish va tarjima qilish, ma'lumotlarni tahlil qilish, tavsiyalar berish va boshqalarni bajarishga imkon beruvchi texnologiyalar to'plamidir9. Inglizcha Artificial Intelligence(AI)-sun'iy intellekt(SI) atamasi "aql bilan fikr yuritish qobiliyati" ma'noni anglatadi. SI ma'lumotni qabul qiladi va unga inson aralashuvi yoki buyrug'ini kutmasdan javob beradi. SI katta hajmdagi ma'lumotlarni kompyuterda saqlash bilan birgalikda, ularni tahlil qiladi. Murakkablikning eng yuqori darajasi sifatida ushbu texnologiya o'ziyurar avtomashinalarda, dronlarda, robotlarda qo'llaniladi.

SI ga birinchilardan bo'lib, J. Makkarti 1956-yilda ta'rif bergan "Insongagina xos bo'lgan ijodiy funksiyalarni bajarishning aqlli tizimlarga yuklanishi". 1980-yillarning boshlarida hisoblash nazariyasi bo'yicha yetakchi olimlar Barr va Feygenbaum sun'iy intellektning quyidagi ta'rifmi taklif qilishdi "Sun'iy intellekt-bu inson tafakuri bilan bog'liq bo'lgan va u yaratgan tilni tushunish, o'rganish, fikrlash qobiliyati, muammolarni hal qilish qobiliyati va boshqa qobiliyatlarga ega bo'lgan aqlli kompyuter tizimlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan informatika sohasidir".

SI ning ma'lumotlar oqimini tahlil qilish va ma'lum bog'liqliklarni aniqlash qobiliyati iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rganish uchun turli tijorat loyihalarida faol foydalanilgan. SI algoritmlari potensial doimiy defoltlarni(to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaydigan) aniqlash uchun bank mijozlarining to'lov qobiliyatini tahlil qilishi mumkin. Sun'iy intellekt tibbiyotda ma'lum tadqiqotlar asosida turli kasalliklarni dastlabki tashxislash uchun qo'llaniladi

8 https://uz.wikipedia.org/wiki/Buyumlar_interneti

9 https://cloud.google.com/learn/what-is-artificial-intelligence

(masalan, sun'iy intellekt virusli pnevmoniyani tomografiya tasvirlaridan aniqlay oladi). Koronavirus davrida telefon orqali dasturlar infektsiya belgilarini aniqlash uchun bemorning ovozi va nafas olishi, yo'tal borligi kabi parametrlarni tahlil qildi. Cheksiz miqdordagi ma'lumotlar, tasvirlar va boshqa ma'lumotlarni qayta ishlaydigan dasturlar mavjud. Ular maqolalar yozadilar, tarjimalar qiladilar va boshqa ko'p narsalarni qiladilar. Siri yoki Elis kabi ovozli yordamchilar foydalanuvchilarga boshqa ko'plab jarayonlarni boshqarish va soddalashtirishni osonlashtiradi.

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ulardan foydalanish orqali raqamli iqtisodiyotni yuqori darajaga ko'tarish, O'zbekistonni jahon iqtisodiyotidagi o'rnini oshirib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Blokcheyn, big data, sun'iy intelekt, buyumlar internet, bulutli texnologiyalar va bir qancha raqamli iqtisodiyotning instumetlarini qo'llash hamda ularni rivojlantirish bugungi giprglaballashuv jarayonlarining muvofaqqiyatga erishish garovi deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. 2024-yil boshiga global raqamli ko'rsatkichlar tahlili. https : //datareportal .com/

- global raqamli ko'rsatkichlarning statistik tahlillari sayti

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-5841063

3. А.А.Абдувалиев,Ракамли ик;тисодиёт:тенденциялар ва исти;боллар (Монография)-Т.: «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи» 2020.-190 б. ISBN978-9943-6730-5-2;

4. Бобожонов А.Б. Узбекистонда ахборот махсулотлари ва хизматлари бизнесини ривожлантиришнинг услубий жихатлари.: PhD. дис. и;т. фан. - Т.: ТДИУ, 2018, - 155 бет.;

5. Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.

- Т.: Iqtisod-Moliya, 2019. 396 b.;

6. Бегалов Б.А., Кичик бизнес субъектлари учун яратилаётган ахборот тизимлари сифатини бахолашда фойдаланувчилар талабининг тахлили. "И;тисодиёт ва инновацион технологиялар" илм. эл. журнали. № 1, январь-февраль, 2015 йил;

7. Бекмуродов А.Ш., Мусалиев А.А. Информационный бизнес. Уч.пос. - Т.: ТГЭУ, 2006. - 288 с.;

8. Teshabayev T.Z., Otakuziyeva Z.M., Bobokhujaev Sh.I. Specificity of conceptual development of information economy in Uzbekistan // Advances in Economics, Business and "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" Ilm. el. jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil;

9. Набиева Н. 2021. Научно-теоретические основы разработки маркетинговых стратегий развития предприятий сферы услуг в условиях цифровой экономики. Общество и инновации. 2, 4 (авг. 2021), 19-26. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4-pp 12-19.;

10. Турабаева К.У. Ракамли иктисодиётда электрон савдонинг ривожланиш хусусиятлари // Development Issues Of Innovative Economy In The Agricultural Sector. International scientific-practical conference on March 25-26, 2021. http : //papers .conference.sbtsue.uz/;

11. Рахимова Д.Н. Strategy of socio-economic development of the regions of Uzbekistan in the conditions of the digital economy // "Ракамли иктисодиёт шароитида иктисодиёт ва ишлаб чикаришни ташкил этиш ва бошкариш: назария ва амалиёт" мавзусида халкаро микёсдаги онлайн илм.-ам. конф. туплами. -Т.: ТМИ., 2021. - Б. 19-22.;

12. Xodjayev S.M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hukumat tizimini takomillashtirish. Diss. avtoreferati.-TDIU, 2023.-B.53.

13. DIGITAL ECONOMY REPORT 2019, VALUE CREATION AND CAPTURE: IMPLICATIONS FOR DEVELOPING COUNTRIES. United Nations Geneva, 2019. - P. 17.

14. https://ict.xabar.uz/uz/startap/big-data-texnologiyasi-va-undagi-malumotlarni-tahlil-etish

15. https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/16/usaid-digital-uzbekistan-2030/

16. https://www.ibm.com/topics/cloud-computing

17. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buyumlar interneti

18. https://cloud.google.com/learn/what-is-artiflcial-intelligence

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.