Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamlashtirish / mehnat muhofazasi / xavfsizlik texnikasi / yo‘riqnoma / model / modul / raqamli platforma. / digital economy / digitization / labor protection / safety technique / guideline / model / module / digital platform.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muradov Sirojiddin Husan O‘g‘li

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish va sonoatni raqamlashtirish, mehnatni muhofazasi sohasida rahbar hodimlar, mutahasislarni o‘qistishning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishning huquqiy asoslari tahlil etilan. Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va ahamiyati hamda afzalliklari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LEGAL BASIS FOR ASSESSING THE KNOWLEDGE OF LEADING EMPLOYEES AND SPECIALISTS IN LABOR PROTECTION IN UZBEKISTAN THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES

The article analyzes the legal basis of digitization of production and industry in Uzbekistan today, training of managers and specialists in the field of labor protection with the help of digital technologies. The digital economy and its advantages, the necessity and importance and advantages of applying digital technologies in the field of labor protection are analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

O'ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO'YICHA YETAKCHI

XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O'TKAZISHNING HUQUQIY

ASOSLARI

Muradov Sirojiddin Husan o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o'qituvchisi siroj iddinmuradov0@gmail. com

Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda O'zbekistonda ishlab chiqarish va sonoatni raqamlashtirish, mehnatni muhofazasi sohasida rahbar hodimlar, mutahasislarni o'qistishning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishning huquqiy asoslari tahlil etilan. Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va ahamiyati hamda afzalliklari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yo'riqnoma, model, modul, raqamli platforma.

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ПРОВЕДЕНИЯ ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ ВЕДУЩИХ

СОТРУДНИКОВ И СПЕЦИАЛИСТОВ ПО ОХРАНЕ ТРУДА В УЗБЕКИСТАНЕ ЧЕРЕЗ ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер-преподаватель Каршинского инженерно-экономического института

[email protected]

Аннотация: В статье анализируются правовые основы цифровизации производства и промышленности в Узбекистане сегодня, подготовка руководителей и специалистов в области охраны труда с помощью цифровых технологий. Анализируются цифровая экономика и ее преимущества, необходимость и важность и преимущества применения цифровых технологий в сфере охраны труда.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровизация, охрана труда, техника безопасности, методология, модель, модуль, цифровая платформа.

THE LEGAL BASIS FOR ASSESSING THE KNOWLEDGE OF LEADING

EMPLOYEES AND SPECIALISTS IN LABOR PROTECTION IN UZBEKISTAN THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES.

Muradov Sirojiddin

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics siroj iddinmuradov0@gmail. com

Abstract: The article analyzes the legal basis of digitization of production and industry in Uzbekistan today, training of managers and specialists in the field of labor protection with the help of digital technologies. The digital economy and its advantages, the necessity and importance and advantages of applying digital technologies in the field of labor protection are analyzed.

Keywords: digital economy, digitization, labor protection, safety technique, guideline, model, module, digital platform.

KIRISH

XXI asrning ikkinchi o'n yilligida turli iqtisodiy adabiyotlarda O'zbekistonnning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish hamda makroiqtisodiy muvozanatini ta'minlashning muhim jihati raqamli iqtisodiyot tizimiga o'tish deb qayd etilmoqda [1]. O'zbekiston yaqin kelajakda aholi turmush darajasini tubdan yaxshilab, dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirishni maqsad qilgan. Bu boradagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan ham ijobiy baholanmoqda. Dunyodagi nufuzli nashrlardan biri - "Ekonomist" jurnali tomonidan O'zbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat sifatida "Yil mamlakati" deb e'tirof etildi. Mamlakatimiz "Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi" reytingida ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan bo'lsada, umumiy reytingda hali ham juda ortda qolyapmiz [2].

Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunning 17-moddasida Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi qo'yidagicha ko'rsatilgan:

"Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta'minlanadi.

Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o'quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o'rganilishini tashkil etishi kerak.

Hozirda ishlab chiqarishda xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berish va ularni o'qitish kurslari va yo'riqnomlardan o'tkazish tartibi oflayn,

hechqanday innovotsiyon tizim yoki raqamli texnologiyalar orqali o'tkazilmaydi. Bu tizimni raqamlashtirish Respublika iqtisodiyotiga qanday ta'sir etishi, raqamlshtirish uchun qanday huquqiy asoslar mavjudligini o'rganish zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va xodimlar bilmini sinovdan o'tkazish masalalari Yuldoshev O'.R., Yormatov G.Yo., Isamuxamedov Yo.U., Zokirova N.Q., Abduraxmonov Q.X., Irmatova A.B. Yunusov B.X. kabi olimlarning o'quv va ilmiy adabiyotlarida o'z aksini topgan [3].

MDH davlatlari korxonalarda mehnat muhofazasini raqamlashtirish masalalari bo'yicha Kovrigo O.V., Timofeev A.V., Ryabova V.Ye., Faynburg G.Z., Ivanov S.Yu., Kalagin I., Titov A., Shemelinin V., Porochkin D., Kuchumova G.V., Melyakova O.A., Shabunin K. Sarev V., Vesnin Ye., Soloveva A., Venediktova A. ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan [4].

Raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari xorijlik olim va mutaxassislardan M.A.Shneps-Shneppe, D.Ye. Namiot, P.Vinya, M.Keyn, N.Popper, Ye.Filippov, A. Fork, L.V. Lapidus, D.Bell, M.Kastels, V.Desouza, D.Makkonaz, M.Linch, S.Dirikan, S.Xalford, M.Savaj kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiytadqiqotlarida atroflicha yoritilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.A.Shneps-Shneppe va Namiot D.Ye. o'zining tadqiqotlarida qator Raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya -rivojlanishning asosiy bo'g'ini ekanligi va uning xususiyatlari to'g'risida nazariyalarini tadqiq etib o'tishgan. L.V. Lapidus o'z tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar evolyusiyasi ta'siri ostida biznes modellarini o'zgartirish nuqtai nazaridan elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish bo'yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan [3].

O'zbekistonlik olimlardan S.S.G'ulomov, R.H.Ayupov, G.R.Boltaboeva, T.Shodiev, T.Z. Teshabaev, Z.M. Otakuzieva, Sh.Mustafaqulov, R.S.Urunov, M.Yu.Jumaniyozova, Z.M.Qurbonov, U.M.Asraevlar ishlarida raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari bayon etilgan. Xususan, Sh.Mustafaqulov o'zining ilmiy izlanishlarida rivojlanishning yangi tendensiyalari va xususiyatlari atroflicha yoritilgan [5].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, umumlashtirish, ekspert so'rovi, raqamli texnologiyalar modellari, platformalar va dasturiy vositalardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, har bir yarim yilda informatsion oqim ikki barobarga oshib bormoqda. Jadal sur'atlarda rivojlanish sharoitida

raqamlashtirish zaruriyati yanada oshadi. Bu o'z navbatida, juda ko'p resurslarni talab qiladi. Shu bois hozirdan raqamli iqtisodiyotga o'tish muhim vazifaga aylandi.

Raqamli iqtisodiyotning o'zi nima? Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirishdir. Raqamli iqtisodiyot yordamida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo'llash asosida amalga oshirish mumkin bo'lgan tizimdir [2].

"Dastlab bu terminni amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan bo'lsa-da, u bugungi kunda barcha sohalarda keng qo'llanilmoqda. Raqamli iqtisodiyot insonlarsiz boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini "aqlli" shartnomalar tuzish orqali ko'paytiradi, budjet xarajatlarining "shaffof'ligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali davlat xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatini beradi" [3].

Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyalarni raqamlashtirish texnologiyalarini qo'llab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimidir.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish xalqaro mehnat taqsimotiga tobora qo'shilib, global iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati tug'iladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatidir.

"Iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi Informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish indeksi, Iqtisodiyot va jamiyatni yevropacha raqamlashtirish indeksi, Raqobatbardoshlikni xalqaro raqamlashtirish indeksi, Xalqaro evolyutsiya indeksi, Iqtisodiyotn raqamlashtirish indeksi, Aloqa tayyorlik indeksi, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi, Elektron qatnashish indeksi, Global qo'shilish indeksi kabi bir nechta xalqaro indekslar yordamida aniqlanadi. O'zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashining tashkil etilishi ham bejiz emas. Bu reytinglar bir-biridan farqi iqtisodiyotni raqamlashtirishda inobatga olinadigan mezonlardir. Qo'yilgan maqsad va vazifaga ko'ra, korxona, tarmoq, hudud, milliy va global iqtisodiyot darajalari tanlanadi" [4].

Reytingni aniqlash mezonlari bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Indekslarni hisoblash metodikasi esa deyarli bir xil. Shuning uchun bir mezonni "yaxshilash", masalan, aholini internet xizmati bilan qamrab olish darajasi barcha reyting indekslarini hisoblashda bir xil ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun, informatsion kommunikatsiya texnologiyalari (IKT)ni rivojlantirish indeksini hisoblashda har 100 kishiga to'g'ri keladigan uy telefoni va uyali aloqa liniyalari, har bir internet foydalanuvchisiga to'g'ri keladigan xalqaro kanallarga chiqish imkoniyati, xonadonlar

kompyuter va internet bilan ta'minlanganlik, internetdan foydalanuvchilar va boshqa jihatlar hisoblab chiqiladi. Bunday indeksni mamlakat miqyosida, hududlar darajasida taqqoslash uchun ishlatish ham mumkin. Xulosa sifatida oladigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyotni mamlakatimizning barcha sohalarida keng qo'llash iqtisodiyotning jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlab, pirovard natijada aholining turmush tarzini tubdan yaxshilashga olib keladi.

1-jadval

Xodimning kasbiy faoliyaining turli bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish

bo'yicha o'qitish va bilimlarni sinash uchun korporativ tizimning raqamli

modeli1

Doimiy

Kasbiy faoliyat bosqichlari Biznes jarayonlar faoliyatdagi

komissiya qarori

Kirish yo'riqnomasi

Ish joyidagi birlamchi

yo'riqnoma

Mehnat muhofazasi va ishni

Ishga qabul qilish jarayoni xavfsiz olib borish metodlari

hamda usullari bo'yicha o'qitish

Jarohatlanganda vrachgacha

birinchi yordam ko'rsatish

metodlari bo'yicha o'qitish

Ish joyidagi qayta yo'riqnoma

(reja bo'yicha)

Bilimlarni davriy sinovdan

o'tkazish

Takrorlanuvchi Rejadan tashqari yo'riqnoma

jarayonlar (yangi texnologiya, yangi

Kasbiy texnikalar joriy etilganda, xodim

faoliyat faoliyatida 60 kundan ortiq

davridagi ish uzilish bo'lganda va baxtsiz

jarayoni hodisalardan keyin)

Qo'shimcha bir Maqsadli yo'riqnoma o'tkazish

martalik ishlar va

naryad

ruxsatnoma

bo'yicha ishlar

Ish joyidagi yo'riqnoma

1Dustkabilovich, Rakhimov Oktyabr. "Muradov Sirojiddin Husan ogli. Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises on." Labor Protection"." European Journal of Life Safety and Stability (2021): 80-85.

Boshqa ishga o'tkazish yoki ushbu ish turi bo'yicha boshqa bo'limga o'tkazish Mehnat muhofazasi va ishni xavfsiz olib borish metodlari hamda usullari bo'yicha o'qitish

Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, tizimga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash va boshqa bir qancha muhim yo'nalishlarda keng qamrovli ishlarni bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim ishlar doirasidagi birlamchi vazifalar qatoriga olib chiqadi. Ta'kidlash joizki, keyingi yillarda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir bir qancha me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko'plab qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab berildi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-3832-sonli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ko'rsatib o'tish mumkin [5].

Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunning 17-moddasida Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi qo'yidagicha ko'rsatilgan:

"Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta'minlanadi.

Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o'quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o'rganilishini tashkil etishi kerak.

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta'minlaydi.

Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi" [9].

Shuningdek ushbu qonunning 25-moddasida "Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berish va ularni o'qitish" tartibi ko'rsatib o'tilgan. Ushbu moddada ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o'tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko'rsatishga o'qitishni tashkil etishi shartligi ko'rsatilib, "Xavfliligi yuqori bo'lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo'yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so'ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha davriy attestatsiya o'tkaziladi" - deb ta'kidlangan [10].

Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o'z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha o'quvdan o'tishi, yo'l-yo'riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan o'tishi kerak.

Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha belgilangan tartibda o'quvdan o'tmagan, yo'l-yo'riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo'yish taqiqlanadi.

Yuqoridagilardan xulosalash mumkinki, xodimlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va ularning bilimini belgilangan tartibda sinovdan o'tkazish ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarning eng muhimi hisoblanadi, bu esa dissertatsiya mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.

Mehnat muhofazasini boshqarish, jumladan xodimlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazishni raqamlashtirish O'zbeksitonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy bitta bo'g'ini hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O'zbekiston uchun, uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan muhim, strategik ahamiyatga ega vazifa bo'lib, bu davlatimizga ushbu sohani rivojlantirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berish, bu jarayonni rag'batlantirish zarurligini ko'zda tutadi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar yetarlicha, biroq rivojlanish bosqichi juda sekin bormoqda. Bunga sabab bo'layotgan bir qancha omillar mavjud bo'lib, ularning eng asosiylari internet tezligi va sifatining pastligi, ko'plab sohalarda monopoliyalarning mavjudligi, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikning zamondan ortda qolganligi, kompyuter savodxonligi darajasining pastligi, axborot texnologiyalari mutaxassislarining yetishmasligi, axborot texnologiyalari xavfsizligining yetarli darajada emasligidir [б].

1-rasm. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha yo'riqnomalarni

modellashtirish2

Mehnatni muhofaza qilish zamonaviy ishlab chiqarish tarkibining bir uzluksiz qismi bo'lib, hozirgi Yangi O'zbekiston sharoitida ishchi-xodimlarning sog'ligini va ish qobiliyatini muhofaza qilish eng ustuvor vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. "O'zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuni va "O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi"ni yangi tahrirda qayta qabul qilinganligi fikrimiz isbotidir. Shuningdek menejmentning integratsiyalashgan tizimiga ham talablar o'zgarmoqda, unga xalqaro standartlarni tabiq etgan holda boshqaruvning zamonaviy metodlari, ya'ni boshqarishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish talablarini qo'ymoqda.

"Raqamli" davlatlar - ya'ni raqamli iqtisodiyot yuksak rivojlangan davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Gongkong raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlar 10 taligiga kiradi. Ushbu davlatlar tajribasini o'rganib chiqish va bular asosida harakatlanish ko'zlangan maqsadga tezroq erishishga yordam beradi [7,8].

XULOSA

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir bir qancha me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko'plab qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab berildi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi

2 Muallif tamonidan yaratilgan

Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-3832-sonli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ko'rsatib o'tish mumkin.

Mehnat muhofazasini raqamlashtirish deganda xavflarni ish jarayonida sezish va aniqlashda sun'iy intellektlardan foydalanish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitishda VR -texnologiyalardan foydalanish tushuniladi. Lekin, mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish tizimidagi asosiy va yuqori mehnat sarfiga ega jarayonlardan biri bu hujjat aylanish jarayoni hisoblanadi [11].

Shu sababli ushbu jarayonni elektron hujjat aylanish tizmiga o'tkazish eng zamon talabi darajasidagi masala hisoblanadi va bu mehnat xavfsizligi madaniyatini oshiradi. Mehnat muhofazasida hujjatlar aylanishini raqamlashtirish qo'yidagi ijobiy natijalarga olib keladi [12]:

1. Material xarajatlar kamayadi;

2. Vaqt tejaladi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Ma'lumotlar elektron bazasini ishonchliligi;

4. Korxona va kompaniya rahbarlari mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi holatini doimiy nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi;

5. Mehnat muhofazasiga oid, jumladan xodimlarni yo'riqnomadan va bilimlarni sinovdan o'tkazish ishlarida soxta hujjatlashtirish, odingi sanalar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarliklarga chek qo'yiladi;

6. Ishchi-xodimlarni huqulari to'liq himoya etiladi;

7. Korxonada mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish bo'yicha hisobotlarni shaffofligi ta'minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51-62. https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

2. Цифровая трансформация охраны труда. URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

3. Цифровизация — важнейший тренд в сфере охраны труда. URL:https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciya-vazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda

4. Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o'g'li. Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

5. O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability (EJLSS). 2022. №24. Р.80-86.

6. Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51-62. https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

7. Muradov Sirojiddin Husan o'g'li, Xakimov Xurshid Hamidulla o'g'li, & Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30. Retrieved from http://www.eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/13

8. Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. - С. 301-308.

9. СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education, technology and management. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 167-177.

10. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 786-792.

11. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 1142-1152. https://doi.org/10.5281/zenodo. 10701651

12. Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O 'RGANISH //Interpretation and researches. - 2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.