Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING RIVOJLANTIRISH MASALALARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING RIVOJLANTIRISH MASALALARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekoturizm / Sitorai Mohi Xosa / Romitan tumanida joylashgan yangi tematik turistik ob’ekt “Bukhara Desert Oasis & Spa” innovatsion ekoturizm klasteri / Varaxsha massivi / “Bo‘rontepa” arxeologik yodgorligi.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Muminov Azizbek Ziyoviddiovich

Ushbu maqolada turizm, ekologik turizm, ekologik turizm ahamiyati, bugungi kunda O‘zbekistonda ekoturizmimkoniyatlari, Prezidentni turizmga oid faromon va qarorlari, Buxoro viloyatida ekoturizmini rivojlantirish masalalari, ekoturizmdan samarali foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, Viloyatda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING RIVOJLANTIRISH MASALALARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)»

é

Ws,

ARTICLE INFO

Received: 28th February 2024 Accepted: 05th March 2024 Online: 06th March 2024

KEYWORDS Ekoturizm, Sitorai Mohi Xosa, Romitan tumanida joylashgan yangi tematik turistik ob'ekt "Bukhara Desert Oasis & Spa" innovatsion ekoturizm klasteri, Varaxsha massivi, "Bo'rontepa" arxeologik yodgorligi.

O'ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNING RIVOJLANTIRISH MASALALARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Muminov Azizbek Ziyoviddiovich

Nizomiy nomidagi TDPU "Jahon tarixi" kafedrasi dotsenti, PhD m.azizbek1405198383@gmail.ru tel. +998 94-662-78-83 https://doi.org/10.5281/zenodo.10784388

ABSTRACT

Ushbu maqolada turizm, ekologik turizm, ekologik turizm ahamiyati, bugungi kunda O'zbekistonda ekoturizm imkoniyatlari, Prezidentni turizmga oid faromon va qarorlari, Buxoro viloyatida ekoturizmini rivojlantirish masalalari, ekoturizmdan samarali foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari, Viloyatda ekoturizmni rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

KIRISH

Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan eng muhim sohalardan biri turizm sohasi hisoblanmoqda. Ushbu sohaning muhim yo'nalishlaridan biri sifatida ekoturizm butun dunyoda eng serdaromad tarmoqlardan biriga aylanmoqda. Ekoturizmning rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish qatorida ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida ekoturizm hamda turistik xizmatlarni rivojlantirish, ekologik turizmning rivojlantirish yo'lida zamonaviy innovasiyalarni hayotga tatbiq etish, turizm sohasining iqtisodiyot, ekologiyaga ta'siri hamda bu jarayonda uchraydigan muammolar sabablarini o'rganish, ekoturizmni rivojlantirishda ilmiy yondoshuvlarni tatbiq etish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

So'nggi yillarda tabiiy resurslarga boy, betakror o'simlik va hayvonot olamiga ega ushbu mamlakatda ushbu salohiyatni asrash va ko'paytirish maqsadida ko'plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. "... Iqtisodiyotni rivojlantirib, yangi ish o'rinlarini yaratish bilan birga ekoturizmni rivojlantirish atrof-muhit tozaligi va musaffoligini saqlashga, aholi o'rtasida kasalliklarni kamaytirishga o'z hissasini qo'shadi" [1].

Bu borada ekoturizmning rivojlanish jarayonlari, uning ilmiy-nazariy asoslari va iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy-geografik jihatlarini ochib berish, to'plangan tarixiy tajriba asosida O'zbekiston tabiatining ekoturistik imkoniyatlarini aniqlash, tahlil qilish, ulardan oqilona foydalanish yo'llarini ko'rsatish dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

é

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunga qadar ijtimoiy fanlarning turli sohalarida, jumladan, tarix, huquq, falsafa hamda siyosiy fanlarda mamlakat turizm industriyasi, uning turli tarmoqlari bilan bog'liq qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, ular turizm va ekoturizm sohasiga oid masalalarni o'rganish, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish va ularni hal qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda muhimdir. Ekoturizmning mustaqil turistik yo'nalish sifatida rivojlanishi XX asr oxiri va XXI asrning boshlariga to'g'ri keladi. Ekoturizmni yangi bir yo'nalish sifatida e'tirof etish xususidagi dastlabki qarashlar G'arbiy Yevropa mamlakatlariga borib taqaladi. Xususan, bu borada Devid Fennel (David Fennel), Gudvin (Goodwin), Seballos-Laskuren (Ceballos Lasscurin) kabi mutaxassislarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. O'zbekistonda ekoturizmning ilmiy-nazariy asoslarini A.N.Nigmatov, Sh.Muhamedov, N.T.Shamuratova va B.X.Kamolovlar tomonidan o'rganilgan.

Ekoturizmni rivojlantirishda ekotizimlarning barqarorligini saqlash, bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni ilmiy asosda tashkil etish, uni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ekoturizm turizm turlari ichida rivojlanib kelayotganligi hamda serdaromadliligi bilan ajralib turadi. Zero, Jahon Turistik Tashkiloti (JTT) tomonidan ekoturizmning rivojlanish tendensiyalari aniqlangan bo'lib, uning bashoratiga ko'ra, 2020 yilga qadar ekoturizm beshta asosiy strategik yo'nalishlar qatoridan joy olgan [2]. Hozirgi vaqtda ekoturizm "Turizm va ekskursiya jahon Kengashi"ning va "Butunjahon turizm tashkiloti"ning ma'lumotlari bo'yicha jadal rivojlanib borayotgan turizm industriyasining biri hisoblanadi. Ya'ni, ekoturizmning jahon turizm industriyasidagi ulushi 10 foizdan to 20 foizga qadarni, ekoturizm xizmatlaridan olinadigan daromad 55 mlrd dollar va uning yillik o'sishi 30 foizni tashkil qilmoqda [3].

O'zbekiston ekoturizm resurslari bo'yicha dunyo mamlakatlarining oldingi qatorlarida turadi. Endilikdagi birinchi vazifa, ana shu resurslardan samarali foydalanib, turizm tarmog'ining muhim tarmog'i ekoturizmni jadal rivojlantirish muhhim hisoblanadi.

NATIJALAR

Mamlakatimizda tarixiy obidalar, manzilgohlarda an'anaviy turizm turmoqlarini yo'lga qo'yish bilan bir qatorda, hududlarda ekoturizmni boshqa turizm tarmoqlari bilan rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Bu borada ajoyib tabiat yodgorliklari ekoturistik manzilgohlar sifatida g'orlar, sharshara, buloq, jilg'a va soylar, daralar, qoyali relef shakllari, ochilib qolgan yotqiziqlar xorijiy sayyohlarni qiziqtirishi tabiiy. Buning uchun sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari qabul qilinishi turizmning iqtisodiyotning asosiy tarmog'iga aylanishiga huquqiy asos bo'lib hizmat qilmoqda. Jumladan, 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish" PF-5611-son Farmoni asosida 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi xududlarda turizmning ko'plab tarmoqlari rivojlanayotganligini ko'rishimiz mumkin [4].

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdagi, ekoturizmni rivojlantirishning hududlarda turlicha ko'rinishda bo'lishi, O'zbekiston Respublikasini, uning ekoturistik holati, imkoniyati va kelajak istiqbollariga qarab muayyan bir hududlarga bo'lish mumkin. Bunga misol tariqasida, Buxoro viloyatida ham ekoturistik ob'ektlar deyarli hamma tumanida uchratish mumkin. Sayyohlik

é

Ws,

iqtisodiyot tarmoqlarining yetakchi bo'g'inlaridan biriga aylanmoqda. Buxoro viloyati bu borada benihoya katta salohiyatga ega. Viloyatda 660 ta moddiy madaniy meros ob'ekti ro'yxatga olinganining o'ziyoq juda ko'p narsani anglatadi. 1993 yildan Buxoro amirining yozgi saroyi bo'lmish Sitorai Mohi Xosada saroy ashyolari ko'rgazmasi ochilishi orqali mahalliy sayyohlar bilan bir qatorda xorijiy sayyohlar doimiy tashrif buyuradigan manzilgohga aylandi [5].

O'zbekiston hududi dengiz sathidan belgilanganda, biri-biridan tabiiy ekologik jihatdan farqlanuvchi 5 ta ekoturistik mintaqaga bo'linadi [6]. Buxoro viloyatida ham an'anaviy turizm turlarini rivojlantirish orqali viloyatning ekoturistik hududlariga turistik mashrutlarni tashkil etish orqali ekoturizmni ham tarmoqning asosiy bo'g'iniga aylantirish imkoniyatlarini oshirdi.

Buxoro viloyatida joylashgan "Jayron" ekologik markazi ham o'zining fauna va flora dunyosi bilan ekoturizm bilan shug'ullanuvchi xorijlik sayohlarni e'tiborini tortishi bilan ahamiyatlidir. "Jayron" ekomarkazi noyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi hayvon turlarini saqlab qolish va ko'paytirishga ixtisoslashgan jahon miqyosida o'ziga xos bo'lgan ob'ekt hisoblanadi. 1976 yilda tashkil etilganida ekomarkaz "Buxoro jayronlarni ko'paytirishga ixtisoslashgan pitomnik" deb nomlangan. Pitomnikning oldiga jayronlarni ko'paytirish, ular biologiyasini o'rganish va populyatsiyasi resurslaridan oqilona foydalanish vazifasi qo'yildi. Keyinchalik ijobiy natijalar olinganidan keyin pitomnik boshqa noyob turlar - qulon, Prjevalskiy oti, yo'rg'a-tuvaloqni ko'paytirish bilan shug'ullandi, bu yerda sayg'oqlar podasi ham bor edi.

"Jayron" ekomarkazi faoliyatini kengaytirish va hayvonlarni ko'paytirish sohasidagi muvaffaqiyatlari tufayli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi farmoyishi bilan pitomnik "Jayron" ekomarkaziga aylantirildi. Ekomarkaz maydoni 7153 ga bo'lib, shundan 5145 ga brakonerlar va yirtqichlardan himoyalanish uchun metall to'siq bilan to'silgan. Pitomnikda tutqunlik sharoitida hayvonlarni o'rganish va zarurat tug'ilganida hayvonlar bolalarini qo'lda ovqatlantirish imkonini beradigan volerlar tizimi qurilgan. Uning hududida O'zbekiston "Qizil kitobi" va MSOP "Qizil kitobi" ga kiritilgan jayron, Prjevalskiy oti, qulon, yo'rg'a-tuvaloq va boshqa hayvonlar yashaydi. "Jayron" ekomarkazida Buxoro qo'yini ko'paytirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

2017-2021 yillarda faoliyat yuritgan Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh "Jayron" ekomarkaziga tashrif buyurdi [7]. "Jayron" ekomarkazida sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko'zdan kechirish orqali markazning turistik salohiyati muhokama qilinib, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma'lumotlar berilishi, jayron bilan bog'liq maxsus suvenirlar liniyasi hamda uning brend do'konlarining tashkil etilishi, shu bilan birga, qo'riqxona hududida bir necha kuzatuv minorasi va ular bo'yicha maxsus mashrutni yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi zamonaviy tashrif markazi muzey barpo etish, mamlakat barcha hududlari maktab, akademik litsey va kollejlar o'quvchilari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalarining ekskursiyasini yo'lga qo'yishga doir maxsus dastur ishlab chiqilmoqda.

Bu borada Romitan tumanida joylashgan yangi tematik turistik ob'ekt "Bukhara Desert Oasis & Spa" innovatsion ekoturizm klasteri, shubhasiz, hech bir sayyohni befarq qoldirmaydi.

é

Yillar davomida sahro bag'rida olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida yangi ekoturizm markazi tashkil etilib, uning loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bugunga kelib, ushbu turizm klasteri 25 turdagi sifatli va noyob xizmatlarni mijozlarga taqdim etishni yo'lga qo'ydi. Maskanda hozirgi kunda 50 nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat yuritayotgan bo'lib, kelgusida ular safini yanada kengaytirish va shu orqali mahalliy aholini qo'shimcha ish o'rinlari bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

Viloyatda eng yirik turistik ob'ektlardan "Bukhara Desert Oasis & Spa" majmuasi ayni paytda, 500 nafar dam oluvchini o'z bag'riga sig'dira oladi, lekin u yerda yana qo'shimcha loyihalar ham bor. Rejaga ko'ra, sahro bag'ridagi ertaknamo manzilning xizmatlar ko'lami bosqichma-bosqich kengaytirilib, ulkan tashabbuskorlik ishlari davom etmoqda. "Bo'rontepa" tarixiy tepaligi yaqinida yangi turistik yo'nalishlarini o'zida mujassam etgan mazkur markaz O'zbekiston Prezidentining "2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan [8]. "Bukhara Desert Oasis & Spa" markazida qadimiy Varaxsha massivi, "Bo'rontepa" arxeologik yodgorligi, klaster hududi va Buxoro amiri Abdulahadxon chodiri bo'ylab ekskursiya qilish, o'tovda yashash, plyaj, massaj, yo'ltanlamas avtotransport vositalarida, kvadrotsiklda va tuyalarda qum barxanlari bo'ylab sayohat, cho'l hayvonot bog'i, ekologik bog', innovatsion issiqxona, degustatsiya markazlariga tashrif, shuningdek, milliy, qadimiy va Yevropa taomlari restorani, sahnalashtirilgan chiqishlar (Buxoro amiri qabuli), modalar namoyishi, konsert dasturi, yozgi kinoteatr, suvenir do'koni va salqin ichimliklar bari kabi xizmatlar yo'lga qo'yilgan.

O'zbekiston Rspublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash, shuningdek Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish maqsadida 2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi [9]. Qarorda ekoturizmni rivojlantirish uchun Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligining "Buxoro ixtisoslashtirilgan jayron pitomnigi"ni 2022-2026 yillar davomida zamonaviy turistik obektga aylantirish to'g'risidagi taklifi ma'qullanadi. Shuningdek, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi Jondor ixtisoslashgan o'rmon xo'jaligi hududiga tutash joyda joylashgan "Varaxsho" arxeologik qal'asi atrofidagi 50 gektar yer maydonini arxeologik yodgorlik hududi va uning muhofaza zonasida Madaniy meros agentligi huzuridagi ilmiy-ekspert kengashi ijobiy xulosasi olinmasdan qurilish-ta'mirlash ishlarini olib bormaslik sharti bilan Jondor ixtisoslashgan o'rmon xo'jaligi tasarrufiga o'tkazish ko'rib chiqilmoqda.

XULOSA

Buxoro viyatida ekoturizmni rivojlantirishda mahalliy flora va faunaga, landshaftga, xalq tarixi va madaniyatiga qiziqqan xorijiy va mahalliy sayyohatchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat ko'rsatishni taklif etadi. Bu soha mavsumiy bo'lsa ham, aniq reja asosida, uddaburonlik bilan olib borilsa, mavsumni cho'zish, daromadni esa yil mobaynida bir xil olish mumkin.

é

ш

Aholi turarjoy, ovqatlantirish, transport, odatlar va hunarlarini namoyish qilish, va xavfsizlik xizmatlarini ko'rsatadi.

O'zbekistonda ekoturizmni hududiy rivojlantirish-iqtisodiy jihatdan jamiyatga naf keltirishi bilan birga, insonlarning uzoq umr ko'rishi, shuningdek, kelgusi avlodlarga ozod va obod, hur Vatan meros bo'lib qolishini ta'minlashda muhim omildir. Turizmning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, madaniyatining yanada yuksalishida, tabiatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy yodgorliklari va milliy an'analarini asrab-avaylash borasida millatning yanada hamjihatligini qo'llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishda muhim o'rin tutadi.

References:

1. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар хамда Узбекистон Экологик харакати вакиллари билан видеоселектор йигилишидаги маърузаси // https://president.uz/uz/lists/view/781

2. Шамуратова Н. Узбекистонда экологик туризм ва унинг табиий географик жихатлари. Геог.ф.ном. илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация автореферати. - Тошкент: УзМУ, 2011. - 22 б.

3. Хайитбоев Р. Экологик туризм. - Самарканд, 2018. - Б. 3.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикасида туризм сохасини ривожлантириш" ПФ-5611-сон Фармонига 1-илова. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси. 2019 йил 6 январь. "Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами", 2019 йил 14 январь, 1-2-сон, 5-модда.

5. Бугунги кун нафаси. // Тошкент окшоми, 1993 йил 19 январь, №11 (8.209).

6. Хайитбоев Р., Матякубов У. Экологик туризм. Услубий кулланма. - Самарканд, 2010.- Б.16.

7. Давлат экология кумитаси матбуот хизмати. 18.06.2020. http://eco.gov.uz/yz/site/news?id=817

8. Узбекистон Президентининг "2017-2019 йилларда Бухоро шахри ва Бухоро вилоятининг туризм салохиятини жадал ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида"ги карори. 2017 йил 19 май, ПК-2980-сон. https://www.lex.uz.

9. https://lex.uz/docs/-6212874. 2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.

10. Muminov, A. Z. (2018). DEVELOPMENT OF ECOLOGIC TOURISM IN UZBEKISTAN. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(3), 123-126.

11. Bаbаjаnova, D., Isakov, B. N., Tilabaev, S. B., & Muminov, A. Z. (2022). Interaction of Tourism Development in Uzbekistan with Types of Historical and Cultural Monuments. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1730-1739.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.