Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA BMT ISTIQBOLLI HAMKOR VA STRATEGIK SHERIKLAR'

O‘ZBEKISTON VA BMT ISTIQBOLLI HAMKOR VA STRATEGIK SHERIKLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
140
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BMT / xalqaro munosabatlar / sessiya / davlat / ustav / konferensiya / siyosat / barqaror rivojlanish / assambleya / strategiya / tinchlik va xavfsizlik / sog‘liqni saqlash / ekologiya / ta’lim / madaniyat / turizm / xalqaro hamjamiyat / prinsip va normalar / mustaqillik / inson huquqlari / barqaror rivojlanish. / UN / international relations / session / state / charter / conference / policy / sustainable development / assembly / strategy / peace and security / health / ecology / education / culture / tourism / international community / principle and norms / independence / human rights / sustainable development.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — U. O‘Rinboyev

BMT ning tashkil topishi.O‘zbekiston va BMT ning strategik munosabatlari.Mustaqillik yillarida hamkorlik samaradorliklari erishilgan yutuqlari. BMT ning O‘zbekistondagi loyihalari . BMT tizimidagi tashkilotlarga a’zolik masalalari. BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati.O’zbekiston Prezidentining BMT sessiyalaridagi ishtiroki. Jaxon bankining O’zbekistondagi faoliyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN AND THE UN ARE PROSPECTIVE AND STRATEGIC PARTNERS.

The establishment of the United Nations. Strategic relations between Uzbekistan and the United Nations. The achievements of cooperation in the years of independence. UN projects in Uzbekistan. Issues of membership in organizations in the UN system. Activities of the UN representative office in Uzbekistan. Participation of the President of Uzbekistan in UN sessions. The activities of the World Bank in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA BMT ISTIQBOLLI HAMKOR VA STRATEGIK SHERIKLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON VA BMT ISTIQBOLLI HAMKOR VA STRATEGIK SHERIKLAR

O'rinboyev Ulug'bek O'rolboy o'g'li

Sirdaryo Viloyati Yuridik texnikumi Mutaxasislik fanlari o'qituvchisi 3-darajali yurist

https://doi.org/10.5281/zenodo.7428870

Annotatsiya. BMT ning tashkil topishi.O'zbekiston va BMT ning strategik munosabatlari.Mustaqillik yillarida hamkorlik samaradorliklari erishilgan yutuqlari. BMT ning O'zbekistondagi loyihalari . BMT tizimidagi tashkilotlarga a'zolik masalalari. BMT ning O'zbekistondagi vakolatxonasi faoliyati.O'zbekiston Prezidentining BMT sessiyalaridagi ishtiroki. Jaxon bankining O'zbekistondagifaoliyati.

Kalit so'zlar: BMT, xalqaro munosabatlar, sessiya, davlat, ustav, konferensiya, siyosat, barqaror rivojlanish, assambleya, strategiya, tinchlik va xavfsizlik, sog'liqni saqlash, ekologiya, ta'lim, madaniyat, turizm, xalqaro hamjamiyat, prinsip va normalar, mustaqillik, inson huquqlari,barqaror rivojlanish.

УЗБЕКИСТАН И ООН ЯВЛЯЮТСЯ ПЕРСПЕКТИВНЫМИ И СТРАТЕГИЧЕСКИМИ ПАРТНЕРАМИ

Аннотация. Создание ООН.Стратегические отношения между Узбекистаном и ООН.Достижения сотрудничества в годы независимости. Проекты ООН в Узбекистане. Вопросы членства в организациях системы ООН. Деятельность представительства ООН в Узбекистане Участие Президента Республики Узбекистан в сессиях ООН. Деятельность Всемирного банка в Узбекистане.

Ключевые слова: ООН, международные отношения, сессия, государство, хартия, конференция, политика, устойчивое развитие, ассамблея, стратегия, мир и безопасность, здоровье, экология, образование, культура, туризм, международное сообщество, принципы и нормы, независимость, права человека, устойчивое развитие.

UZBEKISTAN AND THE UN ARE PROSPECTIVE AND STRATEGIC PARTNERS.

Abstract. The establishment of the United Nations. Strategic relations between Uzbekistan and the United Nations. The achievements of cooperation in the years of independence. UN projects in Uzbekistan. Issues of membership in organizations in the UN system. Activities of the UN representative office in Uzbekistan. Participation of the President of Uzbekistan in UN sessions. The activities of the World Bank in Uzbekistan.

Keywords: UN, international relations, session, state, charter, conference, policy, sustainable development, assembly, strategy, peace and security, health, ecology, education, culture, tourism, international community, principle and norms, independence, human rights, sustainable development.

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetdi. BMTning doimiy ish o'rni (shtab kvartirasi) — New York. BMT Ustavida ko'rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

etishda xalqlar o'rtasida hamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg'unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi 200 ga yaqin mamlakat a'zo bo'lgan eng yirik xalqaro tuzilma hisoblandi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach birinchi bo'lib a'zo bo'lgan xalqaro tashkiloti ham aynan BMTdir. Bugungacha bu hamkorlik tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, sog'liqni saqlash, ekologiya, ta'lim, madaniyat, turizm kabi ko'plab sohalardagi o'zaro davom etib kelmoqda.

O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilganidan keyin ko'p o'tmay—1992-yil 2-martda BMTga a'zo bo'ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ko'tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O'zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O'zbekiston Respublikasi BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a'zo bo'ldi.

2-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan sanaga 30 yil to'ladi. O'zbekiston o'tgan o'ttiz yil mobaynida BMTning faol a'zolaridan biriga aylandi, ayniqsa 2020-yilning 23-sentyabrida bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surdi

O'zbekistonning Xalqaro hamjamiyatdagi o'rni, diplomatiyasi va BMT prinsiplariga mos keluvchi olib borayotgan siyosati jadal rivojlanmoqda. Jumladan, BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida nutqi bilan ishtirok etgan O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Inson huquqlari bo'yicha kengash a'zosi sifatida Xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e'tirof etilgan prinsip va normalarini qat'iy himoya qiladi va faol ilgari suradi" so'zlari ham bu fikrni tasdiqlaydi.

BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida davlatimiz rahbarining ishtirok etishi va nutq so'zlashini ko'rib, uni tahlil qilib xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizga bo'lgan munosabati qanday ekanligini anglash mumkin. Prezidentimizning nufuzli minbardagi nutqi mamlakatimiz inson va uning huquqlari yo'lida o'zi tanlagan yo'ldan ortga qaytmasligini, xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e'tirof etilgan prinsip va normalarini qat'iy himoya qilishini va uni faol ilgari surishini yana bir bor namoyon etdi.

Jumladan, 2030-yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni ko'zda tutadigan "Hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik" tamoyili asosida amalga oshiriladi" - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugunga kelib O'zbekiston BMTning to'laqonli a'zosi, shuningdek, 2015-yil sentabrda BMTga a'zo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz va sog'lom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va adolat hukm suradigan tinchlikka intilish bo'yicha global majburiyatni o'z zimmasiga olgan. Hozirgi paytda O'zbekistondagi BMT tuzilmalariga quyidagilar kiradi:

. BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTRD),

• BMT Aholishunoslik jamg'armasi (YuNFPA),

. BMT Bolalar Fondi (YuNISEF),

• Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JST),

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YuNESKO),

• BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (BMT

GJB),

• BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo'yicha hududiy boshqarmasi (MOPDHB),

• Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO),

• Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot (MXT)

• BMT Ko'ngillilari dasturi (BMTK).

BMTning mustaqil ixtisoslashtirilgan agentligi bo'lgan Jahon banki ham mamlakatda tashkilot ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda. O'zbekiston Respublikasi 1992 yil sentabr oyidan boshlab Jahon bankining teng huquqli a'zosi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining Jahon banki bilan o'zaro hamkorligi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlikda O'zbekiston Respublikasining a'zoligi to'g'risida"gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Jahon bankiga a'zo mamlakatlarning Shveysariya guruhiga kiradi.1992 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Jahon bankning vakolatxonasi o'z faoliyatini boshlagan.

2020 yilning iyul oyidan boshlab vakolatxona rahbarligini janob Marko Mantovanelli boshqarmoqda. Ma'lumki, bundan oldin 2017-yildan buyon vakolatxona rahbari bo'lib janob Xideki Mori ishlagan edi.

Jahon banki bilan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalar yo'nalishi, asosan energetika tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini qayta qurish va rekonstruksiya qilish, kommunal xo'jaligi infratuzilmalarini takomillashtirish, tibbiyot sohasini rivojlantirish hamda tibbiyot muassassalarini jihozlashga qaratilganligi bilan izohlanadi. Jumladan yurtimizda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirib. Bu jarayonda aholini tadbirkorlikka faol jalb etish iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, yoshlarni kichik bizness va xususiy tadbirkorlikka tayyorlash dasturlarini keng amalga oshirib kelmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki xech qaysi davlat tashqi integratsiyalarsiz rivojlana olmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti O'zbekiston bilan munosabatlarga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Chunki O'zbekiston tinchlik tarafdori, hamkorlik tashabbuskoridir. Bunday ezgu siyosat barchaga manfaat keltiradi, umumiy taraqqiyotga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T. "O'zbekiston" 2021 y.

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan_Millatlar_Tashkiloti

3. Xalqaro huquq. Darslik. Mas'ul muharrir y.f.n.,prof. G.Yuldasheva // mualliflar jamoasi.-T.:TDYU nashriyoti, 2018.-450 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.