Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT AMALIYOTDA FOYDALANISH UCHUN RUXSAT BERILGAN SURGI DORI VOSITALARNING TAHLILI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT AMALIYOTDA FOYDALANISH UCHUN RUXSAT BERILGAN SURGI DORI VOSITALARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Drugs / medicinal plant / range / laxatives / dosage forms / dosage / drug production / content analysis. / Dori vositalari / dorivor o’simlik / assortiment / surgi dorilar / dori shakllari / dozalash / dori ishlab chiqarish / kontent tahlil.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Ganiyev A.K., Nabixonova R., Abdullaeva X.K.

O‘zbekiston Respublikasidatibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan dori vositalarining soni,2024-yil sentabr holatiga ko‘ra, 9703 tani tashkil etadi. Shulardan 2966 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 1459 tasi MDH davlatlari va 5178 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. Surgi vositalari esa dorilar assortimentining atigi 66 tasini (dorilar umumiy 57sonining 0,68%)tashkil etib,shulardan 42 tasi (64% atrofida) mahalliy ishlab chiqaruvchilar,8 tasi MDH davlatlari va 16 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu maqolada surgi vositalarining xalqaro nomlari, dori shakllari, dozalari,ishlab chiqaruvchilari va dori vositalarini tarqatish shartlari bo'yicha kontent tahlil natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF LAXATIVES PERMITTED FOR USE IN MEDICAL PRACTICE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

As of September 2024, the number of drugs approved for use in medical practice in the Republic of Uzbekistan is 9703. Of these, 2966 are produced by domestic manufacturers, 1459 -by the CIS countries, 5178 -by foreign countries. And laxatives make up only 66 of the range of drugs (0.68% of the total number of drugs), of which 42 (about 64%) are produced by local manufacturers, 8 -by the CIS countries and 16 -by foreign countries. The article presents the results of the content analysis of the international names of laxatives, dosage forms, dosages, manufacturers and methods of dispensing of drugs.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT AMALIYOTDA FOYDALANISH UCHUN RUXSAT BERILGAN SURGI DORI VOSITALARNING TAHLILI»

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

ANALYSIS OF LAXATIVES PERMITTED FOR USE IN MEDICAL PRACTICE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Ganiyev A.K.

Professor of the Tashkent Pharmaceutical Institute [email protected] Nabikhanova R. Graduate student of Tashkent Pharmaceutical Institute [email protected] Abdullaeva X.K. Associate Professor of the Tashkent Pharmaceutical Institute [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14136476

ABSTRACT

Received: 06th November 2024 Accepted: 12th November 2024 Online: 13th November 2024

KEYWORDS Drugs, medicinal plant, range, laxatives, dosage forms, dosage, drug production, content analysis.

As of September 2024, the number of drugs approved for use in medical practice in the Republic of Uzbekistan is 9703. Of these, 2966 are produced by domestic manufacturers, 1459 - by the CIS countries, 5178 - by foreign countries. And laxatives make up only 66 of the range of drugs (0.68% of the total number of drugs), of which 42 (about 64%) are produced by local manufacturers, 8 - by the CIS countries and 16 - by foreign countries. The article presents the results of the content analysis of the international names of laxatives, dosage forms, dosages, manufacturers and methods of dispensing of drugs.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT AMALIYOTDA FOYDALANISH UCHUN RUXSAT BERILGAN SURGI DORI VOSITALARNING TAHLILI

Ganiyev A.K.

Toshkent farmatsevtika instituti professori [email protected] Nabixonova R.

Toshkent farmatsevtika instituti magistranti [email protected]

Abdullaeva X.K. Toshkent farmatsevtika instituti dotsenti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14136476

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th November 2024 Accepted: 12th November 2024 Online: 13th November 2024

KEYWORDS Dori vositalari, dorivor o'simlik, assortiment, surgi dorilar, dori shakllari, dozalash , dori ishlab chiqarish, kontent tahlil.

O'zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun ruxsat etilgan dori vositalarining soni, 2024-yil sentabr holatiga ko'ra, 9703 tani tashkil etadi. Shulardan 2966 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 1459 tasi MDH davlatlari va 5178 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Surgi vositalari esa dorilar assortimentining atigi 66 tasini (dorilar umumiy

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

sonining 0,68%) tashkil etib, shulardan 42 tasi (64% atrofida) mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 8 tasi MDH davlatlari va 16 tasi xorijiy davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu maqolada surgi vositalarining xalqaro nomlari, dori shakllari, dozalari, ishlab chiqaruvchilari va dori vositalarini tarqatish shartlari bo'yicha kontent tahlil natijalari keltirilgan.

KIRISH. Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta'minlash xar bir davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Farmasevtika tarmog'iga ilg'or ilmiy-texnika yutuqlari va innovasiyalarni joriy etish orqali tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni ta'minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi "2022 — 2026 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-55-son Farmoni qabul qilindi [1]. Farmonda Sog'liqni saqlash vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan, mahalliy farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga ko'maklashishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berilgan. Mahalliy farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishda dorivor o'simliklar muhim o'rin tutadi. Dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, ularning plantasiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-son qarori qabul qilingan [2]. Qarorda dorivor o'simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo'yicha klasterlarini tashkil etish, shuningdek, hududlarni dorivor o'simliklar yetishtirishga ixtisoslashtirish ko'zda tutilgan. Jumladan, Ingichka bargli sano (Iskandariya sanosi - Senna alexandrina Mill.) o'simligini mexanik tarkibi yengil tuproqlar, tipik bo'z tuproqlar hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg'oqchilikka chidamli (kserofit) o'simlik sifatida Buxoro viloyatining Qorako'l, G'ijduvon, Shofirkon tumanlarida, Toshkent viloyatining Quyichirchiq, Piskent, O'rtachirchiq tumanlarida yetishtirish ko'zda tutilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Jamiyatning urbanizatsiyalashuvi ko'plab afzalliklar bilan bir qatorda noto'g'ri ovqatlanish, stress va harakatsiz turmush tarzi bilan bog'liq ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini ham keltirib chiqarmoqda. Natijada, bemorlar tomonidan ichak harakatining buzilishi va ich qotishi kabi shikoyatlar bilan gastroenterologlar yoki dorixonada farmatsevtlariga murojaatlar soni muntazam ravishda ortib bormoqda.

Oshqozon-ichak yo'llari kasalliklari ichida yo'g'on ichakning motor-evakuatsiya funktsiyasining turli xil buzilishlari juda ko'p kuzatiladi. Qabziyat muammosi barcha yoshdagi bemorlarda uchrashi mumkin. Bunday buzilishning sabablari nafaqat oshqozon-ichak yo'llari kasalliklari natijasida, balki noto'g'ri ovqatlanish, ba'zi dori-darmonlarni noto'g'ri qo'llash va stressli vaziyatlar natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Uzoq muddatli ich qotishi jiddiy

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

IF = 7.921

oqibatlarga olib kelishi mimkin, shuning uchun ichak faoliyatida muammolar yuzaga kelganda, surgi dorilarini qabul qilish maqsadga muvofiqdir [3].

O'simliklar tarkibidagi tabiiy nisbatda mavjud bo'lgan biologik faol moddalar uzoq vaqt davomida qo'llanilganda, patentlangan dori vositalarining alohida tarkibiy qismlariga qaraganda, ko'proq fiziologik ta'sir ko'rsatishi mumkin. Surgi ta'sirli dorivor o'simliklarga quyidagilar kiradi: - sano barglari, tog'jumrut mevalari, dengiz karami, qizilmiya ildizi va ildizpoyalari, arpabodiyon mevalari, aloe barglari, shaftolibargli taron o'ti va b. Qabziyat tufayli kelib chiqadigan qorin dam bo'lishida yel haydovchi o'simliklardan foydalaniladi. Bular qatoriga moychechak gullari, arpabodiyon mevalari va zira mevalari kiradi [4].

NATIJALAR. 09.09.2024 yil holatiga ko'ra, Dori vositalari va tibbiyot buyumlari davlat reestrida keltirilgan ma'lumotlarga asosan, O'zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun ruxsat etilgan surgi dori vositalari kontent tahlili o'tkazildi [5]. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning dori vositalari reestriga 2966 nomdagi dori vositalari kiritilgan bo'lib, ulardan 42 tasi (1,42%) surgi dorilardir. Xalqaro nomlanishiga ko'ra, bu surgi dorilar 11 nomda ifodalanadi, ularda quyidagi dori shakllari mavjud: tabletkalar - 15; qiyomlar - 7; o'simlik moylari - 6; og'iz orqali yuborish uchun tomchilar va rektal shamchalar - har biri 4 tadan; huqna uchun kukunlar va eritmalar - har biri 2 tadan, shuningdek dorivor o'simlik hom ashyosi va og'iz orqali yuboriladigan eritmalar - har biri 1 nomdan. Ushbu dori vositalari 24 ta korxona tomonidan ishlab chiqariladi, ulardan faqat 1 tasi 4 ta nomdagi; 5 ta kompaniya - har biri 3 tadan; yana 5 ta kompaniya - har biri 2 ta va qolgan 13 ta kompaniya - faqat 1 ta nomdagi surgi dorilarni ishlab chiqaradi. Ushbu dorilarni bemorlarga berish shartlari: retseptsiz - 33 va qolgan 9 - retsept bo'yicha (Jadval 1).

№ Xalqaro nomlanishi Savdo nomi Dori shakli Ishlab chiqaruvchi korxona Berilishi

1. Bisacodyl Bisakodil SD Shamcha Sharq Darmon, MChJ Retsepts iz

2. Calcium sennosides A&B Senadexinum SD Tabletka Sharq Darmon, MChJ Retsepts iz

Senamaks Herbal Pharma, MChJ

3. Comb.drug (Sodium phosphate/biph osphate) Klining Enema plyus Huqna eritmalar i Medical Max Pharm, MChJ Golden Medikal Farm, nn Retsept bo'yicha

4. Folium Sennae Sano barglari Dor.o'si m. Zamona Rano, MChJ Retsepts iz

5. Glycerol MR Glitserin Glycerinum Shamcha Merrymed Farm, MChJ; Dentafill Plyus, MChJ; Radiks, MChJ Retsepts iz

6. Lactulose Defilak Dyufalamer Dyufelur-NF Qiyom Dentafill Plyus, MChJ; Merrymed Farm, MChJ; Novo Farm Komplekt, Retsept bo'yicha

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

Laktuloza QK MChJ; Radiks, MChJ

Difullak-PCM Duphalactulosa Laktaks Pharmacom Medicine, MChJ; Ziyo Nur Farm, HK; Jurabek Laboratories, QK MChJ Retsepts iz

7. Magnesium sulfate Magnesii sulfas Kukun Osiyo Farm, MChJ Retsepts iz

8. Ricini oleum Oleum Ricini O'simlik moyi Ziyo Nur Farm, HK; Lafz, MChJ; Ko'hna Beshrabot, HK; Remedy QK MChJ; Radiks, MChJ; Tandem Pharm, MChJ Retsepts iz

9. Sennoside A+B Senadexinum Tabletka N10 (1x10), N20 (2x10), N30 (3x10), N60 (6x10), N100 (10x10) Herbal Pharma, MChJ Novo Farm Komplekt, MChJ Retsepts iz

Senadexinum-SAMO Samo, MChJ

Senadexinum ZPh Zomin Pharm, MChJ

Senadexinum Jayxun Invest, MChJ; Remedy, Cn MChJ; Navbahor Sanoat, MChJ; Dentafill Plyus, MChJ; Zunnur Service Pharm, MChJ; Lafz, MChJ; Ziyo Nur Farm, m Radiks, MChJ

Sena-mig Sharq Darmon, MChJ

10. Sodium picosulfate Medlaks pikosulfat Ichish uchun tomchila r 0,75% 10 Mediofarm, MChJ Retsepts iz

Pikalaksmer Merrymed Farm, MChJ

Slabotaks Likoslab-LIK Jurabek Laboratories, QK MChJ; Lekinterkaps, MChJ Retsept bo'yicha

11. Sulfur depuratum* Sulfur tersus Kukun 0,3 Osiyo Farm, MChJ Retsepts iz

Jadval 1

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning surgi dorilari

MDH mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarilgan O'zbekiston Respublikasining tibbiyot amaliyotida foydalanishga ruxsat berilgan dori vositalari 1559 nomdagi dori vositalarini tashkil etadi, shundan atigi 8 tasi (0,51%) surgi dorilar sifatida ro'yxatga olingan. Xalqaro nomga ko'ra, bu dorilar Bisakodil va natriy pikosulfat - har biri 3 nomda, Glitserin va Laktitol -

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

har biri 1 nomda. Ushbu dorilarning ishlab chiqarilish shakllari: rektal shamchalar - 3; og'iz orqali yuborish - 2; tabletkalar - 2 va og'iz orqali yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun - 1 nomda. Ushbu dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar Rossiya - 4; Ukraina - 3 va Belarus - 1 dori. Dori vositalarini berish shartlari: retseptsiz - 6 va 2 ta dori retsepti bilan (Jadval 2).

Jadval 2

MDH mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarilgan surgi dori vositalari

№ Xalqaro nomlanishi Savdo nomi Dori shakli Ishlab chiqaruvchi korxona Berilishi

Bisakodil Shamchal Ukraina, Monfarm, PJSC Retsepts iz

1. Bisacodyl Bisakodil-Nijfarm ar Rossiya, Nijfarm Retsept

Bisakodil Tabletka Belarusiya, Borisov tpz, OAJ bo'yicha

2. Laktitol Exportal Kukun Rossiya, Valenta Pharm, OAJ Retsepts iz

Sodium picosulfate Pikodinar Tomchi Rossiya, Grotex, MChJ Retsepts iz

3. Pikolaks Ukraina, Farmak, OAJ

Picolax Tabletka

4. Glycerol Glitselaks Shamchal ar Rossiya, Moskva farmz OAJ Retsepts iz

Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning dori-darmonlari 5178 nomdan iborat bo'lib, ulardan 16 tasi (0,31%) surgi dorilardir. 6 ta dori vositasining xalqaro nomlari Comb.drug (tuzlar) bilan ifodalanadi; Laktuloza -5 va qolganlari - har birida 1 nom (Comb.drug (O'simlik ekstraktlari); Glitserin; Ispaghula qobig'i; Rhei radix pulveratum va Natriy picosulfat). Ushbu dorilarning dozalash shakllari: rektal yuborish uchun eritma - 4; qiyomlar - 4; og'iz orqali yuboriladigan eritma tayyorlash uchun granulalar - 3; og'iz orqali yuboriladigan eritma tayyorlash uchun kukun - 2; orqali yuboriladigan eritmaslar - 2 va tabletkalar - 1 nomda. Ishlab chiqaruvchi mamlakatlar Hindiston - 7 ta dori, Italiya, Niderlandiya va Pokiston - har biri 2 tadan, Bangladesh, Polsha va Portugaliya - har biri 1 tadan dori. Faqat 1 ta ishlab chiqaruvchi 2 turdagi surga dorilarni yetkazib beradi (Abbott Laboratories GmbH, Shveytsariya, Abbott Biologicals B.V. tomonidan ishlab chiqarilgan), qolgan 14 ta ishlab chiqaruvchi esa har biri 1 tadan dori vositasini yetkazib beradi. Xorijiy ishlab chiqaruvchilardan ushbu dori vositalarini berish shartlari: retseptsiz - 9 va shifokor retsepti bilan 7 ta dori vositasi (Jadval 3).

XULOSA

Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasida qo'llash uchun ruxsat etilgan surgi dorilar assortimenti tahlili shuni ko'rsatdiki, MDH davlatlari va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan dori vositalarining asosiy qismi ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi. Ispaghula Husk, Radirex® (Rhei radix pulveratum) va boshqalar kabi dorivor o'simlik materiallaridan ekstraktlar (Bon-Apeta®

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

(Bon-Apeta)) yoki mono va kombinatsiyalangan preparatlar bundan mustasno. Shu bois, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va farmatsevtika fanining yutuqlaridan foydalangan holda mahalliy o'simlik materiallari asosida o'simlikdan olinadigan surgi dori vositalari turlarini ko'paytirishga e'tibor qaratish lozim.

Jadval З

Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning surgi dori vositalari

№ Xalqaro nomlanishi Savdo nomi Dori shakli Ishlab chiqaruvchi korxona Berilishi

1. Faro-Laks Granula Hindiston, Faromed Lifesciences LLP. Retseptsi

2. Comb.drug (Disodium hydrogen phosphate dodecahydrate, Sodium dihydrogen phosphate dihydrate) Friflo Klizma Hindiston, Kusum Healthcare Pvt. Ltd z

3. Kleen Enem Rektal eritma Pokiston, Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Retsept

4. Yuni Enema HindistonUnicure (India) Ltd bilan

S. Peglek Kukun HindistonTil Healthcare Pvt. Ltd

б. Movlon Kukun Pokiston, Genix Pharma (Pvt.) Ltd

7. Comb.drug (Plant extracts)* Bon-Apeta Qiyom Hindiston, Harasha Pharma Pvt. Ltd Retseptsi z

8. Glycerol Glitserol Sella Rektal eritma Italiya, Laboratorio Chimico Farmaceutico A. Sella s.r.l.

9. Ispaghula Husk Ispaxask apelsinovi y Granula Hindiston, Rusan Pharma Ltd

10. Lactitol Monohydrate Eva kyu Qiyom Hindiston, Medley Pharmaceuticals Limited

11. Lactulose Dyufalak Mama & Baby Ichish uchun eritma Ninerland, Abbott Laboratories GmbH,

12. Lactulose Dyufalak Qiyom Ninerland, Abbott Laboratories GmbH, Retsept bilan

13. Lactulose Peristalid Portugaliya, GM Pharmaceutical, OOO

14. Lactulose Tulac Ichishga eritma Bangladesh, Biota Wellness L.L.C-FZ

15. Rhei radix pulveratum Radireks Tabletka Polsha, Wroclaw Herb Factory "Herbapol" S.A.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Sodium picosulfate Guttalax Ichishga tomchi Italiya, Sanofi rossiya, AO, Retseptsi z

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

References:

1. https://lex.uz/docs/-5834287 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.01.2022 yildagi "2022 — 2026 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-55-son Farmoni.

2. https://lex.uz/docs/-4785256 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020 yildagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-son qarori.

3. Фармацевтический энциклопедический словарь/ Ю.А. Куликов, А.И. Сливкин, Т.Г. Афанасьева /Под ред. Г.Л. Вышковского, Ю.А. Куликова. - М., ВЕДАНТА, 2015.

4. Лекарственный Вестник № 2 (66). 2017. Том 11 28 Современные Подходы К Фармакотерапии Запоров А. В. Тумаренко, В. В. Скворцов.

5. https://uzpharm-control.uz/pages/state-register-of-medicines-and-medical-products O'zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tibbiyot buyumlari davlat reestri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.