Научная статья на тему 'NISTATIN 500 000 TB TABLЕTKALARINING TARKIBI VA TЕXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH'

NISTATIN 500 000 TB TABLЕTKALARINING TARKIBI VA TЕXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
437
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabletka-Tabulettae / lotin tilidan (“tabula”-taxta / “tabela”-taxtacha) – so‘zidan olingan. Tabletka deb / dori modda yoki dori modda bilan yordamchi moddalarni presslash orqali olingan / dozalarga bo‘lingan dori turiga ayti-ladi. Ularning shakllari silindirsimon / uchburchak / to‘rtburchak va hakozo. Ular ichishga / tashqi maqsadda / sublingval / implatatsion yoki ineksiya qilishda ishla-tiladi. Zamburugʻlar (Fungi yoki Mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi / yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Zamburugʻli kasalliklar / mikoftozlar (oʻsimliklarda) — parazit va yarim parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan infeksion kasalliklar. Zamburugʻlar taʼsirida oʻsimliklarda butun organizm yoki uning maʼlum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻluvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — V. R. Xaydarov, U. R. Xasanov

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan mahalliy farmatsevtik ishlab chiqarishga qaratilgan eʼtibor naqadar yuqori ekanligini koʼrsatdi. Shuningdek, zamburugʼli kasalliklarga qarshi ishlatiladigan dori vositalari, nistotin asosidagi dori vositalarining ichki bozorda tutgan oʼrni nihoyatda yuqori ekanligi, uning asosidagi dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliyotiga tatbiq qilish muhimligidan dalolat beradi. Tabletka dori turi boshqa turdagi dori vositalariga nisbatan ishlab chiqarishda ham, qabul qilish, tashish va saqlashda ham bir qator qulayliklarga ega boʼlib, bular tabletkalar ishlab chiqarish assortimentini oshirishga asos boʼladi. Tabletkalarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularni sifatini baxolash, biosamaradorligini oʼrganish, turgʼunligi va sqalanish muddatlarini belgilash borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalari atroflicha tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NISTATIN 500 000 TB TABLЕTKALARINING TARKIBI VA TЕXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

NISTATIN 500 000 TB TABLETKALARINING TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

V. R. Xaydarov, U. R. Xasanov

Toshkent farmatsevtika instituti

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan mahalliy farmatsevtik ishlab chiqarishga qaratilgan e'tibor naqadar yuqori ekanligini ko'rsatdi. Shuningdek, zamburug'li kasalliklarga qarshi ishlatiladigan dori vositalari, nistotin asosidagi dori vositalarining ichki bozorda tutgan o'rni nihoyatda yuqori ekanligi, uning asosidagi dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliyotiga tatbiq qilish muhimligidan dalolat beradi.

Tabletka dori turi boshqa turdagi dori vositalariga nisbatan ishlab chiqarishda ham, qabul qilish, tashish va saqlashda ham bir qator qulayliklarga ega bo'lib, bular tabletkalar ishlab chiqarish assortimentini oshirishga asos bo'ladi.

Tabletkalarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularni sifatini baxolash, biosamaradorligini o'rganish, turg'unligi va sqalanish muddatlarini belgilash borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalari atroflicha tahlil qilindi.

Kalit so'zlar:

Tabletka-Tabulettae, lotin tilidan ("tabula"-taxta,"tabela"-taxtacha) - so'zidan olingan. Tabletka deb, dori modda yoki dori modda bilan yordamchi moddalarni presslash orqali olingan, dozalarga bo'lingan dori turiga ayti-ladi. Ularning shakllari silindirsimon, uchburchak, to'rtburchak va hakozo. Ular ichishga,tashqi maqsadda,sublingval, implatatsion yoki ineksiya qilishda ishla-tiladi.

Zamburug'lar (Fungi yoki Mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya'ni geterotrof organizm hisoblanadi.

Zamburug'li kasalliklar, mikoftozlar (o'simliklarda) — parazit va yarim parazit zamburug'lar qo'zg'atadigan infeksion kasalliklar. Zamburug'lar ta'sirida o'simliklarda butun organizm yoki uning ma'lum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab bo'luvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi.

Dolzarbligi.

Respublikamiz hukumati tomonidan bugungi kunda, farmasevtika sohasida mahalliy dori vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. [2]

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika (keyingi o'rinlarda - farmasevtika mahsulotlari) bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish bo'yicha komplyeks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmaцyevtika tarmog'ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. [2]

JSST ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 1/3 qismi zamburug'li kasalliklaridan aziyat chyekadi Ba'zi mamlakatlarda zamburug'li infyekmyalari aholining 40 foizigacha ta'sir qiladi. [1]

Shunday ekan, zamburug'li kasalliklarda ishlatishga mo'ljallangan Nistotin tablyetkasining muayyanlashtirilgan tarkibi va tyexnologiyasini ishlab chiqish, turg'unligini ta'minlash, sifatini baxolash va uni mahalliy farmasevtik korxonaning ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish alohida dolzarblikni kasb etadi.

Zamburug'li kasalligining teri va shilliq pardalar kandidozi, ichki organlarning kandidozi, uzoq muddatli mikroblarga qarshi terapiya paytida kandidoz (ayniqsa to'yib ovqatlanmaydigan va zaiflashgan bemorlarda) turlarida ishlatishga mo'ljallangan nistotin tablyetkasining muayyanlashtirilgan tarkibi va tyexnologiyasini ishlab chiqish, turg'unligini ta'minlash, sifatini baxolash va mahalliy farmasevtik ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish asosiy maqsadi etib belgilandi. Usul va uslublar.

Zamburug'larga qarshin qo''aniladigan Nistatin 500 000 TB tabletkalarini tarkibi va texnologiyasini takomillshtirish uchun zamonaviy usul va uslublardan foydalanildi.

Ma'lumki tabletka dori turlari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish faol moddalarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga asoslanadi. Biz tomonimizdan tadqiqotlar uchun olingan faol moddalarning fizik-kimyoviy xossalari ushbu substantsiyalarning sifatini belgilovchi me'yoriy texnik hujjatlardan olingan bo'lib, bu ko'rsatkichlar umumiy farmakopeya maqolalarida keltirilgan usullar yordamida aniqlangandir. Tabletka dori turlari texnologiyasini ishlab chiqishda nafaqat uning fizik-kimyoviy xususiyatlari, balki faol moddalarning texnologik xossalarini o'rganish xam muhim ahamiyat kasb etadi.

Presslanadigan massaning texnologik xossalarini o'rganish, yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy asosda tanlash, presslash jarayonini belgilashda muhim axamiyatga ega.

Tabletkalarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish uchun faol substantsiya zarrachalarining shakli va o'lchami, zichligi, fraktsion tarkibi, sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi, qoldiq namligi, tabiiy og'ish burchagi, presslanuvchanligi,

Maqsad.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

zichlanish koeffiitsienti, qoldiq namlik va tabletkani qolipdan itarib chiqarish kuchi kabi ko'rsatkichlari, shuningdek presslanadigan massaning tegishli texnologik hossalari va ulardan tayyorlangan tabletka dori shakllarining umumiy qabul qilingan sifat ko'rsatkichlari, ya'ni tashqi ko'rinishi, diametrik o'lchamlari, o'rtacha og'irlik va undan chetlanish, sinishga va ishqalanishga bo'lgan mustahkamligi, parchalanuvchanligi, erish vaqti, dozalar bir xilligi kabi ko'rsatkichlar adabiyotlarda keltirilgan usullar va asboblar yordamida o 'lchanadi.

Tadqiqotlar davomida faol moddalarning texnologik xususiyatlari o'rganilgan bo'lib, ular quyida keltirilgan usullar yordamida amalga oshirildi.

Zarrachalar shakli va o'lchami. Kukunlarning texnologik xossalari ko'p jihatdan zarrachalar shakliga va o'lchamiga bog'liq bo'ladi. Agar zarrachalar anizodiametrik shaklga ega bo'lsa, uzunligi enidan bir necha marta katta bo'ladi. Bunday tuzilishga ega bo'lgan moddalarni to'g'ridan-to'g'ri presslab tabletka olish imkoniyati kam bo'ladi, chunki ular asosan qoniqarsiz texnologik xossalarni namoyon etadi. Izodiametrik shaklga ega bo'lgan zarrachalarni uzunligi ularning eniga yaqin bo'ladi. Ular asosan ko'p qirrali kub yoki sharsimon bo'lib, ularni to'g'ridan-to'g'ri presslab tabletka olish imkoniyati yuqori bo'ladi. Shakl omili deb - zarracha uzunligini uning eniga bo'lgan nisbatiga aytiladi. U qanchalik kichik bo'lsa zarrachalarning texnologik xossalari shuncha yaxshi bo'ladi.

Kukunlarning kristalligini biologik yoki elektron mikroskop ostida, tegishli ravishda 125-2800 barobar kattalashtirishda ko'rish orqali aniqlanadi.

Fraktsion tarkib. Dori vositalari, xox kimyo-farmatsevtik bo'lsin, xox o'simliklardan olingan kukun bo'lsin, xar xil disperslik darajasiga egadir. Ularning fraktsion tarkibini bilish tabletka olishning mo''tadil shart-sharoitlarini tanlashga yordam beradi. Presslanadigan massadagi fraktsiyalarning katta-kichikligi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo'lishi kerak, shundagina massa qolipga bir me'yorda tushadi va tabletkaning tashqi ko'rinishi bir xilda qoniqarli bo'ladi. Agar fraktsiyalar orasidagi farq katta bo'lsa, massa bir tekisda taqsimlanmaydi, tabletkaning tashqi ko'rinishi holdor bo'lib qoladi va o'rtacha og'irlik o'zgarib turadi.

Fraktsion tarkib teshigining diametri 1000, 500, 250, 150 va 125 mkm li elaklar to'plamida aniqlandi. Boshlang'ich kukunsimon materiallarning fraktsion tarkibi 100 g massa teshigining diametri 1000, 500, 250, 150, 125 mkm bo'lgan elaklar yig'indisining eng yuqoridagisiga solinib, «Erveka» firmasining vibroqurilmasida 5 daqiqa elandi, so'ng elaklar ochilib, har bir elakdagi fraktsiya 0,01 g aniqlikda tortildi. Elak ustida qolgani (+), elakdan o'tgani (-) ishorasi bilan belgilandi. Fraktsion tarkib mkm, % bilan ifodalandi

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022|

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Sochiluvchanlik. Sochiluvchanlik tabletka texnologiyasini ishlab chiqishda aniqlanadigan asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Moddaning sochiluvchanligiga qarab, dozaning aniqligi, tabletka mashinasining ishlash me'yori va tayyor mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini oldindan belgilash mumkin.

Sochiluvchanlik kukun zarrachalarining shakliga, o'lchamiga, sochiluvchan zichligiga, qoldiq namligiga, zarrachalarning elektrlanish xossasiga bog'liq bo'ladi.

Sochiluvchanlik VP-12 asbobida aniqlandi. Nistatin substantsiyasidan 100 g tortib olib, asbobning xampasiga solindi. 20 soniya davomida zichlandi, so'ng pastki teshik ochilib, massaning oqib tushish tezligi sekundomer orqali nazorat qilindi. Sochiluvchanlik quyidagi tenglama yordamida hisoblandi:

m

Koc = t _ 20 ,

bu yerda, Vsoch - substantsiyaning sochiluvchanligi, g/s . 10-3;

m - xampaga solingan substantsiyaning og'irligi, g; t- massani oqib o'tishi uchun safrlangan vaqt, sekund; 20- massani zichlash uchun ketgan vaqt, sekund.

Aniqlash 5 marta qaytarildi va o'rtacha natija olinib, 1-jadvalda keltirildi.

Sochiluvchan zichlik. Sochiluvchan zichlik kukunlar massasining egallagan hajmiga nisbati bo'lib, kukunlarning hajmiy xossasini ifodalaydi. Sochiluvchan zichlik qolip hajmini, tabletka massasining doimiyligini va ishlatiladigan yordamchi moddalar turini oldindan belgilashga yordam beradi. Bu kattalik tabletka tayyorlanayotgan qolip teshigining hajmini va massaning doimiyligini oldindan aniqlash uchun xizmat qiladi. Sochiluvchan zichligi katta bo'lgan moddalarning sochiluvchanligi yaxshi bo'ladi. Sochiluvchan zichligi kichik bo'lgan moddalarga sochiluvchan zichligi katta bo'lgan yordamchi moddalar qo'shiladi.

Sochiluvchan zichlikni aniklash uchun silindr, qolip yoki 545 AK-3 asbobidan foydalanildi. Teshigining diametri 25 mm li qolipda aniqlash uchun pergament qog'oz ustiga qolip qo'yildi va massa bilan to'ldirildi, qolip ustidagi ortiqcha qism massa chizg'ich yordamida surib tashlanib, qolip ichidagi massa tortildi va qolip hajmiga bo'lindi. Jarayon 5 marta qaytarildi va o'rtachasi olinib, quyidagi tenglama yordamida sochiluvchan zichlik xisoblandi. m

Psoch y ,

bu yerda, psoch - sochiluvchan zichlik, kg/m3;

m- qolip ichidagi massaning og'irligi, g; V- qolipning hajmi (nr2h).

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022|

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2225Q

Presslanuvchanlik. Presslanuvchanlik modda zarrachalarining tashqi kuch ta'sirida bir-biriga birikib, kerakli shaklga ega bo'lishidir. Har bir modda, o'zining texnologik xossalariga ko'ra har xil presslanuvchanlikka ega. Modda zarrachalarining shakli murakkab, qoldiq namlik me'yorida bo'lsa, molekulalararo kuch ta'sirida katta bosim talab etilmaydi. Bosim ortishi bilan tabletkaning qattiqligi ortib boradi, bu esa tabletkaning parchalanishi va sinishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bosim ta'sirida zarrachalar o'zaro birlashib, elektromagnit tabiatli kuchlar ta'siri va zarrachalarni bir-biriga mexanik kirib borishi natijasida mustahkam, ixcham jism hosil bo'ladi. Presslanuvchanlik bog'lovchi moddalar turi va kontsentratsiyasini tanlashga asos bo'lib xizmat qiladi.

Bu ko'rsatkich gidropress asbobi yordamida, 120,0 MPa bosimda, 0,5g massani, teshigining diametri 11 mm bo'lgan qolipda presslab aniqlandi. So'ng tabletkaning sinishga bo'lgan qattiqligi aniqlandi va Nyu'ton (N) bilan ifodalandi.

Zichlanish koeffitsienti. Kukunsimon preparatlarning zichlanish hossasiga zarrachalar shakli, ularning aralashish va bosim ostida deformatsiyalanish qobiliyati ta'sir qiladi. Zichlanish koeffitsienti eng muhim texnologik omil hisoblanadi, xususan, u qanchalik katta bo'lsa presslashga shancha ko'p vaqt ketadi. Bunda tabletkani qolip kanali tubidan itarib chiqarishga ham ko'proq kuch sarflanadi.

Buning uchun 0,5 g massa diametri 11 mm, balandligi 22,3 mm bo'lgan qolipda, 1200kg/sm2 bosimda presslandi. Zichlanish koeffitsienti, olingan massaning qolipdagi presslanguncha bo'lgan balandligini tabletka balandligi nisbatiga teng bo'lib, u quyidagi tenglama bilan xisoblandi:

* = Ol h2

bu yerda, K - zichlanish koeffitsienti;

h1 - massani qolipdagi presslangungacha bo'lgan balandligi, mm; h2 - tabletkaning balandligi, mm

Qoldiq namlikni aniqlash. Kukunlarning qoldiq namligi tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida katta ahamiyatga ega. Qoldiq namlik me'yoridan ko'p bo'lsa, massa puanson va qoliplarga yopishadi, qolipni bir tekis to'ldirmaydi va ko'p miqdorda sirpantiruvchi modda qo'shishni taqozo etadi. Bu esa tabletkalarning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday tabletkalarning tashqi ko'rinishi qoniqarsiz bo'lib, parchalanishi qiyinlashadi, qolipdan itarib chiqarishga ko'p kuch sarflanadi. Qoldiq namligi me'yoridan kam bo'lsa, massa qiyin presslanadi, pressalash uchun katta bosim talab qiladi, bu esa tabletka mashinalarini muddatidan oldin yemirilishiga olib keladi. Shuningdek tabletkalarning sinishga va ishqalanishga bo'lgan qattiqligi kamayib, chetlari uvalanib ketadi. Shuning uchun pressaladigan massani me'yorigacha quritish va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mo"tadil qoldiq namlikni tanlab olish kerak bo'ladi. Har xil moddalar uchun qoldiq namlik har xil ko'rsatgichga ega bo'lib, u moddaning tabiatiga bog'liq bo'ladi. Har xil presslanadigan massa uchun mo''tadil qoldiq namlik tajriba orqali topiladi

Qoldiq namlik Yaponiyaning "Kett" va Germaniyaning "Sartorius" firmasi ishlab chiqargan namlik o'lchagich asbobi yordamida aniqlanadi. Aniqlash tortmaning tajribadan oldingi va keyingi massalari o'rtasidagi farq bo'yicha hisoblashga asoslangan.

Substantsiyaning nam tortish xossasini o'rganish. Substantsiyalarning nam tortish xossasini o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega, xususan bu ko'rsatkich tabletka dori turi texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nam tortish xossasi yuqori bo'lgan faol substantsiyalardan olingan presslanadigan massalarni adgezion xossasi yuqori bo'ladi, bu esa massaning sochiluvchanligiga, tabletkani qolipdan itarib chiqarish kuchiga salbiy ta'sir ko'rsatadi hamda tabletka tashqi ko'rinishi va parchalanishi bo'yicha ko'pincha talab darajasida bo'lmaydi. Lekin shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, nam tortish xossasi deyarli bo'lmagan massalardan tabletka olish uchun yuqori bosim talab etiladi, tabletkani chetlari uvalanib ketib, qattiqligi bo'yicha talab darajasida bo'lmaydi, chunki massadagi mo''tadil qoldiq namlik zarrachalar aro ko'prikcha vazifasini bajaradi. Bosim ostida zarrachalarning bir-biriga nisbatan siljishi osonlashadi va molekulalar aro kuch ta'sirida tabletka xosil bo'ladi. Shuning uchun nam tortish xossasi yuqori bo'lgan preparatlardan nisbatan qattiq tabletka hosil bo'ladi. Substantsiyalarning nam tortish darajasiga qarab olinadigan yordamchi moddalarning turi va miqdorini hamda texnologik jarayonni qanday kechishini oldindan aytish mumkin.

Tekshirilayotgan substantsiyaning nam tortish xossasini sun'iy ravishda yaratilgan, har xil nisbiy namliklarga ega bo'lgan muhitlarda o'rganish lozim deb topildi. Tekshirilayotgan kukunning nam totish xossasi S.A.Nosovitskaya va uning muallifdoshlari taklif etgan usulga muvofiq aniqlandi.

Bunda eksikatorlarda mos ravishda 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlikka ega bo'lgan muhitlar hosil bo'ladi. Har bir aloxida eksikatorda joylashgan kukun tomonidan sorbtsiyalangan namlikning miqdori xar 24 soatdan so'ng 10 kun davomida aniqlandi. Natijalar.

Nistatin substantsiyasining texnologik xossalarini aniqlash natijalari

t/r O'rganilgan ko'rsatkichlar O'lchov birliklari Olingan natijalar

1. Tavsif. O'ziga xos hidli och sariq rangdagi kukun. *Gigroskopik. Yorug'likka, havo kislorodiga va issiqlikka chidamli yemas. Mos keladi

2. Fraktsion tarkibi: 90% dan kam emas < 10 mkn 5,5 mkm

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Eruvchanlik Dimetilformamidda oson yeriydi yoki yeriydi, dimetil sulfoksidda yeriydi, spirtda 96% juda oz yeriydi, suvda va xloroformda deyarli yerimaydi. Mos keladi

4. Sochiluvchan zichlik kg/m3 432,2

5. Presslanuvchanlik N 10

6. Zichlanish ko'rsatkichi K 3,29

Nistatin substantsiyasining texnologik xossalarini aniqlash natijalari substantsiya qoniqarsiz texnologik xossalarga ega, ya'ni uning fraktsiyalarini asosini (90%) 5,5 mkm li zarrachalar tashkil etgani xolda, sochiluvchanligi 2,44 kg/s 10-3, sochiluvchan zichligi 432,2 kg/m3, presslanuvchanligi 10 N, zichlanish ko'rsatkichi 3,29 K va nihoyat qoldiq namligi 1,42% tashkil etgan.

Nistotin substansiyasining texnologik xossalarini aniqlash natijalari substansiya qoniqarsiz texnologik xossalarga ega ekanligini ko'rsatdi. Bunday salbiy texnologik xossalarni namoyon etgan substansiyadan to'g'ridan- to'g'ri presslab tablyetka olish imkoniyatining yo'qligi, uning tarkibi uchun maqsadga muvofiq bo'lgan yordamchi moddalar turi va miqdorini shuningdyek, mo''tadil texnologiyani tanlashni taqozo etadi. Xulosalar.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, nistatin farmasevtik faol ingrediyentidan tablyetka tayyorlash uchun substansiyaning texnologik xossalarini ijobiy tomonga surish va sifatli tabletka olishda tarkibga maqsadga muvofiq bo'lgan yordamchi moddalar turi va miqdori, shuningdek mo'tadil texnologiyani tanlash lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Кемайкин В.М. (руководитель отдела) * , 1 Табынбаев Н.Б. (председатель правления), 1 Худайбергенова М.С. (главный эксперт по клинической фармакологии), 1 Олифирович А.А. (старший ординатор- гематолог), 1 Абдрахманова Л.М. (начальник отдела медицинского планирования и управления движением пациентов), 2 Климко Н.Н. (зав. кафедрой) «РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ ТЯЖЕЛЫХ И ХРОНИЧЕСКИХ МИКОТИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ» 19 с.

2. Алимова М.Н. Ахрлини сифатли дори воситалари билан таъминлашнинг ах,воли: муаммолар ва ечимлар // Farmatsevtika jurnali. - Тошкент, - 2011. - №4. -С. 9-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.