Научная статья на тему 'DORILAR HAQIDA TUSHUNCHA, FARMAKALOGIK XOSSALARI, SAQLASH UCHUN SHAROIT YARATISH USULLARI'

DORILAR HAQIDA TUSHUNCHA, FARMAKALOGIK XOSSALARI, SAQLASH UCHUN SHAROIT YARATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
8644
680
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
substansiya / tibbiy buyumlar / farmasevtik faoliyati / muqobillik sertifikat / infeksion eritma. / substance / medical devices / pharmaceutical activity / certificate of alternative / infectious solution.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Qodirov, Nizom Daminovich, Qo‘Yliyeva, Maxbuba Uzoqova, Boymurodov, Eson Suyunovich

Mazkur maqolada dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o‘simlik xomashyosi dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari haqida mulohazalar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPT OF MEDICINES, PHARMACOLOGICAL PROPERTIES, METHODS OF CREATING CONDITIONS FOR STORAGE

This article describes the properties of drugs, gives a brief overview of some types of drugs and their storage conditions, and medicinal plant raw materials plants containing biologically active substances used in the manufacture and preparation of medicines or comments on their parts

Текст научной работы на тему «DORILAR HAQIDA TUSHUNCHA, FARMAKALOGIK XOSSALARI, SAQLASH UCHUN SHAROIT YARATISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DORILAR HAQIDA TUSHUNCHA, FARMAKALOGIK XOSSALARI, SAQLASH UCHUN SHAROIT YARATISH USULLARI

Qodirov Nizom Daminovich

Samarqand tibbiyot instituti farmasevtik texnologiya kafedrasi mudiri Qo'yliyeva Maxbuba Uzoqova Samarqand tibbiyot instituti farmasevtik texnologiya kafedrasi assistenti.

Boymurodov Eson Suyunovich Samarqand tibbiyot instituti farmasevtik texnologiya kafedrasi assistenti.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada dorilarning xususiyatlarini aniqlash, bazi dori turlari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tish va uni saqlanish sharoiti va dorivor o'simlik xomashyosi - dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo 'lgan o'simliklar yoki ularning qismlari haqida mulohazalar ilgari surilgan.

Kalit so'z: substansiya, tibbiy buyumlar, farmasevtik faoliyati, muqobillik sertifikat, infeksion eritma.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны свойства лекарственных средств, дан краткий обзор некоторых видов лекарственных средств и условий их хранения, а также лекарственного растительного сырья - растений, содержащих биологически активные вещества, используемые при производстве и изготовлении лекарственных средств, или комментарии к их частям.

Ключевые слова: субстанция, изделия медицинского назначения, фармацевтическая деятельность, сертификат альтернативы, инфекционный раствор.

ABSTRACT

This article describes the properties of drugs, gives a brief overview of some types of drugs and their storage conditions, and medicinal plant raw materials -plants containing biologically active substances used in the manufacture and preparation of medicines or comments on their parts.

Keywords: substance, medical devices, pharmaceutical activity, certificate of alternative, infectious solution.

KIRISH

Dori vositalari - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funks iyalarini o'zgartirish uchun

580

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;

dori moddalari (substansiyalar) - farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo'lgan yoxud tashxis qo'yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;

dori preparatlari - dozalangan, idishga joylangan-o'ralgan, qo'llanish uchun tayyor dori vositalari;

sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum - yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o'tgan dori vositasi va tibbiy buyum;

tibbiy buyumlar - kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;

farmatsevtika faoliyati - dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari - intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum - tarkibi yoki xususiyati to'g'risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg'on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum;

muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;

dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasi - xomashyo, oraliq mahsulot yoki tayyor mahsulotning boshqa xomashyo yoki tayyor mahsulot bilan texnologik jarayon vaqtida, tashish yoki saqlashda ifloslanishi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dori - kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday dorini odamlarga qo'llashdan oldin hayvonlarda sinab ko'riladi va klinikalarda kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, o'simlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim dorilar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment,

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida in'yeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.

Ta'siriga ko'ra, yurak dorilari, surgi, siydik haydaydigan, og'riq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa dorilar bo'ladi. Bevosita kasallikning qo'zg'atuvchisiga ta'sir qiladigan dorilar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dorilarning shifobaxsh ta'siri bemorning yoshi, ahvoli va dozaga bog'liq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qo'zg'atuvchisini o'sha doriga chidamli qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun dorini faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak. Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yo'li orqali yuboriladi va in'yeksiya qilinadi. Ularning kuchi, ta'siri organizmga qay yo'l bilan va qanchalik tez kiritilishiga bog'liq. Ba'zi dorilar takror yuborilganda organizmda to'planib ta'sir etadi. Dorini ko'rko'rona qabul qilish yaramaydi, chunki ko'p kasalliklar belgisi bir-biriga o'xshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sog'liqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan dorilar qisman parchalanadi va o'zgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yo'llari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi. dorilar uyda bolalarning bo'yi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroqlilik muddati yorlig'ida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda ta'sirini yo'qotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir qadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.

Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining tarkibi, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va sterilizatsiya rejimlari

Inyeksion va infuzion eritmalar

1-jadval

T /r Tayyorlanadig an dori voistasining nomi Tarkibi Yaroqlili k muddati (kunlik) 25°S dan yuqori bo'lmagan Saqlash sharoitlari Sterilizatsiy a rejimlari (vaqti va harorati)

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

haroratda

1 2 3 4 5

A1nalginning Analgin 250 g, 500 з0 Yorng'lik 120oS 8 daq.

25%, 50% li g tushmaydig

eritmalari Inyeksiya uchun suv 1 l gacha anjoyda

A2tropin Atropin sulfat 0,1 g, з0 Yorng'lik 120oS 8 daq.

sulfatning 1%, 0,25 g, tushmaydig

2,5%, 5% li 0,5 g anjoyda

eritmalari 0,1 m xlorid kislota eritmasi — 0,1 ml Inyeksiya uchun suv 10 ml gacha

"Atsesol" Natriy atsetat 2 g з0 120oS 8 daq.

eritmasi Natriy xlorid 5 g Kaliy xlorid 1 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

I4yeksiya з0 120oS 8 daq.

uchun suv

G5litserinning Glitserin з0 120oS 8 daq.

10% li eritmasi (suvsiz)100 g Natriy xlorid 9 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Glyukozaning Glyukoza 50 g, 100 з0 120oS 8 daq.

5%, 10%, 20%, g, 200 g, 250 g

25% li 0,1 m xlorid

eritmalari kislotasining eritmasi rN з,0-4,1 gacha Natriy xlorid 0,26 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Dibazolning Dibazol 5 g, 10 g 60 120oS 8 daq.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

0,5%, 1% li 0,1 m xlorid

eritmalari kislotasi 10 ml Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Dimedrolning Dimedrol 10 g, 20 g 30 Yorug'lik 120°S 8 daq.

1%, 2% li Inyeksiya uchun tushmaydig

eritmalari suv 1 l gacha anjoyda

"Disol" Natriy xlorid 6 g 30 120°S 8 daq.

eritmasi Natriy atsetat 2 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Qon o'rnini Natriy xlorid 15 g 30 120°S 8 daq.

0. bosuvchi Petrov suyuqligi Kaliy xlorid 0,2 g Kalsiy xlorid 1 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Kaliy Kaliy xlorid 5 g, 10 30 120°S 8 daq.

1. xloridning 0,5%, 1%, 3%, 5%, 7,5%, 10% li eritmalari 30 g, 50 g, 75 g ,100 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Kalsiy Kalsiy xlorid 2,5 g, 30 120°S 8 daq.

2. xloridning 0,25%, 0,5%, 1%, 5%, 10% li eritmalari 5 g, 10 g, 50 g, 100 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Kalsiya Kalsiy glyukonat 7 120°S 8 daq.

3. glyukonatning 10% li eritmalari 100 g Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

"Kvartasol" Natriy 30 120°S 8 daq.

4. eritmasi gidrokarbonat 1 g Natriy atsetat 2,6 g Natriy xlorid 4,75 g

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Kaliy xlorid 1,5 g. Inyeksiya uchun suv 1 l gacha

Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.

Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning buzilishi (to'kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko'rishi kerak.

Omborxonada hasharotlar, kemiruvchi va boshqa turdagi hayvonlardan saqlanadigan sharoitlarni yaratish va ularga qarshi qo'llaniladigan vositalar bilan ta'minlanish talab etiladi. Bunda kuchli ta'sir etuvchi vositalar ishlatilishi taqiqlanadi.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash quyidagicha tizimlashtirilgan tarzda bo'lishi mumkin:

farmakologik guruhlari bo'yicha;

qo'llanish usullari bo'yicha.

Barcha dori vositalarini va tibbiy buyumlarni o'ramlarda tamg'alanishi tashqi tomonga qaratilgan holda taxlanishi va joylashtirilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda dori vositalarining hisobi yaroqlilik muddatlari bo'yicha elektron yoki qog'oz shaklida yuritiladi. Dori vositalari omborxonalarda fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab alohida, ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan sharoitlarda harorat, namlik va yorug'lik rejimlariga rioya qilgan holda saqlanishi kerak.

Omborxonada harorat va namlik har kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) jurnalda qayd etilishi lozim. Yorug'likdan himoya qilishni talab qiladigan dori vositalari qorong'i xonada yoki qora rangga bo'yalgan, eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqog'i zich yopilgan yashiklarda saqlanishi kerak. Termolobil dori vositalarini saqlashda ular tamg'alanishi yoki qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan harorat rejimiga rioya etilishi kerak.

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

XULOSA VA TAKLIFLAR

Dorivor o'simlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yog'och) idishlarda saqlanishi kerak. Bog'lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar qo'yiladi:

bog'lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat o'zgarishida o'ram sifatiga ta'sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o'zgarmaydigan xonada saqlashga yo'l qo'yiladi;

sterillangan bog'lov materiallarini omborxonada saqlashda ularni ishlab chiqarish muddatlari bo'yicha taxlash zarur.

Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo'lgan talablar: xona quyosh nuridan himoya qilingan bo'lishi kerak. Yorug'lik faqat sun'iy, elektr orqali bo'lishi lozim;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam bo'lmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam bo'lmagan uzoqlikda joylashtirilishi kerak.

REFERENCES

1. «Dori vositalari sifat standartlarining asosiy qoidalari» Tst-42-01-2002

2. Davlat farmakopeyasining amaldagi nashrlari

3. Me'yoriy hujjatlar nusxalari

4. O'zR «Standartlash to'g'risidagi qonuni» 1993 yil 28 dekabr

5. O'zR «Dori vositalari va farmatsevtik faoliyati haqidagi qonun» 1997 yil 25 aprel

6. O'zR farmatsevtika faoliyati 2003, 2001 yy, I-III t.

7. Kasakin I.Vnedrenie standartov GMP i ISO.Remedium.2003g. YAnvar-Fevral. 82-83s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.