Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO‘YXATGA OLINGAN ASETILSALITSIL KISLOTA ASOSIDAGI DORI VOSITALARNING MARKETING TAHLILI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO‘YXATGA OLINGAN ASETILSALITSIL KISLOTA ASOSIDAGI DORI VOSITALARNING MARKETING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing izlanishlar / bozorni baholash / Davlat Reestri / atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — N O‘ Sindarov, M.G.Ismailova

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan dori vositalarning farmatsevtik bozorining tahlili Davlat Reestri (2021-2023yy) asosida olib borildi. Olib borilgan tahlil natijalari qayd etilgan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalarning yildan yilga nafaqat foiz miqdorda, balki dori shakllarini ishlab chiqaruvchilarning ulushi ortib borayotkanini namoyon qildi. Bunday tahlillar dori vositalarniishlab chiqishda tadqiqot obyektini tanlashning samaraliusulidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO‘YXATGA OLINGAN ASETILSALITSIL KISLOTA ASOSIDAGI DORI VOSITALARNING MARKETING TAHLILI»

www.in -academy.uz

Central Asian Journal or

Education and Innovation

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO'YXATGA OLINGAN ASETILSALITSIL KISLOTA ASOSIDAGI DORI VOSITALARNING MARKETING TAHLILI N.O'.Sindarov1., M.G.Ismailova2

1 Toshkent farmasevtika instituti, Biotexnologiya kafedrasi assistenti nodirbeksibdarov@gmail.com 2 "PHARMACON LLC" direktori, farm.f.d., prof. https://doi.org/10.5281/zenodo.7773116

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-Fevral 2024 yil Ma'qullandi: 07- Fevral 2024 yil Nashr qilindi: 10-Fevral 2024 yil

KEY WORDS

marketing izlanishlar, bozorni baholash, Davlat Reestri, atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar.

O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan dori vositalarning farmatsevtik bozorining tahlili Davlat Reestri (2021-2023yy) asosida olib borildi. Olib borilgan tahlil natijalari qayd etilgan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalarning yildan yilga nafaqat foiz miqdorda, balki dori shakllarini ishlab chiqaruvchilarning ulushi ortib borayotkanini namoyon qildi. Bunday tahlillar dori vositalarni ishlab chiqishda tadqiqot obyektini tanlashning samarali usulidir.

Dolzarbligi. Hozirgi paytgacha analgetiklar (analgetik-antipiretiklar) farmatsevtika amaliyotida eng ko'p qo'llaniladigan dori vositalaridan bo'lib hisoblanadi. Ushbu guruh preparatalari ko'pgina kasalliklarning asosiy simptomlarini nazorat qilish imkonini beruvchi haroratni tushirish, yallig'lanishga qarshi, analgetik, shuningdek antitrombotik ta'sir mexanizmlarini o'zida mujassam etgan. Bu spektrdagi ijobiy samaralarning bir vaqtda bo'lishi boshqa guruh dori vositalarining hech birida uchramaydi. Ta'kidlab o'tish lozimki, ko'pchilik bemorlar ushbu dori vositalarining retsepsiz beriluvchi shakllaridan foydalanadilar. Analgetik-antipiretiklarning yuqori samaraga ega ekanligiga qaramasdan ularni bolalarda qo'llash har doim ham xavfsiz emas [2].

Bugungi kunda atsetilsalitsil kislotasi keng qo'llaniladigan, samarali og'riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadigan dori vositasi hisoblanadi. Shuningdek prostaglandinlar sintezida ishtirok etuvchi siklooksigenazaning ingibirlanishi bilan bog'liq. Asetilsalitsil kislotasi tromboksan A2 ning sintezini bloklab, trombotsitlarni agregatsiyasini ingibirlaydi [1,3].

Shu munosabat bilan atsetilsalitsil kislotasi asosida dori vositalarni ishlab chiqish va tadqiqot obyektini tanlab olish aynan O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida taqdim etilgan ushbu farmakoterapevtik guruh dori vositalarining assortimentini tahlil qilish natijalariga qaratilgan.

Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotlar ushbu farmakoterapevtik guruhni o'zida saqlagan va ro'yxatga olingan dori vositalarning umumiy soni, uning xududiy ishlab chiqarishga nisbatan ulushi va dori shakllarining turini aniqlashga qaratilgan.

Materiallar va uslublar: Atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar bozorini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarni O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan Davlat Reestri 2021 yildan 2023 yilgacha bo'lgan davrdagi ma'lumotlari asosida amalga oshirildi [4,5,6].

Ta

www.in -academy.uz

Dastlab maxalliy, MDH va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar ulushi ushbu farmakoterapevtik guruhning reestrda ro'yxatga olingan dori vositalarining umumiy soniga nisbatan hisoblab chiqilgan. Olingan ma'lumotlar 1 -jadvalda keltirilgan.

1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, deyarli har yili ro'yxatga olingan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar sonining ko'payishi kuzatilmoqda. Demak, 2021 yilda bu ko'rsatkich 425 ta dori vositasini tashkil qilgan bo'lsa, keyingi yillarda ularning soni 538 (2022y), 560 (2023y) o'rinlarga ko'paydi.

1-jadval

Maxalliy, MDH va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan dori vositalarining O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalarning umumiy soniga nisbatan ulushi

Davlat Reestri, yil Umumiy atsetilsalitsi kislota asosidagi dori vositalar l Shu jumladan

Maxalliy ishlab chiqaruvchilar MDH mamlakatlar Xorijiy mamlakatlar

Umumiy pozitsiyalar Pozitsiy alar soni % Pozitsiy alar soni % Pozitsiy alar soni %

DR №25 (2021y) 425 112 25% 0 67 14% 244 60%

DR №26 (2022y) 538 118 17% 69 12% 460 73%

DR №27 (2023y) 630 154 28% 78 17,3 % 347 83%

Shu bilan birga, ushbu farmakoterapevtik guruh dori vositalarining asosiy qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ro'yxatga olingan: tahlil qilingan 3 yil davomida (2021-2023yy) 25% dan 14% gacha. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan dori vositalari soni: 2021 yilda - 67 (14%), 2022 yilda - 69 (12%), 2023 yilda - 78 (17,3%) pozitsiyani tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar ishlab chiqaruvchilarning atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar ulushi 3 yil ichida bu ko'rsatkich 60% dan 83% gacha ko'paydi.

Keyingi izlanishlarimizda, Davlat Reestrda ro'yxatga atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar asosan ishlab chiqariladigan dozalangan dori shakllari bo'yicha tahlil o'tkazildi. Olingan natijalar 1-rasmda ko'rsatilgan. Olingan natijalarga ko'ra, ro'yxatga olingan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar 7 ta dozalangan dori shaklida ishlab chiqarilganligini ko'rsatadi: tabletkalar, kapsulalar, qobiq bilan qoplangan tabletkalar, MKS qobiqli tabletkalar, kukunlar va granula dori shaklida.

Shunday qilib, 2021 yilda 2023 yilgacha Davlat Reestrda 62 ta (18%) kapsula dori shakllari qayd qilingan. Eruvchan tabletkalar uchun 78 ta ( 19%) pozitsiyalarni ko'rsatdi. Yuqori ulush -tabletkalar bo'lib ular 282 ta (52%) dan iborat . MKS qobiqli tabletkalar uchun ma'lumotlar mos ravishda 96 ta (28%) dori shakllarini tashkil etdi. Kukun dori preparatlarining ulushi 42 ta (12%) ni tashkil etdi. Keyingi pozitsiyamiz qobiq bilan qoplangan dori vositalarimiz bo'lib, ularning ko'rsatkichi tahlili 58 ta (17%) ekanligi o'rganildi o'rganildi. Eng kichik ulush 18 ta (2%) granula dori shakllariga to'g'ri keldi.

www.in-academy.uz

1-rasm

O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalarning dozalangan dori shakllarning tahlili

Dori shakllari

2%

■ Kapsulalar

■ Eruvchan tabletkalar

■ Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

■ Kukunlar

■ Tabletkalar

■ MKS qobiqli tabletkalar

■ Granulalar

Tabletka, kapsula, eruvchan va MKS qobiqli tabletkalar ro'yxatga olingan atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalarning umumiy sonida 48% dan ortiq ekanligiga alohida to'xtalish kerak. Olib borilgan tadqiqotlar natijasidan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda barcha ro'yxatga olingan dori preparatlar bugungi farmasevtika sohasida judayam dolzarb bo'lib, atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar asosida olinayotgan yangi mahalliy preparatlarni yaratishga e'tibor qaratilish lozimligini ko'rsatadi.

Xulosalar: O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida mahalliy korxonalarda joriy etish bilan birga, aholi uchun zarur, qulay va ommabop dozalangan dori shaklini atsetilsalitsil kislota asosidagi dori vositalar asosida ishlab chiqish zarurligini ko'rsatdi.

References:

1. Черкасова Н.Ю.Фомина A.B., Филлипова О.В. Анализ рынка лекарственных средств для лечения дисменореи // Фармакоэкономика. -2013. -№3.- С. 36-40.

2. D.Nishonova. Bolalarda gipertermik sindromni davolashda antipiretiklar tanlashning asosiy mezonlar//Jamiyat va innovatsiyalar.- Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-141S.

3. Г.А.Антропова, Т.И.Оконенко, З.Ш.Магомедова. Оценка ассортимента препаратов ацетилсалициловой кислоты (120 лет применения)// Вестник новгородского государственного университета 2019.-№3(115),-C.48-S2.

4. Государственный Реестр лекарственных средств и медицинских изделий Республики Узбекистан.- 2S изд.- Т.: ООО «Komronpress», 2021.

5. Государственный Реестр лекарственных средств и медицинских изделий Республики Узбекистан.- 26 изд.- Т.: ООО «Komronpress», 2022.

6. Государственный Реестр лекарственных средств, изделий медицинского назначения и медицинской техники, разрешенных к применению в медицинской практике.- 27 изд.-Т.: ООО «Komronpress», 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.