Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORDENLARINING TAVSIFI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORDENLARINING TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
134
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qonun / davlat mukofoti / orden / taqdirlash / mikron / oltin / kumush / yozuv / tartib raqam / qadag‘ich / qirra / yulduz / millimetr / law / state award / order / award / micron / gold / silver / writing / order number / pin / edge / star / millimeter

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Karimjonov Jasurbek Muxtorjonovich

Davlat mukofotlarining tavsifi deganda, uning dizayn shakli, qimmatbaho metallardan foydalanilganligi, ranglari, har bir yozuv va sur’atlar ma’nosi, ularning qalinligi va og‘irligi kabi jarayonlar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi ordenlari o‘z ahamiyati va darajasiga muvofiq tavsiflanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF ORDERS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

: The description of a state award refers to processes such as its design form, the use of precious metals, the colors, the meaning of each inscription and image, their thickness and weight. Orders of the Republic of Uzbekistan are characterized in accordance with their importance and level.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORDENLARINING TAVSIFI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORDENLARINING TAVSIFI

Karimjonov Jasurbek Muxtorjonovich,

O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston tarixi kafedrasi o 'qituvchisi. E-mail: jasurbek [email protected]

Annotatsiya: Davlat mukofotlarining tavsifi deganda, uning dizayn shakli, qimmatbaho metallardan foydalanilganligi, ranglari, har bir yozuv va sur'atlar ma'nosi, ularning qalinligi va og'irligi kabi jarayonlar tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi ordenlari o 'z ahamiyati va darajasiga muvofiq tavsiflanadi.

Kalit so'zlar: qonun, davlat mukofoti, orden, taqdirlash, mikron, oltin, kumush, yozuv, tartib raqam, qadag'ich, qirra, yulduz, millimetr.

Abstract: The description of a state award refers to processes such as its design form, the use of precious metals, the colors, the meaning of each inscription and image, their thickness and weight. Orders of the Republic of Uzbekistan are characterized in accordance with their importance and level.

Key words: law, state award, order, award, micron, gold, silver, writing, order number, pin, edge, star, millimeter.

Аннотация: В описании государственной награды упоминаются такие процессы, как форма оформления, использование драгоценных металлов, цвета, значение каждой надписи и изображения, а также их толщина и вес. Заказы Республики Узбекистан отличаются своей важностью и уровнем.

Ключевые слова: закон, государственная награда, орден, награда, микрон, золото, серебро, надпись, порядковый номер, булавка, острие, звезда, миллиметр.

O'zbekiston Respublikasi o'z istiqlolini qo'lga kiritgach, davlat mukofotiarini yaratish, ularni tavsifini ishlab chiqish, mukofotlaming umumiy konsepsiyasi va dizaynini shakllantirishda tarixiy an'analar qadriyatlar va milliylikka alohida e'tibor qaratildi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, hozirgi kunda davlat mukofotlari "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent zarbxonasida ishlab chiqarilmoqda. Bu erda mukofotlarning dastlabki loyihalari yaratiladi so'ngra eng maqbul bo'lgan na'muna bosib chiqariladi. Davlat mukofotlari orasida ordenlar muhim o'rin egallaydi. Ushbu ordenlarni shakli tuzilishi va tavsifi biz uchun ahamiyatli hisoblanadi. Davlat mukofotlari 2018 yil 11 aprelda "Davlat mukofotlari

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida qonun qabul qilinib, ushbu qonunning 8-moddasida O'zbekiston Respublikasining "Mustaqillik", "Amir Temur", "Jaloliddin Manguberdi", "Buyuk xizmatlari uchun", "El-yurt hurmati", "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", I va II darajali "Sog'lom avlod uchun", I va II darajali "Shon-sharaf", "Do'stlik" va "Mardlik" ordenlaridan iborat deb belgilab qo'yilgan [1].

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami metodologik manba sifatida olindi. Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, analiz, sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi ordenlari haqida qiyosiy tahlil qilib o'tildi

"Mustaqillik" ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanadi. Orden ikki yon bag'ridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman ko'rinishida bo'ladi. Ikki yon bag'ridan taralgan nurlarning yuzasida diametri 2 millimetrli 46 ta fianit bor. Musammanning burchaklari orasida yoqutrang emal qoplangan taram-taram bo'lib taralayotgan nurlar joylashgan. Ordenning markazida mustaqillik ramzi bo'lmish Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. Humo qushi ortidagi, rangli emaldan ishlangan manzara O'zbekistonning jozibasi va sahovatini aks ettiradi. Humo qushini o'rab turgan aylananing yuqori qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi - yarim oy va yulduzni o'z ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Aylananing tepa qismida o'n ikki insoniy fazilat ramzi bo'lgan o'n ikkita yoqut tosh bor. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikda moviy emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan o'ralgan. Aylananing pastki qismida oq rangli emaldan ishlangan manzarada yoqutrang emal bilan qoplangan "MUSTAQILLIK" degan yozuv bor. Ordenning orqa tomoni botiq bo'lib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor. Ordenning qalinligi 8 millimetr va og'irligi esa 60,5 grammni tashkil etadi[2].

"Amir Temur" ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanadi va ikki yon bag'ridan nurlar taralgan sakkiz qirrali musamman ko'rinishida bo'ladi. Ordenning markazida ot mingan Amir Temurning qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Otliq ortidagi rangli emaldan ishlangan manzara moviy rangda.Otliq qiyofasini o'rab turgan aylananing yuqorisida O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi-yarim oy va yulduzni o'z ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Aylananing yuqori qismida oq rangli emal

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

manzarada "AMIR TEMUR" yozuvi bitilgan bo'lib, u yoqutrang emal bilan qoplangan. Aylananing pastki qismida oq rangli emal manzarada moviy emaldan ishlangan "KUCH - ADOLATDA" so'zlari bitilgan. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikdagi qizil emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan o'ralgan. Ordenning orqa tomoni botiq bo'lib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor. Ordenning qalinligi 8 millimetr va og'irligi 60,5 grammdan iborat[3].

Jaloliddin Manguberdi ordeni 925 probali kumushdan tayyorlanadi, qirrador kumushrang nurlar taralgan beshburchak shaklga ega. Ordenning markazida, oq aylana bilan hoshiyalangan doirada, taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining qabariq zarhal tasviri joylashgan. Siymo ortidagi fon havorang-moviy emal bilan qoplangan.Aylananing yuqori qismida doira bo'ylab "JALOLIDDIN MANGUBERDI" degan yozuv joylashgan. Aylananing pastki qismida yashil emal qoplangan ikkita dafna novdasi simmetrik tarzda joylashgan bo'lib, barglari orasiga fianit kristallar o'rnatilgan. Aylana uzra, markaz bo'ylab o'lchami bo'yicha diametri 8 millimetrli doiraga jo bo'ladigan tillarang musamman joylashgan. Ordenning orqa tomoni botiq. O'rtasida burama qadag'ichi bor. Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanadi va sakkiz qirrali musamman ko'rinishida bo'lib, uning qirralari yoqutrangda tayyorlangandir. Musammanning burchaklari orasida moviyrang emal qoplangan taram-taram bo'lib taralayotgan nurlar joylashgan. Orden markazida bitta umumiy markazga ega bo'lgan, diametrlari 36 va 24 millimetrli ikkita aylana joylashgan. Ichki aylanada ramziy tarzda tasvirlangan moviy rangdagi er kurrasi fonida O'zbekiston Respublikasi xaritasi tilla rangda tasvirlangan. Tashqi va ichki aylanalar o'rtasida, yuqori qismida oq emal fonida kumush rangdagi "BUYUK XIZMATLARI UCHUN" yozuvi joylashgan. Aylananing pastki qismida yashil rangdagi ikkita birlashtirilgan dafna novdalari joylashtirilgan.Orden oraliq kolodka va halqalar yordamida muhayyar lentaga biriktirilgan. Tillarang oraliq kolodka chiqib kelayotgan quyosh fonidagi Humo qushi tasviri ko'rinishida. Muhayyar lenta yo'l-yo'l qizil, moviy, oq va yashil ranglardan iborat.Ordenning orqa tomonida O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Ordenning qalinligi 8 millimetr va og'irligi 165 gramm[5].

[4]

Scientific Journal Impact Factor

"El-yurt hurmati" ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida bo'ladi. YUlduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Ordenning markazida, doirada qizil rangli yo'l bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tog'lar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan bo'lib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan bo'lib, aylananing yuqori qismida, oq fonda "EL -YURT HURMATI" degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan. Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig'liq.Orden O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag'ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. [6]

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi hamda sakkiz qirrali yoqut rangli yulduz shaklida bo'ladi. YUlduz burchaklari orasida oq emal qoplamasi uzra taralayotgan nurlar aks etgan. Ordenning markazidagi doirada tilla rangdagi Humo qushi tasvirlangan. Uning ortida — markazdan yuqoriroqdagi moviy manzara bag'rida O'zbekiston Respublikasining oltinrang xaritasi joylashgan. Tasvir atrofidagi oq emalli hoshiya uzra oltin rangdagi harflar bilan «FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN» so'zlari yozilgan. Ordenning quyi qismida oq rangli paxta chanoqlari va tilla rangli bug'doy boshoqlari tasvirlangan. Orqa tomonining pastki qismida Ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig'liq. Orden O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag'ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi [7].

«Mehnat shuhrati» ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yashil dafna novdalari bilan o'ralgan bo'rtma noto'g'ri ellips shaklidadir. Ordenning yuqori qismida hilpirab turgan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i tasvirlangan. Ordenning bo'yi 46 millimetr, eni — 41 millimetr. Ordenning markazida, diametri 16 millimetrli kumush rang doira ichida, quyosh fonida kumush rangda Toshkent shahridagi Xalqlar do'stligi saroyi tasvirlangan. Pastda kumush rang hoshiyali qizil yoqut rangdagi fonda «MEHNAT SNUHRATI» degan kumush rang yozuv bor. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shriftda ordenning tartib raqami

Scientific Journal Impact Factor

yozilgan. Qadag'ichning bo'yi 48 millimetr, eni 46 millimetr bo'lib to'g'nog'ich bilan taqiladi[8].

I darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni oltin suvi yugurtirilgan metalldan tayyorlanib, 34 mm. diametrdagi to'g'ri doira shakliga ega. Ordenning o'ng qismida quyoshning iliq nurlari aksida ona va bolaning qavariqli tasviri tushirilgan. Ordenning orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi gerbining qavariqli tasviri va doira bo'ylab «SOFLOM AVLOD UCHUN» so'zlari yozilgan. Doiraning yuqori qismida 12 ta yulduz tasvirlangan. Orden orqa tomonining chetlari bo'rtma hoshiyalangan. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari kumush suvi yugurtirilgan dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi yashil rangli tovlanadigan lenta bilan o'ralgan. Lentaning o'rtasida oltinrang o'rik daraxtining gullab turgan shoxi o'yib ishlangan. II darajali «Sog'lom avlod uchun» ordeni kumush suv yugurtirilgan metalldan tayyorlanadi. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari o'yma oltinrang dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi kumush rangli tovlanadigan lenta bilan o'ralgan. Lentaning o'rtasida kumushrang o'rik daraxtining gullab turgan shoxi o'yib ishlangan[9].

I darajali "Shon-sharaf' ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol bo'rtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz ko'rinishida bo'lib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. YUlduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr. Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan kumush hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli kumush rang «I» raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan. Ordenning chap va o'ng qismlarida simmetrik tarzda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida to'q qizil rang fonda kumush rang «SNON-SNARAF» degan yozuv va hoshiya bor. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan. Qadag'ichning bo'yi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Orden to'g'nog'ich bilan taqiladi.

II darajali "Shon-sharaf ordeni kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol bo'rtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz ko'rinishida bo'lib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan zarhal hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqon o'rtasida zarhal rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli

Scientific Journal Impact Factor

sathga jo bo'lgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli zarhal rang «II» raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan. Ordenning chap va o'ng qismlarida simmetrik tarzda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida to'q qizil rang fonda zarhal rang "SNON-SNARAF" degan yozuv va hoshiya bor. Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan. Qadag'ichning bo'yi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Orden to'g'nog'ich bilan taqiladi[10].

"Do'stlik" ordeni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta bo'lgan ikkita sakkiz qirrali yulduz shaklida bo'ladi. Katta va kichik yulduzlar oralig'i moviy emal bilan to'ldirilgan. Yulduzning burchaklari orasida taraluvchi zarhal, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashgan. Ordenning markazida, diametri 12 millimetrli doira ichida oq kumushrang fonda qo'lni qo'lga berib ko'rishish ramziy tasvirlangan bo'lib, qo'llar tasvirining ayrim erlari zarhallangan. Tasvir atrofida, moviy emal berilgan fonda o'n ikki insoniy fazilat ramzi sifatida o'n ikkita kumushrang yulduz joylashgan. Butun tasvir atrofida aylana joylashgan bo'lib, uning yuqori qismiga qizil emal bilan naqsh etilgan "DO'STLIK" degan yozuv, pastki qismiga esa zarhal dafna barglari jo bo'lgan. Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig'liq. Orden moviy, yashil, sariq, qizil rangli, bir-biridan oq yo'l bilan ajratilgan, eni bir xil rangdor yo'lli shoyi lenta sirilgan qadag'ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi[11].

"Mardlik" ordeni 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ordenning balandligi 50 millimetr, eni 41 millimetr, qalinligi 4,5 millimetr. Orden nishoni yig'ma, uning asosi tilla rang naqshinkor parchinlari bo'lgan ko'k emal hoshiyali shakldor geraldik qalqon ko'rinishida bo'lib, unga O'zbekiston Respublikasining birligi ramzi bo'lgan qavariq sakkiz qirrali yulduz biriktiriladi. YUlduz qirralari taram-taram bo'lib taralayotgan zarrin ovalsimon nurlar ko'rinishida bajarilgan. Sakkiz qirrali yulduzga naqshinkor parchinlari bo'lgan, qavariq, qadimiy uslubda aks ettirilgan dumaloq sharqona qalqon ko'rinishidagi diametri 30 millimetrli qoplama medalon biriktiriladi. Qalqonning har ikkala yon tomoni g'alaba, shon-shuhrat va mukofot ramzi bo'lgan qavariq, tilla rangli dafna yaproqlaridan gulchambar ko'rinishida hoshiyalangan. Gulchambardan pastda tilla rang gardishli, oq emalli lenta ko'rinishida aks ettirilgan fonga "MARDLIK" ordeni nomi joylashtirilgan. Yozuv bo'rtma bosh harflar bilan to'q qizil emalda bajarilgan.

Scientific Journal Impact Factor

SHarqona qalqondan yuqorida moviy rangda emallangan oltin hallangan yarim oy va yulduzli musamman - O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining muqaddas ramzlari tasvirlangan. Musamman yonlarida sakkiz qirrali yulduz fonida milliy or-nomus va qadr-qimmat, Ona yurtni himoya qilishga shaylik ramzi bo'lgan, o'zaro ko'ndalang kesishgan ikkita qadimiy sharqona qilich efesi (dasta belamagi), quyi tomonda esa, ularning uzun qayrilma tig'larining uchlari qavariqli tasvirlangan. Orden nishoni kompozitsiyasini dala formali kiyimdagi askarning - Vatan himoyachisining hayot sarchashmasi ifodasi bo'lgan asosiy ramziy belgi - chor atrofga taralayotgan zarrin quyosh nurlari aks etgan oq rangli emal fonidagi qalqon markazida joylashgan bo'rtma, ko'krakdan yuqori qismining yarim yon tomonlama olingan tasviri yakunlaydi. Ordenning orqa tomonida diametri 22 millimetrli O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qavariqli tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 2 millimetr o'lchamdagi zarb qilingan shrift bilan yozilgan. Orden to'rt xil rangdagi yo'llari bo'lgan muhayyar lenta bilan sirilgan besh qirrali qadag'ichga ilmoqcha va halqacha yordamida ulanadi. Qadag'ichning balandligi 48 millimetr, eni 46 millimetr. Qadag'ichning orqa tomonida ordenni kiyimga taqib qo'yish uchun to'g'nog'ich ko'rinishidagi moslama mavjud[12].

Xulosa qilib aytish mumkinki, davlat mukofotlari hususan ordenlar tasvirining yaratilishi va shakllanishi borasida mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirgi kunga qadar ko'plab ishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda tanlov asosida har bir fuqaro o'zi yaratgan na'munalari bilan ishtirok etishi mumkin. Bu esa qaysidir ma'noda fuqarolarimizda daxldorlik hamda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi. Ordenlarimiz tavsifini ishlab chiqishda milliylik, ko'p yillik an'analar, qadriyatlar, tarixiylik va hozirgi islohotlar aks ettirilmoqda.

1. 2018 yil 11 aprel "Davlat mukofotlari to'g'risida"gi Qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida qonun. // Xalq so'zi. 2018 yil 12 aprel. №72

2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2017 y., 37-son, 978-modda;

3. «Amir Temur» ordenining tavsifi O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 126-modda

4. 2000 yil 30 avgust O'zbekiston Respublikasi «Jaloliddin Manguberdi» ordeni to'g'risida qonun. https://lex.uz.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

Scientific Journal Impact Factor

5. «Buyuk xizmatlari uchun» ordenining tavsif O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 126-modda

6. «El-yurt hurmati» ordenining tavsifi O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuni tahririda 2003 y., 9-10-son, 149-modda

7. 1993 yil 7 may O'zbekiston Respublikasi «Sog'lom avlod uchun» ordeni to'g'risida qonun. https://lex.uz.

8. 1995 yil 30 avgust O'zbekiston Respublikasi «SHon-sharaf» ordeni to'g'risida qonun https://lex.uz.

9. «Do'stlik» ordenining tavsifi O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 may, 82 -II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda

10. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 37-son, 422-modda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.