UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
O'ZBEK TILIDA GAP BO'LAKLARINING AKTUALLASHUVIDA TAKRORNING
ROLI
Po'latova O'g'ilxon Abduxaliqovna
ADU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6975775
Annotatsiya. Maqolada o'zbek tilida gap bo'laklarining aktuallashuvida takror (reduplikatsiya)ning roli xususida so'z yuritiladi. Masala ustida izlanish olib borgan tadqiqotchilarning qarashlari, o'zbek tilida gap bo'laklarining aktuallashuvida takrorning o'ziga xos xususiyatlari, so'zlovchi kommunikativ intensiyasini to'g'ri yetkazishda takrorning roli tegishli misollar orqali tahlilga tortiladi.
Kalit so'zlar: takror, reduplikatsiya, fonetik takror, leksik takror, sintaktik takror, sinonimik takror.
РОЛЬ ПОВТОРЕНИЯ В АКТУАЛИЗАЦИИ ЧАСТЕЙ РЕЧИ В УЗБЕКСКОМ
ЯЗЫКЕ
Аннотация. В статье говорится о роли повтора (редупликации) в актуализации частей речи в узбекском языке. На соответствующих примерах анализируются взгляды исследователей, проводивших исследования по данному вопросу, специфические особенности повтора в актуализации частей речи в узбекском языке, роль повтора в правильной передаче коммуникативной интенсии говорящего.
Ключевые слова: повтор, редупликация, фонетический повтор, лексический повтор, синтаксический повтор, синонимический повтор.
THE ROLE OF REPETITION IN THE ACTUALIZATION OF PARTS OF SENTENCE
IN UZBEK
Abstract. The article deals with the role of repetition (reduplication) in the actualization of parts of sentence in Uzbek. The views of the researchers who studied the issue, the specific features of repetition in the actualization of parts of sentence in Uzbek, the role of repetition in conveying the communicative intention correctly are analyzed through relevant examples.
Keywords: repetition, reduplication, phonetic repetition, lexical repetition, syntactic repetition, synonymous repetition.
KIRISH
Gap kommunikativ strukturasi stilistik vositalar bilan yana ham serqirra va ta'sirchan xarakterga ega bo'ladi. Stilistik figuralar nutqni ta'sirli va jozibali qilish bilan birga, fikrni tinglovchiga tez va oson yetkazish imkoniyatini tug'diradi. Ular yordamida hosil qilingan nutq shakllari jarangdorlikka moyil bo'ladi, shuning uchun ham ularni lug'aviy-logik urg'uli nutq deb atash ham mumkin [1,86]. Quyida gap bo'laklarining aktuallashuvida ma'lum darajada ahamiyat kasb etuvchi stilistik figura - takror haqida so'z yuritamiz. Takror (reduplikatsiya) gapning struktur-semantik va kommunikativ tuzilishida muhim rol o'ynaydigan vosita hisoblanadi [2,3]. Reduplikatsiya - butun so'z yoki uning o'zagini, shuningdek, turli grammatik qurilmalar va birikmalarni takrorlash, juftlash demakdir (ingliz tilidan - reduplication - «juftlanish, qavatlanish») [3,316]. Xususan, V.A.Vinogradov ta'rificha, reduplikatsiya fono-morfologik tushuncha bo'lib, bo'g'in yoki so'z o'zagining, ya'ni so'z tarkibining turli ko'rinishlarda qavatlanishi demakdir [4,26]. A.A.Reformatskiy ta'kidlashicha, reduplikatsiya ko'pchilik tillarda axborotni kuchaytirib yetkazish vositasi hisoblanadi [5,15].
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'z navbatida fransuz tilshunosi J.Vandriyes reduplikatsiyaning tillarda keng tarqalish sababini ma'lum vaziyatni tinglovchi/o'quvchi o'z tasavvurida osonroq anglashi uchun jonli, obrazli tarzda tasvirlash extiyoji tufayli, deya tushuntirgan edi [5,15].
I.V.Arnold ham, mazkur tushunchaga to'xtalar ekan, «Ular (reduplikativ so'zlar) stilistik jihatdan bo'yoqdor va sezilarli darajada ekspressiv- emotsionaldir», degan edi [5,17].
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, takror (reduplikatsiya) deyarli barcha tillarda, xususan, o'zbek tilida ham gapning kommunikativ tuzilishida ahamiyatlidir.
Zamonaviy tilshunoslikda takror (reduplikatsiya)ni tasniflashda fonetik, morfologik, leksik, sintaktik va semantik jihatdan yondashiladi. Boshqa so'z bilan aytganda, reduplikatsiya quyidagi ko'rinishlarda uchrashi mumkin bo'lgan juda keng qamrovli tushunchadir [6,60]:
1) so'z tarkibidagi ma'lum unli tovushni cho'zish yoki undoshni qavatlash. Kommunikativ nuqtai nazardan bunday so'zlar ahamiyatli, chunki remaning indikatori vazifasini bajarishi mumkin:
Yo'-o'-o'q! Ke-e-el! Ahhmoq! Mazza-ku!;
2) so'z tarkibidagi affiksning juftlanishi: bolajonim-bolajonginam-bolajonginam o'zimning...;
3) butun so'zning takrorlanishi. Bu ham rema ko'rsatgichi sifatida qo'llanilishi mumkin: tez-tez, so'lim-so'lim, o'ylana-o'ylana;
4) ma'lum sintaktik qurilmaning takrorlanishi esa aktual bo'linish uchun juda muhim vositalardan biridir:
Yig'ilishga ommaviy ravishda taklif etildi. Telefonda taklif etildi. Og'izma-og'iz taklif etildi. Botir firqa telefonda taklif etildi. Shaxsan taklif etildi! (Tog'ay Murod) O'-o'-o'l! Ovozing o'chsin, o'-o'-o'l! (O '.Hoshimov)
O'zbek tilshunosligida ham reduplikatsiya hodisasiga oid bir qancha nazariyalar ilgari surilgan, biroq izlanishlar yetarli emas, masalaning o'zbek tilidagi mohiyati hali to'liq ochib berilmagan: masalaga asosan sintaktik-semantik jihatdan yondashilmoqda. A.Abdullayevning «O'zbek tilida takroriy gaplar» maqolasida matnda takroriy gaplarning, uning qo'shma gaplarga munosabati, shakl turlari haqida fikr yuritiladi. Uning fikricha ham, takroriy gaplar logikgrammatik, stilistik hodisa bo'lib, asosan, ma'no kuchaytirish, ekspressivlik va emotsionallikni ta'minlash uchun xizmat qiladi [7,103].
Tilning kommunikativ va stilistik funksiyalari takroriy gaplarda bir vaqtda namoyon bo'ladi. O.Bozorov ham sintaktik takrorlanish hodisasiga kommunikativ tuzilishni ifodalovchi o'ziga xos vosita sifatida qaraydi [7,104]. Olimning ta'kidlashicha, matnda gap to'liq (aynan) qaytarilganda, takror gap emotsional holatda bo'ladi. Bunday holatlarda matn mazmuni yo'nalishiga qarab remaning ta'kidlanishi uning takrorlanishi hamda maxsus ohang bilan kuchaytirilishi vositasida amalga oshiriladi [7,104]. TADQIQOT NATIJALARI
Turkiy tillar, jumladan o'zbek tilida reduplikatsiyaning ot so'z turkumiga xos fonetik-morfologik turi keng tarqalgan bo'lib, bunda reduplikant boshidagi undosh «p», «m», «ch» undoshlari bilan o'rin almashadi va so'zga yangicha ma'no qo'shadi [5,17], biroq gapning kommunikativ markazi bo'lishi ham mumkin, bo'lmasligi ham mumkin masalan: Obke, suv-puv! (suv yoki ichgani shunga o'xshash biror narsa, aynan suv bo'lishi shart emasj (O'.Hoshimov)
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Qushim boshi shuncha, tana-manasi bilan mana shuncha, toping, nima?- deb savol berdi. (butun tanasij (G'afur G'ulom)
Xuddi boyagidek bironta ko'prik-po'prik bormikin, deb u yoq-bu yoqni tekshirdik. (ko'prik yoki ko'prik vazifasini bajaruvchi nimadirj (O'.Umarbekov)
Ot so'z turkumining leksik reduplikatsiyasida esa, aksincha, hissiy-ekspressiv bo'yoqdorlik anglashiladi va gapning kommunikativ markazi sifatida qo'llanilishi mumkin. Bunday vaziyatda ot ko'pincha to'ldiruvchi bo'lak vazifasini bajaradi:
Bosh og'rig'i o'lsin,odamning tinka-tinkasini quritib yuboradi. (O'.Umarbekov) O'chiring, anavi mutil-mutilingizni! - dedi u baqirib. (O'.Hoshimov)
Sifat so'z turkumi fono-morfologik usulda juftlansa, sifatda anglashilgan ma'no yana ham intensivlashadi, belgi-xususiyatning yuqori darajasi namoyon bo'ladi; so'zlovchi / muallif / tinglovchi / o'quvchining e'tiborini aynan sifat orqali ifodalangan aniqlovchi bo'lakka jalb qiladi. Bunday hodisa ranglarni bildiruvchi sifatlar bilan, ayniqsa, faol bo'lib, birinchi qismda «p», «m» tovushlari sifatning birinchi bo'g'iniga qo'shilib, to'liq emas, qisman takrorni hosil qiladi. Qiyoslang: Bir ayolning eridan ajralishini oqlash uchun/butun qishloq ahlini qop-qoraga chiqarish shartmikin? (O'.Hoshimov)
Ikki tomoni tog' bilan o'ralgan ko'm-ko'k adir emish. (O'.Umarbekov) MUHOKAMA
Kommunikativ tuzilishda ot so'z turkumi reduplikatsiyasi uncha muxim bo'lmaganidek, son so'z turkumi ham, garchi leksik usulda takror hosil qilsa-da, tegishli bo'lakni har doim ham aktuallashtira olmasligi mumkin, chunki ma'no kuchaymaydi, balki yangi, qo'shimcha ma'no anglashiladi (ko'pincha, taxmin ma'nosi):
Poyezdbir-ikki qichqirib, asta-sekin qo'zgala boshladi. (X.To'xtaboyev)
Birgina mustasno, «bir» sonining leksik reduplikatsiyasi bo'lib, ma'noni intensivlash orqali aniqlovchini aktuallashtirish uchun xizmat qiladi:
E, bo'ldi, esimga tushdi! Ro'zimat otaning bittayu-bitta o'g'li-ku! (O'.Hoshimov)
O'rin-payt ravishlari leksik reduplikatsiyasi ham og'zaki nutqda keng tarqalgan usul bo'lib, ravishda anglashilgan ma'no kuchayadi, unga ekspressivlik yuklanib, agar to'g'ri tartibdagi gap bo'lsa, rema guruhini tashkil qiladi: O 'zi tog'ning tag-tagidan kelgan.
Fe'l yoki vaziyat ravishlari leksik reduplikatsiyasi gapning aktual tuzilishida juda katta ahamiyatga egadir. Bunda reduplikatsiya nafaqat ma'noni bo'rttiruvchi, balki fe'lda anglashilgan ish-harakatga qo'shimcha ma'no yuklovchi vosita hisoblanadi, masalan: ish-harakatning davomiyligi, takroriyligi va h.k.:
So'ri ostida sharqirab suv oqayotganmish. Hovuchlab ichaveribman-ichaveribman. (O'.Hoshimov)
Ana u!... Yurak urishlari bilan//zoriqib-zoriqib kutganim — Saodat! ( G'afur G'ulom)
- Hoy-hoy, to'xtang-to'xtang, bu nima qo'pollik! ( G'afur G'ulom)
Zaharsan-da, Marya, zaharsan! Chaqib-chaqib eringni o'ldirding! (O'.Hoshimov)
Sintaktik reduplikatsiya fono-morfologik va leksik takrorlardan ko'ra kengroq tarqalgan usuldir. O'zbek tilida so'z tartibining erkinligi hisobga olinsa, sintaktik takrorning kommunikativ tuzilishda roli beqiyosdir:
Tinchlik, tasadduq, tinchlik!... - u kulgidan o'zini to'xtatolmay zo'rg'a gapirardi (G'afur G'ulom)
Xizmat, taqsir, xizmat? ( G'afur G'ulom)
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Sintaktik takror xalq og'zaki ijodi va poeziyada ham keng qo'llaniladi: Urushga ketgan akam, G'azotga ketgan akam, Onamizni yig'latib,
Xatni kam bitgan akam! (X.To'xtaboyev)
Gap tarkibidagi ma'lum sintaktik qurilmalar va bo'laklarning o'ziga xos takrorida ba'zan remaga yana ham kuchliroq emfaza berish maqsadida reduplikant to'liqsiz gap shaklida kelishi ham mumkin. Bunday ko'rinish gapning har qanday turida kuzatiladi va ularga xos ma'lum sema bo'rttirib ko'rsatiladi:
Maldalini tushmagur kiyimlik emas ekan, tasadduq, yeydigan narsa ekan, yeydigan! ( O'. Umarbekov)
-Yo'q, yo'q, - dedi «Xizr», - yomon niyat qilmoqchi emasman, bir ehtimolni aytmoqchiman, yaxshi ehtimol... ( G'afur G'ulom)
Sulton suvga oqib ketdi, nega oqizding, nega? (X.To'xtaboyev) Vujudim bo'm-bo'sh bo'lib qoldi... bo'm-bo'sh. (O'.Hoshimov) Sizgapul keldi, pul. (O'.Umarbekov)
Shuningdek, mazkur hodisaning aksi, ya'ni avval monoremali (to'liqsiz) gap, ketidan gap to'liq holatda takrorlanib qo'llanilishi ham mumkin:
Yolg'on! - deb sekin o'rnidan turdi Qoraborot, bu bolayolg'on gapiryapti. (X.To'xtaboyev) Qo'yvor! Qo'yvor ayamni! (O'.Hoshimov) Men! Men yondirdim! ( O'.Umarbekov)
Sinonimik takror (reduplikatsiya) semantik takrorning o'ziga xos ko'rinishi hisoblanadi, ya'ni gap takrori aynan emas, balki reduplikatorning sinonimlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin [5,18]. Bunda sinonim to'liq emas, qisman mos kelishi ham mumkin: U xo'-o'-o'p o'qimishli, xo'-o'-o'p bilimdon, xo'-o'-o'p olim odam. Faqat bitta»juz'iy» kamchiligi bor: chin dildan kulolmaydi, chin dildanyig'lolmaydi... (O'.Hoshimov) ...Mana, bir kunlik quvonch, bir kunlikbaxtning oqibati... u, negadir shunday bo'lishini, xunuk bir voqea yuz berishini sezgan edi, lekin bu voqea /shunchalik tez va shunday xunuk namoyon bo'lishini kutmagan edi. (O'.Umarbekov) Mana o'nyillar oshdiki, Komissar tanho... Bitta o'zi! (O'.Hoshimov)
Ko'rinib turibdiki, sinonim takrorlar xabar mazmuniga ekspressivlik berishdan tashqari, uni kengaytirish, batafsillashtirish xususiyatiga ham ega ekanliklari bilan ahamiyatlidir. XULOSA
Yuqorida keltirilgan tahlilga asosan xulosa qilish mumkinki, takror (yoki reduplikatsiya) gapning kommunikativ tuzilishi bilan chambarchas bog'liq tushuncha bo'lib, o'zbek tilida ma'lum bo'lakni aktuallashtiruvchi vositalar qatorida o'zining muhim o'rniga egadir.
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
REFERENCES
1. O'sarov I.K. Qo'shma gaplar umumiy stilistikasining muammolari: Filol. fanl. nomz. ...diss.
- Andijon, 2004.
2. Букатникова С. Д. Редупликация в современной лингвистике // Наука RASTUDENT.RU. - 2014. - No. 4(04-2014) / [Электронный ресурс] - Режим доступа.
- URL: http ://nauka-rastudent.ru/4/1280/
3. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов / О.С. Ахманова. - 2-е изд., - М : УРСС, 2004.
4. Нажмиддинов, Р. Ю., Меликузиева, Г. Зокиров, М., & Юсупов, И. (2022). МАРКАЗИЙ ^ИЗИЩУМ ФОСФОРИТЛАРИДАН ТАРКИБИДА КАЛЬЦИЙ ВА МАГНИЙ БУЛГАН КОНЦЕНТРЛАНГАН ФОСФОРЛИ ОДДИЙ УЕИТЛАР ОЛИШ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(6), 56-61.
5. Кодирова, Г. К., Шамшидинов, И. Т., Тураев, З., & Нажмиддинов, Р. Ю. У. (2020). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССА ПОЛУЧЕНИЯ ВЫСОКОКАЧЕСТВЕННЫХ ФОСФАТОВ АММОНИЯ ИЗ ЭКСТРАКТНОЙ ФОСФАТНОЙ КИСЛОТЫ НА ОСНОВЕ ФОСФОРИТОВ ЦЕНТРАЛЬНОГО КЫЗЫЛКУМА. Universum: технические науки, (12-3 (81)), 71-75.
6. Shamshidinov, I., et al. "ЭКСТРАКЦИОН ФОСФАТ КИСЛОТАНИ ОХДКТОШ ХОМАШЁСИ БИЛАН НЕЙТРАЛЛАШ АСОСИДА КАЛЬЦИЙ ВА МАГНИЙ ФОСФАТЛИ УЕИТЛАР ОЛИШ." Science and innovation 1.A4 (2022): 161-169.
7. Najmiddinov, R., Shamshidinov, I., Qodirova, G., Nishonov, A., & Sayfiddinov, O. (2022). МАРКАЗИЙ ^ИЗИЩУМ ФОСФОРИТЛАРИ АСОСИДАГИ ЭКСТРАКЦИОН ФОСФАТ КИСЛОТАДАН Ю^ОРИ СИФАТЛИ АММОНИЙ ФОСФАТЛАРИ ОЛИШ. Science and innovation, 1(A4), 150-160.
8. Мамуров, Б. А., Шамшидинов, И. Т., Усманов, И. И., & Кодирова, Г. К. (2019). Исследование процесса нейтрализации экстракционной фосфорной кислоты мелом. Universum: химия и биология, (2 (56)), 21-26.
9. Дюзенли М.В., Сунь Э. Явление редупликации в русском и китайском языках: к постановке проблемы // Русский язык и лингвокультура в сопоставительном аспекте. Материалы ежегодной международной конференции. - Екатеринбург: УрФУ, 2015.
10. Локман Б. Структура и семантика редупликации в Турецком и Таджикском языках: Бисс. ... канд. филол. наук. - Душанбе - 2015.
11. Букатникова С.Д. К вопросу о классификации редупликаций // «Молодой учёный» . -2014. - № 4 (63).
12. Bozorov O. O'zbek tilida gapning kommunikativ (aktual) tuzilishi. Filol. fan. nomz. ...diss.
- Farg'ona, 2004.
13. Броварский, В. Д., Турдалиев, А. Т., & Мирзахмедова, Г. И. (2020). Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 43-48.