Научная статья на тему 'О‘ZBEK MUMTOZ ASHULALARI TALQINI (JALOLIDDIN RUMIYNING “BILMASSEN” ASARI MISOLIDA)'

О‘ZBEK MUMTOZ ASHULALARI TALQINI (JALOLIDDIN RUMIYNING “BILMASSEN” ASARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
623
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / musiqa / ashula / talqin / asar / g‘azal / irfon / tasavvuf / ma’rifat / ishq / Samo’ / mumtoz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nabijon Qodirov

Ushbu maqolada milliy mumtoz ashulalarimiz tarkibiga kiruvchi mashhur ashulalardan biri Jaloliddin Rumiyning “Bilmassen” asarini irfoniy usulda talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK MUMTOZ ASHULALARI TALQINI (JALOLIDDIN RUMIYNING “BILMASSEN” ASARI MISOLIDA)»

O'ZBEK MUMTOZ ASHULALARI TALQINI (JALOLIDDIN RUMIYNING "BILMASSEN" ASARI MISOLIDA)

Nabijon Qodirov

Yu.Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy mumtoz ashulalarimiz tarkibiga kiruvchi mashhur ashulalardan biri Jaloliddin Rumiyning "Bilmassen" asarini irfoniy usulda talqin qilingan.

Kalit so'zlar: san'at, musiqa, ashula, talqin, asar, g'azal, irfon, tasavvuf, ma'rifat, ishq, Samo', mumtoz.

INTERPRETATION OF UZBEK CLASSIC ASHULAS (ON THE EXAMPLE OF JALALIDDIN RUMI'S WORK "BILMASSEN")

Nabijon Qodirov

Uzbek National Institute of Musical Arts named after Yu.Rajabi

Abstract: In this article, one of the most popular songs of our national classics, Jalaliddin Rumi's "Bilmassen" is interpreted in an epistemic way.

Keywords: art, music, singing, interpretation, work, ghazal, gnosis, mysticism, enlightenment, love, Heaven, classic.

O'zbekistonda musiqa san'atininng tarkibiy qismi bo'lgan mumtoz ashula ijrochiligi zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda iste'dodli yoshlarning faol ishtirok etayotganligi kishini ruhlantiradi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda.

Ayni paytda, mumtoz ashulalarimiz ijrochiligiga oid bir qator ilmiy masalalarni hal qilib olish vazifasi mutaxassislar va keng jamoatchilik oldida turibdi. Ana shunday masalalardan biri o'zbek mumtoz ashulalarini talqin qilish masalasidir. Musiqa san'atining vakillari mumtoz ashulalarimizning mazmunini individual tushunishlari sir emas. Biroq, keng jamoatchilikka manzur bo'ladigan talqin usullarini yaratish yo'lidan borishimiz maqsadga muvofiqdir. Bu masala ayniqsa, milliy musiqa ta'limini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki, maqom san'ati bilimdoni O'zbekiston Respublikasi xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev o'rinli ta'kidlaganidek, "ijodkor ma'naviy merosini butun go'zalligi, fasohati bilan to'laqonli holda kelajak avlodlarga yetkazishi katta ahamiyatga ega".

147

http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbek mumtoz ashulalarini talqin qilishning yo'nalishlari ko'p. Ulardan nisbatan to'laqonlirog'i irfoniy talqindir.

Irfon atamasi - bilish, anglash va tushunish ma'nolarini anglatadi. Irfon tasavvuf ta'limotining bilish usuli bo'lib, unda Haq taoloning ma'rifati ruhiy tasavvur va hissiy-shuuriy (intiutsiya) asosida anglab yetiladi.1 Haq taoloning ma'rifati deganda Abu Usmon Hujviriy (XI asr) ta'kidlaganidek, "Ollohning ismlari, sifatlari, zotining qudsiy nurlari, insonning ruhiy kechinmalari, hayvonot va nabotot olamining mohiyatini his, tuyg'u va idrok bilan o'rganish tushiniladi" 2 Irfoniy bilishning metodi ishq bo'lib, u insonda tasavvur, xotira va idrokni rivojlantiradi. Shu sababli irfoniy ifoda badiiy ramzlar, timsollar va ishoralarga asoslanadi hamda har bir narsaga ichki ma 'no beriladi.

Ushbu maqola orqali milliy mumtoz ashulalarimiz tarkibiga kiruvchi mashhur ashulalardan biri Jaloliddin Rumiyning "Bilmassen" asarini irfoniy usuldagi talqinini keng ommaga yetkazishni maqsad qildik. Mazkur asar O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo'rayev tomonidan ma'no-mazmuniga mos ravishda go'zal kuyga solinib ijro etilgan va milliy musiqa ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallagan.

Mavlono Jaloliddin Rumiy (1203-1270) musiqa san'ati rivojiga munosib hissa qo'shgan mutafakkirlarimizdan biri, o'zidan keyingi mutafakkirlarga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. U o'zi asos solgan tasavvufning Mavlaviya tariqatida musiqa, ashula va raqs mujassam bo'lgan Samo' tushish odatiga izn bergan3 va o'zi ham vaqti-vaqti bilan charx urib raqsga tushar edi4. Shogirdlari esa Samo' bazmida Rumiyning serma'no g'azallari va ruboiylarini avj pardada kuylashardi.

Rumiy Surxondaryoning Termiz shahrida tug'ilgan, mo'g'ullar istilosi tufayli Rumga (Turkiyaga) ko'chgan va yo'lda - Eronning g'orlaridan birida mashhur Farididdin Attorni (1145-1221) ziyorat qilishadi5. Keksayib qolgan Attor yosh Rumiyni duo qiladi va o'zining "Ilohiynoma" asarini unga sovg'a qiladi. Bu kitob Rumiy dunyoqarashining shakkllanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi6.

Aytishlaricha, besh yoshli Rumiy o'rtoqlari bilan tomda o'ynab o'tirganida yashil kiyimli mavjudotlar uni olib uchishadi va bundan bolalar cho'chib faryod ko'tarishadi7. Mutaxassislar bu mavjudotlarni farishtalar bo'lgan, - deb hisoblashadi8.

Mo'g'ullar Osiyo qit'asini g'orat qilib, Rumga (Turkiyaga) yetib kelishadi. Shunda Rumiy ular bilan muzokara olib borib, o'lpon to'lash evaziga Turkiyani

1 Komilov N., Yoqubov A. Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuri rivojida tasavvufning tutgan o'rni.-T.: "Akademiya". 2007. 6-b.

2 аль-Худжвири. Раскрытие. скрветого (Kashf ul-mahjub). М.: «Единство». 2004. 266 с

3

Ислам. Энциклопедический словарь.-М., 1991.

4 Radiy Fish. Jaloliddiy Rumiy.-Т., 1986.

5 Shu manba

6 Gulpinarli М. Mavlono Jaloliddin.-M., 2007.

7 Komilov N. Tasavvuf.-T., 2009.

8 Gulpinarli M. Mavlono Jaloliddin.-M., 2007.

I fcclT^^^^HI 148 http://oac.dsmi-qf.uz

istilodan saqlab qoladi - mo'g'ullar Turkiyaga kirmaydi9. Amir Temur (1336-1401) iborasi bilan aytganda, "ko'ngli ko'zidek kichik bo'lgan"10 mo'g'ul istilochilarini Rumiy tafakkur kuchi bilan yenggan edi.

Mavlono Jaloliddinning g'azallari bilan ijro etiladigan ashulalar ichida "Bilmassen" ashulasi sirli ma'nolarga boyligi bilan ajralib turadi. Ashulaning boshlanmasi quyidagicha:

Ko'ngul ichra nechuk olam, nechuk sulton, bilmassen, Tanim sarg'aydi, poyim ustuvor chandon, bilmassen.

Abu Usmon Hujviriy (1003-1077) "Kashf ul-mahjub" (Sirlar kashfi) asarida saboq beradikim, "Ko'ngul" - olami kubro, ya'ni ilohiy fayzlar mavjlanadigan katta olam, "Sulton" - ilohiy fayzlar zuhuri11. "Tanning sarg'ayishi" ga shu fayzlarni anglatuvchi Ishq sabab, ammo bu holat "Jadal harakat qilish"ga monelik qilmaydi. Shu ma'noda baytning irfoniy ma'nosi quyidagicha: "Ezgulik va insoniyliklar majmui bo'lgan ilohiy fayzlarni Ko'nglingdan angla, men shu sababli iztirobdaman, lekin buni bilmassen". Rumiy kabi mutafakkirlar tanbehida samimiyat ustuvor bo'ladi va ko'p hollarda bundaylar o'zlariga ta'na qiladilar. Mazkur g'azalda Rumiy rabboniylik, ya'ni fikrning avj pardasida12 turib so'zlaydi (ikkinchi bayt): Munavvar bir Quyoshmen, dur to'la to'lqinmi ummonmen, Zamin tegramdadur, dilda yashar osmon, bilmassen.

Ya'nikim, "Inson beminnat nur sochuvchi Quyoshdir, dur beruvchi dengizdir, uning atrofida zamin (butun olam) charx uradi, chunki uning Ko'nglida olamning (osmon) siru-asrori mavjud - bilmassen".

Bunga sabab - insonning Ko'ngilga egaligidir. Hadisi qudsiyda kelishicha, "Alloh taolo bir kecha-kunduzda insonning ko'ngliga yetmish ming marotaba ilohiy fayz nazari bilan qaraydi" Shu sababli inson Borliqning sharafli toji, butun olam unga talpinadi. Rumiydan so'radilar: "Muhammad alayhissalom ustunmi yoki avliyo Boyazid Bistomiy?" Mavlono nim tabassum bilan javob berdi: "Bizni sinamang, Rasuli Akbar ustun. Chunki u zot har kuni Ko'nglidagi ilohiy fayzlarni yetmish ming marotaba anglardi va hazm qilardi; Boyazid janoblari butun umri davomida bitta fayzni anglab yetdi va bundan shoshib qolib, Ulug'men, ulug'men - shon-sharafga to'lig'men deb baqirdilar"13. Rumiy insonni ana shunday sevardi, bir kuni shogirdlariga dediki: "Men hamma insonlar bilan birgaman" Shunda bir kishi uni sinash uchun haqorat qildi va Rumiy tabassum bilan "Bundaylar bilan ham birgaman", - dedi14.

9 Radiy Fish. Jaloliddiy Rumiy.-Т., 1986.

10 Temur Tuzuklari.- Т., 2013.

11 Хужвири А.У. Раскрытие скрытого.-М., 2004.

12 Shu manba

13 Radiy Fish. Jaloliddiy Rumiy.-Т., 1986.

14 Gulpinarli М. Mavlono Jaloliddin.-M., 2007.

I fcOT^^^^H 149 http://oac.dsmi-qf.uz

To'rtinchi bayt:

Jahon bo'stonida bir bol aridek uchganim - uchgan,

Asaldek so'zlarim, senga pinhon, bilmassen.

Bol ari nafaqat asal yig'adi, agar birovni chaqsa o'zi o'iadi. Rumiy demoqchiki, "Ko'nglida ilohiy fayz bor inson bol aridek purma'no hikmatlarni odamlarga tortiq qilishi kerak, bunday insonning qo'lidan birovga yomonlik qilish kelmaydi". Rumiy kabilarni tinglash insonni poklaydi, qaniydi bol ariga o'xshash odamlar ko'paysa...

So'nggi bayt:

Aql begona senga, yo'q emish fahmu farosat ham,

Bilarmen deb dam urma, deganing yolg'on, bilmassen.

Aql, fahm, farosat va dam (nafas) faqat insonga xos bo'lib, ular "Ko'ngildagi ilohiy fayzlardan nur olish bilan yetuklashadi"15. Bu tuyg'ularning dushmani Nafsdir. Irfon falsafasi vakillari barcha noinsoniy illatlarni Nafsga yo'yadilar, hatto Burhoniddin Rabg'uziy (1260-1315) deydiki "Odamning nafsi qilgan ishni yetmish shayton qilolmas"16. Shunday ekan, Nafsoniy tuyg'ularni jilovlay olmaslik Aql, Fahm, Farosat kabi eng sof tuyg'ularning rivojlanmasligiga olib keladi. Natijada inson qadrsizlanadi, o'zligini anglamaydi va o'zgalarni qadrlashni bilmaydi. Rumiyni mana shu kabi muammolar qiynagan.

Mumtoz ashulalarimizning ma'no-mazmuni, falsafasi va badiiy xususiyatlarini anglash bir necha jihatlari bilan foydali hisoblanadi: birinchidan, yoshlarnu yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalash ishlarining ko'lami kengayadi; ikkinchidan, zamon sinovlaridan o'tgan mumtoz ashulalarimiz bilan tanishtirishning ilmiy asoslari kuchayadi; uchinchidan, yosh xonandalarning mumtoz ashula ijrochiligi mahoratini shakllantirish ishlari takomillashadi; to 'rtinchidan, mumtoz ashulalarimizning musiqiy tahlilida turli yo'nalishlar yuzaga keladi; beshinchidan, jamiyatda mumtoz musiqa madaniyatining darajasi yuksaladi.

Hofizlarimiz bunday ashulalarni kuylash bilan elimizga fayz nurlarini taratib kelmoqdalar, bu kabi ashulalarning musiqalari ham dilxush ekanligini eslatib qolish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jaloliddin Rumiy, T., 1986; Jumayev R., Mavlono Jaloliddin Rumiy, T., 2003.

15

16

Хужвири А.У. Раскрытие скрытого.-М., 2004. Rabg'uziy B. Qissasi Rabg'uziy. 1-kitob.-T., 1992.

150

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.