Научная статья на тему 'O‘ZBEK ADABIY TILI VA XORAZM SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING TAHLILI'

O‘ZBEK ADABIY TILI VA XORAZM SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
215
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘g‘uz / lahja / sheva / adabiy til / turkiy so‘zlar / o‘zlashgan so‘zlar. / Oghuz / dialect / dialect / literary language / Turkish words / borrowed words.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Palvonnazarova Hayotxon Jamoladdin Qizi

Ushbu maqolada umumturkiy va o‘zlashgan so‘zlarning adabiy til va Xorazm shevasidagi ma’nolarini o‘rganamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF WORDS IN UZBEK LITERARY LANGUAGE AND KHOREZM DIALECT

n this article, we will study the meanings of common Turkic and adopted words in the literary language and Khorezm dialect.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ADABIY TILI VA XORAZM SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING TAHLILI»

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

ANALYSIS OF WORDS IN UZBEK LITERARY LANGUAGE AND KHOREZM DIALECT

Palvonnazarova is the daughter of Hayotkhan Jamoladdin

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz, Faculty of Turkish Languages, 2nd level student of Uzbek language education in

foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.11170448

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS Oghuz, dialect, dialect, literary language, Turkish words, borrowed words.

In this article, we will study the meanings of common Turkic and adopted words in the literary language and Khorezm dialect.

O'ZBEK ADABIY TILI VA XORAZM SHEVASIDAGI SOZLARNING TAHLILI

Palvonnazarova Hayotxon Jamoladdin qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11170448

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 04th May 2024 Ushbu maqolada umumturkiy va o'zlashgan so'zlarning

Accepted: 09th May 2024 adabiy til va Xorazm shevasidagi ma'nolarini o'rganamiz.

Online: 10th May 2024 KEYWORDS O'g'uz, lahja, sheva, adabiy til, turkiy so'zlar, o'zlashgan so'zlar.

Umumturkiy so'zlar aksariyat turkiy tillarda va shevalarda qo'llanadi hamda ular o'zbek shevalarida adabiy tildagi talaffuzini saqlashi ham mumkin yoki kuchli va kuchsiz fonetik o'zgarishga uchrashi ham mumkin. Bunga yer-djer, ish-is, bash-bas kabi va boshqa turli sohalarga oid so'zlar taalluqlidir. Shevalar lug'at tarkibining salmoqli qismini umumturkiy so'zlar tashkil etadi. Arab, fors-tojik rus tilidan o'zlashgan so'zlar shevalarda, asosan, fonetik qulaylashtirilgan holda iste'molda bo'ladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni ko'rsatadiki, shevalar lug'at tarkibida forscha-tojikcha so'zlar ko'proq, arabcha so'zlar unga nisbatan kamroq, ruscha-baynalmilal so'zlar juda kam uchraydi, bu esa bunday so'zlaming o'zlashish jarayoni ko'prok vaqt talab qilishi bilan bog'liq ekanini ko'rsatadi. O'zbek tili tarixiy taraqqiyoti davomida turkiy va turkiy bo'lmagan til unsurlari negizida yangi so'zlar ham yasalgan. Bu ayniqsa, fantexnika, bozor iqtisodi bilan bog'liq so'z va terminlaming yasalishida ko'rinadi. Ularning asosiy qismi boshqa tillarga, lekin yasovchi unsuri (elemetlari) o'zbek tiliga oid bo'ladi va u yasama so'z o'zbek tilidagina qo'llanadi, masalan, ishxona, bizneschi,

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

tasvirchi va boshqalar. Bular albatta, shevalarda ham ayrim fonetik o'zgarishlar bilan qo'llanadi va sheva mulki bo'lib qoladi. Shevalaming maxsus so'zlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:

1. O'zbek adabiy tilida uchramaydigan, faqat shevalarda qayd qilinadagan so'zlar.

2. Kuchli fonetik o'zgariehga uchragan so'z1

Turkiy tillarda so'zlar "r" harfidan boshlanmaydi. "R" harfi bilan boshlangan so'zlar boshqa tillardan o'zlashtirilgan o'zlashma so'zlar deb yuritiladi. Shu uchun biz turkiy tillar "r" harfi bilan boshlangan so'zlarni talaffuzda oldiga unli harflar qo'shib talaffuz qilamiz masalan: rus-o'ris, ro'mol-o'ramol, ro'za-o'raza tarzida talaffuz qilamiz. Ro'za so'zi bizga fors tilidan o'zlashgan so'zlar qatoriga kiradi va "kunga oid", "kunlik" degan ma'nolarni anglatadi. Namoz so'zi ham fors tilidan o'zlashgan. Bu so'zning ikki hil ma'nosi bor. Hurmat va ta'zim ma'nosida yerga egilish va islomiy ibodat shakli. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda namoz bilan bog'liq so'zlar ham ko'payib ketgan: namozxon, namozgoh, benamoz, namozsiz, so'zlari va undan tashqari antroponimlarda ham uchratishimiz mumkin. Namozboy, Namozbek, Namozxon ismlari ham mashurdir.

Qurbon hayitidan bir kun oldingi kun arafa deyiladi bu kunda asosan oilalarda xamirli taomlar pishiriladi Respublikamizning ko'pgina joylarida bo'g'irsoq, chak-chak mahsulotlari pishiriladi. Arafa so'zining o'zagi tog' ma'nosidan tashqari bayramdan oldingi kun ma'nosida ham ishlatiladi hozirda bu so'zni biz ko'p ishlatamiz masalan Navro'z arafasi, to'y arafasi tarzida ishlatiladi arafa so'zini biz shevalardagi talqiniga e'tibor bersak Xorazm shevasida bu kunni is deyiladi.

Qur'on so'zi arabcha o'qmoq ma'nosidagi "qara'a" so'zidan olingan. Ramazon so'zi arabchadan olingan bo'lib "quruq issiq" degan ma'noni anglatadi. Ro'za fors-tojikcha kun so'zidan olingan. Sahar arabcha kun yorishi kun oqarishi kabi ma'nolarni beradi. Iftor arabcha nonushta qilish vaqti deyiladi o'g'uz shevasida esa og'izochar deb ishlatiladi. Sumalak so'zining izohi "Devonu lug'atit-turk" kitobida suma so'zi bug'doy deb ta'riflangan. Sumalak esa bug'doy qo'shib ya'ni bug'doyli taom degani. Suma ivitilgan bug'doy degan ma'noni beradi. Sumalak so'zi ham shu suma so'zidan kelib chiqqan turkiy tillarda -liq qo'shimchasi orqali ovqatlarning nomlari yasalgan shu tartibda bu so'z tarkin topgan. Bu so'z forscha samanu so'zidan yasalgan degan fikrlar ham mavjud. Ramazon oyi kelishi bilan eng birinchi bozorlarda nisholda paydo bo'ladi bu so'zning o'g'uz shevasida nisholla tarzida talaffuz qilamiz.

Xunuk so'zi shevalarda har xil so'zlar bilan ishlatiladi o'g'uz lahjasida u so'zning sinonimlari ko'p avash, yoqimsiz, o'ng'aysiz, jillidin, do'ddi, aji-buji kabi shakllarda ishlatamiz. Dala so'zi otiz, tomorqa shaklida talaffuz qilinadi. O'yinqaroq bolalarni Xorazm shevasida potirdo'q, dingisiz shaklida. Bolalar yoshlida qushglarni otish uchun yuqori qismiga tosh bog'lab ishlatadigan o'yinchoqlarini adabiy tilda rogatka shevada esa laqatka deyiladi. Xo'mraymoq so'zi baqraymoq, qopoqingni osma, to'sraymoq, badlanmoq, qovoq lunjni osmoq, bo'zraymoq kabi shakllarda ishlatiladi. Yomg'ir so'zi o'g'uz lahjasining ba'zi joylarida

1Ashirboyev S O'zbek dialektologiyasi Toshkent-2013

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

yag'mur, yag'mir, yomg'ir shakllarida ishlatiladi. Qor so'zi ham turkiy so'zlar qatoriga kiradi. Qor so'zi omonimligi xususiyatiga ega. Birovdan hafa bo'lganda masalan: Xosiyatdan man bugun qor atdim. Xosiyatdan men bugun hafa bo'ldim. Xorazm shevasida shu ma'noda ham ishlatiladi. Xorazm shevasida achomlamoq fe'li ishlatiladi bu so'z O'zbek adabiy tilidagi quchoqlamoq so'ziga teng keladi. Yostiq adabiychasi Xorazm shevasida uni taka deb ishlatamiz. Cho'milmoq so'zi Bo'ktirmoq, ho'pitmoq, ho'ppimoq, Cho'milishga boramiz so'zlari esa "xo'ppiqo boromiz", deb ishlatiladi. Bu so'zlarning barchasi adabiy ytil va Xorazm shevalarida ishlatiladigan varinatlari ham bor lekinh shunday so'zlar borki ularni faqat shevaning o'zidagimna ishlatimishiz mumkin. Biz O'zbek shevalaridni argo va jargolardan farqlab o'rganishimiz kerak bo'ladi. Argo va jargo so'zlarida dialektologiyaga oid hech qanday ma'lumot yo'q uni faqat bir guruh doirasidagina tushunadilar.

Adabiy til leksik jihatdan nisbatan barqaror, fonetik-fonematik va grammatik jihatdan muayyan qolipga tushgan, yagona orfografik va orfoepik normalarga amal qiladigan, so'z ustalari tomonidan sayqal berilgan millly tilning yuqori bosqichidir. Har bir adabiy til o'zining tayanch dialektiga ega bo'ladi. To'g'ri, o'zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma'lum shevalar adabiy til uchun asos, tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya'ni o'zbek adabiy tili muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlami adabiy til fakti sifatida oladi hamda o'eha sheva va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etadi, chunki) sheva jonli til bo'lib, u doimo rivojlanishda, o'zgarishda bo'ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog'liq ravishda taraqqiy etib boradi, aksincha, adabiy til o'zining tayanch dialektiga ega bo'lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib etadi. Muomaladan chiqqan til fanda "o'lik til" degan termin bilan yuritiladi.

References:

1. Ashirboyev S O'zbek dialektologiyasi Toshkent-2013

2. Reshetov V V, Shoabdurahmonov Sh O'zbek dialektologiyasi Toshkent-1978

3. Xidraliyeva Z O'zbek dialektologiyasi Toshkent-2021

4. To'ychiboyev B, Hasanov B O'zbek dialektologiyasi Toshkent-2004

5. Murodova N O'zbek dialektologiyasi Toshkent-2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.