Научная статья на тему 'OʻYINLI TEХNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH ( CHIZMACHILIK FANI MISOLIDA)'

OʻYINLI TEХNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH ( CHIZMACHILIK FANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
500
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diqqat / xotira / nutq / tafakkur / qiyoslash malakasi / chog‘ishtirish / o‘xshashini topish / faraz / xayol / ijodiy qobiliyat / empatiya / refleksiya / optimal yechimni topa olish / Attention / memory / speech / thinking / comparison skills / comparison / similarity / hypothesis / imagination / creativity / empathy / reflection / finding the optimal solution

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Sindarova, Shoxista Maxammatovna

Ushbu maqolada o‘yinli teхnologiyalarni didaktik maqsadi, bilimlar doirasi, bilish faoliyati hamda amaliy faoliyatdagi muhim jihatlari haqida fikr bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING KNOWLEDGE, SKILLS AND SKILLS OF STUDENTS USING GAME TECHNOLOGIES (ON THE EXAMPLE OF DRAWING)

In given clause the technique of selection and organization of job with the gifted students on plotting and computer graphics is stated.

Текст научной работы на тему «OʻYINLI TEХNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH ( CHIZMACHILIK FANI MISOLIDA)»

O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI O'QUVCHILARNING BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH ( CHIZMACHILIK FANI MISOLIDA)

Shoxista Sindarova Maxammatovna

TTYeSI assistenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'yinli texnologiyalarni didaktik maqsadi, bilimlar doirasi, bilish faoliyati hamda amaliy faoliyatdagi muhim jihatlari haqidafikr bildiriladi.

Kalit so'zlar: Diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog'ishtirish, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье изложена методика дидактичесий цель игровых технологии и их применение практической овладение учашихся.

Ключевые слова: внимание, память, речь, мышление, навыки сравнения, сравнение, сходство, гипотеза, воображение, творчество, эмпатия, рефлексия, поиск оптимального решения.

ABSTRACT

In given clause the technique of selection and organization ofjob with the gifted students on plotting and computer graphics is stated.

Keywords: Attention, memory, speech, thinking, comparison skills, comparison, similarity, hypothesis, imagination, creativity, empathy, reflection, finding the optimal solution.

KIRISH

O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o'quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtinivchi faoliyati tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'mini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.

O'yin ijtimoiy tajribalami o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. L.S.Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.

686

A.N.Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog'liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi. O'yinli faoliyat muayyan funksiyalami bajarishga bag'ishlangan bo'ladi. Ular quyidagilar:

• maftunkorlik ;

• kommunikativlik ;

• o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;

• davolovchilik ;

• tashxis;

• millatlararo muloqot;

• ijtimoiylashuv.

Tadqiqotchilar o'yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. o'yinlarning muhim qirralari S.V.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko'ra, faoliyat jarayonining o'zidan bahra olish uchun qo'llanadi. O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteiga -«ijod maydoni»ga ega bo'ladi. O'yin uchun hissiy ko'tarinkilik xosdir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi. O'yinning o'yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko'zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo'lishini ko'rsatadilar. Tadqiqotchilar nazariy aspektda o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qaraydilar. O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalami tahlii qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini tola amalga oshiradi. O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. O'yindan tushunchalar, mavzu va hatto o'quv predmeti bo'limini o'zIashtirishda o'qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O'yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo'llaniladi.

O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko'nikmalarni qo'lash, umumta'l'im malaka va

ko'nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga

687

qaratilgan bo'ladi. O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani taibiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.

Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog'ishtirish, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o'quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Ijtimoiylashuv o'yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko'nikish, ehtiroslami nazorat qilish, o'z- o'zini boshqarish, muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o'yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o'yinlar «o'yinli pedagogik texnologiyalarni tashkil etadi. Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik o'yinlar asosida talabalarni o'quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinli usullar va vaziyatlami vujudga keltirish yotadi. Pedagogik o'yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o'yin metodikasi, soha xususiyati, o'yin muhiti bo'yicha tasnif qilinadi.

O'qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o'qitishning an'anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko'rsatib berdi. V.F. Shatalovning maqsad-mo'ljali:

• bilim, malaka va ko'nikmalami shakllantirish;

• har qanday individual xususiyatlarga ega bolgan barcha bolalami o"qitish;

• o'qitishni tezlashtirish.

Tamoyillar:

• ko'p maria takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikningyuqori darajasi, katta bloklardao 'rganish, faoliyatning dinamikqolipi, xatti-harakatning tayanchi, va uning mo Ijaldagi asosini qo Hash;

• shaxsni ko'zda tutish asosidayondashuv;

• insonparvarlik;

• zo'rlab o'qitmaslik;

• o'quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o'quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yolga solish), o^sish va yutuqlarga istiqbolni ochish;

• o^qitish va tarbiyani bo^glash.

Scientific Journal Impact Factor

V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o'zaro uzviy bog'lovchi ramzlar (ishora, so'z, sxema, rasm va h.o) bo'lib, qandaydir ma'noli mohiyatni almashtiradi. Tayanch konspekt - o'quv materiallari o'zaro bog'langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g'oyalar tizimi o'mida qo'llana oladigan ko'rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko'rinishidagi tayanch signallar sistemasidir. V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg'ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta'minlovchi o'quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo'lib, ular bir usul va metodik yechimlami o'z ichiga oladi:

1. Nazariyani sinfda o'rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo'r, ko'rgazmali qurol, O 'TV bilan);

- bo'yalgan plakat — tayanch konspekt bo'yicha qayta tushuntirish;

- plakat bo'yicha qisqacha bayon qilish;

- o'quvchilarning o'z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo'yicha keng mustahkamlash.

2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami. O'quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o'qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o'qi;

O'qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so'zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so'zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.

3. Birinchi takrorlash - konspektni o'zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o'quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o'qituvchi ulami peshma-pesh tekshirib boradi; bir vaqtning o'zida «asta» va magnitafon orqali so'rab boradi; yozma ishdan so'ng og'zaki so'rash boshlanadi.

4. Tayanch konspektni og'zaki so'zlab olish - o'zlashtirishdagi tashqi nutq (og'zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol - javoblar jarayonida yuz beradi.

V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o'quv faoliyati tizimi maktab o'quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi mavjud fanlarning o'qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki muhandislik grafikasi siklidagi fanlami o'qitishda ham keng tarqaldi.

Mavzu. Chizmalarni o'qish.

Scientific Journal Impact Factor

O'yinning sharti. Detalning yaqqol tasviriga qarab va chizilgan ko'rinishlaridan foydalanib, uning kompleks chizmasini tuzish.

Maqsad. O'quvchilarning ko'rinishlar mavzusi bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, ularning ziyrakligini oshirish.

Jihozlar. Tomonlari 100x100 mm li 4 ta kub yasaladi. Ulardan birining olti yog'i (tomoni) ga olti xil detaining yaqqol tasvirlari, ikkinchi kubning tomonlariga mazkur detallarning ustdan ko'rinishlari, uchinchi kubning tomonlariga o'sha detallarning olddan ko'rinishlari, to'rtinchi kubning tomonlariga ushbu detallarning chapdan ko'rinishlari chizib chiqiladi (1-chizma, a,b,c,d).

1-chima

To'rtta kub sig'adigan quticha yasab, uning ichiga H,V,W tekisliklar tizimidek uchta kub joylashtiriladi va bo'sh qolgan joyga yaqqol tasvirlari chizilgan kub qo'yiladi (2-chizma, a,b).

Scientific Journal Impact Factor

г-1 4

P-ч

NI ï

2-chizma

O'yinning tafsiloti. O'qituvchi kubning tomonlariga chizilgan yaqqol tasvirlardan birini o'quvchilarga ko'rsatadi va qolgan kublarni har taraflama aylantirib, yaqqol tasvirdagi detalning tegishli ko'rinishlarini topish va kompleks chizma tuzish topshiriladi. Shu tartibda oltita detaining kompleks chizmalari ketma-ket tuzib chiqiladi.

REFERENCES

1. Ортиков, О. А., Расулов, Х. Ю., Кадирова, Д. Н., & Рахимходжаев, С. С. (2017). Оптимизация натяжения нитей на ткацких станках с микропрокладчиками.

2. Ortikov O., Boltaboyev K., Azimov O. DISTANCE LEARNING SYSTEM AT THE UNIVERSITY //Конференции. - 2021.

3. Ortiqov O. A., Raximxodjayev S. S. QUALITY ASSESSMENT OF CLOTHES FABRICS //Scientific-technical journal. - 2018. - Т. 22. - №. 1. - С. 37-42.

4. Ro'ziyev E., Ashirboyev A., Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi - T., 2010., Fan va texnologiya.

5. Raxmonov I., Xalimov M. Chizmachilik (umuo'rta ta'lim maktab o'qituvchilari uchun) - T., 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.