Научная статья на тему 'O’TKIR PNEVMONIYASI BO’LGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARDA VEGETATIV ASAB SISTEMASI FAOLIYATINI KIG ORQALI BAHOLASH'

O’TKIR PNEVMONIYASI BO’LGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARDA VEGETATIV ASAB SISTEMASI FAOLIYATINI KIG ORQALI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

126
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vegetativ nerv sistemasi / kardiointervalografiya / simpatikotoniya / pnevmoniya / vagotoniya

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Turdikul Akramovich Bobomuratov, Oliya Askarovna Sharipova, Jasur Nematovich Abduraxmanov

Ushbu tadqiqotning maqsadi shifoxonadan tashqari o’tkir pnevmoniyaga chalingan bolalarda vegetativ nerv sistemasining faoliyatini kardiointervalografiya orqali o’rganish edi. Tadqiqot 6 oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan pnevmoniyaga chalingan 50 nafar bemor bolada o’tkazildi. Nazorat guruhida esa shu yoshdagi 20 nafar sog’lom bolalar tekshirildi. Vegetativ nerv sistemasini faoliyatini o’rganishda kardiointervalografiya ko’rsatkichlarining dinamikasi uch kanalli Geolink elektrokardiograf apparatida o’tkazilindi va kompyuterda tahlil qilindi. Vegetativ buzilishlar fonida kechgan o’tkir pnevmoniyaga chalingan bolalarda KIG ko’rsatkichlari o’rganilganda aksariyat bemorlarda vegetativ buzilishning simpatikotonik turi ustunlik qilganligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’TKIR PNEVMONIYASI BO’LGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARDA VEGETATIV ASAB SISTEMASI FAOLIYATINI KIG ORQALI BAHOLASH»

O'TKIR PNEVMONIYASI BO'LGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARDA VEGETATIV ASAB SISTEMASI FAOLIYATINI KIG ORQALI BAHOLASH

Turdikul Akramovich Bobomuratov

t.f.d., professor, bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Oliya Askarovna Sharipova

t.f.d., 3-Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti, Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Jasur Nematovich Abduraxmanov

3-Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi assistenti Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu tadqiqotning maqsadi shifoxonadan tashqari o'tkir pnevmoniyaga chalingan bolalarda vegetativ nerv sistemasining faoliyatini kardiointervalografiya orqali o'rganish edi.

Tadqiqot 6 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan pnevmoniyaga chalingan 50 nafar bemor bolada o'tkazildi. Nazorat guruhida esa shu yoshdagi 20 nafar sog'lom bolalar tekshirildi. Vegetativ nerv sistemasini faoliyatini o'rganishda kardiointervalografiya ko'rsatkichlarining dinamikasi uch kanalli Geolink elektrokardiograf apparatida o'tkazilindi va kompyuterda tahlil qilindi. Vegetativ buzilishlar fonida kechgan o'tkir pnevmoniyaga chalingan bolalarda KIG ko'rsatkichlari o'rganilganda aksariyat bemorlarda vegetativ buzilishning simpatikotonik turi ustunlik qilganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar:vegetativ nerv sistemasi, kardiointervalografiya, simpatikotoniya, pnevmoniya, vagotoniya.

ABSTRACT

The aim of this study was to study the activity of the autonomic nervous system in children with communtiy acquired acute pneumonia through cardiointervalography.

The study was carried out in 50 patients with pneumonia aged 6 months to 3 years. And in the control group, 20 healthy children of the same age were examined. "Geolink". In children

January, 2023

41

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

with acute pneumonia, which went against the background of vegetative disorders, when the KIG indicators were studied, it was found that most patients were dominated by the sympathicotonic type of vegetative disorder.

Keywords: autonomic nervous system, cardiointervalography, sympathicotonia, pneumonia, vagotonia.

Hozirgi zamon tibbiyot yutuqlariga qaramasdan, pnevmoniya og'ir kasallik bo'lib butun dunyoda bolalar o'limining sababchisi hisoblanadi. [5] Pnevmoniya vegetativ boshqaruvning buzilishi bilan kechganda esa tiklanish davrining davomliligi va turli xil asoratlar kelib chiqish xavfi yuqoriligi bilan xarakterlanadi.

Ilmiy ishimizda pnevmoniyani kompleks davolash samaradorligini oshirish maqsadida vegetativ disfunksiyani aniqlash va yurak ritmining variabelligini kardiointervalografiya natijalari yordamida o'rgandik. Bu esa davolash samaradorligini har tomonlama baholash uchun ishlatilindi. [1,2,3]

Kardiointervalografiya organizmning moslashuvchanlik funksiyalarini shakllantirish va uning ayrim kasalliklarga moyilligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan vegetativ nerv tizimining (VNS) holatini baholash, shuningdek, organizmning adaptasion manbasini aniqlash imkonini beradi.

Pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda kardiointervalografiya ko'rsatkichlari va ularni qiyosiy baholashni o'rganish.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Bizning kuzatuvimiz ostida 50 nafar pnevmoniyaga chalingan 6 oylikdan 3yoshgacha bo'lgan bemor bolalar va nazorat guruhida shu yoshdagi 20 nafar sog'lom bolalar bo'ldi.

Kardiointervalografiya ko'rsatkichlarining dinamikasi uch kanalli Geolink elektrokardiograf apparatida o'tkazilindi va kompyuterda tahlil qilindi.

KIG usuli bolaning funksional imkoniyatlarini baholash, vegetativ buzilishlarni o'z vaqtida aniqlash va davolash uchun ishlatildi, shuningdek bu usul zo'riqish indeksini aniqlash orqali vegetativ reaktivlikni baholashga imkon berdi. Quyidagi ko'rsatkichlar hisoblab chiqildi va baholandi: moda (MO) - o'rganilayotgan qatordagi eng ko'p uchragan R-R intervali, amplituda moda (AMO) - eng ko'p uchragan R-R intervalining foizi; variasiya diapazoni (AX) -

KIRISH

[4]

maksimal va minimal R-R intervali orasidagi farq va zo'riqish

January, 2023

indeksi to'g'гidan-to'g'гi AMO(%)/(2 Mc^X(s))formulasi bilan hisoblanadi. [7]

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Barcha bolalar batafsil fizikal tekshiruvlardan o'tkazilindi. Ko'krak qafasi rentgenografiyasida o'choqli pnevmoniya 40 (%)ta, o'choqlar qo'shilgan shakli 10 (%)ta, va 8 (%)ta bemorlarda esa segmentar pnevmoniya tashxisi qo'yildi.

Jadvaldagi KIG ko'rsatkichlari shuni ko'rsatadiki, sog'lom bolalar VNS faoliyatining ritmi dastlabki vegetativ tonusi eytonik turi va normosimpatikotonik reaktivlik turi bilan tavsiflanadi, bu tananing moslashuvchan va kompensasion imkoniyatlarining qoniqarli darajasini ko'rsatadi.

Asosiy guruhdagi bemorlarda Mo (R<0,001), AMo (R<0,01), ZI (R<0.001), ko'rsatkichlari sog'lom bolalardagidan sezilarli darajada farq qildi va ZI 28 (56% ) pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda 90 birlikdan yuqori ekanligi, 15 (30%)ida 30 birlikdan past ekanligi va 8 (14%)ida 30-90 birlik oralig'ida ekanligi aniqlandi. Natijalar pnevmoniya bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda vegetativ reaktivlikning simpatikotonik turini ustunligini ko'rsatdi.

XULOSA

KIG natijalarini umumlashtirib, vegetativ buzilishlar fonida kechgan erta yoshdagi bolalar pnevmoniyasida davolash samaradorligini oshirish maqsadida vegetativ buzilishlarni hisobga olish bemorlarning moslashuvchanlik xususiyatini oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Вейн А.М. Вегетативные расстройства: клиника, диагностика, лечение [Текст] / А.М. Вейн — М.: Медицинское информационное агентство, 2000. — 752 с.

2. Воробьёва, О.В. Вегетативная дистония - что скрывается за диагнозом? [Текст] / О.В. Воробьёва // Трудный пациент. - 2011. - N 10. - т. 9. - С.16-20.

3. Детская вегетология / Шиляев Р.Р., и др. - М.: Медпрактика-М, 2008. - с. 279-296.

4. Няньковский С.Л., Яцула М.С., Бабик И.В. Вегетативные дисфункции у детей с острой внебольничной пневмонией и пути медикаментозной коррекции. 2(37) 2012

5. Синопальников А.И. Бактериальная пневмония // Респираторная медицина : в 2-х т. /под ред.А.Г.Чучалина. М.: ГЕОТАР-Медиа, 2007.Т.1. С.474-509.

January, 2023

43

6. Bobomuratov T.A.,Yusupova U.U.,Sharipova O.A.,Bakhronov Sh.S.Abdurakhmanov J.N. THE INFLUENCE OF ECOLOGICAL ENVIROMENT ON THE HOMEOSTATIC SYSTEM AND THE LEVEL OF INTERLEUKINS AT ACUTE BROCHITIS IN EARLY AGE CHILDREN. /Central Asian Journal of Medicine. № 1 (1), 2020 Tashkent, Стр 84-91.

7. Бобомуратов Т.А. Шарипова О.А.,Абдурахманов Ж.Н. «ЗНАЧЕНИЕ ВЕГЕТАТИВНОЙ РЕГУЛЯЦИИ В ПАТОГЕНЕЗЕ БРОНХОЛЕГОЧНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ»

8. Кулдашев С. и др. ERTA YOSHDAGI BOLALARDA O'TKIR VA QAYTALANUVCHI OBSTRUKTIV BRONXIT KECHISHINI OLDINDAN TAXMIN QILISHDA BALG'AM XUSUSIYATLARINI AXAMIYATI //Журнал гепато-гастроэнтерологических исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 3.1. - С. 3335.

9. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., & Xoshimov, A. A. (2022). THE ROLE OF BREASTFEEDING IN THE PSYCHO-SOCIAL ADAPTATION OF CHILDREN IN SOCIETY. British Medical Journal, 2(6).

10. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022). Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.

11. Mallaev, S., & Alimov, A. V. (2020). CLINICAL COURSE OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS AND ITS TREATMENT OPTIMIZATION. Новый день в медицине, (4), 155-157.

12. Султанова, Н. С., Бобомуратов, Т. А., Маллаев, Ш. Ш., & Хошимов, А. А. (2022). Современный взгляд на грудное вскармливание и его значение для здоровья матери и ребенка.

13. БОБОМУРАТОВ, Т., СУЛТАНОВА, Н., БАКИРОВА, М., & САМАДОВ, А. (2021). СОМАТИЧЕСКИЙ СТАТУС ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВИДА ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПРИНЦИПОВ УХОДА ДО ПУБЕРТАТНОГО ВОЗРАСТА. Электронный инновационный вестник, (1), 37-38.

14. Bobomuratov, T. A., Sultanova, N. S., Sagdullaeva, M. A., & Sharipova, D. J. (2021). Effects of Long Term Breastfeeding on Development and Health of Children. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2243-2250.

15. Sultanova, N. S. (2016). Obesity role in development of psycho-emotional violations at children with different types of feeding. In IX international Conference Sharing the Results of Research Towards Closer Global Convergence of Scientists ».-Montreal (pp. 66-68).

January, 2023

44

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

16. Avezova, G. S., & Kosimova, S. M. (2017). Frequently ill children: prevalence and risk factors. European Research, 5(28), 79-80.

17. Авезова, Г. С., & Косимова, С. М. (2017). Часто болеющие дети: распространенность и факторы риска. European research, (5 (28)), 79-80.

18. Mamatkulov, B. M., & Avezova, G. S. (2015). Congenital anomalies as a cause of childhood disability (according to the materials of Tashkent, Uzbekistan). Nauka mo-lodykh (Eruditio Juvenium), 3(2), 110-15.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.