Научная статья на тему 'O‘SMIRLIK VAQTIDA KASBIY NIYATLARNING SHAKLLANISHI'

O‘SMIRLIK VAQTIDA KASBIY NIYATLARNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

254
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasb / kasb tanlash / o’smir / niyat / qiziqish / qobiliyat. / профессия / выбор профессии / подросток / способность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nigina Aminjonovna Rahmonova

Kasbga yo'naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashining ilmiyamaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olish, xalq xo'jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat zahiralari bilan to'laqonli ta'minlash zarurati kabi omillarni e'tiborda tutish joizdir .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Рассматривается как научно-практическая система свободного и самостоятельного выбора молодыми людьми профессии. При этом допустим учет индивидуальных особенностей каждого человека, необходимость полного обеспечения трудовыми резервами с точки зрения интересов народного хозяйства

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLIK VAQTIDA KASBIY NIYATLARNING SHAKLLANISHI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

O'SMIRLIK VAQTIDA KASBIY NIYATLARNING SHAKLLANISHI

Nigina Aminjonovna Rahmonova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagofika universitetining "Umumiy

psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Kasbga yo'naltirishga yoshlaming kasbni erkin va mustaqil tanlashining ilmiy-amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olish, xalq xo'jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat zahiralari bilan to'laqonli ta'minlash zarurati kabi omillarni e'tiborda tutish joizdir .

Kalit so'zlar: kasb, kasb tanlash, o'smir, niyat, qiziqish, qobiliyat.

АННОТАЦИЯ

Рассматривается как научно-практическая система свободного и самостоятельного выбора молодыми людьми профессии. При этом допустим учет индивидуальных особенностей каждого человека, необходимость полного обеспечения трудовыми резервами с точки зрения интересов народного хозяйства.

Ключевые слова: профессия, выбор профессии, подросток, способность.

ABSTRACT

Is considered as a scientific and practical system of free and independent choice of profession by young people. At the same time, let us take into account the individual characteristics of each person, the need for full provision of labor reserves from the point of view of the interests of the national economy.

Keywords: profession, choice of profession, teenager, intention, interest, ability.

Kirish

Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash, ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog'liq emas, u ma'lum yoshga kelib o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb

May 6

828

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko'nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta'siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Shaxsning ma'lum bir kasbni egallab, professional bo'lib rivojlanishi kasbiy niyatlarning paydo bo'lishi bilan vujudga keladi. Niyat insonning psixologik rivojlanishi jarayonida yuzaga keladigan yangi funksional shakllanishi bo'lib, unda affektiv va intellektual komponentlar ajralmas birlikda namoyon bo'ladi. Niyat - bu xatti-harakat va faoliyatni rejalashtirish va rivojlantirish funksiyasini bajaradigan ongli qaror. Bu qaror insonning xatti-harakatlarini tartibga solib, uning ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi. Shaxs o'zining shaxsiy xususiyatlarini aniq professional g'oyalarini munosib baholashi kerak, bu ko'p jihatdan kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi.

Kasb tanlashning muvaffaqiyati asosan o'quvchining psixologik tayyorgarligi bilan bog'liq holda shaxsning kasbiy yo'nalishini shakllantirish, mavjud qobiliyatlarni bilish, o'zini o'zi yetarli darajada baholash, intilishlarning real darajasi, barqaror kasbiy niyatlar va kasblardan yetarlicha xabardor bo'lishdan iborat. Inson bolasi voyaga yetgach o'z qiziqish va qobiliyatlariga ko'ra biror kasb yoki hunarni tanlaydi. Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, kasbiy faoliyat uzoq vaqt davomida inson hayotining ajralmas qismiga aylanib qoladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, odamlarning salomatligi hamda o'zini baxtli his etish darajasi uning tanlagan kasbi bilan uzviy bog'liq ekan. O'z kasbini ota - onalarning majburlashi orqali tanlagan insonlarda esa sog'liqning yomonlashuvi, ruhiy tushkunlik, o'zini baxtsiz his etish, kasbiy faoliyatida hech qanday o'sish kuzatilmaganligidan dalolatdir. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to'g'risida o'ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta'lim-tarbiya o'quvchining turli fanlarga bo'lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo'lgan qiziqishi tez seziladi, ya'ni tasvi riy, musiqaviy va hokazolar. O'smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko'pgina o'quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma'lum bo'ladi: ular "Men shifokor bo'laman", "Bizning o'g'limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi" Shunday bo'lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo'yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o'quvchilar uchun to'qqizinchi sir^ ' bitirgach, kasbiy yo'nalishlarni tanlash - eng dolzarb ma

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

bo'lib qoladi. Kasb tanlash bu o'ziga yarasha murakkab jarayon bo'lib, unda kasbni tanlashda ikkilanishlar, adashishlar, inqirozli jarayonlar yuz beradi. Kasb tanlash har doim bir xil darajada bo'lmaydi. Bu insondagi ko'pgina psixologik, fiziologik jarayonlar bilan ham bog'liq bo'ladi. Biz har birimiz hayotimiz davomida bir necha marotaba "inkiroz" tushunchasini uchratamiz. Kundalik hayotimizda bu tushunchani biz ko'plab ishlatamiz, ya'ni ishlab chiqarishdagi krizis davri, psixologik inkiroz va kasalning inkiroz davrlari haqida gapiramiz. Inkiroz haqidagi nazariya yaqinda paydo

Tahlil va natijalar. Kasbiy shakllanish inqirozlarini ko'rib chiqishdan oldin shaxsga doir turli inqirozlarni tahlil etamiz. Psixologiyada bolalik inqirozlari chuqur o'rganilgan. Odatda hayotning birinchi yilidagi inqiroz 3 yoshdagi, 6-7 yoshdagi va 10-12 yoshdagi o'smirlik inqirozlariga ajratiladi. Inqirozlar davomiyligi, shakli va ta'sir kuchi bolaning individual-psixologik xususiyatlaridan ko'ra ijtimoiy sharoitlari, oilada tarbiya va pedagogik tizim xususiyatlariga ko'ra inqirozlar sezilarli darajada farqlanadi. Bolalik inqirozlari bolalarning yangi yosh pog'onaga o'tish davrida paydo bo'ladi va atrofidagi odamlar bilan o'zaro munosabatlar shakli shuningdek, jis moniy va psixologik imkoniyatlar bilan bog'liq bo'ladi. Negativlik, qaysarlik, erkalik yuqori darajadagi ziddiyatlilik holati bolalarning inqiroz davridagi xulqiy reaksiyalaridir. R.A.Axmerov shaxsni biografik inqirozlarini tahlil qilar ekan, ularning omili sifatida voqealar va ulardagi munosabatni ko'rsatadi. U quyidagi inqirozlarni ajratadi:

> o'zini namoyon eta olmaslik inqirozi - hayotiy dasturni sub'ektiv salbiy his

etish.

> bo'm-bo'shlik inqirozi - toliqish va qalban yutuqlarining yo'qligidan siqilish.

> istiqbolsizlik inqirozi - kasbiy o'sish istiqbolining kelajak uchun real rejalarining yo'qligi.

1980 yillarda AQShda Amerikalik jurnalist Geyil Ishnxiyning "kishilar hayotidagi bashorat qilish mumkin bo'lgan inqirozlar" nomli maqolasida Amerika o'rta sinflarini yuqori qatlamlaridagilarining hayotini umumlashtirish asosida 4 ta inqirozni ajratadi:

- "tomirlarni sug'irish" ota onadan mustaqillikka chiqish (16 yosh);

- maksimal yutuqlar (23 yosh);

- hayotiy rejalar korreksiyasi (30 yosh);

- hayotning o'rtasi (37 yosh) eng og'ir davr.

bo'ldi

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Psixologiyada psixik rivojlanish inqirozlarini o'rganishga katta e'tibor berilgan.

O'smirlik davri - bu birinchi ambivalent aptatsiya davri. O'smirlik shaxs shakllanishining mas'uliyatli davrlaridan biridir. Bu yoshda har xil kasb turlariga ma'naviy munosabat asoslari, shaxsiy qadriyatlar tizimi shakllanadi. Ular o'smirlarning turli kasblarga nisbatan tanlovli munosabatini belgilab beradi. Kattalar xulqining tashqi shakllariga taqlid etib, o'smir bolalar kuchli, irodali, jasur bo'lgan "Haqiqiy erkaklarning" romantik kasblarga qiziqishlarini yo'naltiradilar (uchuvchi, kosmanavt, avtopaygachi, va h.k). Qizlar esa o'z qiziqishlarini "haqiqiy ayollarga" jozibali, go'zal va mashhur ayollarga yo'naltiradilar (mashhur estrada qo'shiqchisi, teleboshlovchi, modeler, va h.k). romantik kasblarga yo'nalishi ommaviy axborot vositalari ta'sirida shakllanadi. Bunday romantik kasbiy yo'nalishning shakllanishiga shuningdek, o'smirlarning o'zini namoyon eta olishiga intilishi sabab bo'ladi. Istalgan kasb namunalari, kasbiy orzular kasbiy shakllanishning psixologik bir bosqichi bo'lib qoladi.

Erta yoshlik davri - bu davrning asosiy vazifasi kasb tanlash. Bu realistik aptatsiya davri hisoblanadi. O'smirning kasbiy rejalari aniq ifodalanmagan, orzu shaklida bo'ladi. U odatda o'zini turli emotsional yoqimli bo'lgan kasbiy rollarda tasavvur etadi, ammo kasb tanlash bo'yicha biror xulosaga kelmagan bo'ladi. Aslida esa o'spirinlik davrining boshida umumta'lim maktabini bitirgan yigit qizlar oldida bu muammo paydo bo'ladi. Bu taxminan katta yoshdagi o'smirlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan ayrimlari boshlang'ich va o'rta maxsus ta'lim yurtlariga, qolganlari mustaqil mehnat faoliyatini boshlashga majbur bo'ladilar. 1415 yoshda kasb tanlash juda qiyin chunki kasbiy maqsadlar aniqlanmagan bo'ladi. Kasbiy yo'nalgan orzular va romantik intilishlarni aslida ro'yobga chiqarib bo'lmaydi. Real boshlangan kelajakdan qoniqmaslik refleksiyasining ya'ni shaxsiy "men"ni anglashni rivojlanishiga olib keladi (kim men? mening qobiliyatlarim qay darajada? men kim bo'lmoqchiman? kimga o'xshagim keladi?) va boshqalar.

Kasb-hunar o'quv yurtlarida kasbiy ta'lim oluvchilar kasb jihatdan o'zlarini anglay oladigan bo'lishlari kerak. Ammo statistika ma'lumotlariga ko'ra kasb-hunar o'quv yurtidagi tanlov psixologik jihatdan asoslanmagan. Shunday qilib, katta yoshdagi o'smirlar uchun o'quv yurtidagi kasbiy o'zini o'zi anglash kasbiy ta'lim va kasbiy tayyorgarlik yo'llarini anglangan tanlovi hisoblanadi. 9-sinfdan boshlab asta-

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

sekin o'zingiz tanlagan yo'nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq.

Tahlil va natijalar. Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo'lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo'lishi maqsadga muvofiq. Yoki ota - ona o'z yoshligida egallay olmagan, armon bo'lib qolgan kasbga farzandini yo'naltirishi ham noto'g'ri. Farzand - alohida shaxs va uning o'z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo'lgan xohishlar uchun qurbon bo'lmasligi kerak. Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo'lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto'g'ri. Otaning shu kasbda o'z baxti va muvaffaqiyatini topgani o'g'ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.

- Sizni yaqindan biluvchi insonlar - oila a'zolaringiz, do'stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o'zingizga qaysi kasb ko'proq mos kelishi haqida so'rab olishingiz mumkin.

- Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko'proq ma'lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo'lgan yo'nalishlar haqida ma'lumotlar beradi.

- Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.

- To'plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.

- Imkoniyat bo'lsa, kasb tanlash bo'yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.

Xulosa qilib aytganda, o' smirlarda kasbiy niyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari va ularning kasbga bo'lgan munosabatlarini rivojlantirish uchun kasb ko'nikmalarini shakllantirish asoslari, kasb tanlashga yo'llash sistemasining bosqichlari va kasb tanlashda asosiy mezonlarga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Журакулова Д.З. Кичик мактаб ёшидаги укувчилар фаолияти. Journal of Advaced Research and Stability 381-384 pages

2. Журакулова Д.З. Шарк мутаффаккирлари асарларида сахийлик ва хасислик муаммоси//Шахсда илмий дунёкараш ривожланишининг психологик имкониятлари ва тарбиявий жихдтлари: Республика илмий-амалий конференция материаллари. - Тошкент, 2019. - Б.248 -8252.

3. Журакулова Д.З. Психологическое особенности психопрофилактики жадности // Психология. - Бухоро, 2019. - №3. - Б. 113-1

(19.00.00. №5)

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

4. Rahmonova N.A. EMOTIONAL STSTES OF THE PERSON Conferencea, 190192.

5. Rahmonova N.A. O'SMIRLIK DAVRIDA EMOTSIONAL HOLATLAR TURLARI World scientific research journal 2 (1), 105-109.

6. Abdivalievna, A. N. (2022). PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 10, 132-137.

7. Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics Of Doctor And Patient Communication. Eurasian Scientific Herald, 8, 106-109.

8. Abdivalievna, A. N. (2021). Psychodiagnostics of children with attention deficiency syndrome and hyperactivity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2352-2355.

9. Abdivalievna, A. N. (2022). Age Features of Aggressive Behavior. Eurasian Medical Research Periodical, 15, 16-20.

10. Abdivalievna, A. N. (2022). PSYCHOCORRECTION OF BEHAVIORAL AND EMOTIONAL FIELDS IN CHILDREN WITH ATTENTION DEFICIT AND HYPERACTIVE. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development,

10, 132-137.

11. Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological features of adaptation of students abroad. Innovative Society: Problems. Analysis and Development Prospects, 117-

12. Karimovna, N. Y., & Shuhrat O'g'li, R. S. (2023). SHIFOKOR VA BEMOR O'RTASIDAGI SHAXSLARARO MUNSOBATNING O'ZIGA XOSLIGI. Scientific Impulse, 1(8), 695-700.

13. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).

14. Ахмедова, М. Т., & Нарметова, Ю. К. (2022). "МУОШАРАТ ОДОБИ" ОРКДЛИ УКУВЧИЛАРДА УСТОЗ-ШОГИРД МУНОСАБАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 336-340.

15. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.

120.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.