Научная статья на тему 'OʼSMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI NAMOYON BOʼLISHINING DINIY-PSIXOLOGIK OMILLARI'

OʼSMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI NAMOYON BOʼLISHINING DINIY-PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

549
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʼSMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI NAMOYON BOʼLISHINING DINIY-PSIXOLOGIK OMILLARI»

O'SMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI NAMOYON BO'LISHINING

DINIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

O'smir yoshidagi bolalar balki har qanday shaxsda o'zi kutayotgan kutilmalarining natijasi ijobiy yakun bilan tugamasligini bilgan shaxslarda xavotirlanish hissi paydo bo'lib, bu jaroyon jiddiylashgan sari ularning xavotirlanish darajasi ortib boradi. O'smir yoshidagi o'g'il-qizlarda xavotirlanish hissining paydo bo'lishiga din omillarning o'rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi bizning jamiyatimizda diniy omillar yashash turmush tarzimizga singib ketganki ularning ko'rinishlarini payqash qiyin emas. Chunki din har bir shaxsni yaxshilikka, ezgu amallarni qilishga, o'z xatti-harakatini nazorat qilishlikka chaqirish bilan bir qatorda, insonni mushkul vaziyatlarda sabr qilishga, noumid bo'lmaslikka, yaratganda faqat afzalini so'rashlikka hidoyat qiladi. O'smir birorta faoliyatga kirishar ekan uni egallagan dunyoviy hamda diniy bilimi uni salbiy harakat qilishdan qaytarib turadi, agar uni amalga oshirib qo'ysa uni bu bezovtalik hissi tark etmay unga qayta-qayta eslatib turadi. Vaqt o'tgan sari bu hislar darajasi ortib xavotirlik hissini ortib borishiga sabab bo'ladi.

Psixolog F.B.Beryozin xavotirlanish jarayoniga izoh berar ekan, "ma'lum bir ob'yekt bilan aloqaning mavjud emasligi xis qilingan xavf - hatarni oydinlashtirishning iloji yo'qligi o'sha vaziyatni imkonsiz qilib qo'yadi va xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi".[1] Bunday vaziyatdagi psixologik qabul qilinmaslik xavotirlikni u yoki bu obekt bilan bog'laydi. Natijada aniqlanmagan xavf - hatar oydinlashadi va ushbu xolat faqat biror vaziyatni sodir bo'lish ehtimoli bilan bog'lanadi. Odamlar bilan muloqat qila olmaydigan yoki odamlar orasida nutq so'zlay olmaydigan, uning qobilyatlarini namoyish qila olmaydigan kishi jiddiy vazifalarni bajara olmaydilar, shaxslararo munosabatlarda ham o'z o'rnini topishga qiynaladi. Psixologik tadqiqot ishlarida shuni ko'rishimiz mumkunki, o'smirlar ota-onalari ularni tushunmasliklari, ular bilan hisoblashmasliklari, muammolarga e'tibor bermasliklari haqida kuyinib gapiradilar. Ular bolalarni qorni to'q bo'lsa yetarli deb o'ylashadi, bola nima haqida o'ylayotgani, qanday qiziqishlari borligi haqida bilmaydilar ham. Osmirlik davrida roy beradigan holatlarda har xil, lekin ularning mevasi bir xilda-achchiq bo'ladi. Ota-onalar bilan ochiqchasiga, chin yurakdan muloqotning yo'qligi bolani odamovi va og'ir qilib

Yangiboy Elmurot o'g'li Sobirov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

qo'yadi. Bir necha psixologik tadqiqotlardan kelib chiqqan holda T.V.Abakumov xavotirlanishni tasniflashda bir necha mezonlarni taklif qilgan [2] :

a) Xavotirlanish paydo bo'lishida inson ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan manbalar (biologik, texnogen).

b) Atrof-muhitdagi haqiqiy holat to'g'risida to'la va aniq tasavvurning yo'qligi (ijtimoiy va bolalarda uchrovchi xavotirlanishlar)

v) Ontologik (diniy, ekzistensional).

g) Gnoseologik (ma'lumotlarning ko'pligidan haddan ziyod qo'rqish). Olimlarning ta'kidlashlaricha "noma'lum" va "yangi" narsa insonlarda, ayniqsa bolalarda xavotirlanish hissini vujudga keltirar ekan.

O'smirlik davri haqida izlanishlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki bu davrda muloqot jarayonida ham xavotirlanish hissi namoyon bo'ladi va bu ota-ona va tengdoshlari bilan bo'lgan muloqatda yaqqolroq aks etishini ko'ramiz. Chunki ularda muloqot jarayonida qandaydir sabablar ular bilan muloqatni cheklash, ichki dunyosini oshkor bo'lib qolishdan xavotirlik tuyg'usi ichki ruhiyatiga ta'sir qilib turadi. O'smir o'z qiziqishlariga mos o'rtoqlar davrasini qidiradi. Agar o'smir o'zini qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, o'z imkoniyatilariga nisbatan shubha paydo bo'ladi, o'zini yolg'iz his eta boshlaydi.

O'smirlarning diniy bilimga egaligi yoki bunday bilimlarning yetishmasligining ahamiyati ham sezilarli darajada ekanligini ko'rishimiz mumkin. Chunki bu jixatlar ularda xavotirlanish fenomenini belgilab berishda yuqori ahamiyat kasb etadi. Ularning diniy bilimga egaligi har qanday jarayonga sabr va aql bilan yondashish kerakligi, qiyin vaziyatlarda o'zining xulq atvorini ijobiy tomonda ko'rsatish kerakligini yaxshi anglab borib, xavotirlik tuyg'usi diniy amallarni bajarish bilan susaytirib boradi. Mo'min-musulmon kishi Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg'ambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirning yaxshi va yomonligi Allohdan ekanligiga imon keltirgan bo'ladi. Allohning rahmatidan umidvor bo'lmoq imonning shartlaridan biri hisoblanadi. Demak, sabr nafsni boshidanoq tiyishdagi qat'iyatlikdir, deyish mumkin. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda "Kimki bardoshli bo'lsa, Alloh uni haqiqiy sabrli qilib qo'yadi. Biror kishiga sabrdan ko'ra ulug' va yaxshi narsa berilmaydi"[3] deb yozilgan. Sabr bu ziyodir va ziyo deb qizdiradigan kuydiradigan nurga aytiladi. Nafsga zid bo'lgan hollarda sabr qilish Allohning taqdiriga rozi bo'lishni anglatadi. Shuning uchun ham turli balolarga, musibatlarga sabr qilgan kishiga savob beriladi,

gunohlari to'kiladi. Yuqoridagilardan shunday xulosalash mumkunki musulmon kishi o'zini halokatga tashlamaslik,

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

yaratganning amriga itoat etishda va turli xil qiyinchiliklarda ham sata qilmog'i darkor. Sabr qilish musulmon kishi uchun vojib amallardan biri hisoblanadi. O'smirning ota-onasidan va uni o'rab turgan katta yoshlilardan tarbiya chog'ida sabr-toqat, keng fe'llik, mehT, гahm-shafqat talab qiladi. Aksariyat ota-onalaг o'z fareandlari taгbiyasiga g'amxo'гlik, mehribonlik, sabг-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o'miga, kuch, ayniqsa, jismoniy jazo usuli bilan ta'sù o'tkazadilan O'z navbatida, bu kabi xatti- harakatlar bolalarda doimiy xavotirli kutilmalar bilan yashashiga va agressiv xulq-atvoming shakllanishiga zamin bo'ladi. Psixolog B.Mak-Kaгtinning tushuntirishicha, odatda, kichkina qotillaг «tartibsizlik va sukunat hukm surgan, bir-birining his-tuyg'ulariga befaгqlik, jismoniy zo'гavonlik, biг- birini qo'llamaslik va bñ-birining taqdiri bilan qiziqmaslik bilan yonma-yon kelgan oilala^a» ulg'ayadilar Axir o'smirning qalbi tarang tortilgan va lahzada uzilishi mumkin bo'lgan torga o'xshaydi. Faqatgina ishonch va o'zaro yaqinlik o'smirni qalbdan go'zal qilib tarbiyalashga yordam beradi. Oila bola uchun ta'lim-tarbiya o'chog'i ekan, uni toza qalbli, o'z kuchiga va imkoniyatlariga ishonadigan va bu imkoniyatlardan bemalol foydalana oladigan qilib tarbiyalash mumkin.

REFERENCES

1. Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 295-298.

2. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy. Riyozus-solihin. - Toshkent: Movarounnahr, 2014. - B. 13.

3. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

4. Beryozin F.B. T.: Oqituvchi, 1999

5. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

6. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 342-348.

7. Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ

https://ares.uz/

May 21

Republican Scientific and Practical Conference

221

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-219-222

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

8. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

9. Акрамов М. Р. ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОЗНАНИЕ КАК ПРЕДМЕТ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ //Научная платформа: дискуссия и полемика. - 2020. - С. 30-32.

10. Ганиева, Г. В. К. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ДИАГНОСТИКИ КОМПЕТЕНЦИИ МАГИСТРА. International scientific review, (LXXIV), 58-60.

11. Дусмухамедова, Ш. А. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 355-361.

12. Исаева, М. А. К (2022). НАКАЗАНИЕ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARIS), 2(1), 378-384.

13. Радеев А.Е. Кластерный подход к искусству: за и против. Вестник УДК 7.01 СПГУ. Сер. 15. 2014.

14. Расулова, Ф. Ф. (2016). Агрессивное поведение и агрессивность личности. Путь науки, (7), 29.

15. Фролова О. В. Психологические особенности тревожности в фрустрационных ситуациях и их психологическая коррекция у детей с задержкой психического развития младшего школьного возраста: дис. ...канд. психол. наук : 19.00.10 / О. В. Фролова. 2001

16. Ziyo.net

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.