O'SMIR YOSHDAGI BOLALAR GARDEROBIDAGI KIYIMLARGA
QO'YILADIGAN TALABLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
TAHLILI
d 10.24412/2181 -1784-2021 -10-746-751
Ma'suda Irgasheva
O'qituvchi, Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada o 'smir yoshdagi bolalar davriga xos kiyinish madaniyati va ularning turlari, yoshlar garderobiga qaysi kiyim turlari kirishi va ularning qanday jihatlariga e'tibor berish kerakligi, о 'smir yoshdagi bolalar garderobidagi kiyimlarga qо 'yiladigan talablarning о'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: O'smirlar garderobi, zamonaviy liboslar, transformatsiya, milliy matolar, matolar kombinatsiyasi.
АННОТАЦИЯ
В данной статье проанализирована культура и виды одежды, характерные для детского подросткового возраста, какие виды одежды входят в молодежный гардероб и на какие аспекты следует обратить внимание, особенности требований к одежде в гардеробе детей подросткового возраста.
Ключевые слова: подростковый гардероб, современная одежда, трансформация, национальные ткани, сочетание тканей.
ABSTRACT
This article analyzes the culture and types of clothing characteristic of adolescent children, which types of clothing are included in the youth wardrobe and which aspects should be paid attention to, the specifics of the requirements for clothing in the wardrobe of teenage children.
Keywords: teenage wardrobe, modern clothes, transformation, national fabrics, combination of fabrics.
KIRISH
Bugungi kunda Respublikamizda o'sib kelayotgan yosh avlodning rivojlanishiga katta e'tibor berilmoqda. Shuningdek, bolaning о^Л rivojlanishiga, to'g'ri tarbiya va ta'lim olishiga katta imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan havfsiz mahsulotlar bilan bolalarni ta'minlash muammosi davlatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki yosh avlodning sog'lig'i va kelajakdagi muvaffiqiyati bu vazifa yechimining natijasiga bog'liqdir. Shu bilan birga о'smir
Scientific Journal Impact Factor
yoshdagi bolalar kiyimining o'ziga xosligi ham muhim rol o'ynaydi. Bu yoshda bolalar kiyimiga qo'yiladigan talablar bir muncha o'ziga xos hususiyatlari bilan ajralib turadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
О'smir yoshdagi bolalar garderobidagi kiyimlarga qo'yiladigan talablarning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida ilmiy bilish usullarining mantiqiylik, izchillik va ob'ektivlikdan keng foydalanilgan. "Libos dizayni" yo'nalishida bolalar kiyimlarining ahamiyati va uni zamonaviy moda va liboslar dizayni sanoatidagi istiqbollari haqida tahlil o'tkazildi. Maqolani yoritish jarayonida F.Z. Ataxanova, A.S.Saidiganieva, S.A.Karimova, G.E. Umarov, N.A.Abduqodirovalarning "O'zbekistonda badiiy dizayn ta'limi: kelib chiqishi, xususiyatlari, muammolari" sarlavhali maqolasida yoritilgan uslubiy ko'rsatmalari va S.A. Yunusxo'jaevaning "Yosh rassomga ta'lim berishda samarali usullardan foydalanish iqtidorli yoshlarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishishining garovidir" nomli maqolasidagi fikrlar shuningdek, G.K. Xasanbayevaning "Yoshlar uchun kiyim-kechak dizayni spetsifikasi" kitobidagi ma'lumotlar o'smir yoshdagi bolalar garderobidagi kiyimlarga qo'yiladigan talablarning o'ziga xos xususiyatlarini taxlil etishda asos bo'lib xizmat qildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
So'nggi yillarda yangi materiallar paydo bo'lishiga yuzaga keladigan bolalar kiyim-kechagini loyihalash katta o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. O'smir bolalar gavdasining shakli, yangidan shakllantirish, standart usullari bo'yicha, ayni paytda juda mashhur ochiq uslub va trikotaj ishlab chiqarishda katta ulushini qo'shmoqda.
Shu bilan bir qatorda o'smir yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan kiyimlarga ko'pgina talablar qo'yiladi. Birinchi navbatda ular: qulay, sifatli va yorqin bo'lishi lozim va albatta tabiiy tolali matolardan tayyorlanishi maqsadga muvoffiqdir.
Sintetik kiyim turlaridan ajratilgan mikroplastikani yuvishda atmosferada va tuproqda to'planadi va sayyoramizni ifloslantiradi. Har yili dunyoda 150 milliard kiyim ishlab chiqariladi, shulardan faqat yarmi sotib olinadi. Haddan tashqari ko'p miqdordagi ishlab chiqarish tufayli sotilmagan tovarlar hajmi oshib boradi, sotilmagan tovarlar yo'q qilinadi yoki chiqindilarga tashlanadi [4].
Rassom materialni ongli ravishda tanlaydi, uning xususiyatlarini belgilaydi va sharhlaydi, mahsulotni umumiy shaklga, ya'ni badiiy va kompozitsion birbutunlikga yig'ish uchun muhandislik va texnologiya ishlarini bajaradi [5].
Scientific Journal Impact Factor
Odatda, barcha kо'rsatkichlarga mos tushuvchi kiyimlarni tanlash murakkab jarayon hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham yoshlarbop zamonaviy liboslarni tanlashda uzoq vaqt va e'tibor talab qilinadi. Yoshlarbop zamonaviy liboslar nafaqat, kiyim, balki jamiyatda о'z о'rnini, о'z hohish-istak va qiziqishlarini kо'rsata olish ham demakdir. Buning uchun esa о'smir yoshlar uchun kiyimlarni aniq va to'g'ri tanlay olish kerak bо'ladi. Aynan, о'smirlar yosh davrida biror bir aniq guruhga xos bо'lishni hohlaydilar, ya'ni ma'lum bir uslub asosida kiyinishni istaydilar. Masalan, ijod bilan qiziquvchi yosh о'smirlar yorqin, to'p yozuvli kiyimlarni ma'qul kо'radilar. Bundan tashqari, bunday kiyimlar juda yorqin tusda yaltirovchi ranglargacha ham bо'lishi mumkin. Bunday holatda о'smir bolalar atrofdagilarga ishga bо'lgan nostandart munosabatini va xarakterining yangi kо'rinishlarini ^'z-^'z qiladilar. О'smirlar uchun zamonaviy liboslardan tashkil topgan garderob quyidagilarni о'z ichiga oladi: oddiy maykalar bilan birga rasmli bо'lgan maykalar, kalta va uzun yengli rasmli yoki yо'l-yо'l kо'ylaklar. Shuningdek, shimlar, jinsi, shorti, bridjilar va h.k. О'smirlar garderobida kо'pgina zamonaviy liboslarni ham uchratish mumkin. О'smirlar odatda, о'z garderobini ochganda nima kiyish kerakligi tо'g'risida bosh qotirmaslikni xush ^radilan Yoshlar an'anaviy tarzda о'ziga qulay bо'lgan kiyimlarni tanlaydilar. Ular uchun keng shimlar yoki jinsi, keng ^ylaklarni kiyish yetarli xolos. Albatta, о'smirlar orasida о'zini doimiy ravishda kuzatib yuruvchilar ham topiladi. Bunday о'smirlar uchun dizaynerlar bir oz tanaga yopishib turuvchi modellarni tavsiya qilishadi. О'smir qizlarda kiyimlar bо'yicha tanlov juda ham kо'p. Bular: turli bichimdagi to'ylak va yubkalar, shimlar, jinsi, shorti va boshqalar. Yoshlarbop liboslar boshqa yoshdagi kiyimlarga nisbatan, bir-birini kombinatsiyalashi mumkinligi bilan ham ajralib turadi. Odatda, bunday kombinatsiyalash yaxshi natija beradi [1].
О'smirlar uchun tanlangan zamonaviy liboslar chiroyli va yangi dizayndan tashqari yana bir qator zarur va asosiy sifatlarga ham ega bо'lishi lozim. О'smirlar kiyimlari nafaqat, zamonaviy, balki, sifatli, chidamli, tana uchun zararsiz ham bо'lishi darkor. ^'pgina mahsulot ishlab chiqaruvchilar ajoyib dizayn yaratadilar, ammo mahsulot sifatiga kam e'tibor beradilar, odatda kiyimlar uzoqqa chidamli bо'lmay, tez eskiradi, rangi chiqib, xiralashib qoladi. Ishlab chiqaruvchilar bunday kiyimlarni, odatda, sarf-harajatini о'ylab yaratadilar. Agar о'smirlar kiyimlarini mavsumiy kamaytirilgan narxda sotuvga qо'yilgan bо'lsa, birinchi navbatda uning sifatiga qarash lozimdir. Odatda, о'smirlar uchun kiyimlarni qimmatga ham olish notо'g'ri, sababi о'smir bolalar tez о'sib boradilar va ular garderobini kamida bir necha bor almashtirishga to'g'ri keladi. Shuningdek, о'smir bolalar kiyimlariga nisbatan mavsumiy narxining pasaytirish hollarida sifatli bо'lgan mahsulotlarni ham topib,
Scientific Journal Impact Factor
xarid qilish mumkin. Ular orasida urfdan qolgan yoki mavsumdan o'tgan kiyimlar ham bo'lishi mumkin. Bunday hollarda qilingan xarid ota-onalarga oilaviy byudjetiga putur yetkazmaydi. Shuningdek, kostyumning asosiy jihatlaridan biri bo'lgan poyafzal ham asosiy rol o'ynaydi. Bunday hollarda bir o'lcham katta bo'lgan poyafzalni xarid qilish mumkin, ammo o'ta katta oyoq kiyim bolaning yurishiga noqulayliklar tug'diradi. Tabiiy charmdan tayyorlangan poyafzallar o'smir bolalar uchun qulay va zararsiz hisoblanadi.
O'smir bolalar kiyimlari kattalar ko'ylaklari, pidjak va shimlaridan butunlay farq qiladi. Bular nafaqat, moda yoki uslubga tegishlidir, balki uni tayyorlashda ishlatiladigan materialga ham taaluqlidir. Yoshlarbop kiyim mustahkam, chidamli bo'lishi bilan birga zamonaviy urfga xos bo'lgan va chiroyli ham bo'lish i lozim. Shu bilan birga, o'smirlar kiyimlari narx jihatidan ham mos kelishi kerak.
Ma'lumki, yoshlik - bu orzu va umidlar, yorqin va unutilmas daqiqalar davri hisoblanadi. Har bir o'smir biror idealga taqlid qilgan holda, hech kimga o'xshamagan uslubda kiyinishni istaydi. Aksariyat hollarda, o'smirlar garderobi hoh u o'g'il bola yoki qiz bola bo'lsin onalar maslahatiga tayanib tanlanadi.
O'smir yoshdagi bolalar ulg'aygani sari kiyim tanlashni o'z didlariga moslashtirib, aynan o'zlari tanlay boshlaydilar. Bunday hollarda, onaga ma'qul bo'lgan kiyim, bolada e'tirozni kelib chiqishiga olib keladi. Aynan shuning uchun ham, o'smir bolalar uchun kiyim xarid qilinayotganda ular bilan birgalikda tanlash lozim, aks holda bunday holatda pulni havoga sovurish hisoblanadi. O'smir yoshdagi bolalar ular uchun qulay, foydali bo'lgan kiyimlarni avvaldan bilishadi. Ammo o'smir bolalar uchun kiyimlar qanday sifatlarga ega bo'lishiga ham ahamiyat berish lozimdir. Albatta, o'smir liboslari urfga mos, chiroyli va zamonaviy ko'rinishda bo'lishi talab etiladi. Yorqin ranglar, turli xil rasmlar va dekorativ bezaklar, o'zgacha model va bichim-bularning barchasi o'smirlar uchun muhimdir. Bugungi kunda turli xil do'konlar o'smirlar uchun zamonaviy kiyimlarni taqdim etib kelmoqdalar. Bunday kiyimlar ulgurji va chakana sotuv asosida ham olib borilmoqda. Qoida bo'yicha, ular tomonidan taqdim qilinayotgan assortiment katta bo'lib o'smirlar o'zlari uchun aynan hohish-istaklari bo'yicha kiyimlarni turli xil fason va rangi bo'yicha tanlashlari mumkindir. Ota-onalar uchun esa o'smir farzandlariga kiyim tanlash bosh og'riqning o'zginasidir. Ayrim hollarda, o'smirlar tomonidan tanlangan kiyim ota-onalarni shok holatiga ham keltiradi. O'smir yoshdagi bolalar uchun zamonaviy kiyim ularning ichk i hissiyotlarini ifodalaydi. O'smir bolalar faqat keyingina qulaylik va funksionallik to'g'risida fikrlashi mumkin. Bunday holatda, ota-ona farzandiga kiyim tanlashi yoki o'smir bolasining o'ziga imkon berishi kerakmi? Bu ikki holatda ham meyor tanlanishi
kerakdir, ya'ni ota-ona о'z fikrini butunlay farzandiga о'tkazmasligi, ammo bir vaqtning о'zida tо'g'ri yо'naltira olishi ham lozimdir. О'smirlar kiyimlari qulay va havoga mos tarzda tanlanishi lozim [2].
O'smirlar garderobidagi kiyimlarni ishlab chiqishda albatta, O'zbekiston hududining iqlimiy jihatlarini o'rganish muhim. Buning uchun dizaynerlar har bir mavsumga xos bo'lgan kiyimlar turini ishlab chiqishi, odam tanasi nafas oladigan matolarni ishlab chiqarish va ular asosida yangi dizayn loyihalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday holatlarda kiyimlarni transformatsiya qilish yo'li bilan o'smirlar uchun maxsus liboslar gaderobini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. O'smirlar uchun qulay, zamonaviy va bejirim liboslarni yaratishda dizaynerlar bir necha muammolarni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Jumladan, yaratilayotgan kiyim raqobatbardosh, sifatli va iste'molchi talabiga mos bo'lishi lozim. Albatta, o'smir bolalar uchun xam libos yaratishda tabiiy matolar turiga murojaat qilinadi. Bular sirasiga, shoyi, ip gazlama va jinsi matolari kiradi. Bunday matolar nafaqat sidirg'a, balki yo'l-yo'l, katak-katak, gulli naqshli matolar ko'proq tavsiya etiladi. Shuningdek, matolar rangi o'smir yoshiga mos bo'lishi lozim [7].
Milliy kiyimlar millatimizning etnik madaniyatini ko'tarish jarayonlarini o'rganish vositasidir. Shuni ham ta'kidlash kerakki, bugungi kunda u o'zbek modasining zamonaviy liboslarini loyihalash jarayonida g'oya va manba sifatida muhim ahamiyatga ega bo'lib, unga bevosita ta'sir ko'rsatadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, mamlakatimiz modasida "kamtarona moda" ning sinteziga asoslangan dizayn mexanizmlarini amalga oshirish uchun muhim metodologik manba sifatida muhim rol o'ynaydi [6].
1-rasm. Milliy matolardan tayyorlangan bolalar kiyimlari [8].
750
XULOSA
Mustaqillik yillarida ishlab chiqarish sohasida bimuncha o'zgarishlar ro'y berdi, - "Dizaynyerlar birinchi marta o'zlarining rivojlanishi uchun davlatdan emas, balki xususiy tuzilmalardan buyurtmalar olishni boshladilar. Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan tijorat tuzilmalarining o'zi ko'plab logotiplar, savdo markalari, vizitkalar, kalendar sovg'alari, broshyuralar va boshqa reklama matyeriallariga muhtoj edi" [3].
Yuqorida keltirilgan sifatlarlarni inobatga olgan xolda milliy kiyinish madaniyatiga mos bo'lgan libos namunalarini ishlab chiqish va ularni tavsiya etish dizaynerlarning bosh maqsadidir. O'zbek qizlari yoshligidanoq ibo-hayoga, nafosatga orgatilib boriladi. Bu jihatlar ularning nafaqat umumiy madaniyatida, balki kiyinishida xam bo'lmog'i lozim. Shunday ekan, zamonaviy dizaynerlarimiz taqdim qilayotgan kiyimlarni tog'ridan-to'g'ri qabul qilmasdan, meyyor kategoriyalariga amal qilish har bir o'zbek qiziga xos bolishi o'rinlidir. Bugungi kunda o'zbek dizaynerlari mana shunday ko'rsatkichlarni inobatga olib, milliy matolarimiz, bichimlarimizni unutmagan xolda yangi libos to'plamlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishmoqda.
REFERENCES
1. Xasanbayeva G.K. Spetsifika dizayna molodyojnoy odejdi: -Toshkent: 2008 yil. 40-43 betlar.
2. F.Abdullayeva. Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi: - Toshkent:2006.
3. F.Z.Atahanova, A.S.Saidiganieva, S.A.Karimova, G.E.Umarov, N.A.Abdukadirova. "Artistic design education in Uzbekistan: origins, features, problems": Philosophical Readings XIII.4 (2021), pp. 884-889. 884 [email protected] 10.5281/zenodo.5184686
4. Nargiza A.U. "Effective Options Of The Fashion Recycling In The Concept Of Environmental Sustainability Development". International Journal of Academic Management Science Research (IJAMSR) ISSN: 2643-900X Vol. 5 Issue 4, April -2021, Pages: 71-73. www.ijeais.org/ijamsr
5. Umarova G.E. "Color Image Creations -As A Source Of Creativity". International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 26439670 Vol. 5 Issue 4, April - 2021, Pages: 191-193
6. F. S. Abdullayeva, S.D. Nishanova, A.Z. Rashidov, M.A. Zaripova, R.E. Dehkanova. "Factors influencing the formation of clothes as a component of ethnic culture in the territory between two rivers in central Asia". Ilkogretim Online -Elementary Education Online, 2020; 19 (4): pp. 832-836 http://ilkogretim-online.org
7. https://zamon.uz/detail/dunyoning-eng-baxtli-mamlakatlari-reytingida-ozbekiston-
mdh-orasida-yetakchi-orinni-egalladi-ozbekiston
751