Научная статья на тему 'O’SIMLIKLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH HOLATIGA TUPROQ TARKIBINING TA’SIRI'

O’SIMLIKLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH HOLATIGA TUPROQ TARKIBINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tuproq / agrotexnika / mineral moddalar / qurg’oqchil sharoit / zichlanish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatova Matluba Abduxalilovna

Respublikamiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda, qishloq xo’jaligini bundan keyingi taraqqiyotini amalga oshirishda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishda yer boyliklaridan unumli va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.Biz qayerdan ozuqa olamiz o’simlikdan, o’simliklar esa tuproqdan, bu aylanma doira ichida antropogen omillarni ijobiy tomonga yo’naltirish muhum iqtisodiy masalalardan sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’SIMLIKLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH HOLATIGA TUPROQ TARKIBINING TA’SIRI»

O'SIMLIKLARNING O'SISH VA RIVOJLANISH HOLATIGA TUPROQ

TARKIBINING TA'SIRI Mamatova Matluba Abduxalilovna

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11183678

Annotasiya. Respublikamiz iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda, qishloq xo'jaligini bundan keyingi taraqqiyotini amalga oshirishda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirishda yer boyliklaridan unumli va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.Biz qayerdan ozuqa olamiz o'simlikdan, o'simliklar esa tuproqdan, bu aylanma doira ichida antropogen omillarni ijobiy tomonga yo'naltirish muhum iqtisodiy masalalardan sanaladi.

Kalit so'zlar: Tuproq, agrotexnika, mineral moddalar, qurg'oqchil sharoit,zichlanish.

Kirish. Tuproq-azaldan mehnatsevar xalqimizning eng asosiy va bebaho boyligi, halqimizning to'yintiradigon tuganmas to'g'ri foydalansagina mulki hisoblanadi. Yer mamlakatimiz milliy boyligining eng muhim qismi, ishlab chiqarishda muhim vositasi bo'lib asosiy o'rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasiga muvofiq tabiiy ob'yektlarni, jumladan yer, umumxalq boyligidir va ular davlat muhofazasiga turadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Respublikamiz iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda, qishloq xo'jaligini bundan keyingi taraqqiyotini amalga oshirishda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirishda yer boyliklaridan unumli va oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Tabiiyki antropogen omillarndan foydali tarzda foydalanishni ya'ni, yerdan ilm-fan tavsiyalari asosida samarali foydalanish, uning muhofazasini to'g'ri ta'minlash, shak-shubhasiz qishloq xo'jaligi ni rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Tuproqni agrotexnik talablarini yaxshilash, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo'jaligini kelgusidagi rivojining muhim masalalaridagi yechimni topishga sabab bo'ladi. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to'g'ri va samarali foydalanish ko'p jihatdan uning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, tuproqning sifati, struktura holatini yaxshilash va unga bo'lgan munosabatni yaxshilash, iqtisodiy samaradorligini, muhofaza qilishni bilish, uning bag'riga qadalayotgan urug'larning, o'simliklarni tuproq struktura holatiga ko'ra ilmiy asoslangan ketma-ketlikda, tuproqqa ekologik vaqt meorlari minerlativ holatini xisobga olgan holda ishlov berish usullari, o'g'itlash, biofortirifikatsiya qilish, tuproqning fizik xossalari asosida qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketma-ketlikda foydalanish, biokimyoviy va minerativ xolatini boyitilishini boshqara olish, zichlanishiga va boshqalarga qarshi muayyan elementlar aniq qonunchilik yo'li bilan boshqarishni talab qiladi.

Respublikamizning 447,4 ming2 kilometrdan ortiq bo'lgan umumiy maydonning 10 %ni ekin maydonlari tashkil etadi. Aholi populyatsiyasi zichlanib borayotgan va shu bilan birgalikda oziq-ovqatga bo'lgan talabning ortib borayotgani ham hozirgi kunning dolzabr masalalari sarasiga kiradi. Aholining o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.

Tuproqroqshunoslik faning asoschisi V.Dakuchayev tuproq to'g'risidagi tushunchani shunday tariflagan, " tuproq - grunt, iqlim, o'simlik va hayvonot qoldiqlari, joyning yoshi va

relyefining birgalikdagi o'zaro faoliyati natijasida paydo bo'lgan tabiiy jismdir."Tuproqning morfologik tarkibi o'rganilayotganda, mineral tarkibi klassifikatsiyasi, tip va turlari, o'simliklar bilan birika olish xodisasi ham o'rganiladi.

Olingan natija va taxlil Tajribalarimiz natijalariga ko'ra Farg'ona viloyatimizning Yovyovon 43-konturda va Vodil tumani Mingdon qishloqlaridagi 18-kontur yerlarning ayni paytdagi mikroelementlarning holatini o'rganishdan boshladik. Manbalardan ma'lumki ,tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqning qattiq zarralari o'z navbatida juda ko'p xildagi mineral va organik moddalardan tashkil topgan. Ko'pchilik tuproqlarning asosiy bo'lagi mineral qismdan iborat bo'ladi. Bu qism turli tog' jinslarning va minerallarning yemirilishi va nurashi natijasida paydo bo'lgan va tuproqning mineral qismini tuproq paydo bo'lishida ahamiyatga beqiyosdir. Kelib chiqishiga ko'ra minerallar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo'linadi.

1(jadval)

Vozyovon tuproq analiz

ISO

Azot r>i (<M>) Fosfor P (mg/kg) Kaliy Iv (mg/kg) Gnmus (%)

2(jadval)

VocliI tu i in a il i t u iproq analizi

îeo

136.2

so

40

o o„ m ^

Azof N («Vi») Kosfc »» I* Cmg/kg) SC Sil ly IC (iiig/Rg) Gun

Tajribalarimiz uchun viloyatimizning qishloq xo'jalik mahsulotlaridan olinayotgan hosilning umumiy miqdoriga ta'sir ko'rsatayotganini o'rganish maqsadida hamda agrotexnik talablarning olib borilishi holatini o'rganish maqsadida, ozuqaviy tarkibini ko'rsatadigon jadvalni taxlil qildik. Mineral moddalar tuproq bilan bo'lgani tufayli o'simliklar tashqi muhitda uchraydigon va agrotexnik yollar bilan beriladigon mikroelementlar o'sish va rivojlanish uchun zarur bo'lgan alohida ahamiyatga ega. Jumladan (N) azot, o'simlklar tarkibida biopolimerlar, oqsil va nukleyin kislatalar vitaminlarga bo'lgan ehtiyojni to'yintiradi.Fofor (P) kislarod yutilishiga barglardagi ranglarni faol yashil bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi.Aynan o'sish davrida o'simlikda yetarli miqdorda bo'lishi jadal rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi. Qurg'oqchil sharoittda o'simlikning suvga bo'lgan balansini boshqarishda ishtirok etadi.

Xulosa. Har bir elementning tuproq tarkibida bo'lishi, o'simlik uchun judda kotta ko'rib turganingizdek ahamiyati bor. Iqtisodiy barqarorlikka erishishda, aholi sog'lom ovqatlanishida samarali agrotexnik talabalarni yuqori bo'lishi juda muhum ahamiyat kasb etadi.Ayni globallashuv davrida o'ziga antopogen omillarning o'simlik va hayvonot dunyosining biosferasini o'zgarishiga juda kotta ta'sir ko'rsatmoqda.Bu esa iqtisodiy barqarorlikni saqlashda muhum ahamiyatga ega. Chunonchi aholisi sog'lom va baquvvat davlatning kelajakka ta'siri ko'plab

ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'ladi. O'simlik, tuproq, mineral o'g'itlar, inson aylanma zanjirning

asosiy bo'g'inini tashkil etadi.

REFERENCES

1. Abdukhalilovna, M. M. (2023). A Common Cause of Iron Deficiency with the Development of Anemia are Symptoms in Improper or Irregular Nutrition. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(3), 141-144.

2. Abduxalilovna, M. M. (2023). BUG'DOY O'SIMLIMLIGINING SHAKLLANISH JARAYONI VA O'STIRISH TEXNOLOGIYASI. Journal of Integrated Education and Research, 2(1), 60-62.

3. Abduxalilovna, M. M. (2022). MODDALAR ALMASHINUVI JARAYONIDA KECHADIGON O'ZGARISHLARDA ORGANIZIMNING ROLI. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(24), 351-356.

4. Abdukhalilovna, M. M. (2023). Population Factors in its Formation. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(5), 358-361

5. Abdukhalilovna, M. M. (2023). ADAPTATION OF WHEAT PLANT IN ECOLOGICAL CONDITIONS. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(09), 290292.

6. Umarov, O. K., & Abdukhalilovna, M. M. THE CONCEPTS OF DEMAND SUPPLY AGAINST TO THE NEGATIVE CONSEQUENCES OF DRUG.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.