Научная статья на тему 'O’SIMLIK PEROKSIDAZASINI ANIQLASH UCHUN ZARUR SUBSTRAT TAYYORLASH VA FEK YORDAMIDA FERMENT AKTIVLIGINI O’RGANISH'

O’SIMLIK PEROKSIDAZASINI ANIQLASH UCHUN ZARUR SUBSTRAT TAYYORLASH VA FEK YORDAMIDA FERMENT AKTIVLIGINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
167
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Peroksidaza / antimikrob / autoimmun / immunologik usul / monoklonal antitana / glikoproteid / xromotografik sorbent. / Peroxidase / antimicrobial / autoimmune / immunological method / monoclonal antibody / glycoprotein / chromatographic sorbent.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — E’zoza Elmurod Qizi Bekmatova, Voxid Baxromovich Fayziyev

O‘simlik hujayrasida erkin hujayra organellalari mavjud bo‘lib, ular antimikrob ta‘sirga ega bo‘lgan peroksidaza tutadi. Peroksidazaning aktivligi o‘simlik hujayrasida hosil bo‘ladigan vododrod peroksidining paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Meditsinada peroksidaza o‘tkir, og‘ir bakterial va virus (shu jumladan OITS), infeksion, allergik, autoimmun, endokrinologik va o‘sma kasalliklarini aniqlashda qo‘llaniladigan immunologik usullarda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari peroksidaza periyodatli oksidlanishdan so‘ng, nishonlangan uglerod-14 ga ega bo‘lgan va monoklonal antitana sintezida qatnashuvchi glikoproteidlarning sintezida ishtirok etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARATION OF THE SUBSTRATE NECESSARY FOR DETERMINATION OF PLANT PEROXIDASE AND ENERGY ACTIVITY WITH FEK

The plant cell contains free cell organelles that contain peroxidase, which has antimicrobial activity. The activity of peroxidase is manifested by the formation of hydrogen peroxide, which is formed in plant cells. In medicine, peroxidase is widely used in immunological methods used to detect acute, severe bacterial and viral (including AIDS), infectious, allergic, autoimmune, endocrinological, and tumor diseases. In addition, peroxidase is involved in the synthesis of glycoproteins that, after periodic oxidation, have a marked carbon-14 and participate in the synthesis of monoclonal antibodies.

Текст научной работы на тему «O’SIMLIK PEROKSIDAZASINI ANIQLASH UCHUN ZARUR SUBSTRAT TAYYORLASH VA FEK YORDAMIDA FERMENT AKTIVLIGINI O’RGANISH»

O'SIMLIK PEROKSIDAZASINI ANIQLASH UCHUN ZARUR SUBSTRAT TAYYORLASH VA FEK YORDAMIDA FERMENT AKTIVLIGINI

O'RGANISH

E'zoza Elmurod qizi Bekmatova Voxid Baxromovich Fayziyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti, talaba pedagogika instituti kafedra mudiri, b.f.d.

elmuradovna.ezo@gmail .com [email protected]

ANNOTATSIYA

O'simlik hujayrasida erkin hujayra organellalari mavjud bo'lib, ular antimikrob ta'sirga ega bo'lgan peroksidaza tutadi. Peroksidazaning aktivligi o'simlik hujayrasida hosil bo'ladigan vododrod peroksidining paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Meditsinada peroksidaza o'tkir, og'ir bakterial va virus (shu jumladan OITS), infeksion, allergik, autoimmun, endokrinologik va o'sma kasalliklarini aniqlashda qo'llaniladigan immunologik usullarda keng qo'llaniladi. Bundan tashqari peroksidaza periyodatli oksidlanishdan so'ng, nishonlangan uglerod-14 ga ega bo'lgan va monoklonal antitana sintezida qatnashuvchi glikoproteidlarning sintezida ishtirok etadi.

Kalit so'zlar: Peroksidaza, antimikrob, autoimmun, immunologik usul, monoklonal antitana, glikoproteid, xromotografik sorbent.

PREPARATION OF THE SUBSTRATE NECESSARY FOR DETERMINATION OF PLANT PEROXIDASE AND ENERGY ACTIVITY WITH FEK

E'zoza Elmurod qizi Bekmatova Voxid Baxromovich Fayziev

Student of Chirchik State Pedagogical Head of the Department of Chirchik State

Institute Of Tashkent Region Pedagogical Institute of Tashkent Region elmuradovna.ezo@gmail .com [email protected]

ABSTRACT

The plant cell contains free cell organelles that contain peroxidase, which has antimicrobial activity. The activity of peroxidase is manifested by the formation of hydrogen peroxide, which is formed in plant cells. In medicine, peroxidase is widely used in immunological methods used to detect acute, severe bacterial and viral (including AIDS), infectious, allergic, autoimmune, endocrinological, and tumor diseases. In addition, peroxidase is involved in the synthesis of glycoproteins that, after periodic oxidation, have a marked carbon-14 and participate in the synthesis of monoclonal antibodies.

Keywords: Peroxidase, antimicrobial, autoimmune, immunological method, monoclonal antibody, glycoprotein, chromatographic sorbent.

KIRISH

O'simlik fermentlari ichida peroksidaza fermenti alohida ahamiyatga ega. O'simlikda immun tizimiga javob beruvchi immunoferment hisoblanadi. Peroksidaza tibbiyotda va xalq xo'jaligida ham katta amaliya ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, uning tarkibi, funksiyasi va ta'siri chuqur o'rganilib kelinmoqda. Peroksidaza fermentini aiqlash uchun namuna tayyorlash bosqichi quyidagicha. Buning uchun tabiiy holda o'suvchi otquloq o'simligini bargini olib, elektron tarozi yordamida barg to'qimasidan teng miqdorda 10 mg olib, chinni hovonchaga solinadi. So'ngra uning ustiga 1:1 nisbatda 10 ml atsetat (CH3COOH) buferidan (pH=4,7) 0,04 M li eritmasidan solib, hovonchada yaxshilab ezildi va hosil bo'lgan massani to'rt qavatli doka yordamida suzib probirkalarga quyildi. Har bir gomogenatni sentrifuga yordamida 4000 ayl./daq.da 15 daq. sentrifuga qilinib, hujayra komponentlaridan tozalab olinadi. Sentrifugalashdan so'ng cho'kma usti suyuqligini maxsus raqamlangan probirkalarga quyilib, cho'kma esa tashlab yuborildi. Hosil bo'lgan bu cho'kma usti suyuqligi ferment aktivligini aniqlash uchun dastlabki namuna bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Peroksidaza fermentini aniqlash uchun substart quyidagicha tayyorlanadi. Benzidin suvda qiyin suyuqlanadi atsetat buferida suyuqlanishi esa pH ga bo g'liqdir. Buning uchun 92 mg benzidin 100 ml 0,2 M-li atsetat buferida pH 4,7 da suyiltiriladi, bu qiyidagicha tayyarlanadigan 0,005 M-li eritmaga to'g'ri keladi. Buning uchun 200 ml-li kolba olinib unga 2/3 (66,6 ml) qism atsetat buferi solindi, uning ustiga 2,3 ml (2,4 mg) konstentrlangan (ledyannoy) uksus kislota va 184 mg benzidin solindi. Kolbani taxminan 50-60° gacha suv hammomida doimiy ravishda aralashtirilib qizdirildi. Benzidin to'liq erib ketgandan keyin (10-15 min) kolbaga 5,45g natriy uksus solinib eritildi, so'ngra kolba sovutildi va unga distillangan suv solinib, 200 ml ga yetkazildi. Qorong'uda aralashmani 7-10 kungacha saqlab ishlatish mumkin.

Peroksidaza fermenti aktivligi o'simlik qismlarida turlicha miqdorda bo'ladi. Ayniqsa sog' o'simlik bilan kasallangan o'simlikda miqdorli farq qilib, kasal o'simlikda peroksidaza fermenti yuqori bo'lishi tajribalarda kuzatilgan. Buning uchun zararlangan va sog' o'simlikdan namuna tayyorlab uni FEK yordamida kuzatilsa ferment aktivligi namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Peroksidaza aktivligini FEK yordamida aniqlash quyidagicha amalga oshadi.

Buning uchun yuqorida tayyorlangan o'simlik bargidan olingan namuna va peroksidazani aniqlash uchun tayyorlangan substratdan foydalinilgan holda fotokolorimetr qurilmasi yordamida ferment aktivligi aniqlanadi. Buning uchun 4 ta 2 sm li kyuveta olib, ularning har biriga 2 ml dan ferment suyuqligidan pipetka yordamida quyib chiqildi. So'ngra ularning ustiga (har bir kyuvetaga) 2ml dan benzidin va 2 ml distillangan suv solindi. O'lchash fotokolorimetr asbobining qizil svetofiltrida 440 nm da amalga oshirildi. Dastlab FEK ning strelkasi nol nuqtaga tog'rilanadi, so'ng o'ng baraban yordamida galvanometer strelkasi o'ng tomondagi chetki holatiga tog'rilandi (E=0,125 yoki 0,250 ) chap kyuvetaga 2 ml distillangan suv, o'ng kyuvetaga esa 2 ml (0,04 M li) vodorod peroksid (H2O2) pipetka yordamida tomiziladi. Vodorod peroksid konsentratsiyasi obyektga bo'g'liq bo'ladi. Boyarkin ma'lumotiga 0,04 M hisoblanadi. Bir tomchi H2O2 solingan zahoti FEK qopqog'i yopilib sekundomer qo'yiladi. Ferment aktivligi reaksiya borish tezligiga qarab quyidagi formula yordamida aniqlanadi (A).

A=[E(tt xß* V)/(d xf)

Formuladagi: E-standart plastinka ekstinsiyasi (0,120-0,130 oralig'ida bo'ladi); d-probirkaning 1 sm da harakatlanadigan nurning to'lqin uzunligi; t-reaksiya vaqti, sekundda a - olingan to'qima gr massasiga solingan suyuqlikning ml miqdori; ß ~ o'rganilayotgan suyuqlikning sentrifuga yoki filtrlash jarayonida qo'shimcha suyultirish

darajasi. Y - reaksiya aralashmasidagi o'rganilayotgan suyuqlikning suyultirish darajasi; umumiy reaksiya miqdori 10 ml, shuning 2 ml ni o'rganilayotgan suyuqlik tashkil etadi, bu faktor 5 ml ni tashkil qiladi. E=0,125 va d=1,6 bo'lganda formula quyidagi ko'rinishni oladi.

0.125 5(я X О. 39(Д X ß)

A= 1.6 x £ = £ Quyidagi formula orqali yakuniy natija olinadi va ferment aktivligi tekshiriladi.

XULOSA

Peroksidaza olishning zamonaviy texnalogiyasi ko'p mehnat talab qiladigan kam mahsulot beruvchi va mavsumiy xomashyo qo'llanilishi qimmat turuvchi xorijiy xromotografik sorbentlar qo'llanilishi bilan bog'liq. Shu sababli peroksidazaning yangi o'simlik manbalarini va uni ajratib olish usullarini izlash dolzarb masala hisoblanadi.

REFERENCES

1. Алпеева И.С., Сахаров И.Ю., Окисление люминола, катализируемое пероксидазой, выделенной из листьев королевской пальмы, Приклодная биохимия и микробиология, 2007, 43 (1), 31-35.

2. Кулаева О.Н., Микулович Т.П., Хохлова В.А. Стрессовые белки растений. Современные проблемы биохимии. М.: Наука, 1991. С. 174-185

3. Бояркин А.Н. Быстрый метод определения активности пероксидазы// Биохимия. (1951) 352-357

4. Вяткина О.В. Проблемы выделения и очистки растительных пероксидаз Серия «Биология, химия». Том 25 (64). 2012. № 3. С. 271-276.

5. Карташова Е.Р., Руденская Г.Н., Юрина Е.В. Полифункциональность растительных пероксидаз и их практическое использование // Сельскохозяйств. биология. 2000. - №5. - С.63-70.

6. Иванова З.А., Вафина Г.Х. Физиологическая роль пероксидазной активности клеточных ядер на ранних этапах онтогенеза растений // Физиология и биохимия культурных растений. 1997. - Т.29, №2. -С.129-132.

7. To'rajonova, E.E., Fayziyev. V.B., Jovliyeva. D.T. Study of the effects of card X-virus on the carotenoid scale in the dramatic stramonium plant. "Agrar sohani rivojlantirishda resurs tejovchi innavotsion texnologiyalardan samarali foydalanaish" xalqaro ilmiy-texnika anjuman. Andijon 2019

8. To'rajonova, E.E., Fayziyev. V.B., Jovliyeva. D.T. Kartoshka X-virusining Datura stramonium o'simligi bargidagi xlorofil miqdoriga ta'sirini o'rganish. Andijon 2019

9. To'rajonova, E.E., Jovliyeva. D.T. Kartoshka X-virusining Datura stramonium o'simligi bargidagi xlorofil miqdoriga ta'sirini o'rganish. "O'zbekistonning umidli yoshlari" mavzusidagi respublika talaba va magistr masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent 2020

10. Поликсенова. В. Д. Индуцированная устойчивость растений к патогеном и абиотическим стрессовым факторам. 2009.

11. To'rajonova, E.E., Fermentlar. Fermentlarning ta'sir etish mexanizmi, biologic ahamiyati. CLXXI Международная научно-практическая конференция 24(171). Москва 2020

12. To'rajonova, E.E., Plant and animal hormones and their differences. Inernational conference on innavation perspectives, psychology and social studies. India 2020

13. To'rajonova, E.E., Fermentlarning asosiy xossalari. "Prodpects of development of science and education" procedings of third conference. 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.