Научная статья на тему 'O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA`LIMDA “TIBBIY BIFIZIKA” FANINING AHAMIYATI'

O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA`LIMDA “TIBBIY BIFIZIKA” FANINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tibbiyot / fizika / tibbiy biofizika / materiya / gidrodinamika / tebranishlar va to`lqinlar / mexanika / aerodinamika.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Xamroyev Jobir Xolmurodovich

Hozirgi zamon tibbiyotining yutuqlari ko`p jihatdan fizika, texnika va tibbiy asbobsozlikdagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Kasalliklarning tabiati va sog`ayish mexanizmi ko`p hollarda biofizika tushunchalari asosida tushuntiriladi. Shuning uchun tibbiyot texnikumlarining talabalari 1-kursdanoq “Tibbiy biofizika” fanida fizika, texnika, biologik fizika va matematikadan umumiy holda maxsus bilimlarni egallaydilarki, bu fanlarning asosi fizika bo`lib, u tibbiy-biologik masalalarni hal qilishga yo`naltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA`LIMDA “TIBBIY BIFIZIKA” FANINING AHAMIYATI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

ORTA MAXSUS PROFESSIONAL TA LIMDA "TIBBIY BIFIZIKA"

FANINING AHAMIYATI

Xamroyev Jobir Xolmurodovich

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti "Fizika, biofizika va tibbiy

fizika" kafedrasi assistent]

https://doi.org/10.5281/zenodo.13286723

ARTICLE INFO Received: 27th July 2024 Accepted:28th July 2024 Published:9th August 2024 KEYWORDS Tibbiyot, fizika, tibbiy biofizika,

materiya, gidrodinamika, tebranishlar va

tolqinlar, mexanika, aerodinamika.

ABSTRACT

Hozirgi zamon tibbiyotining yutuqlari ko^p jihatdan fizika, texnika va tibbiy asbobsozlikdagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Kasalliklarning tabiati va sog^ayish mexanizmi ko^p hollarda biofizika tushunchalari asosida tushuntiriladi. Shuning uchun tibbiyot texnikumlarining talabalari 1-kursdanoq "Tibbiy biofizika" fanida fizika, texnika, biologik fizika va matematikadan umumiy holda maxsus bilimlarni egallaydilarki, bu fanlarning asosi fizika bolib, u tibbiy-biologik masalalarni hal qilishga yo^naltiriladi.

Zamonaviy tibbiyotda tibbiyot texnikumlari uchun "Tibbiy bifizika" fani katta ahamiyatga ega bo'lib, u talabalarda tirik organizmlarda sodir bo'ladigan fizik jarayonlarni tushunishga yordam berishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi kerak.

Tibbiyot fani va sog'liqni saqlash amaliyotining yildan yilga rivojlana borishi zamonaviy tadqiqot uslublari va yangi pedagogik texnologiyalar, diagnostik uslublar hamda zamonaviy kompyuterlarning tibbiyotning barcha bo'limlariga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi bo'lg'usi shifokorlardan ularning fizika, matematika va texnikaviy fanlar xususan « Tibbiy biofizika » bo'yicha nazariy va amaliy bilim darajalarini yanada oshirib borishlarini talab qiladi.

Materiya harakatining turli shakllari bir-biri bilan aloqadorlikda va bir-biriga bog'liq bo'ladi, bu esa avalgi fanlar qo'shilishidan yangi fanlarning—biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutug'idan boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab bo'ladi.

Talabalarni, albatta, fizikaning tibbiyot fani bilan bo'lgan aloqadorligi qiziqtiradi. Fizik bilimlarning, usullarning va apparatlarning tibbiyotda qo'llanilishi ko'p qirrali bo'lib, quyida bu bog'lanishning ba'zi bir asosiy jihatlarigina keltiriladi.

Organizmdagi fizik jarayonlar. Biofizika. Inson organizmida sodir bo'ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o'zaro bog'liqlikda bo'lishiga qaramay, ular orasidan ko'pincha fizik jarayonga yaqin bo'lganlarini ajratib ko'rsatish mumkin bo'ladi. Masalan, qon aylanishi kabi murakkab fiziologik jarayon aslida fizik jarayondir, chunki bu jarayon suyuqlikning oqishi (gidrodinamika), tomir bo'ylab elastik tebranishlarning tarqalishi

Volume 1, Issue 12,August 2024

(tebranishlar va to'lqinlar) yurakning mexanik ishi (mexanika), biopotensiallarning generatsiyasi (elektr) va hokazolar bilan bog'liq. Nafas olish gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug'lanish (fazoviy o'tishlar) va hokazolar bilan bog'liq.

Organizmda fizik makrojarayonlardan tashqari, xuddi jonsiz tabiatdagi kabi molekular jarayonlar ham sodir bo'ladi va ular biologik sistemalarning holatini belgilaydi. Bunday mikrojarayonlarning fizikasini tushunish organizm holatini, ba'zi bir kasalliklarning tabiatini tushunish, dorilarning ta'sirini va shu kabilarni to'g'ri baholash uchun zarurdir.

Bu masalalarning hammasida fizika biologiya bilan shu darajada bog'langanki, u mustaqil fan-biofizikani vujudga keltiradi. Bu fan tirik organizmdagi fizik va fizikaviy-kimyoviy jarayonlarni, shuningdek, biologik sistemalarning ultrastrukturasini tashkil qilishining hamma jabhalarida-submolekular va molekulardan to to'qima va to'liq organizmgacha o'rganadi.

Kasallik diagnostikasining va biologik sistemalarni tadqiq qilishning fizik usullari. Diagnostika va tadqiqotlarning ko'pgina usullari fizik prinsiplar va g'oyalardan foydaianishga asoslangan.

Ko'pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko'ra fizik asboblardir. Buni ko'rsatish uchun o'quvchiga o'rta maktab kursidan ma'lum bo'lgan ba'zi bir misollarni qarab chiqish kifoya.

Mexanik kattalik-qon bosimi bir qator kasalliklarni baholash uchun foydalaniladigan ko'rsatkichdir. Manbai organizmning ichkarisida bo'lgan tovushlarni eshitish a'zolarning kasalligi yoki sog'ligi haqida axborot olish imkonini beradi. Ishlashi simobning issiqlikdan kengayishiga asoslangan tibbiyot termometri-keng tarqalgan diagnostik asbobdir. Keyingi yillarda elektron qurilmalarning rivojlanishi natijasida tirik organizmda hosil bolayotgan biopotensiallarni yozib olishga asoslangan diagnostik usullar keng tarqalmoqda. Ko'pchilikka ma'lum blgan usul-elektrokardiografiya-yurak faoliyatini aks ettiruvchi biopotensiallarni yozishdir. Mikroskopning tibbiy va biologik tadqiqotlardagi ahamiyati hammaga ma'lum. Tolali optikaga asoslangan zamonaviy tibbiy asboblar organizmning ichki bo'shliqlarini ko'rishga imkon bermoqda. Spektral analiz usulidan adliyaviy tibbiyotda, gigiyenada, farmokologiyada va biologiyada foydalaniladi; atom va yadro fizikasining yutuqlari diagnostikadagi ancha mashhur metodlar: rentgenologik diagnostika va nishonlangan atomlar usullari ham ko'pchilikka ma'lumdir.

Davolash maqsadida organizmga fizik omillar bilan ta'sir qilish. Tibbiyotda qollaniladigan turli davolash usullari ichida davolashning fizik omillari ham o'rin topmoqda. Ularning ba'zilarini ko'rsatib o'tamiz. Suyak sinishlarida foydalaniladigan gipsli bog'lanishlar yordamida shikastlangan organlarni qo'zg'almas holatga keltiriladi. Davolash maqsadida sovitish (muz) va isitish (grelka) issiqlik ta'siriga asoslangandir. Elektr va elektromagnit ta'sirlar fizioterapiyada keng qo'llaniladi. Davolash maqsadida ko'rinadigan va ko'rinmaydigan (ultrabinafsha va infraqizil), rentgen va gamma-nurlanishlar qo'llanilmoqda. Tibbiyotda foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari. Biologik sistemalarning fizik xossalari. Tibbiyotda ishlatilayotgan bog'lamchalar, asboblar, elektrodlar, protezlar va hokazolar tashqi muhit ta'sirida va shu jumladan biologik muhit ta'sirida ishlaydi. Bunday asboblarni real sharoitda ishlatish mumkinligini baholash uchun ular tayyorlangan materiallarning fizik xossalari haqidagi ma'lumotlarni, masalan, protezlar (tishlar, tomirlar, klapanlar) tayyorlash uchun mexanik mustahkamlikni, ko'p karrali yuklanishlarga chidamlilikni, elastiklikni, issiqlik o'tkazish qobiliyatini, elektr o'tkazuvchanlikni va boshqa xossalarni bilish muhimdir.

Qator hollarda biologik sistemalarning yashovchanlik xususiyatlarini yoki ma'lum tashqi muhit ta'sirlariga chidamliligini baholash uchun ularning fizik xossalarini bilish muhimdir.

Biologik obyektlarning fizik xossalari o'zgarishiga qarab kasalliklarni aniqlash mumkin bo'ladi.

Atrof-muhitning fizik xossalari va xarakteristikalari. Tirik organizm atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning harorat, namlik, havo bosimi va shu kabi fizik xarakteristikalarining o'zgarishlaridan keskin ta'sirlanadi. Tashqi muhitning organizmga ta'siri faqatgina tashqi faktor sifatida hisobga olinmasdan, undan davolash usuli (klimatoterapiya va baroterapiya) sifatida ham foydalanish mumkin. Bu misollar shifokor atrof-muhitning fizik xossalarini va xarakteristikalarini baholay bilishi kerakligi haqida dalolat beradi.

Xulosa. Yuqorida aytib o'tilgan fizikaning tibbiyotda qo'llanilish usullari tibbiyot fizikasining asosini-amaliy fizika va biofizikaning kompleks bo'limlarini tashkil qiladi. Ularda fizik hodisalar, jarayonlar va xarakteristikalar tibbiyot masalalarini hal qilishda qo'llanilgan holda qarab chiqiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.N.Remizov Tibbiy va biologik fizika. T.: "O'zbekiston milliy ensikopediyasi". 2005 y.

2. M.I.Bazarbayev., I.M.Mullojanov., A.Z.Sobirjonov., U.M.Abdujabbarova., I.Sh. Saidnazarova., X.J.Raximova., F.B.Nurmatova. Biofizika. Toshkent-2018y

3. Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013y

4. Andrey B. Rubin. Fundamentals of biophysics. Second Edition, 2014y

5. Xamroyev, J. X., Shukurov, J. H., Fayzullayev, N. I., Mahmudov, O. B., & Kungratov, K. A. (2021). Analysis of texture characteristics of modified and activated navbahor bentonite. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 382-393.

6. Xamroyev, J. X., Fayzullayev, N. I., Shukurov, J. H., & Berdiyev, R. D. (2021). Optimization of the acid activation process of bentonite. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 589-597.

7. Xolmurodovich, X. J., Hoshimovich, S. J., Fayzullayev, N. I., Bolbek o'g'li, M. O., & Asliddinovich, K. K. Physicochemical and Texture Characteristics of Natural Bentonite. JournalNX, 7(10), 45-54.

8. Xolmurodovich, X. J., Hoshimovich, S. J., Fayzullayev, N. I., Asliddinovich, K. K., & Bolbek o'g'li, M. O. (2021). Obtaining High-performance Composite Materials Based On Navbahor Bentonite And Studying The Sorption Properties. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 8(10), 91-99.

9. Хамроев, Ж. Х., & Нормаматов, Ф. Ш. (2023). Осушки и очистки от сереводорода и диоксиди углерода газовых сред. Educational Research in Universal Sciences, 2(15), 284-286.

10. Khamroyev Jobir Kholmurodovich. Approval of zeolite operating conditions with harrington approval function. Науковий процесста науковi тдходи: методиката реалiзацiя дослщжень: матерiали мiжнародноi' науково! конференцп (Т. ), 23 жовтня, 2020 рж. Одеса, Украшах.65-71.

11. Khamroyev Jobir, Fayzullaev Nоrmurоt, Haydarov G'ayrat, Jalilov Mukhiddin, Temirov Fazliddin. Activation of Natural Bentonite and Study of Physico-Chemical and Texture Characteristics. IJARSET: Vol.8, Issue 4, P.17248-17261.April 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.