Научная статья на тему 'O’RTA MAKTABLARDA CHET TILI O’QITISHNING BA’ZI BIR MASALALARI'

O’RTA MAKTABLARDA CHET TILI O’QITISHNING BA’ZI BIR MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
713
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metodika / chet tilini o’rganish / innovatsion texnologiya / dars maqsadi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismoiljon Abdumutallibovich Nishonov

Chet tilini o’qitish metodikasi predmeti talabalar o’rtasida kasbiy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadiga erishishga xizmat qiladi. Bu kurs chet tilini o’qitish metodikasining nazariy bilimlarini tavsiflaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA MAKTABLARDA CHET TILI O’QITISHNING BA’ZI BIR MASALALARI»

O'RTA MAKTABLARDA CHET TILI O'QITISHNING BA'ZI BIR

MASALALARI

Ismoiljon Abdumutallibovich Nishonov Andijon mashinasozlik instituti

Annotatsiya: Chet tilini o'qitish metodikasi predmeti talabalar o'rtasida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadiga erishishga xizmat qiladi. Bu kurs chet tilini o'qitish metodikasining nazariy bilimlarini tavsiflaydi.

Kalit so'zlar: Metodika, chet tilini o'rganish, innovatsion texnologiya, dars maqsadi

SOME ISSUES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SECONDARY

SCHOOLS

Ismoiljon Abdumutallibovich Nishonov Andijan Machine-Building Institute

Abstract: The subject of teaching a foreign language serves to achieve the goal of forming professional skills among students. This course describes the theoretical knowledge of foreign language teaching methods.

Keywords: Methods, learning a foreign language, innovative technology, the purpose of the lesson

Jamiyatning ijtimoiy buyurmasi, sharoiti, siyosati doim umumta'lim maktabining ishini, maqsadini belgilab beradi. Chet tillarni o'qitish maqsadlari, jamiyat taraqqiyotiga, rivojlanishga qarab o'zgarib turadi. O'rta maktablarda chet tillarni o'qitish maqsadlari mavjud bo'lib, ular chet tili o'qitish metodikasi kursini to'zatish, ishlab chiqarishga ta'sir qiladi. O'tgan asrning 40-50 yillarda maktablarda tinglab tushunishni o'rgatish maqsadi etakchi edi, og'zaki nutq esa faqatgina shakllantirilardi. Hozir esa ular davr, jamiyat talabiga qarab o'zgaradi. Chet tilllarni o'qitish maqsadlari o'z xususiyatiga ega bo'lib, ular o'qitish mazmuni, vositasi, metodlari va printsiplarini aniqlaydi.

Chet tili o'qitishdan asosiy maqsad chet tilini amalda qullashdir. I.V.Raxmanov ustozi L.V.Sherbaning fikrini rivojlantirib o'zining "O'rta maktablarda chet tili o'qitishning ba'zi bir masalalari" maqolasida chet tili o'qitishning asosiy maqsadini belgilaydi. Uning fikricha, chet tili o'qitishning maqsadlari umumta'lim, tarbiya berish va kommunikatsiya hosil qilish hamda hosil qilingan ko'nikma, malakalarni boshqa maqsadlarda ishlatishdan iborat deydi.[1.B.54]. Bu kommunikatsiya hosil

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

qilish, kommunikativ o'qitish maqsadlaridan ajralib turadi. Chet tilini o'qitish maqsadlaridan eng birinchisi amaliy maqsaddir. Boshqa fanlar metodikasida ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantruvchi maqsadlar bor, amaliy maqsad ya'ni kommunikatsiya faqat chet tillarga xos hodisadir.

Kommunikatsiya, kommunikativ yoki amaliy maqsad deganda o'quvchilarga o'zgalar fikrini og'zaki va yozma tushunib qabul qilish va o'z fikrini og'zaki va yozma bayon etishni o'rgatish tushuniladi.

Shunday qilib, chet tillarni o'qitish o'z oldiga: 1) amaliy yoki kommunikativ, 2) umumta'lim berish, 3) tarbiyalash, 4) rivojlantiruvchi maqsadni quyadi. Umumta'lim, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar kommunikativ maqsadni amalga oshirishda sodir bo'ladi.[2.B.191]

Endi har bir maqsadga alohida tuxtalamiz.

1. Kommunikativ (amaliy) maqsad.

Bu maqsad orqali o'quvchilarda inglizcha til materiallari bo'yicha ko'nikma, malaka hosil qilinadi. O'quvchilar leksika, grammatikani, talaffo'z materiallarini o'zlari mustaqil qullay olishlari kerak. Inglizcha og'zaki nutq, o'qish, yozuv malakalari hosil qilinadi.

2. Umumta'lim berish maqsadi.

Bu maqsad orqali o'quvchilar tafakkurini yanada o'stirish, ingliz tilidan ma'lumot berish, ingliz tilini yanada chukurroq anglab olish, ingliz tili xakidagi yangi bilimlar hamda tili urganilayotgan mamlakat xalqining tarixi, adabiyoti va madaniyati haqida tushuncha va ma'lumotlar olish hisobiga o'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish tushuniladi. O'quvchilarning anglash, fikrlashni rivojlantirish, dunyoqarashni kengaytirish, chet tili - ingliz tili hisobiga yoki ingliz tilida bo'ladi.[3.B.90-91]

3. Tarbiyaviy maqsad. Bu maqsad chet tili - ingliz tili darsida baynalminal, axloq va estetik tarbiya berish hamda mehnatga munosabatini tariyalashni ko'zda tutadi.

Albatta bular ingliz til materiali orqali, inglizcha nutq mavzusini, inglizcha matnlar mazmunini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

4. Rivojlantiruvchi maqsad.

Bu maqsad o'quvchilarni shaxsan bilimga o'rganish, o'rgatish yul-yuriklarini belgilab beradi. U til faktlari tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosa chiqarish, tinglash, nutq harakat malakalarini rivojlantiradi. U tasavvur qilish, nutq vaziyati to'zish orqali o'rgatishni, nutqda mantiqiy bog'liklik bo'lishni, mustaqil fikr qila olishni, so'zlar ma'nosini fahmlab ta'limni, lug'at, qullanmalar bilan mustaqil ishlashni hamda faqultativ mashg'ulotlarga tayyorlanishni, inglizcha sinfdan tashqari mustaqil tayyorgarlikni, ularni o'tkazishni rivojlantiradi. YUqoridagi turtta maqsad doimo bir-birini to'ldirib turadi.[4.B.75]

I fcclT^^^^HI 581 http://oac.dsmi-qf.uz/

Har bir darsda o'rgatiladigan inglizcha til materiallari, nutq faoliyati turlari orqali turtta maqsad amalga oshiriladi.

Chet tillar o'qitish maqsadlari ustida 1947 yilda L.V.Sherba, 1950 yilda A.N.Monigetti, 1958 yilda I.V.Raxmanov, 1970 yilda V.S.TSetlin, 1971 yilda O.I.Moskalskaya o'z qullanma va maqolalarida atroflicha ma'lumotlar bergan.

Keyingi davrda bu masala bilan I.L.Bim ham shug'ullandi. Uning fikricha, chet tili o'qitishning amaliy, tarbiyaviy, ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarini amalga oshirishda har tomonlama yondashish kerak. Amaliy maqsad bevosita kitob orqali aloka qilishga o'rgatishdir.

I.L.Bim nutq faoliyatlarini tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozish bo'yicha sunggi erishiladigan maqsadlarga har bir paragraf (Lesson) dars turqumlari bo'yicha alohida aniq erishiladigan maqsadlariga ajratadi, darsning alohida bo'limlariga hamda har bir harakat o'sulini tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozuv vazifalariga bo'ladi.

11-sinfni tugatayotgan o'quvchidan inglizcha fikrni og'zaki va yozma qabul qila olish, tushuncha olish va og'zaki, yozma qaytara olishni talab qilinadi.

1988 yilda chikkan O'rta maktab chet tili dasturi loyihasida chet tilida og'zaki nutq va o'qishni egallash talab qilinadi. Yozuv esa yordamchi vosita bo'lib hizmat qiladi.

5-6-7 sinflarda chet tili nutq faoliyati og'zaki nutq, o'qish, yozuv ketma-ketligida o'rgatiladi.

8-9-10-11 sinflarda esa o'qish, og'zaki nutq, yozuv ketma-ketligida o'rgatiladi, rivojlantiriladi.

O'rta umumta'lim maktab davlat standartlari va o'quv dasturlari esa o'qitishning turt maqsadi o'z aksini topgan.

Hozirgi maktabda chet tili o'qitishda ongli amaliy, ongli taqqoslash, ongli kommunikativ metodlar qullanilmoqda.[5.B.31]

Ongli amaliy metod bo'yicha yaratilgan ingliz tili darsliklari rus maktablarida keng qullanilayapti. O'zbek maktablari uchun yaratilgan Fly High, English matters darsliklarini ongli - taqqoslash metodi bo'yicha ishlab chiqilgan.

Chet tili o'qitish metod va printsipidagi tashqari, yul usullari ham bor. Yul bu qisqa metodik ish bo'lib, aniq topshiriq vazifani hal qilishga qaratilgandir. O'quvchi va o'qituvchi faoliyati ketma-ket aniq maqsad bilan yunalgan yullar turqumidan iborat.[6.B.213]

Agar metod bilan yul taqqoslansa, metod asosiy graonuer bilan ya'ni tanishtirish, mashq qilish, qullash bilan, yul esa ish yoki harakat bilan, ya'ni so'zni tarjimasiz, ma'nosini ochish, gapni grammatik qoida asosida to'zish bilan bog'liqdir. Yullar turqumining yig'indisi ususlini tashqil etadi. Masalan: so'zning ma'nosini ochish uchun ikkita usul bor: tarjimasiz, tarjimali. Masalan: So'z ma'nosini rasm

I icclT^^^^H 582 http://oac.dsmi-qf.uz/

orqali ochish, predmet orqali ochish orqali chet tili o'qitishda printsip metod, yul va usullardan tug'ri foydalanish chet tili o'qituvchisining mahoratiga bog'lik. O'rta maktabda chet tili o'qitish maqsadlariga mashqlarning mos kelishilik mezoniga ko'ra usullarning kuyidagi asosiy tiplarga ajratish mo'mkin.

1. Xaqiqiy (tabiiy) kommunikativ.

2. Shartli (o'quv) kommunikativ.

3. Kommunikativ bo'lmagan mashqlar.

Mashq - nutq yoki tilga oid bir yoki bir necha marta maxsus tashqil qilingan o'quv sharoitida bajarilishini tushunamiz.[7.B.47]

Kommunikativ mashqlar orqali nutq faoliyati to'rlari ona tilidagidek qo'llashga o'rgatiladi. Bu mashqlar asosiy ta'limiy mashqlardir. O'lar kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirilgan.

Shartli kommunikativ mashqlar - til materialini o'quvchilarga shartli, aloqa tabiiy muomalaga taqlid qilib mashq qilishni amalga oshirishga yordam beradi.

Kommunikativ bo'lmagan mashqlarni tayyorlov, nutqiy vaziyat bilan bog'liq bo'lmagan mashqlarni kiritish mo'mkin. Bunday mashqlarning ko'pchiligi nutq vaziyatlari va nutq kontinenti bilan aloqa bulmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. - T. 1996

2. T.Madumarov, M.Kamoldinov " Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta'lim - tarbiya jarayonida qullash." T- 2012

3. Siddikova I.A. Metodika prepodovaniya angliyskogo yazika. T. 2002

4. Saydaliev S. CHet til o'qitish metodikasidan ocherklar. - N. 2004

5. Prakticheskiy kurs metodiki prepodavaniya inostrannix yazikov. - Mn: Tetra Sistems, 2005. - 288 s

583

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.