Karimov Q.M.
Qarshi davlat universiteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi
Omonova S.M.
Qarshi davlat universiteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi magistri
O'QUVCHILARGA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA OID BILIMNI O'RGATISHDA INTERNETDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: mazkur maqolada talabalarda informatika va axborot texnologiyalariga oid bilimni o 'rgatishda internetdan foydalanish ko 'nikmalari o 'rganilib chiqilgan, hamda xorijiy davlatlar malakari o'rganilib chiqilgan.
Kalit so 'zlar: informatika va axborot texnologiyalari, internet resurlari, Janubiy Koreya tajribasi, axborot madaniyati, WWW, kasbiy pedagogika, interaktiv metodlar.
Karimov K.M. acting professor
Department of Algorithms and Programming Technologies
Karshi State University Omonova S.M. master student
Department of Algorithms and Programming Technologies
Karshi State University
USE OF THE INTERNET IN TEACHING STUDENTS KNOWLEDGE OF COMPUTER AND INFORMATION TECHNOLOGIES
Abstract. In this article, the skills of using the Internet in teaching informatics and information technologies to students were studied, as well as the skills of foreign countries were studied.
Keywords: informatics and information technologies, Internet resources, South Korean experience, information culture, WWW, professional pedagogy, interactive methods.
O'zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim tizimlarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitishni rivojlantirish konsepsiyasida Informatika fani umumiy ta'limning asosiy bo'g'ini hisoblanish tajribasidan milliy xususiyatlami va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda jahon bozoriga malakali kadrlar
tayyorlashga qo'yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash maqsadida Informatika ta'limining me'yoriy hujjatlarini (DTS, malaka talablari, o'quv reja va fan dasturlari) ni ishlab chiqish va joriy etish belgilab berilgan.
Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimida ham Informatika fani umumiy ta'limning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Xususan, Janubiy Kore ya axborotlashtirish va kompyuterlashtirish darajasi bo'yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo'lib, maktablarda informatika o'qitishning azaliy an'analariga ega. Ko'p yillar davomida respublikada o'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
Janubiy Koreya boshlang'ich maktablardan universitetlarga qadar barcha ta'lim muassasalariga yuqori tezlikdagi Internet tarmog'ini taqdim etgan birinchi mamlakat bo'ldi. 2015 yildan boshlab Janubiy Koreya maktablarda elektron darsliklardan ommaviy foydalanishga o'tildi. Kelajakda informatika va axborot texnologiyalari (IT) sohasida yuqori ko'rsatkichlarni ta'minlash va aqlli jamiyatga o'tishni osonlashtirish maqsadida Janubiy Koreya maktablarida eng so'nggi axborot texnologiyalari o'rganilmoqda. Shuning uchun Janubiy Koreya maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitish tajribasi biz uchun juda qiziq.
Mavzuning dolzarbligi informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitishdagi Janubiy Koreya tajribasining yetarli o'rganilmaganligi, Janubiy Koreyaning informatika fanini o'qitishdagi yondashuvlari, sohaga yo'naltirilgan informatika fanini rivojlantirishning eng dolzarb yo'nalishlari, Janubiy Koreyada boshlang'ich va o'rta maktab uchun informatika zamonaviy darsliklarning mazmuni yetarli darajada o'rganilmaganligi bilan belgilandi.
O'qituvchilar o'quvchilar uchun darslikning barcha sahifalarini to'liq qisqartirilgan holda taqdim etadilar va chekkalarida darslikdagi matnni hoshiyalashda o'qituvchilar uchun ko'rsatmalar berilgan (3-rasm). Shuningdek, har bir mavzudan oldin o'qituvchining kitobida bo'lim ko'rib chiqilayotgan mavzuning dolzarbligini asoslaydi, tuzilishini tavsiflaydi ushbu tematik bo'limda materialni joylashtirish, tematik rejalashtirish bilanberilgan darslarning qisqacha mazmuni keltiriladi.
«Kompyuter bilan o'sish» darsligida to'rtta tematik bo'lim: «Axborot ratsion jamiyati», «Amaliy dasturiy ta'minot», «Axborot taqdimoti» va «Algoritmlar»lar mavjud. «Axborot ijtimoiy jamiyat» hisobga oling o'zgarishlar bilan bog'liq savollar, ostida bo'lgan odamlar hayotida sodir bo'lgan axborot texnologiyalarining ta'siri ma'lumot va ma'lumot olish uchun yangi imkoniyatlar milliy jamiyat.
«Axborot jamiyati» tematik qismida axborot texnologiyalarining ta'siri ostida odamlar hayotida yuz bergan o'zgarishlar va axborot jamiyatining yangi imkoniyatlari bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Zamonaviy dunyoda axborotni tezkor yetkazish jarayonlarini tushunishga erishish - bu ma'lumotni
yetkazib berishning o'tmish va zamonaviy usullarini taqqoslash, daгslikda axborot jamiyatidagi hayotning ijobiy va salbiy tomonlari, yangi kasblarning paydo bo'lishi va ilgari an'anaviy bo'lgan ba'zi kasblarning yo'q bo'lib ketishi haqida so'z boradi. Odob-axloq qoidalaгiga katta e'tiboг beriladi.
Ta'limda axboгot texnologiyalaгi fanini o'qitishda mavzulami o'zlashtiгish jaгayonidagi qo'llanilgan innovatsion texnologiya^ oгqali talabalarning fanga bo'lgan motivatsiyalarini гivojlantiгishda quyidagi jihatlaг muhim ahamiyat kasb etadi:
- talabalarning faoliyati davomida muvaffaqiyatga erishishlarini ta'minlovchi muhitni yaratish, ya'ni ulaгga berilayotgan topshiгiqlaгning muгakkabligiga e'tibomi qaгatish va albatta natijalami baholash;
- talabalarning qiziqishlarini oгttiгish uchun muamшolaг qo'yish, mustaqil fikriashlarini faollashtiгishga nisbatan bo'lgan o'quv materiallaming baгcha imkoniyatlaridan foydalanish;
- talabala^a daгsda haшkoгlik qilish, o'zaгo yoráamni tashkil etish, umumiy holda mavzuni o'zlashtirshsh jaгayonida ijobiy munosobatni o'matish;
Albatta, talabalaгda fanga, uni o'zlashtirishga nisbatan motivatsiyalaгini shakllantiгish oгqali ularáa olgan bilim va malakalaгini o'zining kasbiy faoliyatlarida qo'llash ko'nikшalaгini asosan amaliy, laboratoriya mashg'ulotlaгida hamda mustaqil ta'lim jarayonlarida amalga oshiгish mumkin. Amaliy, laboгatoгiya, mustaqil ta'lim kabi mashg'ulotla^ talabalaг ijodiy faoliyatini rivojlantirishning inteгfaol metodlaгi, o'quv jaгayonida metodologik bilimlarini faol qo'llashni rejalashtirgan ilmiy-tadqiqot faoliti, talabalarni fikrlash qobiliyatini, shaxsiy imkoniyatlarini yorituvchi psixologik bilimlar innovatsion daгsning asosiy elementlari hisoblanadi. Shunga ko'гa ham amaliy, laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etishga etiborni kuchaytirish, ularni innovatsion dars ko'rinishida tashkil etish asosiy masalaga aylanmoqda.
Bugungi kunda barcha sohalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida yetarii daгajada bilimga ega bo'lish har qanday kasb egasining asosiy mezoni hisoblanishi lozim. Shuning uchun ham ta'limda axborot texnologiyalari fanini o'qitishni innovatsion dare ko'гinishida tashkil etish talabalaráa nafaqat fanga bo'lgan qiziqish, balki olgan bilim va malakalarini o'zlarining kasbiy sohalaгida qo'llash borasida ijodiy fikrlash, loyihalar tayyorlash motivatsiyalarini shakllantirishga erishiladi.
Masalan, mutaxassis bo'lmagan yo^alishlaróa ta'limda axborot texnologiyalari fani bo'yicha dasturiash tillaгini o'zlashtiгishga don mavzulaгdan biгi bo'lgan "HTML dasturiash tili" mavzusini amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari o^ali o'zlashtiгishni amalga oshirishning ayгim jihatlarini ko'гib chiqaylik. Albatta, mavzuni o'zlashtirishning eng optimal variantlaridan biгi innovatsion texnologiyaning tabaqalashgan o'qitish texnologiyasidir Shuning uchun ham talabalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan jarayonlar soddalikdan muгakkablikka yo'naltiгilgan bo'lishi zamr Bu jaгayonni "Kim
tezroq?", "Kim ko'proq" va "Kim tezroq va ko'proq? texnologiyalari asosida amalga oshirish ham amaliyotda yaxshi natijalar berdi.
Birinchi bosqichda Internetning www, http xizmatlari, veb-sahifa, veb-sayt, teg va atributlar yuzasidan assisment ko'rinishdagi tarqatma material yoki slayd orqali talabalarning mavzu bo'yicha bilimlari faollashtirib olinadi. So'ngra auditoriya ikkita guruhga ajratilgan holda HTML tilining "Kim tezroq?" texnologiyasi yordamida sarlavha qismi o'zlashtiriladi
Ikkinchi bosqichda HTML tilining masalan html, title, head, body, br, hr teglari bilin bog'liq kichik bir veb-sahifa Bloknot dasturida talabalar ishtirokida katta monitor(ekran) orqali yaratiladi.htm yoki.html kengaytmasi bilan saqlanadi, natijasi muhokama qilinadi.Bu yerda talabalarga HTML da veb-sahifalar yaratish faqat <body> </body> teglari(konteynerlari) ichida amalga oshirilishini hamda ayrim teg va atributlarning bir necha bor takrorlanishlarini, shunga ko'ra dastur kattaligidan qo'rqmasliklarini eslatib o'tish xam muhim ahamiyat kasb etadi
Mashg'ulot so'ngida esa talabalarga o'rganilgan teglar va atributlar asosida "HTMLda....teg(atribut) qanday vazifani amalga oshiradi?" yoqi "Vebsahifada...ni hosil qilish qaysi teg orqali amalga oshiriladi?" ko'rinishida "Kim ko'proq?" texnologisi asosda sodda testlar xamda dastur tuzib kelish vazifasi ham ularni o'z ustida mustaqil ishlashga undaydi. Natijaga ko'ra esa talabada til bo'yicha yanada ko'proq ma'lumotlar olish, veb-sahifalar yaratish motivatsiyalari shakllana boradi.
Navbatdagi mashg'ulotlarda qo'llanilayotgan teg va atributlar sonini ortirib borgan holda guruh-guruh bo'lib o'yin, musobaqa ko'rinishda "Kim ko'proq va tezroq" texnologiyasi asosida tashkil etish lozim bo'ladi. Bu yerda o'rganilayotgan bloklar bo'yicha masalan, matn, jadval va ranglar, veb-sahifani taqsimlash, boshqa sahifalarga murojaat, videotasvirlar o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan teg va atributlarni o'zlashtirish bosqichma - bosqich uslubida amalga oshirilsa, talabalarning bevosita va bilvosita mavzuni o'zlashtirishga nisbatan motivatsiyasi ortib boradi.
Shu bilan birga mashg'ulotlarda talabalarni veb-sahifalar yaratishga mo'ljallangan HTML5 va CSS3 tillarining imkoniyatlari, afzalliklari, style selektori elementlari va vazifalari haqida ma'lumotlar berish orqali ham ularda nafaqat mavzuni o'zlashtirishga nisbatan motivatsiyalarini balki bu borada amaliy ishlar tayyorlashga yo'naltirish ham amalga oshiriladi. Masalan, CSS3 tilining quyidagi afzalliklarini talabalarga yetkazish bilan ham ularda dastur tuzishlga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi:
- CSS3 tilining selektorlari orqali HTML5 kodining katta hajmda qisqarishiga hamda saytni yuklashga, qidiruv tizimlariga murojaatlarga nisbatan tezlikning ortishiga;
- Veb-sahifalardagi xar bir teglar vazifalarini boshqarishni CSS3 stilining imkoniyatlariga ko'ra saytni oson yangilash;
-Yaratilayotgan veb-saytlarni taqsimlash va jihozlashda keng imkoniyatlarni yaratish kabilar.
Eng aosiysi HTML tiling CSS3 tili bilan bog'lab o'rganilishi orqali talabalarni Java, JS, PHP, Node veb-dasturlash tilliarini o'rganishga bo'lgan motivatsiyalari shakllantiriladi.
Albatta, bu jarayonlarni takroran ta'kidlagan holda amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida amalga oshirilishini eslatib o'tmoqchiman. Chunki, faqat amaliyot orqali ularda fikrlash hamda ijod qilish motivatsiyalari shakllanadi. Bu jarayonning yana bir muhim jihatlari shundan iboratkim, talaba olgan bilimlarini ayrim omillarga ko'ra amaliyotda qo'llash darajasiga ega bo'lmaydi yoki mavzu yuzasidan olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamaganligi uchun mavzu o'zlashtirilmaydi. Shuning uchun ham talabalarning fanga nisbatan yoki mavzuni o'zlashtirishga nisbatan motivatsiyalarini shakllantirish tanlab olinayotgan vazifalarning soddalikdan murakkablikka qarab yo'naltirilganligidadir
Bugungi kunda axborot olamida internet, internet-televidenie, internetradio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko'plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur'atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta'sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.
Axborot kommunikatsiya va rakamli texnologiyalardan foydalanish madaniyati o'quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o'rgatib, yoshlarning dunyoqarashi, intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi. Yoshlarimizning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli yolg'on ma'lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, do'stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olishni o'rganish asosida axborot madaniyati shakllanadi. Axborotning kim uchun va nima maqsadda tayyorlanganligini tushuna bilish muhim ahamiyatga ega. Har bir o'quvchi aloqa sohasida qanday texnik vositalar ishlatilishi to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'lishi kerak.
Xulosa o'rnida takidlash jo'izki, raqamli texnologiyalar islohotlar jarayonining ochiqligini ta'minlash, davlat va jamiyat o'rtasida samarali axborot almashish mexanizmini o'rnatishda muhim vosita sanaladi. Ayni paytda hukumat, vazirlik va idoralar, shuningdek, parlament a'zolarining aholi bilan samarali muloqot o'rnatish uchun maxsus virtual qabulxonalari tashkil etilgani, avvalo, jahon amaliyotiga uyg'un holda sohada qonun hujjatlarini muttasil takomillashtirib borish, yangi qonunlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish va ularni amaliyotga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.A. Abdiqodirov, Q.M.Karimov Innovatsion yondashuv asosida umumta'lim maktablari darslarini tashkil etish. Oliy ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitishda
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Qarshi sh. 2017- y.14-15 aprel. 420-423 betlar.
2. Karimov K.M. Ispolzovanie interaktivnbix metodov v obuchenii s pomoщyu kompyuternoy seti. Innovatsionno-texnologicheskoe razvitie nauki i obrazovaniya v XXI veke. Mejdun. nauchno-prakticheskaya konf. Moskva31 iyul 2020. 33-35str.
3. Karimov Q.M. Infoгmatika o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma T.: "Fan va ta'lim" nashf.2022-y.242 b.
4.Kaгimov Q.M., Kaгimova SH.Q. Masofaviy ta'lim jarayonida tinglovchilaг faolligini oshiгish. Oliy ta'lim tizimida masofali ta'limni joгiy etishning texnik -dastuгiy va uslubiy ta'minotini takomillashtirish istiqbollaгi. Resp.ilmiy-amaliy konferensiya mateгiallaгi to'plami. Qaгshi 28-may 2021-y. 16-17- betlar.
5. Kaгimov Q.M., Karimova SH.Q. Infoгmatikani o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalarning zamonaviy muammolari va yechimlari respublika ilmiy-texnik anjumani ma'гuzalar to'plami 2- qism Faгg'ona.2019 yil 30-31 may, 483-485 betlar