Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH'

O’QUVCHILARDA MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

204
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH»

O'QUVCHILARDA MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN

FOYDALANISH

N. N. Donayeva

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi.

F. A. Normurodova

Denov tumani 24-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi

Mamlakatimiz turli sohalarda jadal taraqqiyot yo'lini tanlab, undan ildam harakat qilayotgan hozirgi davrda yoshlar ongida IT texnologiya tafakkurini va yangicha innovatsion dunyoqarashni shakllantirish davr talabiga aylanmoqda.

Umuman olganda, OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy hayotga qay tarzda kirib kelayotganligini anglab yetish kerak. Barcha sohalarda axborot xurujlarni oldini olish, turli tarzdagi axborot zararlaridan saqlanish muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Bugun ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan, lekin ming afsuski, o'z mustaqil fikriga ega bo'lmaganlar bilan ishlashda qo'yidagilarga e'tiborni qaratish darkor:

Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo'lgani uchun o'quvchilarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o'zgartirish lozim.

Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta'sir ko'rsatish uchun pedagoglar o'zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o'zgartirishlari lozim. Ya'ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, katta rolida o'quvchi bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo'lsa, tengma-teng, demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o'tishlari lozim.

Uchinchidan, o'quvchining o'z-o'zini idroq qilishini, o'ziga bo'lgan bahosini o'zgartirish, ya'ni, o'quvchini ijobiy ishlarga yo'naltirish orqali o'ziga bo'lgan bahosini o'zgartirishga erishish kerak.

Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o'quvchi ijobiy tajriba orttirsin, ya'ni, o'zigi, oilasi yoki sinfdosh do'stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib, olqish olsin, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta'lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog

yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o'rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bid'at yoki yot g'oyalarga ergashib ketaveragan bolib qoladi. Yani, darsni tashkil etishning noananaviy usullariga keng yol ochish, darslarda o'quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi.

Manaviyat, milliy g'oya, mafkura va milliy qadriyatlarga bag'ishlangan anjumanlar va adabiyotlarda bo'lajak o'qituvchilarni milliy istiqlol g'oyasi asosida manaviy shakllantirish bo'yicha yuqorida ko'rsatilgan vositalar orasidan eng asosiy, qudratli va tasirchan, ijtimoiy fikrni o'zgartiradigan vosita sifatida ommaviy axborot vositalari (OAV) nisbatan ko'proq o'rganilgan. Jumladan, keyingi yillarda o'quvchi-yoshlarni manaviy, mafkuraviy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining rolini yoritishga bag'ishlangan izlanishlarga e'tiborni kuchayganini takidlash joizdir.

Globallashuv jarayonlarida axborot muhitining hayotimizga kirib kelishi va milliy qadryatlarimizga tasir etishda yana muhim vositalaridan biri zamonaviy kommunikasiya vositalari taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan internet tarmog' idir.

OAV, bozor tizimi va internet tarmoqlari orqali "ommaviy axloqiy sifat" hayot sohalarimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Ular milliy axloqiy sifatimizga ta'sir etib milliy mentalitetda namoyon bo'lmoqda. Sharq xalqlarida shakllangan milliy xarakter uning tom manoda hayot tarzimizga aylanishiga yo 'l qo'ymaydi1. Kirib kelayotgan axloqiy sifat namunalarining saralangan va ijobiy deb baholanganlarigina hayot tarzimizga sekinlik bilan kirib keladi. U ijobiy bo'lsagina ijtimoiy hodisaga aylanishi mumkin.

Tadqiqotchilar fikricha, jamiyat azolarining asosan 30 yoshlardagi qismida milliy xarakter shakllangan bo'ladi. Undan quyi yoshdagilarda shakllanayotgan xarakter xususiyatlar milliy xarakterning shakllanish jarayoni deb qaraladi. Ushbu malumotdan ham korishimiz mumkinki, milliy qadriyatlarimizni tom manoda "ommaviy axloqiy sifat" ko'rinishidagi turli g'oyaviy tahdidlar oz qurboniga aylantirishi ancha qiyin kechadi. Lekin, bu xotirjamlikka berilib, voqelikka befarq munosabatda bo'lish kerak degani emas. Prezident Sh.M.Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migrasiya, "ommaviy axloqiy sifat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan etiqodlar,

1 "Ommaviy axborot vositalari to'g risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to'grisidagi qonunchilik hujjatlari. - Toshkent: —O'zbekiston, 2007 yil.

oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko'plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"2.

Yuqori sinflarda o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilarni OAV lar yordamida ma'naviy shakllantirish masalasi matbuotining bu sohadagi imkoniyatlarini ham o'rganish maqsadga muvofiq. Chunki, bugungi kunda Yuqorida ko'rsatilgan imkoniyatlarning barchasini hisobga olgan taqdirdagina ma'naviyat bilan bog'liq ishlarimiz mazmuniga o'zimiz yashab turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin.

O'quvchilarni ma'naviy shakllantirishning eng qulay, oson va ta'sirchan samarali usul va vositalarini izlab topish va qo'llash bo'yicha olib borgan izlanishlarimiz televideniyada berilayotgan umummilliy mazmunga ega bo'lgan ko'rsatuvlardir. Chunki, kompyuter namoyishi markazlashgan tarmoq orqali amalga oshirilsa, uni bir vaqtni o'zida, jihozlangan ma'naviyat va ma'rifat xonalarida o'quvchining katta qismiga ko'rsatish orqali ular qalbiga bemisl faxr-iftixor, g'urur bag'ishlashiga erishish mumkin.

Bir so'z bilan aytganda zamonaviy IT dasturlar va OAV faoliyatining davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi va turli intelektual va mailliy-madaniy merosimizni tarannum etish ruhiyatida yaratilayotgan va namoish etilayotgan namoishlar, ko'rgazmalar, tadbirlar yoshlar ongida axborot texnologiyalariga nisbatan samimiylik va ijobiy layoqatning shakllanishiga turtki bo'ladi.

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh. M. "Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" -Т.: "O'zbekiston". 1-jild 2016. 136-b

2. "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari.- T.: O'zbekiston, 2007 yil.

3. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. To'plam. 2019 IV-chorak

4. Ortiqov N. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida o'quvchi shaxsini axloqiy shakllantirish: Pedagogika fanlari doktori. ... diss. - T., 2000. 305- b.

2 Mirziyoyev Sh. M. "Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". -Т. : "O'zbekiston". 1-jild 2016. 136-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.