Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA IJTIMOIY FOBIYA SHAKLLANISHINING PSIXODIAGNOSTIKASI'

O’QUVCHILARDA IJTIMOIY FOBIYA SHAKLLANISHINING PSIXODIAGNOSTIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

190
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA IJTIMOIY FOBIYA SHAKLLANISHINING PSIXODIAGNOSTIKASI»

O'QUVCHILARDA IJTIMOIY FOBIYA SHAKLLANISHINING

PSIXODIAGNOSTIKASI

Zilola Moyli qizi Nematillayeva

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti saodatasri7@gmail.com

Hozirgi kunda aksariyat insonlar "Ijtimoiy fobiya"dan aziyat chekmoqdalar. Psixologlar va psixoterapevtlar ijtimoiy fobiyani ijtimoiy qo'rquv yoki muloqot qo'rquvi dеb ham ataydilar. Darhaqiqat, ijtimoiy fobiyaga duchor bo'lgan insonlarning aksariyat qismida muloqot ko'nikmalarining yaxshi shakllanmaganligini ko'rish mumkin. Muloqotdan qo'rqish turli insonlarda turlicha kеchadi. Ba'zi odamlar omma oldida nutq so'zlashdan qo'rqsa, ba'zilar yangi tanishuv va munosabatlardan qochadilar, yana ba'zilarda esa bu holat o'z shaxsiy fikr ini bayon etishdan qo'rqish, uyalish ko'rinishida namoyon bo'ladi.

O'smirning shaxs sifatida taraqqiy etishida ikki holat kuzatiladi: bir tomondan boshqalar tеngqurlar bilan yaqinroq aloqada bo'lishga intilish, guruh mе'yorlariga bo'ysunish, ikkinchi tomondan mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O'zgalarni anglash bilan o'z-o'zini anglash o'rtasida qarama-qarshiliklar paydo bo'ladi. Ko'pincha o'smir o'z imkoniyatlarini yuqori boholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lеkin, shunday bo'lsa ham o'zini nima qilib bo'lsa-da, tеngqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma'nosiga aylanib qoladi. Agar o'smir shu davrda biror sabab bilan tеngqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudhish voq еadеk qaraydi, maktabga bormay qo'yishi, hattoki suitsidal harakatlarni ham sodir etishi mumkin.

Ayniqsa, hozirgi kunda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda bu mavzu e'tiborli hisoblanadi. Maktab o'quvchilari, o'smirlar orasida ijtimoiy fobiyani aniqlash, kelib chiqish sabablarini o'rganish uchun bir qancha metodikalardan foydalaniladi. Jumladan, Libovitz ijtimoiy fobiyani aniqlash shkalasi (LSAS) Kolumbiya universiteti va Nyu-York institutining psixiatr-tadqiqotchisi doktor Maykl Liebovitz tomonidan ishlab chiqilgan anketa bo'lib, bu o'lchov orqali ijtimoiy fobiya turli vaziyatlarda inson hayotida qanday rol o'ynashini baholash mumkin. Ushbu metodika o'zining aniqligi, ishonchliligi, ijtimoiy fobiya ko'rinishini daraialab ko'rsatib berish xususiyatlari bilan

ahamiyatlidir.

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

Bu metodikadan insonlarda ijtimoiy fobiya qanchalik darajada mavjud ekanligini belgilashda foydalanish mumkin.

Xalqaro miqyosda ijtimoiy fobiyani aniqlash darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladigan bu metodika ingliz tilidan tarjima qilindi va moslashtirildi. Undan O'zbekistondagi maktab o'quvchilaridagi ijtimoiy fobiya darajasini aniqlash uchun foydalanish mumkin.

Shkala 24 ta element va 2ta kichik o'lchovni o'z ichiga oladi. Birinchi kichik o'lchov 11ta elementdan iborat bo'lib, ijtimoiy munosabatlarni o'rganadi. Ikkinchi kichik o'lchov 13 ta elementdan iborat bo'lib, samaradorlikni o'rganadi. Umumiy ball qo'rquv va qochish xatti-harakatlari ballarini qo'shish orqali aniqlanadi.

O'lchovlarning ishonchliligi va haqiqiyligini tadqiqotchilar o'rtasida o'rganilib chiqilganda uning haqiqiyligi 0.96 ni tashkil qilgan. Korrelatsiya koeffisienti esa 0.83 ni tashkil etgan.

Quyida metodika matni batafsil keltirib o'tilgan.

Ko'rsatma. Har bir vaziyatni diqqat bilan o'qing va ushbu vaziyat bo'yicha ikkita savolga javob bering. Birinchi savol bu vaziyatda o'zingizni qanchalik tashvishli yoki qo'rquvli his qilayotganingizni so'raydi. Agar siz odatda boshdan kechirmaydigan vaziyatga duch kelsangiz, "agar siz shunday vaziyatga duch kelsangiz nima bo'ladi" deb tasavvur qilishingizni so'raymiz, so'ngra, bu faraziy vaziyatdan qay darajada qo'rqishingizni va qanchalik tez-tez qochishga moyilligingizni baholang1.

So'rovnoma matni: Qo'rquv: yo'q - 0, biroz - 1, o'rtacha - 2, kuchli darajada -

3

Qochish: hechqachon - 0, ba'zida - 1, tez-tez -2, odatda, har doim - 3

1. Jamoat joylarida telefondan foydalanganda nimani his qilasiz. Qo'rquv:

Qochish:

2. Maktabda o'tkazilgan biror tadbirda ishtirok etayotganingizda. Qo'rquv:

Qochish:

3. Jamoat joyida ovqatlanish. Qo'rquv: Qochish:

4. Biror joyda kim bilandir choy yoki qahva ichish. Qo'rquv: Qochish:

5. Maktab direktori bilan gaplashish to'g'ri kelganda. Qo'rquv:

Qochish:

6. Maktab sahnasida rol ijro etish, nutq so'zlash. Qo'rquv: Qochish:

7. Ziyofat, yig'ilishlarga borish. Qo'rquv: Qochish:

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

8. Biror kishining kuzatuvi ostida ish qilish. Qo'rquv: Qochish:

9. Biror kishi kuzatayotganda yozish. Qo'rquv: Qochish:

10. Siz unchalik yaxshi tanimaydigan kishiga telefon qilish. Qo'rquv: Qochish:

11. Siz unchalik yaxshi tanimaydigan kishi bilan yuzma yuz turib gaplashish.Qo'rquv: Qochish:

12. Begonalar bilan uchrashish. Qo'rquv: Qochish:

13. Jamoat xojatxonasiga kirish. Qo'rquv: Qochish:

14. Odamlar o'tirgan xonaga kirish. Qo'rquv: Qochish:

15. Hammaning diqqat e'tiborida bo'lish. Qo'rquv: Qochish:

16. Majlislarda gapirish. Qo'rquv: Qochish:

17. O'z qobiliyat, mahorat va bilimingiz darajasini testdan o'tkazish. Qo'rquv: Qochish:

18. O'zingiz yaxshi tanimagan kishiga nisbatan noroziligingizni ko'rsatish. Qo'rquv: Qochish:

19. Siz unchalik yaxshi tanimaydigan kishining ko'ziga tik qarash. Qo'rquv: Qochish:

20. Tayyorlangan nutqni omma orasida gapirish. Qo'rquv: Qochish:

21. Sevgi munosabatlarini boshlash maqsadida kim bilandir tanishishga urinish. Qo'rquv: Qochish:

22. Sotib olingan mahsulotni do'konga qaytarib olib borish.

23. Uyingizga mehmon chaqirish, ziyofat berish. Qo'rquv: Qochish:

24. Mahsulotini sizga astoydil maqtab turgan sotuvchiga rad javobini berib, xarid qilmay chiqib ketish. Qo'rquv: Qochish:

Natija: Qo'rquv: Qochish: Jamisi: Qo'rquv + qochish = Ballar shkalasi:

1. 0-29 Sizda ijtimoiy fobiya kuzatilmaydi.

2. 30-49 Sizda birozgina ijtimoiy fobiya bor.

3. 50-64 Sizdagi ijtimoiy fobiya darajasi o'rtacha.

4. 65-79 Ijtimoiy fobiya darajasi normadan yuqori.

5. 80-94 Sizda ijtimoiy fobiya ancha yuqori.

6. 95+ Ijtimoiy fobiya darajasi juda yuqori Metodikaning qanchalik samarali va ommabop ekanligini

aniqlash uchun o'smir yoshidagi maktab o'quvchilaridan 60 nafarida so'rovnoma o'tkazildi.

May 21

https://ares.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

M. Liebovitzning "Ijtimoiy fobiyani aniqlash" metodikasi bo'yicha quydagi miqdoriy va sifat tahliliy natijalari olindi. Quyida miqdoriy tahlil natijalar berib o'tiladi.

M. Liebovitzning "Ijtimoiy fobiyani aniqlash" metodikasi bo'yicha miqdoriy tahlil natijalari

№ Ijtimoiy fobiya darajasi O'quvchilar Foizda Qiz bolalar Foizda

1 Ijtimoiy fobiya y°'q 16 26.7% 2 3.3%

2 Biroz bor 14 23.3% 5 8.3%

3 Me'yorda 20 33.3% 16 26.7%

4 Me'yordan yuqori 5 8.3% 4 6.7%

5 Juda yuqori 5 8.4% 3 5%

Bu so'rovnoma 60 nafar (30 nafari qizlar) maktab o'quvchisida olindi. So'rovnoma natijasiga ko'ra, 16 nafar (26.7%, shundan 3.3% qiz bolalar ) o'quvchida ijtimoiy fobiya umuman aniqlanmadi. 14 nafarida (23.3%, shundan 8.3%i qiz bolalar) biroz ijtimoiy fobiya kuzatildi. 20 nafar (33.3%, shundan 26.7% qiz bolalar) o'quvchida esa ijtimoiy fobiya darajasi me'yorda ekan. 5 nafar (8.3%, shundan 6.7%i qiz bolalar) o'quvchida me'yordan biroz yuqori. Ijtimoiy fobiya darajasi o'ta yuqori o'quvchilar esa 5tani (8.4%, shundan 5%i qizlar) tashkil qildi. Demak, maktab o'quvchilarining 83% foizida ijtimoiy fobiya darajasi me'yorda yoki umuman kuzatilmaydi. 17% o'quvchilar esa ijtimoiy fobiyadan aziyat chekishadi.

Ijtimoiy fobiya hozirgi kunda dolzarb muammolardan bo'lib, uni bolalarda qanchalik erta aniqlab, bartaraf qilish choralari ko'rilsa, yoshlarning kelajakda duch kelishi mumkin bo'lgan muammolari shunchalik kamaygan bo'lar edi, ayni shu maqsadda yuqoridagi metodika ijtimoiy fobiya darajasini aniqlovchi metodika sifatida maktab psixologlari tomonidan foydalanilishi mumkin. Ushbu metodika bo'yicha maktab o'quvchilaridan so'rovnomalar olindi. Natijalar tahliliga ko'ra har o'nta boladan bittasida ijtimoiy fobiya darajasi me'yordan yuqori (ularning aksariyati qiz bolalar). Ijtimoiy fobiyaning me'yordan yuqoriligi o'quvchilarning maktabda bilim olish, shaxslararo munosabat faoliyati, ustozlari bilan bo'ladigan muloqot jarayoniga kirishuviga ta'sir o'tkazadi.

REFERENCES

1. Maria Tillfors (2001). Social phobia.

https://ares.uz/

May 21

Republican Scientific and Practical Conference

209

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-206-210

2. Cooper, P. J., & Eke, M. (1999). Childhood shyness and maternal social phobia: A community study. British Journal of Psychiatry, 243 p.

3. Daniels, D., & Plomin, R. (1985). Origins of individual differences in infant shyness. Developmental psychology, 121 p.

4. Bruch, M. A., & Heimberg, R. G. (1994). Differences in perception of parental and personal characteristics between generalized and nongeneralized social phobics. Journal of Anxiety Disorders, 368 p.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.