Научная статья на тему 'O’QUVCHI-YOSHLARNING ESTETIK DIDI VA MUSHOHADAKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA’LIMI OLDIDAGI MUAMMOLAR'

O’QUVCHI-YOSHLARNING ESTETIK DIDI VA MUSHOHADAKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA’LIMI OLDIDAGI MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
202
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / musiqa / estetika / musiqiy estetika / odob / axloq / milliy g’urur / milliy tafakkur. / education / teaching / music / aesthetics / musical aesthetics / morality / national pride / national consciousness.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mo’Minova Mehrixon, Qahhorova Xurshida

Maqolada o’quvchi-yoshlarda milliy g’urur va milliy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishda musiqiy-estetik tarbiyaning o’rni va ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHALLENGES BEFORE MUSIC EDUCATION IN THE FORMATION OF AESTHETIC VIEWS AND OBJECTIVE QUALITIES OF STUDENTS

There is described in the article the role and importance of musical aesthetic education in the formation and development of national pride and national thinking.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHI-YOSHLARNING ESTETIK DIDI VA MUSHOHADAKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA’LIMI OLDIDAGI MUAMMOLAR»

O'QUVCHI-YOSHLARNING ESTETIK DIDI VA MUSHOHADAKORLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA'LIMI OLDIDAGI

MUAMMOLAR Mo'minova Mehrixon Qahhorova Xurshida Farg'ona davlat universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchilari https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6574747 Annotatsiya. Maqolada o'quvchi-yoshlarda milliy g'urur va milliy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishda musiqiy-estetik tarbiyaning o'rni va ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Tayanch so'zlar: ta'lim, tarbiya, musiqa, estetika, musiqiy estetika, odob, axloq, milliy g'urur, milliy tafakkur.

ЗАДАЧИ ПЕРЕД МУЗЫКАЛЬНЫМ ОБРАЗОВАНИЕМ В ФОРМИРОВАНИИ ЭСТЕТИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДОВ И ОБЪЕКТИВНЫХ

КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ Аннотация. В статье описываюця роль и значение музыкального эстетического воспитания в формировании и развитии национальной гордости и национального мышления у учащейся молодёжи.

Ключевые слова: образование, преподавание, музыка, эстетика, музыкальная эстетика, нравственность, национальная гордость, национальное сознание.

CHALLENGES BEFORE MUSIC EDUCATION IN THE FORMATION OF AESTHETIC VIEWS AND OBJECTIVE QUALITIES OF STUDENTS Annotation. There is described in the article the role and importance of musical aesthetic education in the formation and development of national pride and national thinking.

Keywords: education, teaching, music, aesthetics, musical aesthetics, morality, national pride, national consciousness.

Kirish. Xalqimiz asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to'pladi, uni takomillashtirdi va ijtimoiy hayotida turli vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasi sifatida xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al-Farobiy «Bu fan tanning sog'ligi

uchun foydalidir» degan edi, bobomiz Shayx Sa'diy esa «Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir», deb ta'kidlaydi[1].

O'quvchi-yoshlarda milliy g'urur va milliy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish insonning o'z-o'zini anglashidan boshlanadi. O'zlikni anglash esa butun borliq, hayot va adabiyotning tub mohiyatini anglashga yo'l ochadi. Bundan ko'rinadiki, milliy g'urur o'z yurtining tarixini bilish, xalqining madaniy merosini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazish orqali milliy qadriyatlarni tiklash, shu yo'l bilan millat va vatan taraqqiyotiga xizmat qilishni anglatadi. Bizning eng katta yutug'imiz o'z boyligimiz, o'zligimizga ega bo'lganimizdir. Binobarin, yoshlarga ushbu boyliklarning qadriga yetish zarurligini o'rgatishimiz, ularda minnatdorchilik, g'urur, ishonch tuyg'ularini tarbiyalashimiz kerak bo'ladi.

Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» kitobida Amir Temur davrida o'tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to'xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g'azal un aqsh aytur erdilar. Va turku mo'g'ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o'zrasmi bilan nag'maay turerdi», degan ma'lumotlarni keltiradi»[2,140].

Tadqiqot metodologiyasi. Bugungi kunda umum ta'lim maktablarida olib borilayotgan «Musiqa madaniyati» darslarining mazmun va mohiyati zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslanganligi davr talabidir. «Musiqa madaniyati» fani o'quvchilarning ma'naviy va madaniy dunyosini har tomonlama takomillashtirib, ularda olijanob fazilatlarni kamol topishida ta'sirchan vosita bo'lib xizmat qiladi. O'quvchilarni doimo go'zallikka intilib va kundalik hayotida ana shu go'zallik qoidalariga amal qilib yashashga o'rgatish nafosat tarbiyasini amaliy belgilaridan biridir. «Musiqa madaniyati» fanining Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi[3]asosida o'quvchilarni respublikada faoliyat olib borayotgan bolalarning ijodiy guruhlari faoliyati bilan tanishtirish ularga ham ijodkorlik, kuzatuvchanlik, musiqiy did, musiqiy madaniyat, tashabbuskorlikni shakllantirish, taassurot olamini boyitish, tafakkur ko'lamini kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarni bolalar guruhlari faoliyati bilan tanishtirish barobarida ularga guruhlarning qo'shiq repertuarlari, bolalar guruhlari uchun yozilgan qo'shiq bastakorlari, yozuvchilar haqida ma'lumotlar o'rgatiladi. Bular ularda kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodini mustahkamlashga xizmat qiladi. Musiqa ta'limi sohasida S.Begmatov, D.Karimova, Q.Mamirovlar tomonidan tayyorlangan umum ta'lim maktablari uchun 6-sinf musiqa darsligi[4,35]da bolalar guruhlari va birinchi «Paxtaoy» vokal cholg'u ansambli faoliyati haqida bir qator ma'lumotlar keltirilgan. Bolalar guruhlari haqida

alohida o'quv-metodik qo'llanma, ilmiy uslubiy va tadqiqot ishlari qilinmagan. Musiqa pedagogikasi va musiqa metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy tadqiqot ishlarini ko'zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, musiqamadaniyati darslarida birinchi bolalar ansambllari faoliyati bilan tanishtirish, ularning repertuarlarini tahlil qilish muammosi kam o'rganilgan.

Jumladan, mazkur muammolar qatorida:

• umum ta'lim maktablarida «Musiqa madaniyati» darslarini bolalar guruhlari faoliyatidan foydalangan holda tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini o'rganish hamda ularni amalga oshirish va ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

• umum ta'lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida bolalar guruhlari faoliyati bilan tanishtirishning pedagogik shart-sharoitlarinio'rganish;

• musiqa darslarida bolalar guruhlari faoliyatini o'rganishni tashkil etish bo'yicha to'plangan tajribalarni tahlil qilish;

• umum ta'lim maktablari musiqa o'qituvchilari, musiqa pedagogikasi bo'yicha yirik pedagog-olimlarning ilmiy-nazariy tadqiqotlarini qiyoslash;

• musiqiy ta'lim bo'yicha zarur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish uslublarini aniqlash.

Albatta, mazkur g'oyalar musiqa darslarining sifat va samaradorligini oshirishda, bolalar guruhlari faoliyatidan foydalanishda barcha shart-sharoitlardan foydalaniladi. Umuman olganda, umum-ta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan musiqa o'qituvchilarida darslarni birinchi bolalar guruhlari faoliyati bilan tanishtirish bo'yicha ilmiy uslubiy manbadan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Umuman, amalda estetik tarbiya vazifalarining to'la-to'kis bajarilishi o'quvchilarda tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko'ra bilish, intiluvchanlik, orzu qila bilishlikka fazilatlarni shakllantiradi. Aqlan yetuk, jismonan sog', axloqan pok, milliy mas'uliyat tuyg'usini anglatadigan o'quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazgan jamiyat barqaror rivojlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib shuni aytish kerakki, yosh avlodning har tomonlama yetuk shaxs qilib yetilishida musiqa madaniyati darslarida o'tiladigan qo'shiqlar, kuylar, musiqa tinglash jarayonida audio yozuvda bastakorlik asarlarining betakror namunalari, musiqa san'atining imkoniyatlari juda kengligidan dalolat beradi.

Musiqiy ta'lim jarayonida o'quvchilarda musiqa san'atiga nisbatan qiziqish va havasning ortib borishi, musiqa mashg'ulotlari asosida ularda hissiyot, idrok tarbiyasining

o'sib borishi, qo'shiqlarni xush ohang kuylash, musiqani ishtiyoq bilan tinglash, asarlarni tahlil qilish orqali musiqadagi xushsozlik, xushovozlik, ya'ni go'zallikni sezadi. Shuni ta'kidlash joizki, musiqiy ta'limning asosiy maqsadi - o'quvchi yoshlarimizning nafosat, didlarini badiiy asarlar orqali shakllantirishdir. Keyingi kuzatuvlar shundan dalolat bermoqdaki, ko'pchilik yoshlarimiz nafosat, did haqida yetarli ma'lumotlarga ega emaslar. Ushbu masalalarni hayotga tatbiq etishda nafosat tarbiyasi katta o'rin egallaydi.

Didsizlik kishining voqelikka bo'lgan ijobiy munosabatini buzib yuboradi. Natijada u nafosatga loqayd qaray boshlaydi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did, idrok-farosatlilik mehnat, ishlab chiqarish, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Ba'zan hayotda past didli, ma'naviy qashshoq kishilarni ham uchratib qolamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta xatti-harakatlar qiladilar, o'zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, maza-matrasiz, shovqin-surondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot tashvishlariga beparvo loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo'lasiz.

Tadqiqot natijalari. Donolardan biri go'zallik axloq-odobning tug'ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, bu juda to'g'ri ta'rif. Odatda odob va nafosat tarbiyasi chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odob, chiroyli hatti-harakat, go'zal munosabat va hayot, kelajak, insonlar, tabiatga muhabbatda ko'rinadi.

Xalqimiz «Kamtarlik ham husn», deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi.Bu xislat kishilarning eng go'zal, eng chiroyli sifatidir. «Kishining chiroyi yuzida», deydi xalqimiz. Bu go'zal tabassum kishilarga misoli quyosh bo'lib qalblarga iliq nur taratadi. Kishi biror asarni o'qib, chehrasi yorishib ketadi.Yoki yoqimli biror kuy, ashula tinglasa, boshi mayin tebranadi, biror go'zal rasm, manzarali tasvirga boqib, undan ko'z uzolmay qoladi, qalbi quvonchlarga to'ladi.

Musiqa darslarida o'qituvchi o'z oldiga o'quvchilarda musiqiy-estetik madaniyatni shakllantirishni maqsad qilib qo'ysa, u holda quyidagi asosiy xulosalarni bayon etish lozim bo'ladi.

Yuksak badiiy didni tarbiyalashda san'atning hamma turlari muhim va ularning har biri o'z xususiyati va imkoniyatiga ega. Mamlakatimiz maktablarida estetik tarbiyani amalga oshirish o'quvchilarda yuksak estetik badiiy didni shakllantirish uchun zaruriy zaminni hozirlab berish va yoshlarga san'at asarlarining estetik mohiyatini singdirishning

muhim tarmog'idir. Shu munosabat bilan maktabda musiqa tarbiyasini amalga oshirishda o'quvchilarning musiqaviy ma'lumotlariga alohida e'tibor berish, ularni dastur talablariga muvofiq musiqaviy bilim bilan qurollantirish, musiqa haqida bilim, ma'lumotlarni puxta o'zlashtirishlariga erishish eng muhim vazifalardandir.

Muhokama. Badiiy did tarbiyasining asosi ham maktabda dars jarayoni, o'quv mashg'ulotlari vaqtida vujudga keladi. Xo'sh, hozirgi maktablarimizda o'quvchilarning badiiy didlari biz xohlagandek shakllanayotganmikan?Savol tariqasida shularni aniqlash mumkinki, ko'pchilik o'quvchilarimizda g'arb musiqasiga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ularni maktab dasturidagi qo'shiqlar borgan sari qiziq tirmay qo'ymoqda. Hatto ulardan «qanday kuy va qo'shiqlarni yoqtirasizlar?» deb so'ralsa, albatta g'arb davlatlaridagi hozirgi mashhur qo'shiqlarni misol tariqasida keltiradilar. Ularning bu darajada g'arb davlatlari madaniyatiga ixlos qo'yishlari natijasida badiiy didlari ham shunga moslashib borishi ommalashmoqda.

Buni ba'zi o'quvchilarning tashqi ko'rinishlari ham isbotlab turibdi. Biz esa mak-tablarimiz qat'iy suratda, faqat ta'lim maktabi emas, balki estetik maktab bo'lishiga intilamiz. O'quvchilarda estetik didni tarbiyalashda maktabning butun hayoti barobar qatnashsada, musiqa darsining alohida ahamiyati bor. Ya'ni musiqa darsi badiiy borada eng mas'uliyatli vazifa musiqa o'qituvchilariga topshiriladi .Badiiy did tarbiyasini 1-sinf musiqa darslaridanoq boshlash har bir musiqa o'qituvchisining vazifasidir va bu «temir qoida» doimiy saqlanib qoladi.

Nafosat tarbiyasining asosi oiladan boshlanadi, go'daklik davridan vaqtida ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya etish, uyda ozodalik, saranjom-sarishtalik, oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro hurmat, qadr-qimmat bola qalbida o'chmas iz qoldiradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.Begmatov S. Musiqa. 6-sinf uchundarslik.Qaytaishlangan 6-nashri. - T.: 2017. -35-

b.

2.KarimovaD.A. Musiqiypedagogikmahoratasoslari. - T.: «Iqtisod-moliya», 2008. -80-98-b.

3.CathrineSadolin. Complete vocal technique. 2012. 274 rage. 58-69. www.sompletevocalinstitute.com.

4. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

5. Madina Nasritdinova, Mansurova Nigora, & Durdona Murodova. (2022). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. Archive of Conferences, 44-48. Retrieved from https://www.conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/1888

6. .PanjievQ. Surxondaryoviloyatio'zbekxalqmusiqaijodi. Monografiya. - TDPU. 2016. -56-66-b.

7. Kambarav, A. A. (2020). ATTITUDE ТО SCIENTIFIC AND RELIGIOUS VALUES IN THE POSTMODERN WORLD AND ITS DIALECTICAL FOUNDATIONS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(9), 158-165.

8. Toshaliev, D. (2021). A BRIEF PHILOSOPHICAL-SCIENTIFIC ANALYSIS OF MAKOMS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 91-95.

9. Qurbonova, B. (2017). FINE ARTS ROLE IN DEVELOPMENT SPIRITUAL МИРОВОЗРЕНИЯ PERSONS. УЧЕНЫЙXXIВЕКА, (2-3), 50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.