Научная статья на тему 'O‘QITUVCHI MUOMALA VA SUBYEKTI SIFATIDA'

O‘QITUVCHI MUOMALA VA SUBYEKTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik / fikr almashinuvi / qobiliyatlar / o‘quvchilarning fe’l-atvori / persetiv. / pedagogic / exchange of ideas / abilities / character of students / persective.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Karimov T.X.

Ushbu maqola O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini, ular muhitidagi o‘zaro munosabatlarni, o‘zining ular bilan o‘zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo‘lsa, huddi shunday idrok etish va ko‘rish mahoratini, ya’ni ta’lim tarbiya jarayonida ro‘y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TEACHER AS BEHAVIOR AND SUBJECT

This article teaches the ability of the teacher to perceive and see his students, the interactions in their environment, his interactions with them as they are at the present moment, i.e. Education is about constantly improving the ability to perceive things from the inside during the education process.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHI MUOMALA VA SUBYEKTI SIFATIDA»

Karimov T.X.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o 'qituvchisi

O'QITUVCHI MUOMALA VA SUBYEKTI SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqola O 'qituvchi o'z o'quvchilarini, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo 'lsa, huddi shunday idrok etish va ko 'rish mahoratini, ya 'ni ta'lim - tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi haqida.

Kalit so 'zlar: pedagogik, fikr almashinuvi, qobiliyatlar, o 'quvchilarning fe'l-atvori, persetiv.

Karimov T.Kh. teacher

Department of Information Technologies Samarkand Institute of Economics and Service

THE TEACHER AS BEHAVIOR AND SUBJECT

Abstract. This article teaches the ability of the teacher to perceive and see his students, the interactions in their environment, his interactions with them as they are at the present moment, i.e. Education is about constantly improving the ability to perceive things from the inside during the education process.

Key words: pedagogic, exchange of ideas, abilities, character of students, persective.

O'qituvchining bolalar bilan muomalasi muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unda pedagogik qobiliyagning mavjudligiga va pedagoglik nazokati (odobi) ni egallaganiga bog'liq bbo'ladi. Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o'qituvchi vazifasida bolalarni o'qitish va bolalarga ta'lim berishda yuksak natijalarni qo'lga kiritishning sharti hhisoblanadi. Ma'lumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi rol o'ynaydi. Pedagogik faoliyatda shaxsning o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari yetakchi rol o'ynaydi. Birinchi navbatda persetiv, ya'ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog'i ko'zatuvchanlikdir) yetakchi rol o'ynaydi, o'qituvchiga o'quvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman sinf kollektivining ahvoliga va xususan mazkur pedagogik vaziyatdagi ahvoliga to'g'ri baho berish imkonini beradi.

O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiyaga, ya'ni o'quvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan muhabbatdir. Nihoyat, o'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlarining uchinchi tarkibiy qismi deb ijtimoiy o'zaro harakatga bo'lgan yuksak rivojlangan ihtiyojni hisoblash mumkin, u bilimlarni boshqalarga berishga, bolalar bilan muomala qilishga intilishda, bolalar jamoasini tashkil etish istagida namoyon bo'ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'quvchilarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir o'quvchiga ta'sir ko'rsatish quroliga aylanishida, har bir o'quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishda namoyon bo'ladi.

O'qituvchida ijtimoiy o'zaro harakatga bo'lgan ehtiyojni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti bo'lib, unda mavjud bo'lgan pedagogik nazokat maydonga cchiqadi. Endi pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini qarab chiqamiz. Bu avvalo, aql-idrokning muayyan xislatlari: xozirjavoblik, tanqid ko'z bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir. O'qituvchining nutqi: notiqlik qobiliyatining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyagiga ega bo'lish (hayol, fantaziya ishlata bilish) ham o'quvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol oo'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar - faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishining shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarning aniq maqsadini ko'zlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom haqiqiy narsa ekanligini ko'rsatmoqda. Masalan, shaxs perseptiv xususiyatlarining eng muhim elementi bo'lgan ko'zatuvchanlik o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g'ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O'qituvchi o'zining sosial-psixologik ko'zatuvchanligini, ya'ni o'quvchilarda turli harakter xususiyatlari va mayllarni payqab olish qobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish sabablarini bilib olish, ularga bu sabablarning paydo bo'lish vaziyatiga muvofik baho berish mahoratini va hokazolarni rivojlantirishga qqodirdir.

O'qituvchi o'z o'quvchilarini, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lsa, huddi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya'ni ta'lim - tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim. Bu esa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Bu narsa shunga olib kelishi mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan hodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan normalar va tasavvurlar asosida an'anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror faktni o'tkazib yubormaslik uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Lekin bu

yo'nalishning o'zi ayrim hollarda oldindan yanglish fikrga olib kelishi va ko'rgan narsalarini o'zi kutgan narsalar ruhida talqin etishga majbur qilishi mmumkin.

Pedagogik vaziyatlar tez-tez o'zgarib turadigan sharoitda o'qituvchining vazifasi ro'y bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g'ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan to'g'ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarning hatti - harakatlarini faqat to'g'ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr- toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishish mumkin. Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur sshartidir.

O'qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning fe'l-atvori, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini, turli vokealarga, muammolarga va hokazolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi hamdir. o'qituvchining o'quvchilar bilan bo'ladigan kichik ihtiloflariga barham beradi, unga o'quvchilar bilan bo'ladigan kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuviga yordam beradi.

Endi o'qituvchilarning o'quvchilar bilan muomalasi sohasida namoyon bo'ladigan ayrim bir qolipdagi fikrlarni qarab chiqamiz. Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o'quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ular pedagogning g'ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi va hokazo. Shuning uchun ham o'qituvchida tegishli bir qolipdagi fikrlarning muayyan sistemasi bo'lishi muhimdir, shu tufayli u ko'p hollarda deyarli avtomatik ravishda ta'sirlarga javob bera oladi. Gap birinchi navbatda o'qituvchida hosil bo'lgan shunday fikrlar, chunonchi o'quvchilar bilan albatta xushmuomalada bo'lish, o'quvchi shaxsiga izchil yondoshuvning yuqori darajasini o'zining birorta ham o'quvchisi yomon bo'lishi, buning ustiga ishonchsiz bo'lishi mumkin emasligiga ishonch bilan qo'shilib ketishi va hokazolar haqida boradi.

O'quvchilarning yosh xususiyatlari to'g'risidagi bir xil tasavvur ham o'qituvchiga halaqit berishi mumkin. O'quvchi falon yoshda faqat falon tarzda bo'ladi va o'zini falon tarzda tutadi, deb hisoblab, o'qituvchi bolalarning ko'pgina individual xususiyatlarini normadan chekinish deb hisoblashi va ularni ana shu normaga keltirishga harakat qilishi mumkin. Tabiiyki, bu noto'g'ri va zararli. Lekin boshqa shunday fikr ham uchraydiki, bunda o'qituvchi yosh xususiyatlarini inkor etib, haqiqatda o'z o'quvchi xulq - atvori bilan kattalarga o'xshagan bo'lishga harakat qiladi. Ayni vaqtda shu narsa aniqki, har bir yoshda o'qituvchining nuqtai nazaridan u voyaga yetkazishi lozim bo'lgan shaxs qiyofasi uchun yaroqsiz bo'lgan, lekin bu yosh uchun mutlaqo tabiiy ko'rinishlar ham bo'ladi. Bu ko'rinishlarning juda ko'plari keyinchalik o'qituvchining aralashuvisiz yo'q bo'lib ketadi.

Agar o'qituvchi o'quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo'ladi) pedagogik ta'sir ko'rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o'quvchilar bilan muomala

sohasida o'qituvchining asosiy yo'l- yo'rig'idan iborat bo'lib, u o'quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga monand bo'ladi. Tarbiyaning mavjud tajribasini tahlil qilish, tajriba sinov ishi o'quvchilarning yoshiga muvofiq ravishda o'qituvchi holati (tutgan yo'li) ning o'zgarish mezonini aniqlashga imkon beradi.

Adabiyotlar:

1. Т.Х.Каримов. Технологическое И Социальное Предпринимательство. Министерство науки и высшего образования Российская Федерация ФГБОУ ВО «Удмуртский государственный университет» Институт экономики и управления технологическое и социальное предпринимательство. 24.11.2022 года Международной научно-практической конференции 3

2. Каримов Т.Х. Средства И Методы Инновационного Менеджмента Инновационными Стартапами. Министерство науки и высшего образования Российская Федерация ФГБОУ ВО «Удмуртский государственный университет» Институт экономики и управления технологическое и социальное предпринимательство. 21.11.2023 года Международной научно-практической конференции.

3. T. X. Karimov Improving Digital Platforms On The Public Procurement Market In The Modern Russian Economy. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:02 Issue:07|2023 www.bjisrd.com 11. T. X. Karimov Development Status and Prospects of Telemedicine Technologies BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2Issue:6|2023 www.bjisrd.com

4. T. X. Karimov Theoretical Aspect of Technologies of Teaching a Foreign Language as a Second Language. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume: 2Issue:6|2023 www.bjisrd.com

5. Karimov Tolmasbek Xolmo'min o'g'li BARMOQ IZI YORDAMIDA DAVOMATNI ANIQLASH TIZIMI. IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI, 2(1), 6-9. Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.