Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA INTRODUKTSIYA QILINGAN MANZARALI O‘SIMLIKLARNING BIZ BILMAGAN IMKONIYATLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA INTRODUKTSIYA QILINGAN MANZARALI O‘SIMLIKLARNING BIZ BILMAGAN IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
vinca major / Vinca minor / Catharanthus roseus / Taxus baccata / Taxusbrevifolia / rak kasalligi / taksol / vinkristin va vinblastin.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abdurasulov Shuxrat Ergashevich, Xo‘jayev Pirnazar Yunusovich

Ushbu maqolada introdutsent o‘simliklar Taxusbaccata,Catharanthus roseus va Vinka (Vinca major,Vinca minor) turkumi vakillarining kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishi qisman yoritilgan. Yuqoridagi o‘simliklardan Taxus baccata va vinka turkumi vakillari manzarali o‘simliklar sifatida O‘zbekistonga iqlimlashtirilgan va qizil kitobga kiritilganligi takidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA INTRODUKTSIYA QILINGAN MANZARALI O‘SIMLIKLARNING BIZ BILMAGAN IMKONIYATLARI»

O'BEKISTON RESPUBLIKASIGA INTRODUKTSIYA QILINGAN MANZARALI O'SIMLIKLARNING BIZ BILMAGAN IMKONIYATLARI

1Abdurasulov Shuxrat Ergashevich, 2Xo'jayev Pirnazar Yunusovich

1,2Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.13953907

Annotatsiya. Ushbu maqolada introdutsent o'simliklar - Taxusbaccata,Catharanthus roseus va Vinka (Vinca major,Vinca minor) turkumi vakillarining kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari, o'sishi va rivojlanishi qisman yoritilgan. Yuqoridagi o'simliklardan Taxus baccata va vinka turkumi vakillari manzarali o'simliklar sifatida O'zbekistonga iqlimlashtirilgan va qizil kitobga kiritilganligi takidlanadi.

Kalit so'zlar: vinca major, Vinca minor, Catharanthus roseus, Taxus baccata, Taxusbrevifolia, rak kasalligi, taksol, vinkristin va vinblastin.

Аннотация. Скрытые свойства декоративных растений В настоящей статье коротко освещены химические составы, лечебные свойства, рост и развитие представитетлей разновидных интродукцированных растений:Vinca major, Vinca minor, Catharanthus roseus,Taхus baccata, Taхusbrevifolia. Из них представители разновидностейTaxus baccataи Vinca адаптированы в качестве декоративных растенийна условие Узбекситана и включеныв красную книгу.

Ключевые слова: барвинок большой, Барвинок малый, Катарантус розовый, Taxus baccata, Taxusbrevifolia, рак, таксол, винкристин и винбластин.

Annotation. Hidden propertice ofthe decorative plants The chemical composition, medicinal properties, growth and development of the representatives ofintroduced plant diversities : Vinca major, Vinca minor, Catharanthus roseus, Taхus baccata, Taхusbrevifolia.havebcenbricflyenligh tened inthis paper. From themTaхus baccataand Vinca as the quality of decorative plants were adopted in the conditions of Uzbekistan and inceudedinto Red Book.

Keywords: vinca major, Vinca minor, Catharanthus roseus, Taxus baccata, Taxusbrevifolia, cancer, taxol, vincristine and vinblastine.

Kirish

Mamlakatimiz florasida biz bilan birga ko'plab yashil do'stlarimiz yashaydi. Biz ularni manzarali sun'iy landshaftning bir qismi deb qabul qilamiz. Lekin ular ichida nafaqat manzarali balki dorivorlik xususiyatiga ega bo'lganlari ham uchraydi.

Atrofimizda biz bilan birga juda ko'plab yashil do'stlarimiz tarqalgan. Insoniyat bunday yashil borliqni manzarali sun'iy landshaftning bir qismi deb qabul qiladi. Ammo ular ichida nafaqat manzarali balki dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan turlari ham uchraydi. Floramizdagi shunday o'simliklar jumlasiga Vinka mayor L.,Catharanthus roseus, Taxus baccata, Taxusbrevifoliakabi turlarni misol qilish mumkin.

Vinka mayor L. sudralib o'suvchi o't o'simlik bolib, ipsimon poyasi ovalsimon shaklli yirik barglar bilan

qoplangan. Vatani Kavkaz va Qrim hisoblanadi. Bu o'simlikni sariq va yaltiroq bargli navlari mavjud. May oyida gullaydi. Och ko'k rangli gullari yirik bo'lib, diametri 5 sm gacha bo'ladi.

Vinca minor L. Qrim va Evropaning janubi-sharqiy qismida tarqalgan. Ko'p yillik er ustki poyalari sudraluvchi bo'lib, uzunligi 90 sm gacha bo'ladi. To'q yashil rangli barglari yaltiroq tusli bo'lib, ovalsimon shaklda, poya bo'g'imlarida qarama-qarshi joylashgan. Havorang gullari voronkasimon shaklda bo'lib, diametri 2,5 - 3 sm gacha. May oyida gullaydi. Mevasi bargak meva bo'lib, kam miqdorda urug' hosil qiladi. Sovuqqa chidamli bo'lib, erta bahordan o'sishni boshlaydi. O'simliklar tez o'sib er ustki qismida yashil gilam ko'rinishidagi to'shama hosil qilib o'sadi. Oq yo'lli chiziqlar bilan bezalgan bargli navi bo'lib, gullari oq yoki pushti rangli bo'ladi. Erta bahorda ikki bo'g'im kurtakli uzun novdalardan tayyorlangan qalamchalari orqali ko'paytiriladi. Yarim soya ya'ni 15000 lk dan 5000 lk gacha yoritilgan sharoitda yaxshi o'sadi. Ochiq maydonlarda o'sishi tezlashadi, lekin barglari kichik va qalin ko'rinishga o'tadi. Soya muhitda ya'ni 1000 lk dan kamyoritilgan sharoitda juda sekin rivojlanadi va kam gullaydi.

Vinka (Vinca major,Vinca minor) turkumi vakillari gulining tarkibida bir qancha alkoloidlar bo'lib, bu moddalar ham rak kasalliklariga qarshi yaxshi effekt beradi.

Catharanthus roseus gullari tarkibida ham limfoblastik leykemiyaga davo bo'luvchi vinkristin va vinblastin moddasi mavjud. Vinkristin va vinblastin bolalar leykemiyasida samarali foyda berganligi kuzatilgan. Bu moddalar qondagi leykotsitlar miqdorini kamaytirgan. Vinblastin bilan 80% tuxumdon rakini davolashganligi aniqlanilgan. AQSH ning Texas shtatida bu o'simlikning quritilgan gullari yiliga 8 ming kg tayyorlanadi.

Evropa tissi yoki rezavor tissning (Taxus baccata) Vatani Evropa, Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo, Qrim va Kavkaz hisoblanadi. Doimiy yashil va uzoq yashovchi bu o'simlikni 4000 yildan ham ortiq yashashi aniqlangan. Tirik yodgorlik sifatida Oksford universitetining botanika bog'ida 1650 yilda ekilgan Taxus baccata hozirgacha o'sib turibdi. Taxus baccata qadimdan o'zining zaharliligi bilan mashhur bolgan. Sezar bu o'simlik bilan sigirlarni va odamlarni zaharlanganligini kuzatgan. O'ta manzarali va noyob bo'lgan o'simlikning daraxt po'stlog-'i tarkibida taksol (taxol) moddasi bo'lib, uning ta'sirida hujayraning notabiiy bolinishi to'xtaydi. Olimlarning aniqlashicha, 60 yoshli daraxtdan bitta kasal odamni davolashga etadigan taksol moddasini olish mumkin. Shuning uchun AQSH da bu o'simlikni o'rganish uchun ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilib, laboratoriya sharoitida ko'paytirish usullari ishlab chiqilgan. Lekinbunday sharoitda (probirkada) ko'paytirilgan o'simliklar tarkibida juda kam miqdorda taksol saqlaydi.

Hozirgi vaqtda manzarali o'simliklar sifatida Taxus baccata va Vinka (Vinca major, Vinca minor) turkumi vakillari O'zbekistonda iqlimlashtirilgan. Taxus baccata o'simligining bioekologiyasi va ko'paytirish usullari b.f.n. N.I.Shtonda va prof. L.X.Yoziev tomonidan chuqur o'rganilgan. Taxus baccata Taxaceae oilasining vakili bo'lib, «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob

o'simliklardan biri sanaladi.Vatani Belorussiya, Ukraina, Qrim va Kavkaz hisoblanadi. Tabiiy sharoitida 32 metr balandlikkacha o'sadi. YOg'ochligi qizg'ish-qo'ng'ir rangli, qattiq, hasharotlar va zamburug'larning ta'siriga nisbatan chidamlibo'lib, mebel ishlab chiqarishda qimmatbaho yog'och hisoblanadi. Hamma ochiq urug'lilar singari sekin o'sadi. Daraxtning hamma qismi zaharli. Taxus baccatasekin o'ssada,soya joyda yaxshi rivojlanadi, lekin maxsus ishlov talab qiladi. Ayniqsa, tuproq tarkibida gumus va namlik etarli bo'lishi kerak. Urug'i va qalamchalari yordamida ko'payadi. Parxish yo'li bilan ham ko'paytirish mumkin.

Yuqoridagi kabi noyob o'simliklarning yashirin imkoniyatlari ya'ni dorivorlik xususiyatlari ochilar ekan rak kabi be'davo hisoblangan kasalliklar poliomielit yoki chechak kabi kam uchraydigan kasalliklarga davo aylaydi deb umid qilamiz.

Tadqiqot metodlari: laboratoriya, biokimyoviy, morfologik.

Olingan natijalar: O'zbekiston sharoitida Vinca major, Vinca minor, Catharanthus roseus,Taxus baccatakabi turlar juda yaxshi iqlimlashgan bolib, bu introdutsent turlarning biokimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyati adabiy manbalar asosida o'rganildi. Bu noyob introdutsentlar farmatsevtikada muhim ahamiyatga ega. Xulosalar

1. O'zbekiston sharoitida Taxus baccata va Vinka (Vinca major,Vinca minor) turkumi vakillari ijobiy iqlimlashtirilgan.

2. Vinca major,Vinca minor vakillarining vegetatsiyasi tabiiy muhitiga nisbatan erta boshlanadi.

3. Bunday turlarni biologiyasini o'rganish kelajakda farmatsevtika sanoati uchun istiqbollidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. The hidden power of plants. / The Garden.Journal of the royal horticultural society. Volume 121, part 5, may 1996 £ 2.50. p. 262-264.

2. Biologiya/Ensiklopediya:Nauch. izd., Moskva, 2003.

3. Hamidov A., Nabiev M., Odilov T. O'zbekiston o'simliklar aniqlagichi. -T.:0'qituvchi, 1987.

4. Xolmatov X.X., Qosimov A.I. Ruscha-latincha o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'ati. -T.:Ibn Sino, 1992.

5. Xojimetov K.X., Xojimetov O.K., Sobirov U.A. Sbornik pravil polzovaniya ob'ektami lekaristvennbix, pishevbix i texnichiskix rasteniy. Tashkent: "Yangi asr avlodi" 2009. - 171 s.

6. M.Nabiyev. Shifobaxsh giyohlar. Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1980-yil

7. S.M.Mustafoyev. Botanika. Toshkent: "O'zbekiston" 2002

8. M.Nabiyev, V.Shalnev, A.Ibrohimov Shifobaxsh ne'matlar Toshkent, "Meditsina" nashriyoti 1989-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.