Научная статья на тему 'NOGIRONLIGI BOR BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH BORASIDAGI NAZARIY YONDASHUVLARNING TAHLILI'

NOGIRONLIGI BOR BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH BORASIDAGI NAZARIY YONDASHUVLARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

284
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inklyuziya / inklyuziv ta'lim / falsafiy yondashuv / tarixiypedagogik / tarixiy-qiyosiy / sivilizatsiya / hamkorlik pedagogikasi / ijtimoiy tarbiya. / инклюзия / инклюзивное образование / философский подход / историко-педагогический / историко-сравнительный / цивилизационный / кооперативная педагогика / социальное образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodira Bahodir Qizi Saidova

Inson dunyoga kelar ekan jamiyatning to‟laqonli a‟zosi sifatida yashab o‟tishga haqlidir. Biroq shunday vaziyatlar, lahzalar borki, ularni boshqarish, oldindan ogoh bo‟lish inson ixtiyoridan tashqarida bo‟ladi. Davlatimiz tomonidan maxsus ta‟limda o‟qitishni inklyuziv va integrallashtirilgan ta‟lim asosida olib borish ta‟lim siyosatidagi asosiy yo‟nalishlardan biri sifatida e‟tibor qaratilmoqda. Ta‟limda inklyuziv yondoshish nafaqat pedagogik, hissiy, psixologik jihatdan qulay, balki bu davlat uchun ham ancha arzon va samarali hisoblanadi. Mazkur maqolada nogironligi bor bo‟lgan bolalarni inklyuziv ta‟limga jalb qilishni samarali tashkil qilishda yordam beradigan nazariy yondashuvlar va ularning tahlili haqida so‟z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Когда человек рождается, он имеет право жить как полноправный член общества. Однако бывают ситуации и моменты, неподвластные человеческому контролю и предупреждению. Наше государство уделяет внимание обучению в специальном образовании на основе инклюзивного и интегрированного образования как одному из основных направлений образовательной политики. Инклюзивный подход к образованию не только педагогически, эмоционально, психологически удобен, но и намного дешевле и эффективнее для нашей страны. В данной статье рассказывается о теоретических подходах и их анализе, которые помогают эффективно организовать вовлечение детей с ОВЗ в инклюзивное образование

Текст научной работы на тему «NOGIRONLIGI BOR BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH BORASIDAGI NAZARIY YONDASHUVLARNING TAHLILI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-600-604

NOGIRONLIGI BOR BO'LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA'LIMGA JALB QILISH BORASIDAGI NAZARIY YONDASHUVLARNING TAHLILI

Inson dunyoga kelar ekan jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida yashab o'tishga haqlidir. Biroq shunday vaziyatlar, lahzalar borki, ularni boshqarish, oldindan ogoh bo'lish inson ixtiyoridan tashqarida bo'ladi. Davlatimiz tomonidan maxsus ta'limda o'qitishni inklyuziv va integrallashtirilgan ta'lim asosida olib borish ta'lim siyosatidagi asosiy yo'nalishlardan biri sifatida e'tibor qaratilmoqda. Ta'limda inklyuziv yondoshish nafaqat pedagogik, hissiy, psixologik jihatdan qulay, balki bu davlat uchun ham ancha arzon va samarali hisoblanadi. Mazkur maqolada nogironligi bor bo'lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilishni samarali tashkil qilishda yordam beradigan nazariy yondashuvlar va ularning tahlili haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Inklyuziya, inklyuziv ta'lim, falsafiy yondashuv, tarixiy-pedagogik, tarixiy-qiyosiy, sivilizatsiya, hamkorlik pedagogikasi, ijtimoiy tarbiya.

Когда человек рождается, он имеет право жить как полноправный член общества. Однако бывают ситуации и моменты, неподвластные человеческому контролю и предупреждению. Наше государство уделяет внимание обучению в специальном образовании на основе инклюзивного и интегрированного образования как одному из основных направлений образовательной политики. Инклюзивный подход к образованию не только педагогически, эмоционально, психологически удобен, но и намного дешевле и эффективнее для нашей страны. В данной статье рассказывается о теоретических подходах и их анализе, которые помогают эффективно организовать вовлечение детей с ОВЗ в инклюзивное образование.

Ключевые слова: инклюзия, инклюзивное образование, философский подход, историко-педагогический, историко-сравнительный, цивилизационный, кооперативная педагогика, социальное образование.

Nodira Bahodir qizi Saidova

O'zMU doktoranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-600-604

ABSTRACT

When a person is born, he has the right to live as a full-fledged member of society. However, there are situations and moments that are beyond human control and forewarning. Our state pays attention to teaching in special education on the basis of inclusive and integrated education as one of the main directions of education policy. An inclusive approach to education is not only pedagogically, emotionally, psychologically convenient, but also much cheaper and effective for this country. This article talks about theoretical approaches and their analysis that help to effectively organize the involvement of children with disabilities in inclusive education.

Keywords: Inclusion, inclusive education, philosophical approach, historical-pedagogical, historical-comparative, civilization, cooperative pedagogy, social education.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim tashkilotlariga jalb etishga bo'lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo'ladiki, ta'lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta'limga jalb etish, maxsus tashkilotlarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo'lganligi yoki moddiy mablag'ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o'z farzandini maxsus tashkilotga borishini xohlamasligi oqibatida qiynalayotgan ota-onlalarga ko'mak berish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to'laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir. Inklyuziv ta'lim masalasi 90-yillarning diqqat markazida bo'lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta'lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o'rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning ta'lim vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo'limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.

Respublikamizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimiz kelajagiga mustahkam poydevar qurishdan iborat. Bu poydevor sog'lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham yangi tahrirdagi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta'lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda o'z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy me'yoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolalar ta'lim-tarbiyasini ham qamrab olgan. Inklyuziv ta'lim nogiron bolalarni ta'lim jarayoniga

integratsiya qilish hamda umumta'lim maktablarini nogiron

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-600-604

bolala^a moslashtirishni ko'zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.

Inklyuziv ta'lim uchun falsafa uning rivojlanish asosidir. Bu pedagogika fanlari va ta'lim tizimini rivojlantirishga, shuningdek, falsafa rivojlanishining prinsiplari va texnikalaridan foydalanishning uslubiy asoslari, inklyuziv ta'limning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish jarayonida prinsiplar va texnikalardan foydalanish uchun umumiy g'oyalarni beradi. Falsafiy yondashuv inklyuziv ta'limni shakllantirish va rivojlantirishning tarixiy-pedagogik jarayonini imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish tizimini yaratishga hissa qo'shadigan ijtimoiy-pedagogik hodisa sifatida izohlashga imkon beradigan asosiy umumiy ilmiy yondashuvlardan foydalanishni ta'minlaydi. Ushbu nazariyaning namoyondalari J.P.Sartret, F. Nitsche, A. Kamyu, K. Yaspers hisoblanadi. Ular ta'limda insoniylik tamoyiliga tayanish va nogironligi bor bo'lgan bolalarni o'qitish va tartiyalash ham shu tamoyil asosida amalga oshirilishi tarafdoriari bo'lishgan. Falsafasiy yondashuvga ko'ra, ta'lim jaгayoni bolani keyinchalik hayotda o'z yo'lini topishi uchun tayyoriashga yo'naltiгilgan muhim bosqich hisoblanadi. Bu nogironligi bor bo'lgan bolalarni to'liq e^inlikda rivojlantirishni va ularga oddiy bola singari ta'lim olishni huquqini berishni o'z ichiga oladi. Falsafiy yondashuvning asosiy qoidalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Har bir shaxsning alohida o'rganilishi, uning "men"ini aniqlash;

2. Tashqi parametrlar va atrof-muhitdagi ijtimoiy qarashlar nogironligi bor bo'lgan bola rivojlanishida hech qanday ahamiyat bermaydi. Muhim rol, faqat shaxsning ichki olamining tuzilishidir;

3. Turii гivojlanish paгametгlaгiga ega bo'lgan insonning eгkin tanlovini ta'minlash;

4. Hayotning maqsadi muhim emas, faqat insonning mavjudligi uning ichki olami muhimdir;

5. Ta'lim jarayoni bolaga cheklangan imkoniyatdan qat'iy nazar o'z "men" ini bilishiga va hayotdan maqsadini aniqlashga yordam berishi kerak;

6. Ta'lim bola o'zini o'zi anglashi va o'z ustida ishlashiga qaratilgan;

7. Bola hayot go'zalligini tushunishi kerak. Rivojlanishda hech qanday og'ish unga undan zavqlanishiga to'sqinlik qilmasligi ke^. Faqatgina o'limdan qo^qish kerak;

8. Nogiron bolaning ijtimoiy moslashuvi ustuvor yo'nalishda turishi kerak;

9. Har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash o'quv dasturining asosidir.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-600-604

Tadqiqotda inklyuziv ta'limni shakllanishining tarixiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish uchun sharoit yaratadigan inklyuziv ta'lim tarixidagi tuzatish, maxsus va reabilitatsion pedagogikalarida keltirilgan uslubiy yondashuvlardan foydalaniladi. Bularga tarixiy, tarixiy-pedagogik, sivilizatsion va tarixiy-qiyosiy yondashuvlar kiradi.

Tarihiy yondashuv inklyuziv ta'limning rivojlanish jarayonini o'rganilayotgan jarayonning genezisini o'rganish asosida tahlil qilish, ta'lim va tarbiya jarayonida aniq tarixiy va ta'lim jarayonlari sharoitida shakllangan tarkibiy o'zgarishlarni va turli ko'rinishlarni aniqlashga imkon beradi.

Tarixiy-pedagogik yondashuv umumiy ta'lim tashkilotiga qo'shilish evolyutsiyasini, zamonaviy sharoitlarda inklyuziv ta'limni shakllantirish va rivojlantirishni, nogironligi bor bo'lgan bolalar uchun ta'lim tayyorgarligini yanada rivojlantirishning umumiy prognozini ishlab chiqishni ta'minlaydi.

Tarihiy-qiyosiy yondashuv davriylashtirish, ichki rekonstruksiya qilish, madaniy va tarixiy talqin qilish usullarini qo'llash orqali umumiy ta'limni rivojlantirishda inklyuziv ta'lim va ta'lim tizimlarining modellarini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirishga imkon beradi.

Sivilizatsion yondashuv bolalar nogironligining kelib chiqishi, mohiyati va mazmunini ochib berib, ta'limning jahon va mahalliy nazariyasi va amaliyotiga qo'shilish jarayoni to'g'risida har tomonlama va tizimli bilimlarni nazarda tutadi.

Inklyuziv ta'lim bolalarga nisbatan har qanday kamsitishlarni istisno qiladigan va barcha odamlarga teng munosabatda bo'lishni ta'minlaydigan, shu bilan birga maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bolalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadigan mafkuraga asoslanadi. Bizning davrimizda inklyuziv ta'lim haqiqatga aylanib, dunyoning barcha mamlakatlarida barqaror ravishda qamrab olinmoqda va jalb qilinmoqda. Ammo, shu bilan birga, intensiv ravishda amaliyotga kirib kelayotgan inklyuziv ta'lim, mavjud ta'lim tizimi uchun juda ko'p murakkab savollar va yangi vazifalar qo'yadi.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: Ozbekiston, 2020.

2. "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-4860, 13.10.2020 y).

3. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va

shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-600-604

bo'lishi kerak. - T.: O'zbekiston, 2017. 104 b. Sobirova D.G., Axundjanova S.A., Tadjiyeva S.X., Yuldasheva M.B. Nogironligi bor bo'lgan bolalarni o'qitishning muqobil shakllari kursi bo'yicha Xrestomatiya. -T.: "JAHON PRINT" 2012. 47-b.

4. Abduraximov, Q. A. (2015). Psychological peculiarity of intellectual activity. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 3(2), 54-60.

5. Сунсова A.C. К вопросу о методологических основах инклюзивного образования // Сборник материалов ИИ Международной научно-практической конференсии «Инклюзивнойе образованийе: практика, исследования, методология» / Отв. ред. С.В. Алехина. М., 2013. С. 90-95.

6. Petrovskiy A.V Umumiy psixologiya: Pedrovsky talabalari uchun qo'llanma. - m.: Ma'rifat, 2012. 465-b.

7. Шахноза Эркиновна Хамрокулова (2021). УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ЭКОЛОГИК ТАЪЛИМ-ТАРБИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (3), 379-384. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00413

8. Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56.

9. З. А. Абдуазимова (2022). ШАХС-ЭСТЕТИК ДИДИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ЭКО-ЭСТЕТИК МАДАНИЯТ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 110-114. doi: 10.24412/2181-13852022-2-110-114

10. Мухамеджанова, Л. А., Ермоченко, К. П., & Ивентьев, С. И. (2022). РОЛЬ ПРАВОВОЙ И НРАВСТВЕННОЙ КУЛЬТУРЫ В ВОСПИТАНИИ И ОБРАЗОВАНИИ МОЛОДЁЖИ. In Третьи международные теоретико-правовые чтения имени профессора НА Пьянова (pp. 48-59).

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.