Научная статья на тему 'NOANANAVIY ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH'

NOANANAVIY ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
15
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektr energiya / iste’molchi / uglevodorod xomashyo / Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Sulaymonova Maxmudaxon

Ma`lumki, elektr energetika sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini ushbu jabhadagi o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOANANAVIY ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH»

M»1"

Mm

V

*

h w

Kg

ISTON

i* -.■■■*.....aw...-.

I AXBOROTNOMASI

YANGI O'ZBEKI PEDAGOGLARI

1-II1D, i-H№ yi

NOANANAVIY ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH

Sulaymonova Maxmudaxon

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 08-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 15-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 18-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

elektr energiya, iste'molchi, uglevodorod xomashyo, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari.

ABSTRACT

Ma lumki, elektr energetika sohasi O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonini ushbu jabhadagi o'zgarishlar misolida ham ko'rish mumkin.

Bugungi kunda yurtimizda hosil qilinayotgan elektr energiyasining qariyb 95 foizi "O'zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi elektr stansiyalariga to'g'ri kelsa, 3 foizi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tasarrufidagi gidroelektr stansiyalar hamda yirik sanoat korxonalarining blok stansiyalaridan olinadi, qolgan 2 foizi Quyosh elektr stansiyalaridan olinadi. Xususan, yangi energetika quvvatlarini, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish borasida juda katta hajmdagi ishlar bajarilmoqda. Elektr energetika tizimida ishlab chiqarishni bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish, sohaga tashqi investitsiyalarni kengroq jalb qilish, iste'molchi va ta'minotchi munosabatlarini tartibga solish hamda sohaga doir boshqa dolzarb muammolarni hal etish maqsadida ko'plab vazifalar belgilab berilgan. Tarmoqqa bozor munosabatlarini faol joriy etish, xususan, elektr energiyasi bozorini to'liq shakllantirish zamon talabi bo'lib qolmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

E'tirof etish joizki, elektr energiyasini hosil qiluvchi quvvatlarni oshirish, magistral va taqsimlash elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish bo'yicha "O'zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qabul qilgan dasturlar asosida bir qator istiqbolli loyihalar, chora-tadbirlar, xalqaro kredit institutlarining mablag'larini jalb etgan holda qator investitsion loyihalar amalga oshirilayapti.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklanadigan energiya turlarini energetika sohasida keng qo'llash yuzasidan bir qancha qator qaror va farmonlar imzolandi. Bugungi kunda dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish miqyosini kengaytirish tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Energiya resurslariga bo'lgan talabning oshayotgani, uglevodorod xomashyosi zaxiralarining kamayib borayotgani yangi muqobil energiya manbalarini topishni va joriy etishni taqozo etmoqda.

Ushbu hujjatlarda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish

umumiy hajmining 25 foizidan ko'prog'iga yetkazish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan va ulardan olingan elektr energiyasini tarmoqqa yetkazib berishning maxsus xarid tarifini ("yashil tarif") joriy etish belgilandi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining o'rtacha yillik miqdori 69-72 mlrd. kVt/soatni tashkil etib, 2030 yilgacha ushbu ko'rsatkichni 2 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda. Energetika sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish natijasida davlat-xususiy sheriklik asosida qiymati 7,4 mlrd. AQSh dollariga teng bo'lgan jami 19 ta loyiha amalga oshirilib, shundan bugungi kungacha 12 ta loyiha bo'yicha tegishli bitimlar imzolangan.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar energetika tizimida ishlab chiqarilayotgan energiyaning 40-60 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga to'g'ri kelayotgan bir vaqtda, ushbu ko'rsatkich mamlakatimizda 5 foizni ham tashkil etmasligi ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi.

Hududlarda o'tkazilgan o'rganishlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi past darajada ekanligi ma'lum bo'ldi. Davlat- xususiy sheriklikni rivojlantirish asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yuzasidan investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo'yicha chora-tadbirlar bugungi kunda yetarli darajada emas.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi resurslarni va energiyani tejovchi ilg'or texnologiyalarni joriy etishni rag'batlantirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Oxirgi yillarda biogaz energiyasi bo'yicha ko'pgina tajribalar qilindi va kerakli natijalarga erishildi. Bir tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy mabaynida gaz bilan ta'minlashi mumkin [4]. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni yanada takomillashtirish usulida ish olib bormoqda. Respublikamizda shamol energiyasidan foydalanish bo'yicha ham ko'plab tajribalar qilinmoqda. Amaliy loyihalar ilgari surilmoqda. Chunki mamlakatimiz ba'zi hududlarida doimiy (Bekobod va Qo'qon) boshqa joylarida esa mavsumiy shamol esishi kuzatiladi. Muqobil energiyadan foydalanishning iqtisodiy tomonlari odamlarga tushuntirish kerak. Bu doimiy energiya, tekin energiya, cheksiz energiya manbaidir.

Masalan, 1 KVt quyosh fotoelektrik stansiyasi bitta xonodonga bemalol yetadi, buni laboratoriya sharoitida ishlab chiqadigan bo'lsa, 15 million so'm atrofida mablag' talab qilinar ekan. Eshitilganda bu katta mablag' tuyuladi, lekin o'rtacha 50 yilga taqsimlaganda bu arzimas bo'lib qoladi [5]. Masalaning yana muhim jihati shundaki, quyosh panellari yordamida olingan elektr energiyaning tannarxi asosan yarim o'tkazgichli kremniy bahosiga bog'liq. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida quyosh energiyasidan foydalanishga mo'ljallangan yangi turdagi laboratoriya asboblarini yaratganligi taqsinga sazovordir.

XULOSA VA MUNOZARA Bu qurilmalar yordamida maktab o'quvchilari fotoeffekt hodisasi, quyosh energiyasi manbalarining ketma-ket va parallel ulanishini o'rganish, energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi, quyosh elementi, o'tkazgich qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash, geometrik optika qonunlarini o'rganish kabi laboratoriya asboblarida tajriba ishlarini bajaradilar. Shuningdek, yorug'lik energiyasining elektr energiyasiga aylanishi

to'g'risida aniq tassavurlarga ega bo'ladilar. Bu qurilmalarning yana bir afzalligi shundaki, ularga tashqi elektr manbai kerak emas. Muqobil energiya sohasi kelajak fani bo'lib, mamalakat iqtisodiyoti muqobil energiya manbalaridan qanday foydalanishga qarab rivojlanadi

Adabiyotlar royxati:

1. Kalashnikov N.P. "Muqobil energiya manbalari" M.: Bilim 2018 yil

2. Kondakov A.M. Muqobil energiya manbalari - Maktabda geografiya. 4/88 - M.: Pedagogika. 2018 yil

3. Ekologiya va huquq (qayta tiklanadigan energiya) Sankt-Peterburg. 2018 yil

4. E.U.Arziqulov, S.Q.Axrorov, S.N.Srajev, T.U.Toshboev. Manbalarining Muqobil energiyasi. "Ma'rifat" gazetasi. may. 2013 yil.

5. A.J. Seytov, F.X. Abdumavlonova. MAPLE matematik paketi yordamida geometrik masalalarni yechish. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar, 2021. T.2 No 6 Pp.933-941.

m

INNOVATIVE ACADEIVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.