Научная статья на тему 'NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TADQIQI'

NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
23
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Adambayeva Nargiza Kadambayevna, Atajanov Sherzod Shanazarovich, Ruzmatova Dilbar Atabayevna

Ushbu maqolada nemis tilshunosligida frazeologik birliklar hisoblangan maqolalar tadqiq etilgan bo`lib, unda frazeologik birliklarning lingvistik mohiyati maqollarning yondosh hodisalarga bo`lgan munosabati nazariy va amaliy misollar asosida tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TADQIQI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK

TADQIQI

Adambayeva Nargiza Kadambayevna

TTA Urganchfiliali, Ingliz tili kafedrasi v.b.dotsenti, PhD. Atajanov Sherzod Shanazarovich UrDU, Lingvistika (nemis tili) 2-kurs magistranti

Ruzmatova Dilbar Atabayevna Ozbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi o qituvchi

Annotasiya: Ushbu maqolada nemis tilshunosligida frazeologik birliklar hisoblangan maqolalar tadqiq etilgan bolib, unda frazeologik birliklarning lingvistik mohiyati maqollarning yondosh hodisalarga bolgan munosabati nazariy va amaliy misollar asosida tahlilga tortilgan.

Kalit so^zlar: fraza, frazeologizm, leksema, morfema, sintaktik boglanish, lisoniy

birlik.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7622852

"Frazeologiyani kengroq tariflash uchun uning nazariy va amaliy jihatlariga e tabor berish kerak. Frazeologiya - bu til hodisalarining frazeologik jihatdan ifodalanishi uchun bugungi kunda turli xil baxs-munozaralarga sabab bolmoqda".

Tilshunoslik bo'limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e'tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o'rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo'llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya'ni avvaldan tayyor bo'lmagan) so'z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) o'rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko'plab tadqiqotchilar frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma'noda tushunadilar. Uni keng ma'noda tushunilganda, frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba'zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi.

Lekin bu masala, ya'ni frazeologiyani keng ma'noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo'lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o'rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo'llanuvchi so'zlar va ularga xos ma'nolarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning so'z turkumlari bilan o'zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida so'zlarning yangi ma'nolari hosil bo'lishini o'rganish va boshqa frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni o'rganish, tasniflash va lug'atlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan o'ziga xos,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktur-semantik, grammatik, vazifaviy uslubiy asoslarga kora tasnif etiladi.

Struktur-semantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog'i sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo'lgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlarida asos solingan bo'lsa, barqaror (turg'un) so'z birikmalarini alohida tilshunoslik bo'limi -frazeologiyada o'rganish masalasi 20-40-yillardagi o'quv-metodik adabiyotlarda -Ye.D.Polivanov, S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida ko'tarib chiqilgan. G'arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida ajratilmaydi.

Nemis va o'zbek tillarida fraazeologizmlar shu millatga mansub insonlar hayot tarzi, yashash sharoitidan kelib chiqgan holda paydo bo'ladi va tilimizda ishatiladi. Frazeologiya sohasida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar olib borish frazeologiyaning umumnazariy muammolarini hal etishga keng yo'l ochadi. Umuman olganda frazeologik birikmalarning shakllanish manbalarini etimologik jihatdan tahlil etishga nisbatan ancha keng mazmunga ega. Bu umumfilologik muammo bo'lib, eng qadimgi, dastlabki filologik modellarning shakllanish bosqichlarini aniqlash muhim semiotik masala sanaladi.

Nemis tilidagi frazeologizmlar o'zbek tilidagi frazeologizmlar bilan sinonim ham bo'ladi va ularni qiyosiy tahlil usulda o'rganamiz. Masalan nemis tilidagi "Man empängt den Mann nach dem Gewand und entlasst ihn nach dem Verstand" frazeologizmi o'zbek tilidagi "Kiyimiga qarab kutib olinadi va aqliga qarab kuzatib qo'yiladi"frazeologizmi bilan qiyoslashimiz mumkin. Shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, frazeologizmlarni qo'llashda, iboralarning grammatik va leksik negizida qandaydir o'zgarishlar ro'y beradi: masalan, pashshadan fil yasama! U doim pashshadan fil yasaydi! Aus einer Mucke einen Elefanten machen! Er macht immer aus seiner Mucke einen Elefanten! Wasser ins Meer tragen, Wasser ins Haus tragen, Wasser in den Garten tragen (bekorchilik qilmoq).

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, frazemaning ifoda jihatiga uning tarkibidagi leksemalargina emas, balki frazemaning doimiy tarkibiy qismi sifatida qatnashadigan morfemalar ham mansub bo'ladi, chunki bunday morfemalar, o'rni bilan tuslovchi ham frazemaning ichki grammatik qurilishiga mansub bo'ladi. Frazemani nutqda ishlatish munosabati bilan qo'shiladigan morfemalargina uning ifoda jihatiga mansub bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdurahmonov S. Nemis tilida frazeologizmlarning ifoda jihati xususida ba zi mulohazalar. Respublika ilmiy amaliy anjuman materiallari. Samarqand, 2015. 227-b.

2. Sanakulov, Z. I. The meaning of word formation in German and Uzbek languages (in comparative aspect). Science and Education, 1(Special Issue). 2020.

3. Sapaeva D.N. Scientific medical text in the medical paradigm linguistics. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. 24.04.2022. P. 890-894.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.