Научная статья на тему 'NEFT QUDUQLARINI SHTANGALI CHUQURLIK NASOSLARI YORDAMIDA ISHLATISH'

NEFT QUDUQLARINI SHTANGALI CHUQURLIK NASOSLARI YORDAMIDA ISHLATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3189
250
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Plunjеr / quvurli nаsоs / nаsоs shtаngаlаri / pоrshеn / chuqurlik nаsоslаr / muvozanatlagich / tebratma dastgoh / reduktor / krivoship / shatun. / Plunger / tubular pump / pump steels / piston / depth pumps / balancer / rocking machine / reducer / krivoship / shatun.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kamoliddin Axmet O’g’li Uzakbayev, Abduraxim Abdurasulovich Ochilov

Bugungi kunda mаvjud nеft quduqlаrining 80-dаn оrtig’i chuqurlik nаsоsi usulidа ishlаtilаdi. Bu turdаgi nаsоslаr chuqurligi 3000 m vа undаn chuqurrоq bo’lgаn quduqlаrdаn bir nеchа kilоgrаmdаn yuzlаb tоnnаgаchа mаhsulоt оlishni tа’minlаydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING OIL WELLS USING SHANK DEPTH PUMPS

Most of the existing oil wells today are used in depth pump method. This type of pump provides for the extraction of products from wells with a depth of 3000 m and deeper, from several kilograms to hundreds of tons.

Текст научной работы на тему «NEFT QUDUQLARINI SHTANGALI CHUQURLIK NASOSLARI YORDAMIDA ISHLATISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

NEFT QUDUQLARINI SHTANGALI CHUQURLIK NASOSLARI

YORDAMIDA ISHLATISH

Kamoliddin Axmet o'g'li Uzakbayev Abduraxim Abdurasulovich Ochilov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

АNNOTATSIYA

Bugungi kunda mavjud neft quduqlarining 80%-dan ortig'i chuqurlik nasosi usulida ishlatiladi. Bu turdagi nasoslar chuqurligi 3000 m va undan chuqurroq bo'lgan quduqlardan bir necha kilogramdan yuzlab tonnagacha mahsulot olishni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: Plunjer, quvurli nasos, nasos shtangalari, porshen, chuqurlik nasoslar, muvozanatlagich, tebratma dastgoh, reduktor, krivoship, shatun.

USING OIL WELLS USING SHANK DEPTH PUMPS

Kamoliddin Axmet o'g'li Uzakbayev Abduraxim Abdurasulovich Ochilov

Bukhara engineering-technological institute

ABSTRACT

Most of the existing oil wells today are used in depth pump method. This type of pump provides for the extraction of products from wells with a depth of 3000 m and deeper, from several kilograms to hundreds of tons.

Keywords: Plunger, tubular pump, pump steels, piston, depth pumps, balancer, rocking machine, reducer, krivoship, shatun.

Neft quduqlarini favvorali usulda ishlatish uchun qatlam bosimi yetarli bo'lmagan, neft konlarining asosiy qismi shtangali quduq nasoslari yordamida ishlatiladi.Bu turdagi ishlatish jarayonining jihozlari va uni xizmat qilishining soddaligi, quduqlarning jihozlanish xarajatlarini katta emasligi, quduqning neft debiti bir necha kilogrammdan bir necha o'n tonna bo'lganda, quduqni ishlatishning iqtisodiy ko'rsatkichlarining yuqori bo'lishi bilan ajralib turadi.

Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida chuqurligi 3000 metrgacha bo'lgan quduqlardan neft qazib olish mumkin. Chuqurlik-nasoslari yordamida quduqlarning ishlatish asosan o'rtacha debiti (30-40 t/kun-gacha) va kam debitli (1t/kun-gacha) neft quduqlarda ham qo'llaniladi.

Shtangali chuqurlik nasoslari konstruksiyasiga muvofiq tashqi va suqma turlarga bo'linadi.

Plunjer (porshen) turiga ko'ra nasoslar metalli va manjetli ko'rinishga ega.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

Suqma yoki quvurli nasosning silindri to'ppadan - to'g'ri nasos quvurlariga ulanib ular bilan birga quduqqa tushiriladi, uning plunjeri esa nasos shtangalari yordamida ko'tariladi (1-rasm).

Tashqi turdagi nasosda esa silindr ham, plunjer ham birga nasos shtangalari yordamida tushirilib, nasos oldindan tushirilgan maxsus qulfli tayanchga o'rnatiladi (2-rasm).

1 - rasm.Suqma nasos sxemasi 2 - rasm. Tashqi quduq nasosi sxemasi.

1-shtok; 2-ko'targich quvurlar; 3-konus; 4-qulfli tayanch; 5-silindr; 6-plunjer; 7-yo'naltiruvchi quvur.

1-sharikli haydovchi to'sqich (klapn);2-silindr; 3-plunjer; 4-uzaytirgich patrubok; 5-so'ruvchi to'sqich; 6-konus o'rindig,i;7-ushlagich shtok; 8-haydovchi to'sqich (klapn); 9-tutqich; 10-uchlik (nakonechnik).

U yoki bu turdagi nasoslar ularning teхnik ekspluatasion ko'rsatkichlariga qarab, quduq хarakteristkasiga va chuqurligiga muvofiq ishlatiladi.

Sanoatda mavjud standart shtangali chuqurlik nasoslarining quyidagi turlarini misol keltirish mumkin:

Tashqi quduq nasosi (TQN), suqma quduq nasosi (SQN)

TQN - 1 - 28,32,43,55,68.

TQN - 2 - 28,32,38,43,55,68,82,93.

SQN - 1 - 28,32,38,43,55,58.

Bu yerda: - nasos markasidan so'ng uning klapnlari soni (ya'ni 1-bo'lsa bir dona so'ruvchi va bir dona haydovchi; 2 - bo'lsa 1 dona so'ruvchi va 2 dona haydovchi klapn), keyingi raqamlar esa nasosning nominal diametrini (mm.da) ko'rsatadi.

Nasoslarining yana bir turi TQN - 2 - 43 - 4200 - II - P - 120.

Bu yerda 4200 - plunjerning harakat uzunligi mm.

II - tayyorlanish guruhi;

P - plunjer turi;

120 - opressovka bosimi, atm.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

Quvurli nasoslar chuqurligi 1200 metrgacha bolgan quduqlarda ishlatilib, ularni ta'mirlashda yoki ayrim qismlarini almashtirishda ko'tarib-tushirish opеrasiyalariga ko'p vaqt sarflanmaydi.

Chuqurlik shtangali nasos maxsus konstruktsiyali plunjerli nasos ko'rinishidadir. Nasoslardagi uzatmali harakat yer usti orqali shtanga tizmasi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik shtangali nasoslar deb ataladi.

Shtangali nasos qurilmasi (3-rasm) chuqurlik plunjer (1) nasosidan tuzilgan bo'lib, NKQ (4) orqali quduqdagi dinamik sathga tushiriladi. Tebratma dastgoh quduq ustiga o'rnatiladi, quduq usti jihozlari salnikli uchlik (troynik) va planshaybadan iboratdir. Quduqqa (3) shtangalarda nasos plunjeri (2) tushiriladi.

Yuqoridagi shtanga polirovkali shtok deb atalib, (6) salnik orqali o'tib, travers va egiluvchan arqon osilmasi yordamida tebratma dastgoh muvozanatlagich (7) boshchasiga biriktiriladi. Tebratma dastgohning harakatlanishi elektrodvigatel yuritmali uzatma tizimi yordamida amalga oshiriladi. Elektrodvigatel (11) tebratma dastgohni (12) reduktor, krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8) muvozanatlagichdagi (muvozanatlilik) ilgarilanma harakatni hosil qiladi. Bu harakat (3) tizma shtangi orqali nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5) uchlik (troynik) o'rnatilgan bo'lib, unga neft quduqdan kirib keladi.

Uchyoqning yuqori qismida salnikli qurilma bo'ladi, u orqali yuqori shtanga (polirovkali shtok) o'tkazilgan va u quduq ustining germetikligini ta'minlaydi hamda nasos qurilmasi ishlab turganda neftni oqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Uchtalikning o'rta qismida yon otilmasi bo'lib, u orqali neft quduqdan otilma tizim chizig'iga yo'naltiriladi. Chuqurlik nasosi quyidagi tartibda ishlaydi.

Plunjer (2) yuqoriga harakatlanganda (2-rasm, a) pastki suruvchi klapan suyuqlik ustun bosimi ta'sirida quvur orqa fazasiga ochiladi va neft (suyuqlik) nasos silindriga kirib keladi. Bu vaqtda yuqoridagi haydovchi klapan yopiq bo'ladi. Shunday qilib, unga nasos-kompressor quduqlardagi suyuqlik ustunining bosimi ta'sir qiladi.

3-rasm.Shtangali chuqurlik nasosini qurilmasini ishlatish sxemasi.

1-chuqurlik nasosning plunjeri;

2-plunjer nasosi; 3-shtanga; 4-NKQ; 5-uchyoq; 6-salnik; 7-tebratma dastgohining muvozanatlagichi;

8- bаlаnsir; 9-shatun;10-krivoship; 11-elektryritgich; 12-reduktor.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Plunjer pastga harakatlanganda plunjerdagi bosim ta'sirida nasosdagi so'ruvchi klapan yopiladi, haydovchi quduqdagi klapan ochiladi va suyuqlik nasosning silindridan ko'taruvchi quvurlarga o'tadi.

REFERENCES

1. Лутошкин Г.С. Сбор и подготовка нефти, газа и воды. - М.: ТИД Алянс, 2005. 319 с.

2.Abdurahim Ochilov, Izzat Eshmetov, Saidakbar Abdurakhimov, Bobirjon Adizov, Dilnoza Salihanova. Destruction of Sustainable Water Oil Emulsions Formed In Local Oil Sludge // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, Vol. 6, Issue 11, November 2019, - Р.

11544-11547.

3.Очилов, А. А., & Суяров, М. Т. У. (2016). Образование устойчивых водонефтяных эмульсий. Наука и образование сегодня, (2 (3)).

4. Очилов, А. А., Кудратов, М. А., Аминов, М., & Артыкова, Р. Р. (2013). Изучения свойств деэмульгаторов используемых для разрушения эмульсий нефти. Современные материалы, техника и технология (pp. 62-64).

5. Очилов, А. А., & Камолов, Д. Д. (2016). Анализ и сравнение технологических показателей процесса на УКПГ. Наука, техника и образование, (2 (20)).

6. Салиев, И. Р., Ямалетдинова, А. А., & Комилов, М. З. (2021). ВЛИЯНИЕ МЕХАНИЧЕСКИХ ПРИМЕСЕЙ НА ИЗНОС ГЛУБИННОГО НАСОСНОГО ОБОРУДОВАНИЯ. Science and Education, 2(2).

7. Ямалетдинова, А. А., Салиев, И. Р., & Дустов, Х. Б. (2021). ВЛИЯНИЕ СОДЕРЖАНИЕ ТЯЖЕЛЫХ УГЛЕВОДОРОДОВ НА ВЯЗКОСТЬ И ТЕКУЧЕСТЬ НЕФТИ В ПРОЦЕССЕ ДОБЫЧИ. Scientific progress, 7(6), 875-879.

8. Сойибов, С. А., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка продукции скважин на Бухара-Хивинском регионе в период падающей добычи. Наука, техника и образование, (2 (20)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.