Вестник магистратуры. 2019. № 4-3(91)
ISSN 2223-4047
УДК 37.032
Г.Б. Саидназарова
НАВЫК ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ВЛИЯНИЯ
В данной статье рассматривается способность учителя влиять на его педагогический опыт.
Ключевые слова: спрос, перспективы, поощрение и наказание, общественное мнение, педагогическая ситуация, цель, чувствительность, уважение.
O'qituvchining to'g'ri muloqot uslubini tanlashda o'zini boshqara olish, adolatlilik, boshqalar tajribasiga ijobiy yondashuv, pedagogik texnikani rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega bo'lib, o'qituvchi talabalarni hur-mat qilishi va o'z qadrini saqlashi muhimdir. Pedagogik faoliyatda turli konfliktlar, pedagogik vaziyatlar uchrab turadi. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari talabalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan tizimidan iborat bo'lib, bu vositalar talaba shaxsiga qaratilgandir. Pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy usullari talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatch-ilik fikridir.
Talab - tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvch-iga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lishi yo'li bilan u yoki bu hatti-harakatlarning rag'batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. Agar yagona pedagogik talablar talabalarning ijtimoiy foydali faoliyatini rag'batlan-tirish mazmunini va kollektivni jipslashtirishda pedagoglar bilan talabalarning harakatlari birligiga erishish yo'llarini ta'minlasa, talab esa xulq-avtor va faoliyat normalarini talabalarning hatti-harakatlari hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir. Talabning asosiy shakllari pedagogik vaziyatni hisobga olish bilan borliqdir. Bevosita talablar uchun pedagogik vaziyat ikkita asosiy shartdan, ikki omildan vujudga keladi. Birinchi omil — kimdan talab qilinsa, o'shaning talab qiluvchiga bo'lgan munosabatidir. Ikkinchi omil —bu talabaning pedagog rag'batlantiradigan faoliyatga munosabatidir. Umuman olganda bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta'riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda ko'pdan-ko'p ko'rinishlari ham bo'lishi mumkin.
Istiqbol - ta'sir ko'rsatishning juda ta'sirchan usuli bo'lib, u talabalarning hatti-harakatlarini ular oldiga turli maqsadlar qo'yish yo'lini ta'minlaydi, bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul talabalarda shaxsning eng muhim fazilatlaridan biri bo'lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlan-tirishga yordam beradi.
Rag'batlantirish va jazolash - tarbiyaning eng an'anaviy usuli bo'lib, talabalar xulq-atvorini ijobiy tomonga o'zgartirish kiritishni, ya'ni foydali hatti-harakatlarni ko'shimcha rag'batlantirishni va tarbiya-lanuvchilarning nomaqbul hatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi, bunda ularning huquq burchlarini ken-gaytirish yoki cheklash, ularga axloqiy ta'sir ko'rsatish yo'lidan foydalaniladi. Rag'batlantirish va jazolash usuli o'ziga xos xususiyatga ega bo'lganligi sababli uni qo'llanish alohida ehtiyotkorlikni, pedagoglarning sezgirligi va xushmuomalaligini talab qiladi. Jamoatchilik fikri— ta'sir ko'rsatishning qudratli usuli bo'lib, talabalarning ijtimoiy foydali faoliyatini g'oyat har tomonlama va muntazam rag'batlantirib borishni ta'minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to'liq amalga oshiradi. Bu usul jamoa a'zolarining ijtimoiy faolligini va o'rtoqlarcha birdamligini rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik ta'sir ko'rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti pedagogning talabalarga bo'lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari o'z tarbiyalanuvchi-lari taqdiriga beparvo bo'lgan kishilar qo'lida sof kasbkorlik vositalari majmui emas, bu usullar bir jamoa bo'lib, yagona intilishlar, umumiy mas'uliyat bilan birlashgan jonli kishilarning jonli munosabatlaridir.
Qattiqlik va toshbag'irlikni, rasmiyatchilikni o'zining talabalar bilan munosabati normasiga aylantirgan kishi haqiqiy pedagog bo ' lolmaydi. Pedagoglar bilan talabalar o ' rtasidagi samimiy munosabatlarni rivoj lantirishga qaratilgan yo'lgina pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosi bo'lishi mumkin va u yoki bu usullarni qo'llash pedagoglar bilan talabalar o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga faol xizmat qiladi. Pedagogik ta'sir ko'rsatish usulini qo'llanishning ikkinchi umumiy qoidasi shundan iboratki, bu qoida oqilona tayyorlangan bo'lishi lozim, uni qo'llanish esa amalga oshirish uchun shart-sharoitning mavjudligini nazarda tutadi.
Talabalarning real imkoniyatlarini, ularning o'qituvchi rag'batlantiradigan ishlarni bajarish qobiliyatini hisobga olish pedagogik ta'sir ko'rsatish vositalaridan foydalanishdagi shaxsiy yondashuvning mohiyatini tashkil etadi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishni amalga oshirishda talabaning individual xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida aytib o'tilganidek, ta'lim-tarbiya jarayonining u yoki bu usulini to'g'ri tanlash
© Саидназарова Г.Б., 2019.
ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2019. № 4-3(91)
va uni qo'llanishning muvaffaqiyati pedagogdan pedagogik vaziyatni bilish va hisobga olishni talab qiladi. Peda-gogik vaziyat pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari uchun o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Pedagogik ta'sir ko'rsat-ish usullarini muvaffaqiyatli qo'llanish uchun zarur bo'lgan hal qiluvchi shart-sharoit - bu avvalo talaba bilan pedagogning munosabatlaridir. Bu munosabatlar doimiy bo'lib qolmaydi, ular o'zaro muomala jarayonida bir-galikdagi faoliyatda rivojlanadi va boyib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.Ochilov. O'qituvchi odobi. T., 1997 yil.
2.A.Munavvarov. Pedagogika. T., "O'qituvchi", 1996 yil.
САИДНАЗАРОВА ГУЛШАН БОЛТА ЦИЗИ - преподаватель, кафедра педагогики, Бухарский государственный университет, Узбекистан.