Научная статья на тему 'NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASHDA BOSQICHLAR ASOSIDA ISHLASHNING AHAMIYATI'

NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASHDA BOSQICHLAR ASOSIDA ISHLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

599
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fon / rangtasvir / rang / yorug‘-soya / yaxlitlik / detallashtirish / background / painting / color / bright-shade / integrity / detailing

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bobur Nabiyev

Mazkur maqola talabalarning rangtasvir darslarida natyurmort tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning o‘ziga hos ahamiyati, bosqichlar asosida ishlash qoidalari haqida boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article will talk about the importance of working on the basis of stages in drawing up and describing a still life in painting lessons of students, the rules for working on the basis of stages

Текст научной работы на тему «NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASHDA BOSQICHLAR ASOSIDA ISHLASHNING AHAMIYATI»

NATYURMORT KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASHDA BOSQICHLAR ASOSIDA ISHLASHNING AHAMIYATI

Bobur Nabiyev

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola talabalarning rangtasvir darslarida natyurmort tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning o'ziga hos ahamiyati, bosqichlar asosida ishlash qoidalari haqida boradi.

Kalit so'zlar: fon, rangtasvir, rang, yorug'-soya, yaxlitlik, detallashtirish

ABSTRACT

This article will talk about the importance of working on the basis of stages in drawing up and describing a still life in painting lessons of students, the rules for working on the basis of stages.

Keywords: background, painting, color, bright-shade,integrity, detailing

KIRISH

Natyurmort bir qarashda tasviriy san'atning birmuncha sodda va oson janridek tuyuladi. Rangtasvir darslari davomida o'qituvchi tomonidan tayyor natyurmort kompozitsiyasini tuzib, talabalarga ishlash tavsiya qilinganida bu holat yanada ko'zga yaqqol tashlanadi. Qolaversa, talabalar auditoriyada qaysi joy to'g'ri kelsa, o'sha yerda o'tirib ishlab ketaveradilar. Hattoki, natyurmortning mavzusi, undagi detallarni joylashuvi va kompozitsion yechimi haqida aksariyat talabalar o'ylab ham ko'rishmaydi. Natijada esa darsdan ko'zlangan maqsadga ham erishib bo'lmaydi, darsning samaradorligi esa past darajada bo'ladi.

Shaklni to'g'ri tasvirlash uchun o'quvchi, avvalo, uning o'ziga xos tomonlarini aniq tasavvur etish va ko'rishni o'rganishi kerak. Yosh va boshlovchi rassom uchun bu oson ish emas va doimiy ravishda nazariy hamda amaliy mashg'ulotlarni talab qiladi. Mashhur ijodkorlarning fikriga ko'ra, agarda, rassom bir kun rasm chizishdan to'xtasa, u ikki kun orqaga ketadi. Shuning uchun yosh rassom naturaga qarab, jismlaming haqqoniy rasmini chizishni bir kun ham to'xtatmasligi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shuning uchun ham rangtasvir fani o'qituvchisi yangi mavzuni talabalarga og'zaki tarzda tushuntirib, ular ishtirokida

December, 2022

334

natyurmort kompozitsiyasini tuzishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agarda natyurmort kompozitsiyasini 3-4 va undan ortiq buyumlar ishtirokida tasvirlash rejalashtirilgan bo'lsa, o'qituvchi 6 - 7 buyumni talabalarga taklif qilib, ularni ichida mavzuga mos keladiganlarini alohida ajratib olishlari kerakligini takidlasa, talabalar faolligi ortadi. Misol uchun, sabzavot - mevalardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasi tasvirini ishlash bo'lsa, o'qituvchi sabzavot - mevalar orasiga poliz ekinlari va shu kabi boshqa, mavzuga mos kelmaydiganlarini ham qo'shib qo'yishi talabalarni fikrlashiga, taxlil qilishiga va ularni orasidan kerakligini tanlab olishiga olib keladi. P.P. Konchalovskiy rangtasvirda qalamtasvirning mohiyatini ko'rib, shunday yozgan: "Rangtasvirning haqiqiy usuli — bu shaklni mutlaqo aniq yetkazib berish yo'li bilan beriladigan bo'yoq surtmadir"

O qituvchi talabalarga natyurmort kompozitsiyasi uchun zarur bo lgan buyumlarni tanlayotganlarida ularning rangi, shakliga ham e'tibor berishlarini kerakligini alohida takidlashi lozim. Ayniqsa, fon vazifasini bajaruvchi matolarning rangi ham mavzuga mos kelishi zarurligini bilgan talabalar bu vazifaga yanada jiddiy qaray boshlaydilar. Kerakli detallarni tanlab olishning o'zi etarli bo'lmaydi, ularni tasvir tekisligiga uyg'un tarzda joylashtirish masalasi ham talabadan tajriba talab qiladi. Buyumlarning kompozitsiyada o'zaro ichki bog'lanishi bilan bir qatorda ularni tashqi holati, yani yonma-yon yoki oldinma-ketin turishi, shakli, hajmi, rangi masalasi eng asosiy ahamiyat kasb etishini talabalar yaxshi tushunib etishlari zarur. Bu oz-ozidan talabalar faolligini va darsdan kozlangan maqsadga erishish imkoniyatini oshiradi. Bir necha marotaba natyurmort kompozitsiyasini o'qituvchi ishtirokida tuzgan talabalar mustaqil natyurmort tuzib, tasvirlash malakasiga ega bo'ladilar.

Natyurmort kompozitsiyasi tuzishning o'zi yetarli bo'lmasdan, uni tasvirlash talabadan katta mahorat talab qiladi. Shuning uchun ham natyurmort tasvirini ishlash bosqichlarini ko'rib chiqamiz. Rangtasvir bo'yicha darslik va o'quv qollanmalarda natyurmort kompozitsiyasini ishlash bosqichlari bo'yicha turli xil tavsiyalar berilgan.

Ijodiy natyurmort tuzish uchun hayotiy voqe'alarga tayanish kerak. Bunday holda chiroyli va qiziqarli kompozitsiya tuzishda narsalar guruhini kundalik turm ushda qollaniladigan narsa va buyumlardan olish maqsadga muvofiq. Rangtasvirning asosiy vazifasi shundan iboratki, buyum va narsalarning hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura qo'yilmasidek aniq tasvirlash hamda qo'yilm aniq yaxlit tusda yakunlash maqsadga muvofiqdir.

Birinchi bosqich - natyurmort kompozitsiyasini tuzish, qog'oz yuzasiga to^g'ri joylashtirish va konstruktiv tuzilishini topish Faqatgina ushbu bosqich grafit qalamida bajariladi, qolgan

December, 2022

335

barcha bosqichlar bevosita akvarel bo'yog'i yordamida amalga oshiriladi.

Odatda talabalar natyurmort kompozitsiyasining chiziqli tasvirini chizishda har bir detalni alohida-alohida tasvirini ishlab, katta hatolikka yo'l qo'yadilar. Avvalo, natyurmortdagi detallar uchun umumiy bo'lgan eng katta o'lchamlarini, ya'ni bo'yi va enini aniqlab olishlari zarur. Shundan keyingina har bir buyumning konstruktiv tuzilishini bir vaqtning o'zida topishlari talab qilinadi. Natyurmort tekisligi, buyumlarda yorug'-soya nisbatlarini ham yengil chiziqlar yordamida belgilab chiqiladi. Agarda talaba birinchi bosqichda qo'pol hato va kamchiliklikka yo'l qo'yadigan bo'lsa, keyingi bosqichlarda harchand harakat qilmasin uni to'g'rilashning umuman iloji bo'lmaydi.

Ikkinchi bosqich - natyurmort kompozitsiyasidagi buyumlarning umumiy rangini berish. Natyurmort kompozitsiyasining chiziqli - konstruktiv tuzilishi to'g'ri topilganidan keyin, unga umumiy rang berish bosqichiga o'tiladi. Rang berishdan oldin barcha jismlar, ularning konstruktiv tuzilishi to'g'ri topilganligiga ishonch hosil qilish uchun yana bir karra tekshirib chiqiladi. Shundan keyin rang bilan ishlashga o'tgan talaba akvarel bo'yog'ida ishlash qonuniyatiga qat'iy amal qilgan holda ochdan-to'qqa, umumiydan-xususiyga o'tishi kerak bo'ladi. Ayrim talabalar faqat buyumlarning rangini berib, orqa fonga esa rang bermaydilar. Bu esa keyinchalik yorug'-soya nisbatlarini topishda muammolar kelib chiqishiga olib keladi. Qog'oz yuzasida qolib ketgan ortiqcha oq yuzalar yaxlitlikni buzilishiga sabab bo'ladi.

Uchinchi bosqich -natyurmort kompozitsiyasidagi buyumlarning umumiy yorug'-soya nisbatlarini topish. Ikkinchi bosqichda berilgan ranglar umumiy harakterga ega bo'lgan edi, bu bosqichda esa buyumlarning umumiy yorug'-soya nisbatlarini topish talab qilinadi. Yorug'-soya nisbatlarini topish ham avvalgi bosqichda bo'lgani singari yengil rang berish orqali amalga oshiriladi. Talabalar bir buyumga ortiqcha ishlov berib, boshqa birini e'tiborsiz qolib ketishidan qochishlari zarur. Bunda ham hamma buyumlarning, mato va tekislik yuzasining umumiy soya qismlari topiladi, yorug' yuzalarga ishlov berilmaydi, ular birinchi bosqichdagi holatida qolishi kerak.

To>tinchi bosqich - detallashtirish. Ushbu bosqichda natyurmort kompozitsiyasidagi barcha buyumlarning har biriga alohida - alohida ishlov beriladi. Barcha buyumlardagi hajm, shakl yorug' - soya asosida to'liq detallashtirib chiqiladi. Detallashtirish jarayonida ayrim talabalar tomonidan ranglarning akvarelga xos bo'lgan shaffofligini yo'qotib, kir va xira ranglarni hosil qilganliklari ham kuzatiladi. Bunday kamchiliklarni oldini olish maqsadida haddan tashqari ko'p ranglarni o'zaro aralashtirishdan qochish lozim. Buyumlarning yorug'ligi, haqiqiy va tushuvchi soyalari, refleksi

December, 2022

ЗЗ6

topiladi. Aynan shu bosqichda materiallilik vazifasini topish ham amalga oshiriladi. Boshqa bosqichlarga nisbatan qaraganda talabaning bor mahorati, egallagan ko'nima va malakasi aynan shu bosqichda namoyon bo'ladi. Ushbu bosqich talabadan uzoqroq vaqtini, jiddiy izlanishni talab qiladi. Natyurmortdagi malum bir buyumga to'liq ishlov burish jarayonida ham boshqa bir buyumning umumiy rangi bilan taqqoslab borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Detallashtirish ekan, deb ba'zi bir buyumning rangini ortiqcha to'qlashtirish yaramaydi. Ortiqcha ishlov berilgan buyum umumiy koloritni, yaxlitlikni buzilishiga olib keladi.

Beshinchi bosqich - yaxlitlash, umumlashtirish, yakunlash. Avval boshida umumiylikka amal qilgan bo'lsak, keyin umumiylikdan - bo'laklarga, ya'ni har jismning o'ziga alohida ishlov berishga o'tgan edik. Endigi vazifa bo'laklardan -umumiylikka o'tish bilan yakun topadi. Umumiy koloritdan ajralib qolgan rang nomuvofiq begona bo'lib ko'rinadi va tasvirning yahlitliligiga putur yetkazishi mumkin. Bunda natyurmort kompozitsiyasidagi har bir buyum o'z o'rnida turishiga e'tibor beramiz. Ayniqsa, yorug'likni hosil qilish jarayonida barcha jismlarning yorug'lik tushib turgan yuzasiga rang bermay, oq qog'ozning o'zini qoldirib hatoga yo'l qo'yishadi. Natijada natyurmortdagi jismlarning yorug'ligi biri-biriga halaqit qiladi. Kompozitsiyadagi yaxlitlik, buyumlardagi hajmlilik, umumiylik yo'qoladi. Aynan ushbu bosqichda yo'l qo'yilgan hato va kamchiliklarni qayta tekshirib chiqish, bartaraf qilish talab qilinadi.

XULOSA

Shu o'rinda talaba uzoq vaqt bir joyda o'tirib ishlashi ham ayrim hato va kamchiliklarni hosil bo'lishiga olib kelishini alohida ta'kidlash lozim. Ma'lum vaqtdan keyin talaba o'rnidan turib ishlayotgan tasvirni biroz orqaroqdan kuzatishi ushbu holatlarni oldini oladi. Biz yuqorida sanab o'tgan bosqichlarning har birida ko'zlagan maqsadga erishilganligini tekshirish maqsadida ishini chetdan nazorat qilish ham foydadan holi emas. Oxirida esa talaba o'zi ishlagan tasvirni natyurmort bilan yonma-yon qo'yib solishtirishi kerak bo'ladi. Dars yakunida fan o'qituvchisi talabalar tomonidan yo'l qo'yilgan umumiy hato va kamchiliklarni taxlil qilib, mavzuga oid mustaqil ta'lim uchun vazifalarni beradi.

REFERENCES

1. B.Boymetov, "Qalamtasvir" Pedagogika yo 'nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun o 'quv qo 'llanma Toshkent - «ILM ZIYO» - 200V V-b.

2. П.П. Кончаловский. Мысли о художественном творчестве. M., 1964, 2V-6.

December, 2022

ЗЗ?

3. S.Abdirasilov, N.Tolipov, N.Oripova "Rangtasvir" o 'quv q o'llanma, TOSHKENT - « O'ZBEKISTON» - 2006, 35-b.

4. Boltaboyev.A.X.(2021) "IN PAINTING NATYURMORT IN'S WORKING METH ODS AND PECTULIARITIES" The american journal of applied sciences,03 (01). 123-127

5. B.Boymetov,O'.Nurtayev "Tasviriy san'at texnologiyasi va nusxa ko'chirish" oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qollanma, "TOSHKENT IQTISOD-MOLIYA" 28-b.

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

338

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.