NATRIY KARBOKSIMETILSELLYULOZA VA POLIAKRILAMID ASOSIDA
OLINGAN KOMPLEKSLARNI RENTGEN SPEKTRASKOPIYA ASOSIDA
O'RGANISH
1Yo'ldoshev Azizbek Abdug'aniyevich, 2Eshqorayev Husan Iskandar o'g'li
1DTPI, stajyor-o'qituvchi, 2DTPI 4-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11114309
Anotatsiya. Xalqaro ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, polikomplekslar ikkita komponentning o'zaro ta'sirlashishi asosida hosil bo'ladigan individual modda bo'lib, ular o'zining bir qator muhim va bebaho xossalari uchun texnika, materiallar texnologiyasi, tibbiyot va xalq xojaligining boshqa sohalaridayetakchi o'rin tutadi. Shu bilan birga tuzilishi va xossalari ma'lum bo'lgan polielektrolitlar asosida yangi ekspluatatsion xossalarga ega bo'lgan mahsulotlar olish va ularni o'rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar :polielektrolit, kristallanish darajasi, rentgenografikdifraktometriya, PEK.
Аннотация. Анализ зарубежной научной литературы показал, что поликомплексы - это отдельные вещества, образующиеся в результате взаимодействия двух компонентов, которые используются в технике, материаловедении, медицине и человеке по ряду важных и бесценных свойств занимают ведущее место в других. области экономики. В то же время получение продуктов с новыми эксплуатационными свойствами на основе полиэлектролитов с известной структурой и свойствами и их изучение является одной из актуальных задач.
Ключевые слова: полиэлектролит, степень кристаллизации, рентгеновская дифрактометрия, ПЭК
Abstract. The analysis of international scientific literature showed that polycomplexes are individual substances formed based on the interaction of two components, which are used in engineering, materials technology, medicine and people for a number of important and invaluable properties. takes a leading place in other areas of the economy. At the same time, obtaining products with new operational properties based on polyelectrolytes with known structure and properties and studying them is one of the urgent issues.
Key words: polyelectrolyte, degree of crystallization, X-ray diffractometry, PEK
Ushbu ishni tahlil qilish maqsadida olingan polielektrolit komplekslari plenkalarini strukturasi rentgenostruktur analiz usuli yordamida o'rganildi. Rentgendifraktometrik analiz usuli Germaniyada ishlab chiqarilgan (Qurilmaning nomi va tipi) qurilmasida Rigaku X-Ray generatorida yordamida, 40 kV kuchlanish va 15 mA tok kuchi qiymatida, Goniometeri Miniflex 300/600 bo'lgan xolatda, Detectori D/teX Ultra 2 va skanerlash rejimi 1 D (scan), skanerlash tezligi 10°/min, qadam kengligi 0.02°, skanerlash o'qi 0/20, skanerlash diapazoni 5 - 40°oralig'ida, to'lqin uzunligi 1.5418 nm li xarakterli Cu-K nurlanishidan foydalangan xolda va 20 burchak oralig'i 0 <20 <40 burchaklar oralig'ida bo'lganda, filtrsiz foydalangan xolda, xona temperaturasida o'tkazildi. Na-KMS va poliakrilamid asosida olingan polielektrolit komplekslarining rentgenodifraktometrik tajriba natijalari 1- va 2-rasmlarda tasvirlangan. Rentgenodifraktometrik tajriba natijalari taxlili shuni ko'rsatdiki, Na-KMS va poliakrilamid asosida olingan polielektrolit komplekslarining har xil miqdoriy nisbatdagi plenkalarini olingan difraktogrammalari ularni tashkil qiluvchi polielektrolitlarning difraktogrammalaridan tubdan farq qilishi va bu polikomplekslar yangi individual ko'rinishdagi moddalar bo'lib, amorf-krisstal moddalar polimerlar turkumiga taaluqli ekanligini ko'rsatdi (1 va 2-rasmlar). Shu narsani alohida
ta'kidlab o'tish mumkinki, poliakrilamid polimeri kristall tipdagi polimerlar jumlasiga kirib uning kristallik darajasi 67,24% ni tashkil qiladi (1-rasm). Na-KMS polielektrolitining tabiati poliakrilamiddan tubdan farq qilib, u ko'proq amorf polimerlarga taaluqli bo'lib, uning kristall qismlari miqdori 0,69 % ni, amorf qismlari miqdori esa 99,31% ni tashkil qiladi (2-rasm).
1-rasm. Poliakrilamid plyonkasini rentgenogrofik difraktogrammasi
20 burchak
2-rasm. Na-KMS plenkasini rentgenografik difraktogrammasi.
Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi PEK plenkalarining rentgenografik difraktogrammalarida polielektrolit kompleksini tashkil qiluvchi komponentlarga xos bo'lmagan yangi reflekslarni hosil bo'lishi kuzatildi. Rentgenografik difraktogrammalarda intensiv o'zgarishga ega bo'lgan reflekslarni, ya'ni 20= 16,8°; 20= 18,8°; 20= 20,7° ga teng bo'lgan yangi rentgenografik reflekslar, ya'ni 002 va 101 reflekslarni qo'shilishi asosida sellyuloza-II ga xos bo'lgan reflekslarni hosil bo'lganligi aniqlandi. Sellyuloza-II ga xos bo'lgan bu refleks qattiq zanjirli polimerning xususiyatini ifodalaydi. Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi PEK plenkalarining rentgenografik difraktogrammalarida Na-KMS tarkibida poliakrilamid miqdorini oshib borishi bilan hosil bo'lgan polielektrolit kompleksining strukturasida toza Na-KMS ga nisbatan tartibsiz xolatni kuzatildi. Na-KMS tarkibida poliakrilamid miqdorini oshib borishi bilan hosil bo'lgan polielektrolit kompleksining strukturasida quyidagicha o'zgarishlarni kuzatish mumkin (6-rasmlar):
- Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi PEK larining tarkibida poliakrilamidni miqdorini oshib borishi bilan yangi qo'shimcha reflekslarni 29 = 16,80 ; 29 = 18,80 ; 29 = 20,70 29 = 22,80 29 = 23,70 29 = 25,60 29=28,5° rentgenografik difraktogrammalarda hosil bo'lganligini kuzatish mumkin. Ko'rsatib o'tilgan bu reflekslar o'zining xolati bo'yicha sellyuloza-II ga xos bo'lgan 002 refleksga mos keladi[4].
- polielektrolit kompleksida tarkibida PAA miqdorini oshib borishi bilan 20= 34° ning intensivligi oshib borishini va Na-KMS : PAA 50:50 nisbatda maksimal intensivlikga ega bo'lishini ko'rish mumkin. Ba'zi reflekslarni o'zaro kengayib bitta refleksga aylanishini rentgenografik difraktogrammalardan kuzatish mumkin; Bu ikkita komponenta o'rtasidagi o'zaro ta'sirlashishi asosida yangi individul modda hosil bo'lganligini ko'rsatadi.
Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi PEK larining difraktogrammalarida bu o'zgarishlarni yaqqol kuzatish mumkin (3-6-rasmlar).
Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi PEK larining rentgenografik difraktogramma natijalari yordamida olingan polielektrolit komplekslarini amorf-kristallik darajasi hisoblab chiqildi. Hisoblash natijalari shuni ko'rsatdiki, Na-KMS polielektroliti amorf polimerlar turkumiga mansub ekanligi va unga poliakrilamid polimeri bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida yangi individual moddani hosil bo'lishini ko'rsatdi [5]
3-rasm. Na-KMS:PAA = 80:20 nisbatda olingan PEK plenkasining rentgenografik difraktogrammasi
4-rasm. Na-KMS:PAA = 60:40 nisbatda olingan PEK plenkasining rentgenografik
difraktogrammasi
3.2.5-rasm. Na-KMS:PAA 50:50 nisbatda olingan PEK plenkasining rentgenografik difraktogrammasi
6-rasm. Na-KMS:PAA 40:60 nisbatda olingan PEK plenkasining rentgenografik difraktogrammasi
1-Jadval
Kristallik va amorflik jadvali umumiy
X / Y Amorf qismi (%) Kristall qismi (%)
Na-KMS 99,31% 0,69%
Na-KMS: PAA 80:20 81,87% 18,13%
Na-KMS: PAA 60:40 68,25% 31,75%
Na-KMS: PAA 50:50 52,61% 47,39%
Na-KMS: PAA40:60 38,88% 61,12%
PAA 32,76% 67,24%
Shunday qilib, rentgenodifraktometrik tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, polielektrolit komplekslarini tarkibi o'zgarishi strukturaning o'zgarishiga olib keladi va u polielektrolit kompleksini tashkil qiluvchi komponentlarning zanjirlarini o'zaro bog'lanishiga bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Na-KMS va PAA asosida olingan har xil nisbatdagi polielektrolit komplekslarining zanjirlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarni o'zgarishi asosida ularni xossalarini boshqarish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. McGrath J E. Block and graft copolymers // J. Chem. Educ. 1981. Vol. 58. Р.914-921.
2. Richard J. D. Tilley Understanding solids: the science of materials. -John Wiley & Sons Ltd, 2004. -Р.193.
3. Галыгин В.Е., Беляев П.С., Клинков А.С. Технология переработки полимерных материалов: Лабораторный практикум // Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2001., 132 с.
4. Тагер А.А. Физико-химия полимеров. Издание 4-е, переработанное и дополненное. - М.: Научный мир, 2007. - 576 с.
5. Dubolazov and other, pH-and ionic strength effects on interpolymer complexation via hydrogen-binding Kazakh National Agrarian University 2006-y.