Научная статья на тему 'NASOS STANTSIYALARINING TURLARI VA XARAKTERISTIKASI. NASOS STANTSIYALARINING VAZIFALARI. ULARNING JIHAZLARIGA VA INSHOOTLARIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR'

NASOS STANTSIYALARINING TURLARI VA XARAKTERISTIKASI. NASOS STANTSIYALARINING VAZIFALARI. ULARNING JIHAZLARIGA VA INSHOOTLARIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Baxronova Z.B.

Nasos stansiyalariga o‘rnatilgan asosiy va yordamchi gidromexanik, energetik uskunalar va jihozlar ishlash resursi tugaganligiga qaramay 35-40 yildan buyon ishlatib kelinayotganligi tufayli ularning foydalanish harajatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, bugungi kunda kun tartibidagi eng ustuvor vazifalardan biri bu nasos stansiyalarida suv ta'minoti tizimlarida noan`anaviy usuldan foydalanish orqali energiyani tejash vazifasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES AND CHARACTERISTICS OF PUMPING STATIONS. DUTIES OF PUMPING STATIONS. REQUIREMENTS FOR THEIR EQUIPMENT AND FACILITIES

Due to the fact that the main and auxiliary hydromechanical, energy equipment and devices installed in pumping stations have been used for 35-40 years despite the exhaustion of their working resources, their operating costs are increasing year by year. Therefore, one of the most important tasks on the agenda today is the task of saving energy by using unconventional methods in water supply systems at pumping stations.

Текст научной работы на тему «NASOS STANTSIYALARINING TURLARI VA XARAKTERISTIKASI. NASOS STANTSIYALARINING VAZIFALARI. ULARNING JIHAZLARIGA VA INSHOOTLARIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR»

Baxronova Z.B.

Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va avtomatlashtirish kafedrasi stajyori "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy

resurslarni boshqarish institute

NASOS STANTSIYALARINING TURLARI VA XARAKTERISTIKASI.

NASOS STANTSIYALARINING VAZIFALARI. ULARNING JIHAZLARIGA VA INSHOOTLARIGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Annotatsiya. Nasos stansiyalariga o'rnatilgan asosiy va yordamchi gidromexanik, energetik uskunalar va jihozlar ishlash resursi tugaganligiga qaramay 35-40 yildan buyon ishlatib kelinayotganligi tufayli ularning foydalanish harajatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, bugungi kunda kun tartibidagi eng ustuvor vazifalardan biri bu nasos stansiyalarida suv ta'minoti tizimlarida noan^anaviy usuldan foydalanish orqali energiyani tejash vazifasidir.

Bakhronova Z.B.

trainee

department«Management and automation of production processes» Bukhara institute of natural resource management

TYPES AND CHARACTERISTICS OF PUMPING STATIONS. DUTIES OF PUMPING STATIONS. REQUIREMENTS FOR THEIR EQUIPMENT AND FACILITIES

Annotation. Due to the fact that the main and auxiliary hydromechanical, energy equipment and devices installed in pumping stations have been used for 35-40 years despite the exhaustion of their working resources, their operating costs are increasing year by year. Therefore, one of the most important tasks on the agenda today is the task of saving energy by using unconventional methods in water supply systems at pumping stations.

Suv ta'minoti tizimlarining nasos stantsiyalari iste'molchilar zaruriyatini hisobga olgan holda suv uzatishni eki oqova suvlari haydashni ta'minlaydigan, murakkab inshootlar kompleksi va qurilmalardan iboratdir. Inshootlar tarkibi, ular tuzilishining o'ziga xosliklari, asosiy va erdamchi jihozlarning turi va soni nasos stantsiyasining vazifalari, unga qo'yilgan texnologik talablar, suv resurslardan oqilona foydalanish va atrofdagi tabiatni muhofaza qilishdan kelib chiqgan holda aniqlanadi.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

91

Suv ta'minotining umumiy sxemasida joylashishi va o'zining vazifalariga ko'ra nasos stantsiyalari 1-ko'taruv, 2-ko'taruv, siquvni ko'tarib beruvchi va sirkulyatsiya stantsiyalariga bo'linadi (1-rasm).

I-ko'taruv nasos stantsiyalari suv ta'minoti manbaidan suvni olib tozalash inshootiga, agar suvni tozalashga ehtiyoj bo'lmasa, bevosita sig'imlarga, taqsimlovchi tarmoqlarga, siquv suv minorasiga èki suv ta'minotining boshqa inshootlariga uzatib beradi. Suv sifatiga turli talablar qo'yadigan jaraènlarga ega sanoat korxonalarida bir nasos stantsiyasining o'zida suvni ham tozalash inshootlariga, ham tozalamasdan bevosita korxonalarga uzatadigan nasoslar o'rnatilishi mumkin. II-ko'taruv nasos stantsiyalari iste'molchilarga toza suv sig'imidan suv yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ba'zi hollarda qurilish va foydalanish sarf-harajatlami kamaytirish uchun 1 va 2-ko'taruv nasoslari bitta stantsiyada joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Bu stantsiyalardan foydalanish qurilish harajatlarini kamaytiradi, lekin suv manbai turilari, tozalash inshootlarining mavjudligi va turi, joylashgan maydonning tekis-notekisugi va hokazolar bilan bog'liqhklar tufayli har doim ham ma'qul bo'lavermaydi. Siquvni ko'tarib beruvchi nasos stantsiyalari (dam berish stantsiyalari) suv o'tkazgich tarmoqlari èki suv o'tkazgichlardagi siquvni ko'tarib berish uchun xizmat qiladi. Bu holatda suv bir tarmoq (suv o'tkazgich uchastkasi) dan olinib, kuchaytirilgan siquv ostida boshqa tarmoqqa (shahar, tuman, ishlab chiqarish korxonasining alohida sexlari) yoki uzun suv o'tkazgichning davomidagi uchaslkalariga yuboriladi. Sirkulyatsiya nasos stantsiyalari sanoat korxonalari va issiqlik yelektr stantsiyalaridagi texnik aylanma suv ta'minoti sxemaiariga tegishlidir. Bu stantsiyalarda bir guruh nasoslar korxonada ishlatilgan suvni sovutish èki tozalash qurilmalariga uzatadilar, boshqa nasoslar esa qayla tayèrlangan suvni ishlab chiqarish qurilmalariga yuboradilar Suyuqliklarni xaydash uchun mo'ljallangan gidravlik mashinalar nasoslardir. Nasos dvigateldan mexanikaviy energiya olib, uni suyuqlikning harakatlanayotgan oqimi energiyasiga aylantiradi. Nasoslar yuritgichning mexanik energiyasini harakatlanuvchi suyuqlikning mexanik energiyasiga aylantirib, suyuqlikni ma'lum balandlikka ko'tarish, gorizontal tekkislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun xizmat kiladi. Nasoslar xalq xo'jaligining barcha sohalarida: mashinasozlikda, metallurgiyada, ximiya sanoatida, qishloq xo'jaligida, suv ta'minotida, yer ishlarini gidromexanizasiyalashda va texnikaning boshqa ko'pchilik tarmoqlarida keng ishlatiladi.

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

92

1 -rasm. Nasoslaruing tasnifi

Ishlash prinsipi bo'yicha nasoslar ikki katta turga bo'linadi: xajmiy va dinamik. Hajmiy nasos - suyuqlik muhiti o'zi egallagan, nasosning kirishi va chiqishi bilan navbatma-navbat ulanadigan kamera hajmining vaqti-vaqti bilan o'zgarib turishi hisobiga harakatga keltiriladigan nasos. Dinamik nasos - suyuqlik muhiti nasosning kirishi va chiqishi bilan doimiy tarzda ulangan kamera ichida unga ko'rsatiladigan kuch ta'sirida harakatga keltiriladigan nasos. Xajmiy nasoslarning ishlash prinsipi, suyuqlikni kamera xajmining kamayishi hisobiga siqib chiqarilishga asoslangandir. Kamera xajmining davriy ravishda o'zgarishi ishchi qismining ilgarlama-qaytish yoki aylanma harakati hisobiga sodir bo'ladi. Bunda kamerani xaydaladigan suyuqlik bilan galma-gal to'ldirilib bo'shatilishi, nasosning kirish va chiqish quvurchalarining klapan moslamalari bilan ta'minlanadi. Dinamik nasoslarda, suyuqlik doimiy xajmga ega bo'lgan va uzatish hamda olib ketish moslamalari bilan jixozlangan kamerada ta'sir kuchi ostida harakatga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorini

2. "AVTOMATIKANING TEXNIK VOSITALARI" A. X. Vaxidov, D. A. Abdullaeva

3. Mirahmedov D.A. Avtomatik boshqarish nazariyasi. -Toshkent: O'zbekiston. 1993 "NASOSLAR VA NASOS STANSIYALARI" A. N. Rizaev, G. R. Rixsixodjayeva

4. Голиков Ю. А., Костин А. Н. Aвтоматизации управления техникой. М., 1996.

5. Guidance for the design and use of automation in nuclear power plants (EPRI 1011851). Washington DC, 2005.

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

93

6. Wickens C. D McCarley L. S. Applied attention theory. FL, 2008.

7. Pirus D. // Proceedings of the 4th International Topical Meeting NPIC&IMIT 2004. Colombus, September, 19-22, 2004. P. 1165-1172.

8. "Suv ta'minoti va oqava suvlari tizimlarini avtomatlashtirish»Ubaydullayeva D.R., Xayitov A.N., Abdullayev H.H., Sharifov H.Sh. Darslik-2020

9. «Pump Handbook»by Igor J. Karassik, Joseph P. Messina, and Paul Cooper

10. Yusupbekov.N.R., Igamberdiyev X.Z., Malikov A.V. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari. 1-2 qism.,T.,TDTU.,2007

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

94

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.