Научная статья на тему 'NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR URUG‘PALLALILAR'

NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR URUG‘PALLALILAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Urbanoflora / adventiv / Poaceae / bir urug’pallali / flora / Urbanoflora / adventive / Poaceae / monocotyledonous / flora

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — G‘ulomov Rustamjon Komiljon O‘g‘li, Mutalibxonova Munisxon Faxriddin Qizi

2023–2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari, va tegishli gerbariy fondlari TASH, MW hamda GBIF xalqaro bazalari va mavjud adabiyot manbalari tahlili asosida, ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MONOCOTYLEDONOUS PLANTS OF THE NAMANGAN CITY

On the basis of the field research carried out in 2023-2024, and the relevant herbarium funds TASH, MW and GBIF international databases and the analysis of available literature sources, for the first time, the taxonomic structure of monocotyledons in the urban flora of Namangan city, consisting of 8 families, 59 species of 39 genera, was determined

Текст научной работы на тему «NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR URUG‘PALLALILAR»

NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR

URUG'PALLALILAR JG'ulomov Rustamjon Komiljon o'g'li

Namangan davlat universiteti katta o'qituvchisi, PhD. Mutalibxonova Munisxon Faxriddin qizi

Namangan davlat universiteti, 2-kurs magistranti.

E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13863663

Annotatsiya: 2023-2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari, va tegishli gerbariy fondlari TASH, MW hamda GBIF xalqaro bazalari va mavjud adabiyot manbalari tahlili asosida, ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug'pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Urbanoflora, adventiv, Poaceae, bir urug'pallali, flora

MONOCOTYLEDONOUS PLANTS OF THE NAMANGAN CITY

Abstract: On the basis of the field research carried out in 2023-2024, and the relevant herbarium funds TASH, MW and GBIF international databases and the analysis of available literature sources, for the first time, the taxonomic structure of monocotyledons in the urban flora of Namangan city, consisting of 8 families, 59 species of 39 genera, was determined.

Keywords: Urbanoflora, adventive, Poaceae, monocotyledonous, flora

KIRISH

Shahar florasini o'rganish zamonaviy floristika va fitogeografiyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, uning ilmiy ahamiyati ham vaqt, ham makonda antropogen bosimning kuchayishi tufayli barqaror ortib bormoqda. Shu jumladan, respublikamizda so'ngi yillarda urbanizatsiya darajasini ortishi, turizm, logistka va iqtisodiyot tarmoqlarini jadal sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida O'zbekiston hududining 82% tabiiy landshafti antropogen omillar ta'siriga uchradi, 18% esa to liq ozlashtirildi. Antropogen ta'sirning kuchayishi natijasida mamlakatning tabiiy va sun'iy landshaftlarida urbanoflora tarkibini aniqlash, kamyob turlarni muhofaza qilish, adventive turlar reestrini yuritish va shahar bioxilma-xilligiga ta'sirini o'rganish muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shu sababli, 2023-2024 yillarda Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug'pallali o'simliklarni taksonomik tarkibini aniqlash va ularni tahlil etish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirildi.

ABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Namangan shahar urbanoflorasi bir urug'pallali o'simliklarni tadqiq etish maqsadida, 2023-2024 yillarning mart oyidan avgust oyiga qadar Namangan shahar hududi bo'ylab maqsadli dala tadqiqotlari olib borildi (1-rasm). Mazkur dala tadqiqotlari A.V.Sherbakov, S.R.Mayorov [5] tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Taksonlarning mualliflari "Authors of Plant Names" R.Brummit, E.Powell qo'llanmasi asosida yozildi [6]. Taksonlarning nomenklaturasi va ilmiy nomlari Plants of the World Online (POWO; http://www.plantsoftheworldonline.org), International Plant Name Index (IPNI; www.ipni.org) bo'yicha keltirildi [7, 8].

Namangan viloyati va shahar atrofidagi tabiiy landshaftlardan terilgan gerbariy namunalari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining O'zbekiston Milliy gerbariy

fondidan (TASH) foydalanildi. Qo'shimcha ma'lumotlar Global bioxilma-xillik ma'lumotlar bazasidan (GBIF; https://www.gbif.org/) hamda Moskva davlay universiteti virtual gerbariy ma'lumotlaridan foydalanildi.

1-Rasm. Tadqiqot hududi

NATIJALAR

2023-2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari natijasida ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug'pallali o'simliklarni 8 oila, 39 turkumga mansub 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi (1-jadval). Tahlillar natijasida floraning yetakchi oilalar spektri aniqlangan. Bunda Poaceae (41), Cyperaceae (9) oilalar muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qilgan (2-rasm).

1-jadval. Namangan shahar urbanoflorasida tarqalgan bir urug'pallali o'simliklarning

taksonomik tarkibi

№ Oila Turkum Tur Hayotiy shakli

1 Amaryllidaceae J.St.-Hil. Allium L. Allium anisotepalum Vved. Gemikriptofit

2 Poaceae Barnhart. Arundo L. Arundo donax L. Terofit

Avena L. Avena fatua L. Avena sterilis L.

Aegilops L. Aegilops triuncialis L. Aegilops cylindrica Host

Agrostis gigantea Roth. Gemikriptofit

Aristida L. Aristida adscensionis L.

Poa L. Poa bulbosa L. Poa angustifolia L. Poa annua L. Poa pratensis L.

Cynodon Rich. Cynodon dactylon (L.) Pers.

Hordeum L. Hordeum murinum subsp. leporinum (Link). Terofit

Hordeum jubatum L. Gemikriptofit

Lolium L. Lolium temulentum L.

Lolium arundinaceum (Schreb.) Darbysh.

Lolium multiflorum Lam. Terofit

Lolium perenne L.

Eremopyrum (Ledeb.) Jaub. & Spach Eremopyrum orientale (L.) Jaub. & Spach

Eremopyrum triticeum (Gaertn.) Nevski

Echinochloa P.Beauv. Echinochloa oryzoides (Ard.) Fritsch

Echinochloa crus-galli (L.) Beauv

Eriochloa Kunth Eriochloa villosa (Thunb.) Kunth. Gemikriptofit

Eleusine Gaertn. Eleusine indica (L.) Gaertn. Terofit

Phalaris L. Phalaris minor Retz.

Phleum L. Phleum pratense L.

Setaria P.Beauv. Setaria italica P.Beauv.

Setaria verticillata (L.) P.Beauv.

Setaria viridis (L.) P.Beauv.

Sorghum Moench Sorghum halepense Pers Gemikriptofit

Bromus L. Bromus sewerzowii Regel Terofit

Calamagrostis Adans. Calamagrostis anthoxanthoides Rege. Gemikriptofit

Catabrosa P.Beauv. Catabrosa aquatica (L.) Beauv. Terofit

Dactylis L. Dactylis glomerata L. Gemikriptofit

Arrhenatherum P.Beauv. Arrhenatherum elatius (L.) P.Beauv. ex

Pseudoroegneria Á.L0ve Pseudoroegneria geniculata (Trin.) Á.L0ve Terofit

Helictochloa Romero Zarco Helictochloa hookeri (Scribn.) Romero Zarco

Deschampsia P.Beauv. Deschampsia koelerioides Regel Gemikriptofit

Sporobolus R.Br. Sporobolus schoenoides (L.) P.M.Peterson Terofit

Thinopyrum À.Lôve Thinopyrum intermedium (Host) Gemikriptofit

Elymus L. Elymus repens (L.) Gould

3 Typhaceae Juss. Typha L. Typha latifolia L. Typha laxmannii Lepech.

4 Cyperaceae Juss. Carex L. Carex leporina L. Carexpachystylis J.Gay

Cyperus L. Cyperus fuscus L. Cyperus difformis L. Cyperus iria L. Terofit

Schoenoplectiella Lye Schoenoplectiella juncoides (Roxb.) Lye Schoenoplectiella roylei (Nees) Lye Gemikriptofit

Fimbristylis Vahl Fimbristylis quinquangularis (M.Vahl) Kunth Terofit

Schoenoplectus (Rchb.) Palla Schoenoplectus lacustris (L.) Palla Gemikriptofit

5 Thymelaeaceae Juss. Diarthron Turcz. Diarthron vesiculosum (Fisch. & C.A.Mey). Terofit

6 Alismataceae Vent. Alisma L. Alisma plantago-aquatica L. Gemikriptofit

7 Liliaceae Juss. Gagea Salisb. Gagea tenera Pascher Gagea gageoides (Zucc.) Vved.

Tulipa L. Tulipa bifloriformis Vved.

8 Ixioliriaceae Nakai Ixiolirion Fisch. ex Herb. Ixiolirion tataricum (Pall.) Herb. & Traub

Jami: S oila Jami: Э9 turkum Jami: 59 tur Jami: Э!^

Yetakchi oilalar spektri sinantrop muhitlar florasi xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Ushbu oilalar tarkibi ekinlar orasida, gulzorlarda, sernam yerlarda uchraydigan begona turlardan tashkil topganligi bilan ajralib turadi. Begona turlar orasida chetdan kirib kelgan adventiv o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Ular ko'proq Poaceae oilasi tarkibida ko'p uchraydi. Mazkur oila vakillari tadqiqot hududida eng yuqori ko'rsatkich 69,5% ni tashkil qildi. Oila vakillaridan Hordeum jubatum L., Lolium multiflorum Lam.,Loliumperenne L., Lolium temulentum L., Phalaris minor Retz., Phleum pratense va boshqalar so'nggi yillarda kirib kelayotgan adventiv tur sifatida qayd etilgan.

Poaceae; 41 _

2-Rasm. Namangan shahr urbanofloradagi bir urug'pallali yetakchi oilalar spektri

Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug'pallalilar ayrim shaharlar floralari, masalan, Krasnodar [4], Grozniy [1] yoki Xarkov [2] shaharlari urbanofloralari bilan taqqoslandi va ular orasida Poaceae oilasi yetakchilik qilishi aniqlandi. Ular shahar florasi tarkibida ruderal, partov yerlar, yo'l va ariq bo'ylari, gulzorlar va ekin maydonlarida uchraydi [9].

Bundan tashqari, Namangan shahri urbanoflorasining yetakchi turkumlar spektrida Poaceae va Cyperaceae oila turkumi yetakchiligi hududning xos xususiyatlari bilan ifodalansa, ularning uchrash maydonlari asosan sernam hududlarda qayd etildi (3-rasm).

Bundan tashqari, Namangan shahar urbanofloradagi bir urug'pallali o'simliklarni hayotiy shakllar bo'yicha ko'rsatkichlari ham [3] tahlil etildi va aniqlangan 59 turning 31 turi gemikriptofit, 28 tur esa terofit hayotiy shakliga mansub ekanligi aniqlandi.

3-Rasm. Namangan shahr urbanofloradagi bir urug'pallali yetakchi turkumlar spektri

MUHOKAMA

Bundan tashqari, shahar urbanoflorasida yetakchi oilalardan biri sifatida Boshoqdoshlar -eng qadimgi yem-xashak va oziq-ovqat ekinlari hisoblanadi. Turlarning hayotiy sikli 1 yildan 22 yilgacha davom etishi aniqlangan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika

institutining 2022 yil hisobotlariga ko'ra Poaceae oilasining barcha o'rganilgan senopopulyatsiyalari normal, lekin to'liqsiz a'zoli ekangligi qayd etilgan [10]. Senopopulyatsiyalarning yosh holati va samaradorlik indeksiga ko'ra yosh (40%), yetilgan (25%), o'tuvchi (18 %), yetilayotgan (14%) va qariyotgan (2%) tipga xosligi qayd etilgan.

Bugungi kunda Namangan shahar demografik o'sish ko'rsatkichi bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallaydi. Jumladan, aholisi 2931,5 ming kishi (2021), aholi zichligi o'rtacha 1 km2 ga 266 kishiga to'g'ri keladi. Bugungi kunda Namangan shaharda saqlanib qolgan eng yirik tabiiy hududlar sifatida shahar hududidagi qabristonlarini (Mangulik va Hurmatoy aya) keltirish mumkin. Shaharning shimoliy hududlarida mavjud adirlik va tepaliklarning katta qismi sanoat zonalari, aholi yashah joylari, logistika va boshqa maqsadlarda to'liq o'zlashtirilgan. Bu esa shahar florasiga ekologik sharoitlarga moslashuvchan begona (adventiv) turlar kirishiga olib kelmoqda [4-rasm].

4-Rasm. Namangan shahrida o'zlashtirib borilayotgan tabiiy maydonlar xaritasi

XULOSA

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug'pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi. Tahlillar natijasida floraning yetakchi oilalar spektri orasida Poaceae (41), Cyperaceae (9) muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qilgan. Ular shahar florasi tarkibida ruderal, partov yerlar, yo'l va ariq bo'ylari, gulzorlar va ekin maydonlarida uchraydi. Bundan tashqari, hayotiy shakllar bo'yicha tahlilda asosiy ko'rsatkichni gemikriptofitlar tashkil etgan.

MINNATDORCHILIK

Turlarni aniqlashda yaqindan yordam bergan Namangan davlat universiteti katta o'qituvchisi, PhD X.Xoshimov va Sh.Abdullayevlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Алихаджиев М.Х., Эржапова Р.С. (2017). Итоги инвентаризации флоры города Грозного: систематическая и географическая структура // Известия Самарского научного центра Российской академии наук. ^м 19, №2(2), - C. 211-215.

2. Звягинцев К.А. (2013). Природная фракция урбанофлоры Харькова: анализ и аннотированный конспект // Фиторазнообразие Восточной Европы 2013, VII: 3. - C. 528.

3. Определителрастений Средней Азии: (1968 - 1993). Т. И-Х. - Ташкент: Фан.

4. Постарнак Ю.А., Литвинская С.А. (2011). Урбанофлора города краснодара. Известия Самарского научного центра Российской академии наук. T. 13, 5(3).

5. Щербаков А.В., Майоров С.Р. (2006). Инвентаризация флоры и основы гербарного дела (Методически Флора сосудистых растений е рекомендации). Москва: Товaрищеcтво ниучных издaний КМК. - C. 48.

6. Brummitt R.K., Powel C.E. (1992). Authots of plants names. Royal Botanic Gardens. - Kew. - 732 р.

7. International Plant Name Index (IPNI; 2024). - URL: https://ipni.org [Accessed 05.08.2024].

8. Plants of the world online (POWO; 2024). - URL: www.plantsoftheworldonline.org [Accessed 06.08.2024].

9. Umedov A.M., Esanov H.Q., (2024). Buxoro shahri urbanoflorasining taksonomik tahlili. QarDUxabarlari (1)1. 144-152 bet. 135 b.

10. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining yillik hisoboti (2022). Toshkent - 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.