EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
MUSEUM-SHELTER COMPLEX - AS MODERN MUSEUMS (FOR EXAMPLE, PETROGLYPH MONUMENTS) To'ychiboev B.B.
Candidate of historical sciences, associate professor https://doi.org/10.5281/zenodo.10868878
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
Received: 18th March 2024 Accepted: 24th March 2024 Online: 25th March 2024
KEYWORDS Museum - reserve complex, modern museums, historical heritage, eco-museums,
museum-parks.
ABSTRACT
The number of archaeological sites in our country has been sharply declining in recent years. Unlike other archaeological sites, ancient rock art is considered to be at high risk of extinction due to the influence of anthropogenic factors. Ancient rock paintings are an integral part of nature, and preserving them from human influence is considered a very pressing issue. Rock and cave paintings are an open-air museum. Therefore, the issue of preserving them and bringing them to the attention of the general public in the form of museums and reserves is considered relevant.
MUZEY-QO'RIQXONALAR KOMPLEKSI - ZAMONAVIY MUZEYLAR SIFATIDA (PETROGLIF YODGORLIKLAR MISOLIDA)
To'ychiboev B.B.
Tarix fanlari nomzodi, dotsent. https://doi.org/10.5281/zenodo.10868878
ARTICLE INFO
Received: 18th March 2024 Accepted: 24th March 2024 Online: 25th March 2024
KEYWORDS Muzey - qo'riqxonalar kompleksi, zamonaviy
muzeylar, tarixiy meros, eko-muzeylar, muzey-parklar.
ABSTRACT
Mamlakütimiz hududida arxeologik yodgorliklarning soni so'ngi yillarda keskin kamayib bormoqda. Qadimgi qoyatosh surat yodgorliklari boshqa arxeologik yodgorliklardan farqli ravishda o'zlarining hususiyatidan kelib chiqib antropogen omillar tasirida yo'qolib ketish xavfi yuqori bo'lgan yodgorliklar hisoblanadi. Qadimgi qoyatosh suratlar tabiatning ajralmas bir bo'lagi bo'lib, ularni inson ta^siridan saqlash juda mushkul masala hisoblanadi. Qoyatosh va g'orlardagi qadimgi tasvirlar ochiq osmon ostidagi muzey hisoblanadi. SHu sababli ularni saqlash va keng omma e^tiboriga muzey-qo'riqxonalar shaklda yetkazish dolzarb masala hisoblanadi.
Kirish. Tarixiy, madaniy va tabiiy merosni asrab-avaylash zamonaviy dunyoda har qanday davlatning madaniy siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida qaraladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Hozirgi kunda jamiyatda tarixiy merosga munosabat o'zgarib, uning qadr-qimmati to'g'risida yangi tushunchalar shakllanmoqda. Bu esa insonlar tafakkurida muzeylar olami xaqidagi tushunchalarning o'zgarishlarga olib kelib, muzeylarga qiziqish ortib borishiga, yangi turlardagi muzeylar paydo bo'lishiga olib kelmoqda. XX asrning birinchi choragida moddiy tarixiy-madaniy merosni muzeylashtirish, muzey-qo'riqxonalar tashkil etishga qiziqish kuchayib bormoqda. Muzeylarning yangi shakllari: etnografik muzey-qo'riqxonalar, eko-muzeylar, muzey-parklar, muzey-qo'riqxonalar tashkil etish g'oyalari paydo bo'la boshladi va odamlar tafakkurida tarixiy-madaniy landshaftlar qadriyati tushunchasi shakllana boshladi. Bu esa ayni vaqtda, tarixiy-madaniy merosdan foydalanish va uni muzeylashtirishdagi mavjud ayrim muammolarni kun tartibiga chiqishiga olib keldi.
Dolzarbligi. Muzeyshunoslikda moddiy tarixiy-madaniy meros yodgorliklardan foydalanish sohasidagi asosiy muammo, hududimizda joylashgan ko'plab arxeologik, tarixiy va madaniy meros yodgorliklaridan foydalanish darajasining pastligidir. Muzeylashtirilgan arxeologik yodgorliklar juda kam. SHu sababli turizm, madaniyat va ta'limni rivojlantirish uchun arxeologik yodgorliklardan foydalanish darajasi juda past. Bugungi kunda jamiyatda arxeologik meros yodgorliklaridan zamonaviy ko'rinishda foydalanish, jumladan ularni muzeylashtirish, turizm, madaniyat, ta'lim, fan rivojiga ta'sir qiluvchi zamonaviy jamiyatning noyob resursi sifatidagi yondashuvni shakllantirish nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Afsuski, xozirga qadar mamlakatimizdagi arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirish bo'yicha amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar talab darajasida emas.
Manbashunoslik asosi. Bugungi kunda O'zbekistonning tog'li va tog' oldi hududlarida mezolitdan kech o'rta asrlarga qadar xronologik davomiylikdagi 180 ga yaqin qoyatosh tasvir yodgorliklari aniqlangan. O'zbekiston hududida XX asr davomida mashxur qoyatosh san'at yodgorliklari Zarautsaya tasvirlari [1,2,3,4] Suratlisoy va Oxna qoyatosh yodgorliklari [5], Xo'jakent qoyatosh yodgorliklari [5], Sarmishsoy qoyatosh suratlari [7], Eshma qoyatosh suratlari, YAngiariqsoy darasi qoyatosh suratlari [8], Suratlisoy [9], Varzik qoyatosh tasvirlari [10,11], Qorqiyasoy yodgorligi, Xo'jakent yodgorligi, Sayxonsoy yodgorliklari, Oqsaqolotasoy yodgorliklari [12] kabi ko'plab yodgorliklar aniqlanib o'rganilgan. Bundan tashqari O'zbekiston hududida so'ngi yillarda Siypantosh qoyatosh suratlari [13] aniqlandi. Bularning ichida Zarautkamar g'ori, Sarmishsoy petrogliflari, Xo'jakent, Suratlisoy, Qoraqiyasoy, Bukantau tasvirlari ilmiy jamoatchilik o'rtasida mashxur hisoblanadi [14,15].
Tadqiqot natijalari: Bugungi kunda ko'plab qoyatosh tasvir yodgorliklar, antropogen omillar ta'sirida vayron bo'lib, insoniyat uchun butunlay yo'qolib bormoqda. Jahon tajribasida bu turdagi tarixiy-madaniy meros obektlarini vayron qilishning oldini olishning eng samarali chora-tadbirlaridan biri tabiiy, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo'lgan alohida muhofaza etiladigan muzey-qo'riqxona hududlarini tashkil etish hisoblanadi.
Ma'lumki, tarixiy - madaniy merosning asosini tabiiy va arxeologik landshaftlar tashkil qiladi. SHuni hisobga olgan holda e'tirof etish kerakki, muzey-qo'riqxonalar, milliy bog'lar, ochiq osmon ostidagi muzeylar va boshqalar, tarixiy - madaniy makonini tashkil etishning optimal shakllaridan bir hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarda XX asrdan boshlab arxeologik yodgorliklarni, hususan, qoyatosh rasmlarini muzeylashtirish loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda. Qoyatosh yodgorliklarni saqlash va muzeylashtirish masalasida evropalik mutaxassislar katta tajribaga ega. YUrtimizdagi bu kabi noyob san'at
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
yodgorliklaridan Sarmishsoy, tarixiy-madaniy va tabiiy-landshaft muzey-qo'riqxonasi statusini olgan. Bu erda olib borilgan konserva^ya va muzeylashtirish ishlaridan so'ng yodgorlik YUNESKO ning madaniy yodgorliklar ro'yxatiga olingan [16,17,25].
Muammaning muhokamasi. Qoyatosh va g'orlardagi qadimgi tasvirlarni muzey-qo'riqxonalarga aylantirish katta moliyaviy xarajatlar va maxsus tadqiqotlarni talab qiladi. SHu sababli qoyatosh suratlarni uzoq muddatlar davomida saqlab qolish masalalarini echish uchun maxsus kompleks dasturlar ishlab chiqilishi zarur. YOdgorliklarning batafsil tavsifini yaratish, yodgorlik xaqida umumiy tushuncha shakllanishiga va undagi davriy o'zgarishlarni kuzatib borish imkonini beruvchi ma'lumotlar bazasi shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bunday ma'lumotlar bazasini shakllantirish uchun biolog, geolog, restavrator kabi maxsus, tor doira ihtisosliklari iborat mutaxassislar jamoasi jalb qilinishi zarur bo'ladi. Ammo yodgorlikning boshlang'ich tavsifi arxeolog mutaxassislar tomonidan shakllantiriladi.
Muzey-qo'riqxonalarda qoyatosh yodgorliklarni saqlash jarayoni bilan bog'liq ishlarni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1 bosqich: Qoyatosh yodgorligi tasviri tushirilgan ob'ektini doimiy nazoratda tutish. Masalan, muzey hududidini ozodaligini saqlash, gorizontal joylashgan qoyatosh yodgorliklar sathini chang va tuproqlardan tozalab turish. 2 bosqich: Qoyatosh yodgorlikka ta'sir qiluvchi tashqi omillardan saqlash. YA'ni, qoyatosh yodgorlik sathini to'sib qolgan o'simliklar va daraxt shoxlarini olib tashlash, qoyatosh sathiga yomg'ir, qor suvlari tushmasligini va oqar suv xavzalari zarar etkazmasligini nazorat qilish. 3 bosqich: Qoyatosh tasvirlarni qisman qayta tiklash, uni dastlabki ko'rinishga qaytarish, qoyatoshlar sathini qoplagan lishayniklardan tozalash. 4 bosqich: Qoyatosh tasvirlarni qayta tiklash. Bu bosqichda yodgorlikka qisman etkazilgan talofat yoki buzilgan tasvirlarni qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Qoyatosh yodgorliklarni saqlash jarayoni bilan bog'liq 3 va 4 bosqich ishlari malakali mutaxasislar tomonidan amalga oshirilishi zarur [18,19,24].
Arxeologik obektlarni muzeylashtirish va muzey-qo'riqxonalarni tashkil etishda quyidagi xolatlarga e'tibor qaratish lozim. a) muzeylashtirish obektining tarixiy-madaniy qiymatini ilmiy o'rganish; b) aholi orasida yodgorlikning mashhurligi va axolining unga munosabati; v) yodgorlik joylashgan joy madaniy landshaftini, uning ekologik xususiyatlarini aniqlash; d) muzey-qo'riqxona asosini tashkil etuvchi yodgorlik yaqinidagi aholi manzilgoxlari, yo'l tarmoqlari, transport imkoniyatlari va ziyoratchilar uchun sharoitning mavjudligi; e) muzeylashtirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy ishlar majmuasini amalga oshirish. [20,23]
Tabiiy muhitda muzey majmualarini yaratishda madaniy-tarixiy landshaftning tabiiy chegaralarini belgilash muhim hisoblanadi. Qadimgi tasvirlar bilan qoya va uning atrofidagi landshaft bir butunlikni tashkil qilib, ularni ajratib bo'lmaydi. Madaniy-tarixiy landshaftning hududi va chegaralarini aniqlash va undan muzey-qo'riqxona maydoni sifatida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Madaniy landshaftni aniqlashda ikkita holatni hisobga olish taklif etiladi: hududning tabiiy xususiyatlari va ushbu hududga inson faoliyatining ta'siri. Muzey-qo'riqxonani tashkil etishda eng muhim masala madaniy-tarixiy landshaftning yodgorlik bilan uyg'unligi hisoblanadi. YAgona muzey makonini yaratishda muzey-qo'riqxona eksponatlar, masalan qoyatosh yodgorliklar kompoz^iyalar va tarixiy ruh muhim o'rin egallaydi. Madaniy landshaft doirasida, muzey ko'rgazmalari majmuasini yaratish orqali, muzey-qo'riqxonaning asosiy konцepцiyasi g'oyasiga mos keluvchi ilmiy ruh yaratish.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Ko'pgina qadimgi qoyatosh suratlarning mohiyati xatto mutaxassilar uchun xam mavhum bo'lsada, bugungi kunda har qanday qoyatosh tasvir ob'ektini talqin qilish mumkin bo'lgan ma'lumotlar bazasi mavjud. YOdgorlik xaqida to'liq ma'lumotlar mavjud bo'lmagan hollarda ham, allaqachon mahalliy o'lkashunoslik va etnografik ma'lumotlar asosida shakllangan tushunchalar negizida ma'lumotlar bazasini yaratish, bunda mavjud arxeologik kontekslardan foydalanish mumkin. Qoyatosh rasmlarning kelib chiqishi va talqini haqidagi ilmiy farazlarni taqdim etishdan tashqari, maxalliy ertak va afsonalardan ham foydalanish mumkin. Bularning barchasi birgalikda o'lka tarixini tushunishga va o'tmishning sirli qariga sho'ng'ish imkonini beradi [18,22].
Xulosalar: Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, qoyatosh suratlari negizida tashkil etiladigan muzey-qo'riqxonalar qadimgi ajdodlarimizning kundalik turmush tarzi, diniy va dunyoviy tasavvurlari, falsafiy dunyoqarashi haqida ma'lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir. Muzey-qo'riqxonalarni tashkil qilish: ilmiy, tarbiyaviy, ma'rifiy xarakterdagi muammolarni; tarixiy-madaniy merosni targ'ib qilish va ommalashtirish; qadimiy san'atga ilmiy va ma'rifiy qiziqishni rivojlantirish; yoshlarning tarixiy ta'lim darajasini oshirish; mintaqada turizmning ilmiy va boshqa turlarini rivojlantirish; qadimiy tarixiy va madaniy merosni o'rganish va saqlash kabi masalarni hal etish imkonini beradi. Arxeologik qoyatosh san'ati ob'ektlari negizida tashkil etiladigan kompleks muzey-qo'riqxonalar, tarixiy-madaniy merosni saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy talablariga javob beradigan yangi turdagi muzey qo'riqxonasi vazifasini bajaradi.
References:
1. Рoгинскaя. A. 3apayT-ca^ М.- Л., 1950.
2. Фoрмoзoв A. A. KHOTa o дрeвнeй нaскaльнoй живoписи в y36e^CTaHe. - СЭ, 1951.
3. Фoрмoзoв А. А. О нaскaльныx изoбрaжeнияx 3apayT-KaMapa в yrn^be Зaрaут-сaй. -СА, №4, 1966.
4. Фoрмoзoв A. A. 04epra no nepBo6biTHoMy исскуству. - М., 1969.
5. Вoрoнeц М. Э. Нaскaльныe изoбрaжeния Южнoй Киргизии. - ТКиргГПИ cep. ист. вып. №2. 1950. - С. 75-80.
6. Aлпыcбaeв Х. ^вьш нacкaльныe изoбpaжeния Бocтaндыкcкoгo paйoнa. - ТИИAЭ AH Ka3. Т. 1. 1956. - С. 188.
7. Kaбиpoв Ж. Сapмишcoйнинг к;oятoшлap pacмлapи. Тoшкeнт, 1976. - С. 17.
8. Хужaнaзapoв М.М. Hacкaлныe изoбpaжeния Сeвepo-Вocтoчнoгo Узбeкиcтaнa. Диccepтaции Ha тиск. уч. cтeпeни к.и.н. Лeнингpaд, 1985.
9. Tashbayeva K., Khujanazarov M., Ranov V., Samashev Z. Petroglyphs of Central Asia. -Bishkek, 2001.
10. Бapaтoв С. Р. Kультуpa cкoтoвoдoв ceвepнoй Фepгaны в дpeвнocти paннeм cpeднeвeкoвьe (no мaтepиaлaм куpумoв и мугxaны). Aвтopeфepaт дисс. кaнд. иcтop. нaук. Сaмapкaнд. 1991.- B. 16.
11. Хужaнaзapoв М. Hacкaлныe вoпpocы пepиoдизaции и cюжeтнo-cтилиcтичecкoгo aнaлизa нacкaльныx pиcункoв Вapзикa. Узбeкиcтoн мoддий мaдaнияти тapиxи, №30. Сaмapкaнд, 1999, - С. 55-67.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
12. Хужaнaзapoв М. М. Шмятники y36e^CTaHa // Шмятники нacкaльнoгo иcкуccтвa Цeнтpaльнoй Aзии. Общecтвeннoe учacтиe, мeнeджмeнт, кoнcepвaция, дoкумeнтaция. Aлмaты. 2004.
13. Сулeймaнoв Р.Х., Гopдeeвa Е. Сийпaнтaш - вaжный идeoлoгичecкий пaмятник пepвoбытнoгo иcкуccтвa // O'zbekiston arxeologiyasi, 2019. - №1 (18). - Б. 23-48.
14. Хужaнaзapoв М. М. Hacкaльныe изoбpaжeния Хoджaкeнтa и Kapaкияcaя. Сaмapкaнд, 1995. - С.173.
15. Туйчибoeв, Б. (2022). Н^ятош cуpaтлapини урганиш вa ca;лaшдa pa;aмли тexнoлoгиялapнинг урни. Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана, 1(01), 19-24.
16. Kaндaxapoв A.X., Пoлвaнoвa Ф.A. Hacкaльныe рисунки и история ropHoro дeлa пoд oткpытым нeбoм в Зepaвшaнcкoй дoлинe // Вecтник нaуки и oбpaзoвaния. - М.: «Пpoблeмы туки», 2016. - №3 (15). - С. 22-25.,
17. Улмacoв A. Ф. Узбeкиcтoннинг ^димги к^ятош cуpaтлapини ca;лaш вa музeйлaштиpишгa дoиp. Утмишга нaзap. 4 жилд, 11 тн. Toшкeнт. 2021. - Б. 73-79.
18. Дубpoвcкий Д.К, Гpaчёв В.Ю. Уpaльcкиe пиcaницы в миpoвoм нacкaльнoм иcкуccтвe Е^теринбург 2011 г. - С.179-180.
19. Туйчибaeв, Б. Б. (2022). ПЕТРОГЛИФЛAРHИ X,УЖЖAТЛAШТИРИШДA РAНAМЛИ ТЕХHОЛОГИЯЛAРHИHГ УРНИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ,^1-2).
20. Kaплунoв B.A. Koмплeкcный музeй-зaпoвeдник нa ocнoвe apxeoлoгичecкoгo пaмятникa кaк тип coвpeмeннoгo музeя. Aвтopeфepaт дисс. кaнд. нaук культуpoлoгии. Keмepoвo. 2016.
21. Tuychibaev, B. (2023). OF PRESERVATION AND USE OF STONE MONUMENTS IN PARTICULAR ISSUES. Science and innovation, 2(C4), 70-75.
22. Basymovich, T. B. (2022). Some Issues on Studying Material Culture "Ancient Ustrushana". Texas Journal of Philology, Culture and History, 11, 18-22.
23. Туйчибaeв, Б. (2023). ЦОЯТОШ ТAСВИРЛAРИ ТЕМAТИKAСИ ХУСУСИДЛ. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 50-53.
24. BOSIMOVICH, T. В., & ALISHER, A. (2022). FROM THE HISTORY OF THE ANCIENT DEFENSE WALLS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(5), 61-65.
25. BAKHODIR, T., & ULUGBEK, Y. (2022). Сиpдapё ул^си илк мoддий мaдaнияти излapи. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(5), 31-39.