Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATI RIVOJIGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR'

MUSTAQILLIK YILLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATI RIVOJIGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
235
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baxshi / baxshichilik / san’at / tarixiy san’at / ma’rifatli jamiyat / bakhshi / bakhshiki / art / historical art / enlightened society

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ismoilova, Mohigul Akramjon Qizi, Qirg‘izov, Iqboljon

Maqolada baxshichilik san’atining tarixiy rivojlanish bosqichlari, yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan taklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPPORTUNITIES CREATED FOR THE DEVELOPMENT OF THE ART OF GIVING IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

The article contains proposals and recommendations regarding the stages of the historical development of the art of baksheek, its importance in the development of the new Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATI RIVOJIGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUSTAQILLIK YILLARIDA BAXSHICHILIK SAN'ATI RIVOJIGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR

Ismoilova Mohigul Akramjon qizi

FDU talabasi Ilmiy rahbar Iqboljon Qirg'izov

FarDU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada baxshichilik san'atining tarixiy rivojlanish bosqichlari, yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan taklif va tavsiyalar o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: baxshi, baxshichilik, san'at, tarixiy san'at, ma'rifatli jamiyat

АННОТАЦИЯ

В статье содержатся предложения и рекомендации относительно этапов исторического развития искусства бакши, его значения в развитии нового Узбекистана.

Ключевые слова: бахши, бахшики, искусство, историческое искусство, просвещенное общество.

ABSTRACT

The article contains proposals and recommendations regarding the stages of the historical development of the art of baksheek, its importance in the development of the new Uzbekistan.

Key words: bakhshi, bakhshiki, art, historical art, enlightened society

KIRISH

"Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasining beshinchi yo'nalishi ma'naviy va ma'rifiy sohalarni rivojlantirishga qaratilib, mamlakatimiz Prezidenti "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi - ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g'oyalarni mujassam etadigan kuchli ma'naviyatga tayanamiz." (1)-deya ta'kidlaganlaridek, baxshichilik san'ati omili asosida ma'rifatli jamiyat poydevorini barpo etish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Zero, yoshlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishda an'anaviy xalq qo'shiqlari, baxshichilik san'ati hamda tomoshalarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Shuning uchun, xalq musiqasiga boy bolgan bayramlar, sayillar hamda turli xil tomoshalar inson ma'naviyati shakllanishida va taraqqiyotida asosiy manba hisoblanadi. Har bir

412

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bayram, marosimning tarbiyaviy ta'sir kuchi shu an'ananing mazmunini ochishga xizmat qiluvchi urf-odatlar, rasm-rusumlar bilan mustahkamlanadi.

O'zbekiston Prezidentining 10.04.2021 yildagi «II Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tayyorgarlik ko'rish va baxshichilik san'atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PO-5070-son qaror^ga binoan baxshichilik san'atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ'ib qilish, Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini respublikaning barcha hududlarida:Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud bo'lgan o'ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni «ustoz-shogird» an'analari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadi belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Termiz shahrida Respublika baxshichilik san'ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san'atini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Bu baxshichilik san'atini saqlash, uni asrab-avaylash va rivojlantirish hamda shu yo'nalishda iqtidori bor yoshlarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Markazning asosiy vazifalari:

-baxshichilik san'atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o'rganish va mustahkamlash;

-sohada shakllangan ijodiy maktablarning o'ziga xos ijro uslublari, "ustoz-shogird" an'analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

-baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o'qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash;

-madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari va boshqa ta'lim muassasalari qoshida baxshichilik san'ati to'garaklarini tashkil etish;

- baxshi-shoirlar ijodiga keng yo'l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta'minlash;

-baxshichilik san'atining sara namunalarini to'plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko'paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ'ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televidenie va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

1 npe3HgeHTHHHr 10.04.2021 HH^garn «II Xa^Kapo öaxmHHH^HK caHtaTH ^ecTHB&mra TaHeprap^HK Kypnm Ba öaxmHHH^HK caHtaTHHH pHBO^raHTHpnm ynyH Ky^an mapT-maponraap aparnmra gonp KymnM^a Hopa-Tag6npnap TyFpncHga»rH nK.-5070-coH Kapopn.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-baxshichilik san'ati yo'nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o'zaro tajriba almashishni yo'lga qo'yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslari tashkil etish amalga oshirilmoqdaki, bunda baxshilar ijrosidagi musiqiy ohanglar orqali yoshlar go'zal she'r va kuylardagi bir-biriga mutanosiblikni ko'radi, musiqiy ijro orqali inson qalbining ruhiy kechinmalarini sezadi, go'zallikka bo'lgan havasini yuksaltiradi. Albatta, bunday ta'sirchanlik xususiyatiga molik bo'lgan havasni yuksaltiradi, baxshilar ijrosidagi navolar yoshlarimizning ijodiy barkamollikka intilishlarini, kelajakdagi muvafaqqiyatlarga erishish imkoniga muyassar bo'ladi.

Chunki, baxshi ohangining mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi.

Baxshilar kuylaydigan xalq dostonlari madaniyat, ma'rifat, tarbiya vositasi bo'lib kelgan. Xatto yozma manbalar bo'lmagan qadimgi davrlardayoq ajdodlarimiz og'zaki ijod orqali avlodlarga mardlik, yaxshilik, halollik, vatanparvarlik, do'stlik ibratini yetkazgan. Shu jihatdan, baxshilar xalq muallimi,el tarbiyachisi avlodlar yetakchisi sifatida e'zozlangan.

Bu borada ta'kid joizki, xalqimizning milliy o'zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an'ana va urf-odatlarini o'zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san'ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan-asrlarga o'tib kelmoqda.

Chunonchi, ilk marta Yurtboshimiz tashabbusi bilan jamoatchilikni o'zbek baxshichiligining betakror namunalari bilan tanishtirish, yoshlar orasida milliy folklorga bo'lgan qiziqishni oshirish, qardosh xalqlar o'rtasida do'stlik aloqalarini mustahkamlash, ijodiy aloqalar va madaniy hamkorlik doirasini xalqaro ko'lamda kengaytirish maqsadida Termiz shahrida 2019 yil 5-10 aprel kunlari Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining o'tkazilishi negizida insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish masalari mavjuddir.

Asosiy bayram tadbirlari kechgan 32 gektardan iborat maydonda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ramziy qo'rg'onlari bunyod etildi. Bu erda har bir hududning o'ziga xos hayot tarzi, xalq hunarmandchiligi va amaliy san'ati, maydon tomoshalari, milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini ifoda qiluvchi ko'rgazmalar tashkil etildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yurtimizda birinchi bor o'tkazilgan ushbu san'at bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashdi. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor san'ati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari borligi xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga xalqaro jamoatchilikning nechog'li katta qiziqishidan dalolatdir. Illo, baxshichilik san'ati inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o'ziga xos o'ringa egadir. U dam olish va ko'ngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlarda hamjixatlik, dahldorlik, o'z aro hurmat, milliy va umuinsoniy qadriyatlarni e'zozlash kabi tuyg'ularni shakllantiradi.

Bu borada davlatimiz rahbari shunday deydilar: "Biz xalq ijodiyotini, turli o'lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o'z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste'dodini har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz zarur. Bugun o'z ishini boshlayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta'kidlamoqchiman"2.

Albatta, baxshi va oqinlarimizga o'zligini, iste'dod hamda salohiyatini namoyon etishi uchun ana shu festival kabi keng maydon kerak edi va u yaratildi. Xalqaro baxshichilik san'ati festivali xalqimizning qadimiy san'atini asrab-avaylash, o'rganish, targ'ib qilish, rivojlantirish hamda mohir ijrochilarning his-tuyg'ulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam beruvchi, uni faollikka undovchi ruhiy ta'sir etish omili bo'ldi. Albatta bunday rag'batli yondashuv ijodkor baxshilarimiz ruhiyatiga, bilvosita dunyoqarashiga, hissiyotiga, kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga ijobiy ta'sir o'tkazdi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra yurtimizda doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan. Birinchi yo'nalish — Bulung'ur, Narpay, Nurota, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek-laqay dostonchilik maktablarida do'mbira chertib yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchi yo'nalish — Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, garmon, bulamon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchi yo'nalish — Farg'ona vodiysida dutor jo'rligida ochiq ovozda "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Kuntug'mish", "Rustamxon", "Murodxon", "Misqol pari", "Hasanxon", "Yodgor", "Yusuf bilan Ahmad", "Avazxon", "Qironxon", "Ravshan", "Intizor", "Shirin bilan Shakar", "Erali", "Kuntug'mish", "Oysuluv" kabi dostonlar qahramonlari obrazlari talqinida Vatan or, nomus, qomus, sharaf-shon, Vatan - opa-singil, aka-uka, qarindosh urug', Vatan

2.Y36eKHCTOH Pecnyö^HRacH npe3HgeHTHHHr 10.04.2021 nuggara «II Xa^apo 6axmHHH^HK caffbaTH ^ecmBaragaru

HyT^ugaH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jigargo'shalar yurti, otamni, meni va farzandimni tebratgan beshik, ana shu tabarruk beshik izlari chizilgan zamin, ana shu muqaddas beshikning g'ichirlagan tovushi, Vatan sajdagoh, ona kabi qiblagoh, ota kabi tog' ekanligi tarannum etiladi.

Xulosa sifatida ta'kid joizki, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan baxshichilik san'atiga bunday ulkan mas'uliyatdan kelib chiqib bu noyob merosimiz amaliyotida qo'llanilgan "Ustoz — shogird" an'analarini qayta tiklash hamda rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o'qituvchi va mutaxassislarning ijodiy-ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, boshqa ta'lim muassasalari qoshida baxshichilik san'ati to'garaklarini tashkil etish kabi muhim vazifalarni amalda bajarish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo'l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta'minlash, baxshichilik san'atining sara namunalarini to'plash va fondini yaratish, ularning audio-video variantlarini ko'paytirish, baxshichilik san'ati yo'nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o'zaro tajriba almashishni yo'lga qo'yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar, tanlovlar, konsertlar, mahorat darslarini tashkil etish kabilar musiqa madaniyati tizimida faoliyat olib borayotgan har bir mutaxassisning sharafli burchidir.

REFERENCES

1. Prezidentning 10.04.2021 yildagi «II Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tayyorgarlik ko'rish va baxshichilik san'atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-5070-son qarori.

2. Matyoqubov B. "Xorazm doston ijrochiliginig zarxat sahifalari" - Xorazm. Urganch nashriyoti. - 1999.

3. Jabborov I. "Yuksak madaniyat va noyob ma'naviyat maskani"- Toshkent. O'zbekiston nashriyoti.- 2012.

4. Matyoqubov B. "Doston navolari" - Toshkent. "BUILDING PRINT" nashriyoti. -2009.

5. Sarimsoqov B. "O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi" - Toshkent. O'qituvchi nashriyoti. - 1990.

6. Turabova, S. K., & Juraeva, V. F. (2019). THE SOCIO-POLITICAL SIGNIFICANCE OF THE PHENOMENON SCIENTIFIC DISCUSSION IN THE DEVELOPMENT OF THINKING OF THE PEOPLES OF THE EAST. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 168-174.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.