MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O'QUVCHILARDA MUSTAQIL FIKRLASH VA IJODKORLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
R.Qo'shinova NamDU
Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik malakalarini shakllantirish va unda zarur shart-sharoti masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, musiqa madaniyati, pedagogik mahorat, tinglash, ko'ylash, mustaqil fikrlash, musiqa savodi
FORMATION OF INDEPENDENT THINKING AND CREATIVITY SKILLS IN STUDENTS IN MUSIC CULTURE CLASSES
R.Kushinova NamSU
Abstract: This article deals with the formation of independent thinking and creative skills in students in the lessons of music culture and the necessary conditions for it.
Keywords: music, music culture, pedagogical skills, listening, singing, independent thinking, music literacy
Umumiy ta'lim maktabi o'quvchilarni professional musiqa faoliyatiga tayorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaydi. Biroq musiqani tushunish, uni idrok qilish va undan ta'sirlanish qobilyati har bir o'quvchiga, u kelajakda professional musiqachi bo'ladimi yoki musiqa madaniyatining g'oyat xilma-xil musiqaviy -estetik faoliyatning asoisiy bilimlariga, ko'nikma va malakalariga ega bo'lgan yaxshi tayyorlangan tinglovchi bo'lib qoladimi, bundan qat'iy nazar, xos bo'lmog'i kerak.
Yosh avlodni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish istiqlol davri o'zbek pedagogikasining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shunga monand tarzda ta'lim oluvchi o'quvchlarning mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatishning yangi va samarali yo'llarini izlab topish faqat o'qitish metodikasi sohasi taraqqiyoti uchun emas, balki barkamol shaxs tarbiyasini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirga qadar yaratilgan ilmiy adabiyotlarda musiqiy bilim oluvchi o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish borasida, garchi yo'l -yo'lakay bo'lsada, turlicha qarashlar mavjud. Masalan, bazi bir olimlarning fikricha, ijodiy fikrlash malakasini shakilantirish uchun o'quvchilarning bilimini anglab o'tish
I icclT^^^^H 431 http://oac.dsmi-qf.uz
imkoniyatlarini rivojlantirib turli ilmiy axborotlardan to'gri xulosa chiqarib olishga o'rgatish jarayoni muhim hisoblanadi. Mazkur nazariy qarashning ahamiyatli tomoni shundaki, undan barcha turdagi musiqiy mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Musiqiy ta'limning taniqli metodislari fikricha, avval o'quvchilarga tinglash uchun repertuar tanlash, keyin muayyan musiqiy asarni ajratib olish, ajratib olingan asarni namunali ijrosi namoyish etilishi tavsiya qilinadi. Biroq olimlar o'quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan qiyoslanib o'quvchiga zarur maslahatlar berilishi lozimligini e'tbordan chetda qoldirilgan. Bizningcha, tanlangan repertuardagi musiqiy asar o'quvchi tomonidan ijro etilganda asarning har bo'limi namunaviy ijro bilan bosqichma-bosqich qiyoslanib borishi lozim. Shundagina o'quvchi o'zining kamchiliklarini tez ilg'ab oladi.
Mutaxassislarning fikricha, musiqa savodi darslarida o'quvchilarning tasavvur va tafakkur qilishlari uchun o'qitishning ikki asosiy yo'nalishi mavjud. Ular: besh chiziqli notada ko'p ishlatiladigan shartli musiqa belgilarini puxta o'zlashtirish, melodiya (tarona), ritm, interval, akkordlar, milliy musiqaning asosiy shakli, dirijyorlik malakasini shakilantirish. Mutaxassis tomonidan alohida ko'rsatilayotgan belgilar musiqiy ta'lim uchun umumiy xarakterga ega. Bundan tashqari mutaxassis ta'kidlagan "Tasavvur va tafakkur, xayol" ning shakllanishi mustaqil ijodiy fikr yuritishning shakllanishi degan gap. To'g'ri tadqiqotchi tomonidan qayd etilgan milliy musiqaning o'ziga xos tomonlarini tushuntirish va musiqa tinglashda asarni to'liq eshittirishdan tashqari uni qismlarga bo'lib takrolash musiqa savodi, qo'shiq kuylash hamda musiqa tinglashni uzviy bog'liqligini ta'minlash o'quvchilarda ijodiy musiqiy tafakkur yurita olish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Biroq bu jarayonda ham turlicha, aniq metodik yondashuvlar va tavsiyalarni ishlab chiqish talab etiladi.1
Musiqa darslarida o'quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashg'ulotlarida ijro va qiyoslash metodidan foydalanish bo'lib, u quydagicha amalgam oshiriladi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi musiqa darslarini o'quvchi tarbiyasiga ta'sirini hisobga olgan holda shartli ravishda guruhlarga ajratishi zarur. Musiqa darslarini guruhlashtiruvda o'quvchilarning musiqa faniga munosabati inobatga olinishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondoshilsa darsning tarkibiy qismi: musiqa tinglash, keyin musiqa savodxonligi hamda ijro va taqqoslashdan iborat bo'ladi. Ayniqsa, darsning uchinchi - ijro va qiyoslash bosqichida o'quvchi yoki o'quvchining o'tilgan mavzu yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Ijro o'quvchi tomonidan amalga oshiriladi. O'quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib ta'kidma- ta'kid uning yutuq va kamchiliklari tahlil qilnmog'i zarur. Musiqa ta'limiga bu usulda yondoshish bilim oluvchini o'z
1 Umumiy o'rta taliming davlat ta'lim standarti va oquv dasturi. Musiqa. 6 - maxsus son.-Toshkent: Sharq, 1999.
432
ustida mustaqil ishlashga, o'rganayotgan masala yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondashishga undaydi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, musiqiy ta'lim doirasidagi bilimlarni hamma o'quvchi bir xilda o'zlashtira olmaydi. Chunki ularning musiqiy asarni anglash, uni qabul qila olishi musiqiy janrlarga munosabati turlicha. Mana shu jihatlarini hisobga olgan holda yuqoridagi ijro va qiyoslash metodidan foydalanishdan oldin ta'lim oluvchilarni ham muayyan guruhlarga ajratish, ya'ni tabaqalashtirish lozim.
O'quvchilar bilan yakka holda mashg'ulotlar olib borishda yuqorida tavsiya etilgan ijro va qiyoslash metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday mashg'ulotlarda yakka holda ishtirok etuvchi o'quvchini uning maxoratidan, o'zlashtirishning darajasidan qat'iy nazar o'qituvchi o'ziga ruhan ergashtirish, o'zining professional namunali ijrosi bilan avvalo, uni qoyil qoldirishi ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Hozirgi kun o'quv talabi o'quvchilarga ta'lim berishda: "Men o'rgataman, sen o'rgan" qabilidagi eski usullardan voz kechishni taqazo etmoqda. Endi o'quvchi dars jarayonida shunchaki tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga aylanish lozim. Ma'lumki, "O'zbekiston Respublikasi madhiyasi" ni tinglash va kuylash umumiy o'rta ta'lim maktablarining barcha sinflari dasturiga kirtilgan. Ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilaridan Davlat madhiyasini mukammal va bekamiko'st kuylab bera olishlari talab etilad. Mavzuni puhta o'zlashtirish maqsadida, biz dastlab, VII sinf o'quvchilari bilan shu borada suhbat o'tkazdik. Suhbat asosida quyidagi savollar o'quvchilar e'tiboriga havola etildi. Savolar: Davlat madhiyasi boshqa asarlardan nimasi bilan farq qiladi? Uni qay darajada ijro etishadi? Madhiyamiz kuylanganda biz qanday tuyg'ularni his etamiz?
O'quvchilar savolarga javob berishda imkon boricha o'z bilim va tushunchalarini to'la ifodalashga harakat qiladilar. Bu jarayonda barcha o'quvchilar qatnashishlari lozim. Aks holda, 2-3 o'quvchigina faollik ko'rsatib, qolganlari o'zini kamsitilgandek his qilishi mumkin. Ushbu suhbatda o'quvchu bevosita ishtirok etmasada, u suhbat maromini boshqarib boruvchi mas'ul hisoblanadi. O'quvchilar berilayotgan axborotlarni o'qituvchidan emas, balki o'z sinfdoshlaridan oladilar, bu esa, ularni yanada faollik ko'rsatishga undaydi.
Javoblar: Davlat madhiyasi bu oddiy qo'shiq emas, balki u davlatimizning belgisidir. Konistitutsiyamizda O'zbekiston Respublikamizning ramzlari berilgan, bular: bayroq, gerb, madhiya va pul birligi (valyuta) dir. Ularning har biri davlatimizning mustaqilligini belgilab beruvchi ramizlardir.
Madhiyamiz - Respublikamizning musiqiy ifodasi. Har bir davlatning o'z madhiyasi bor. Davlat rahbarlarining uchrashuvlarida o'sha mamlakatlarning madhiyalari ijro etiladi. Turli majlislar, musobaqalar, bayramlar, ko'rik-konkuruslar ham madhiyamiz bilan ochiladi. Madhiyamizda O'zbekistonimizning nomi
I [ccñ^^BI 433 http://oac.dsmi-qf.uz
ulug'lanadi. Yurtimizning tabiati, xalqi, millatlararo totuvlik ona Vatanimizga bo'lgan sadoqatimiz, mehrimiz haqida kuylanadi.
Ona Vatanimizni jondan sevishimiz belgisi sifatida, uning hurmatini ulig'lashimizni namayon etishimiz madhiyamizni o'rnimizdan turib, o'ng qo'limizni chap ko'ksimizga qo'yib kuylaymiz. Shu asnoda, qalbimizda ulug'vor, mustaqil davlatimiz borligidan faxr tuyg'usi paydo bo'ladi.
Madhiyani kuylash jarayonida dinamik tuslardan foydalanish uni yanada ifodali qilib kuylashga imkon beradi. Dastlab dinamik belgilar doskaga yozib chiqiladi yoki ko'rgazmali qurol vositasida ko'rsatilib, ularning har biri qanday tusni ifodalashi haqida fakir almashinadi. Shundan so'ng, bu belgilardan amaliyotda foydalanish ustida ish olib boriladi.
O'quvchilar bu belgilarni nimani ifodalashi xususida batafsil, qiynalmasdan so'zlab bera oladilar. Chunki, oldingi darslarda bular haqida o'quvchilarga atroflicha tushuncha berib o'tilgan. Madhiyaning har bir qatori kuylanganda uni qaysi dinamik tusda ijro etish lozimligi borasida fikr yuritiladi. O'quvchilar uni o'zlari mustaqil ravishda belgilab oladilar, o'qituvchi esa, javoblarning qay darajada to'g'ri ekanligiga baxo berib boradi va shu qatorni qayta kuylaganda belgilangan dinamik tusga xos jarangdorlikka ularning etiborini qaratadi. O'quvchilar shu tariqa ma'lum bilimlarni aqliy idrok eta boshlaydilar.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining "Musiqa madaniyati"darslariga kiritilgan kuylash uchun mo'ljallangan asarlarning aksariyat ko'pchiligi kuplet shaklida yozilgan bo'lib, ularni kuylayotganda o'quvchilarning ijodkorlik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda, quyidagi tavsiyalarga diqqatni qaratish o'rinlidir.
1. O'quvchilarda qo'shiq o'ganish jarayonida, mustaqillik xususiyatlarini shakllantirish uchun asarning she'riy matnini suxbat yo'li bilan tahlil qilish lozim va bunda o'quvchilarning faol ishtirok etishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
2. Asarga hos dinamik tuslarni tanlash vazifasini ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashlari asosida amalga oshiriladi.
3. O'quvchilarning ijodkorlik xususiyatlarini shakllantirish uchun boshlovchi kuplet va naqorotni mukammal o'rgatish, qolgan kupletlarni esa, o'quvchilarni o'zlari topib kuylashlariga imkon berish joizdir.
Maskur usullarda kuylash uchun mo'ljallangan barcha asarlarni o'rganish jarayonida imkon qadar foydalanish mumkin.
Musiqa asarining mazmunini tushunish tinglovchining umumiy madaniyatiga, shuningdek, uning maxsus tayyorgarlikka egaligiga bog'liq bo'lib, maxsus tayyorgarlik o'z navbatida tinglovchi etiborining faollik darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Shu narsa yaxshi malumki, musiqadan tayyorgarligi bo'lgan tinglovchlarning idroki boyroq bo'ladi. Musiqani tushinadigan o'quvchining musuqa asarlariga qiziqish
I [ccñ^^BI 434 http://oac.dsmi-qf.uz
doirasi urfning ta'siriga kamroq beriladi, ba'diiy didning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Musiqa shaklining o'ziga hos tomonini, mazmunini, musiqani rivojlanish tarixini tushunish asosida, tinglovchi sifatida katta tajribaga ega bo'lish, musiqaviy -ijodiy faoliyat sohasida rivojlangan ko'nikma va malakalarga, ega bo'lish asosidagina musiqa asarini to'laqonli idrok qilish mumkin.2
Musiqaviy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish va boyitish, musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, musiqa san'atiga qiziqish bilan qarash, o'quvchilarning badiiy havaskorligi puxta o'ylangan va izchil tizim bo'yicha amalga oshirilmog'i kerak.
Yosh avlodni ijodiy fikrlashga o'rgatishning yangi va samarali yo'llarini izlab topish faqat o'qitish metodikasi sohasi taraqqiyoti uchun emas, barkamol shaxs tarbiyasini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Turli metodik manbalarda musiqiy bilim oluvchi o'quvchilarning ijodiy fikrlashga va yo'l - yo'lakay bo'lsa-da, turlicha qarashlar mavjud. Masalan, ba'zi bir mutaxassislarning fikricha ijodkorlikni shakllantirish uchun bolalarning bilimini anglab o'tish imkoniyatlarini rejalashtirib turliy ilmiy axborotlardan to'g'ri xulosa chiqarib olishga o'rgatish jarayoni muhim hisoblanadi. Ushbu nazariy qarashning ahamiyatli tomoni shundaki mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o'stira borish uchun katta ahamiyatga egadir. Musiqa darslarida o'quvchilarni ijodiy izlanishga o'rgatishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashg'ulotlarida ijro va qiyoslash metodidan foydalanish bo'lib, u quydagicha amalga oshiriladi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi musiqa darslarini o'quvchi tarbiyasiga ta'sirini hisobga olgan holda shartli ravishda guruhlarga ajratish zarur. Musiqa darslarini guruhlashtiruvda o'quvchining musiqa faniga munosabati inobatga olinishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondoshilsa, darsning tarkibiy qismi: musiqa tinglash, keyin musiqa savodhonligi hamda ijro va taqqoslashdan iborat bo'ladi. Ayniqsa darsning ijro va qiyoslash bosqichida o'quvchining o'tilga mavzu yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Asar ijrosi o'quvchi tomonidan amalga oshiriladi. O'quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib -ta'kidma takid uning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinmog'i zarur. Musiqa ta'limiga bu usulda yondoshish bilim oluvchini o'z ustida mustaqil ishlashga, o'rganayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondoshishga undaydi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati sinfdagi iqtidorli va iste'dodli o'quvchilarga e'tiborni kuchaytirish, ularning badiiy ehtiyojini qondirish uchun juda muhimdir. Iste'dodning o'z vaqtida namoyon bo'lishi tarbiyaga va qo'llab - quvvatlashga bo'g'liqdir. Yoshlar iste'dodining namoyon bo'lishiga qobilyatlarni aniq tahlil etish
2 "Uzluksiz talim tizimida musiqa fanlarining o'qitish masalasi" respublika ilmiy-amaliy anjumani materialari. Toshkent 2009.
bolaning o'ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirishning daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bo'gliq bo'ladi.
Musiqiy qobiliyatning ma'lum bir darajasi istalgan o'quvchida shakllangan bo'lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan musiqiy tarbiya va o'quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
O'quvchi yoshlarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste'dod va iqtidorni ongli rag'batlantirish mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning musiqa san'atiga bo'lgan munosabatlarini yanada o'stirish, turli san'at tadbirlarida ishtirok ettirish, olimpiadalar, san'at bayramlari, tanlovlar uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Musiqa ijodkorligi faoliyati musiqa o'qituvchisi ijrosiga doira chertib jo'rovozlik qilish, sinf ijrosiga "Drijyorlik" qilish, tavsiya etilgan kuy ohangiga mos harakatlar topish, berilgan she'r parchasiga kuy "baxtalash" kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi.
Musiqa o'qituvchisi biror musiqani ijro etganda unga doira bilan sherik bo'lish, avvalo, biror ijro etilgan kuyga chapak bilan jo'r bo'lishni o'rganishda boshlanadi. Chapak jo'r bo'lgan bola keyinchalik qoshiq, safoil kabi urma asboblarda jo'rovozlikni o'rgangach, doira bilan sekin - asta jo'rovozlikni yaxshi o'rganib, asar ijrosiga qo'shilishga harakat qiladi.
Qo'shiq ijro etilayotgan vaqtda o'qituvchi qo'l harakati bilan odatda asarni taktlash ya'ni qo'lini pastga tomon harakatlantirib kuchli hissani yuqori tomon ega kuchsiz hissani ko'rsatib qo'shiq kuylatadi. Bolalar esa ana shu harakatga monand ravishda boshqa asarlarga "dirijyorlik" qilib, o'z iste'dodlarini ko'rsatishi mumkin. Bolaning bu harakatlarini kuzatib turgan o'qituvchi dirijyorning mehnatini, buning uchun ko'p o'qishi va yaxshi musiqiy bilimga ega bo'lishi lozimligini o'quvchilarga tushuntirib berishi kerak.
O'qituvchi jozibali kuylay oladigan iste'dodli bolalarga biror-bir kichikroq she'rni qo'shiq qilib yoki hirgoyi qilib berishni so'rashi mumkin. Ba'zi qobiliyatli bolalar bu she'r parchasiga yangi kuy "bastalay" oladilar yoki ilgari o'rgangan biror qo'shiqning musiqasiga moslab bemalol kuylab beradilar. Bunday holat iste'dodli bolalar tomonidan musiqa bilan haraktda ham sodir bo'ladi.3
Ba'zan sinf konsertida yoki maktabda o'tkazilayotgan bayram tadbirida har qanday iste'dodli o'quvchi ko'pchilik oldida - sahnada o'zini "yo'qotib", sir bosib qo'shiq matnini yoki raqdagi harakat shemasini esdan chiqrib qo'yishi mumkin. Ana shunday holda qo'shiq matnini musiqiy pauza paytida zudlik bilan to'qib yoki raqs harakatini yaratib, vaziyatdan chiqib keta olishi ana shu bolaning ham iqtdori, ham ite'dodi va ham ijodkorligi hisoblanadi.
3 "Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida musiqa darslarini sifat va samaradorilgini oshirish" mintaqaviy - ilmiy-nazariy anjuman materillari. Namangan. 2007 .
Musiqa o'qituvchisi bolalar tamonidan ijod qilib kelingan kuyga, qo'shiqqa, raqsga, musiqa savodidan tuzilgan masalaga ijobiy munosabatda bo'lishi, ularning ijodini qo'llab-quvvatlashi va rag'batlantirib borishi zarur. Bularning barchasi bolalarning musiqa san'atiga bo'lgan mehrini yanada oshirishga ko'mak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Umumiy o'rta taliming davlat talim standarti va o'quv dasturi. Musiqa. 6 -maxsus son.-Toshkent: Sharq, 1999.
"Uzluksiz talim tizimida musiqa fanlarining o'qitish masalasi" respublika ilmiy-amaliy anjumani materialari. Toshkent 2009.
"Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida musiqa darslarini sifat va samaradorilgini oshirish" mintaqaviy - ilmiy-nazariy anjuman materillari. Namangan. 2007 .