Научная статья на тему 'MUSHAK FAOLLIGI BIOSIGNALLARINI QAYD ETUVCHI BITALINO APPARAT-DASTURIY VOSITASI TAHLILI'

MUSHAK FAOLLIGI BIOSIGNALLARINI QAYD ETUVCHI BITALINO APPARAT-DASTURIY VOSITASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
39
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EMG / BITalino / hardware / software / sensor / OpenSignals / spectral values / indicators / indicator extraction / real-time mode / bipolar / board / sports / realibitation.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Xoldorov Shohruhmirzo, Kamolova Moxigul, Mirxalilova Saodat

This article talks about the BITalino hardware-software tool for processing biosignals of muscle activity, the capabilities of the hardware-software tool, its impact on scientific research, and sphere of application.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSHAK FAOLLIGI BIOSIGNALLARINI QAYD ETUVCHI BITALINO APPARAT-DASTURIY VOSITASI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

MUSHAK FAOLLIGI BIOSIGNALLARINI QAYD ETUVCHI BITALINO APPARAT-

DASTURIY VOSITASI TAHLILI Xoldorov Shohruhmirzo1, Kamolova Moxigul2, Mirxalilova Saodat3

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU123 https://doi.org/10.5281/zenodo.7858057 Abstract. This article talks about the BITalino hardware-software tool for processing biosignals of muscle activity, the capabilities of the hardware-software tool, its impact on scientific research, and sphere of application.

Keywords: EMG, BITalino, hardware, software, sensor, OpenSignals, spectral values, indicators, indicator extraction, real-time mode, bipolar, board, sports, realibitation.

Kirish. BITalino EMG sensori bu mushak faolligini o'lchash uchun mo'ljallangan sensor hisoblanadi. BITalino sensorida EMG va ko'plab mushak faolligi biosignallarni o'lchash uchun quruq elektrodlardan foydalaniladi. Bu sensor past shovqinli ma'lumotlarni olish uch un bipolyar konfiguratsiyasiga ega bo'lib, ishlov berilmagan signallar olinadi va ularni inson - kompyuterning o'zaro ta'siri, biotibbiyot loyihalarida ishlatishga imkon yaratadi[2,4].

BITalino sensorining ma'lumotlarini OpenSignals(r) evolution dasturi orqali real vaqt grafik ko'rinishda ifodalash mumkin va mushak faolligi biosignallarini tahlil qilish uchun signal qiymatlarini statistik vaqt, spektral qiymatlar sifatida ajratib olish mumkin.

1-rasm. BITalino elektromiografiya (EMG) sensorining standart ko'rinishi. BITalino sensoridan olingan ma'lumotning ko'rinishi. 2-rasmda ikki mushakning qisqarish - kengayishi 10 soniya davomida bajarilganda, "biceps brachii" muskulidan olingan filtrlanmagan EMG signali keltirilgan[1,2].

2-rasm. Odatiy filtrlanmagan EMG signali ko'rinishi (Tirsakni bukish vaqtida "biceps brachii" mushagidan olingan signal). Quyidagi jadvalda BITalino EMG sensorining texnik ko'rsatkichlari keltrilgan.

1-jadval.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Versiya 1009

Chastota kengligi 25-482 Hz

Kirish empedansi 10/7.5 GOhm/pF

Kirish kuchlanish diapazoni 2.0-3.5V

Oraliq kuchlanish ±1.64mV (@VCC=3.3V)

Elektr toki iste'moli ~0.17mA

Paramedian:

• Bipolyar differentsial o'lchovlar;

• Mavjud shartli analog chiqishlar;

• Real ma'lumotlar chiqishi;

• Signal - shovqin nisbatining yuqoriligi;

BITalino sensoridan olingan ma'lumotlarni real vaqt rejimida ko'rish uchun OpenSignals (r) evolution dasturiy muhiti ishlab chiqilgan. Bu dasturiy muhit yordamida BITalino sensoridan qayd etilgan ma'lumotlarni real vaqt rejimida vizualizatsiya qilish mumkin(3-rasm) [2,3].

% l)] j

1

• ► i ® (b)h « i

3-rasm. BITalino dasturiy muhitining ko'rinishi.

Tanlangan sensorni "Bluetooth" tugmasi orqali bog'lash qurilmasi yoqiladi. OpenSignals dasturining uskunlalar panelidan "ENABLE" tugmasini bosish orqali sensorni dasturga bog'lanadi va "ENABLE" tugmasi moviy rangda bo'lsa sensor real vaqtda ma'lumotni qayd etish uchun tayyor holatda bo'ladi(4-rasm) [2,3,4].

1

4 -rasm. BITalino sensorini dasturga ulanishi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Tayyor xolatga keltrilgandan so'ng, kanal turi(BITalino qurilmasida kanallar soni asosan 4 ta bo'ladi va ular elektromiografiya, elektroensofalagramma, elektrodermal faollik va elektrokardiogramma) tanlanadi. Tanlangan keyin, qayd etish tugmasi bosiladi(5-rasm) [2,4].

5-rasm. Ma'lumotlarni qayd etish oynasi.

Mushak faolligini biosignallarini qayd etuvchi BITalino apparat vositasi dasturiy vosita bilan muloqotga kirishgandan so'ng, biosignallarni real vaqt rejimida qabul qiladi va Open Signal dasturiy vositasida aks etadi(6-rasm) [3,4].

Qayd etilgan ma'lumotlardan dasturiy vosita orqali axborot beruvchi ko'rsatkichlarni ajratib olinadi va bu ko'rsatkichlar alohida-alohida yoki real vaqt rejimida mushak faolligi biosignallari mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqot obyektlarida qo'llash mumkin.

6-rasm. Mushak faolligi biosignalini qyad etish jarayoni.

BITalino (r) evolution Board - bu bioinjeneriya va biotibbiyot muhandisligi bo'yicha o'qitish darslarida (ham kampusda, ham universitetdan tashqarida) va biosignallar tahlil qilish uchun ideal apparat-dasturiy vosita hisoblanadi.

BITalino apparat-dasturiy vositasi yordamida qilingan ilmiy tadqiqot natijalarini nafaqat tibbiyot sohasida balkim, sport sohasida, realibitatsiya sohasida, harbiy realibitatsiya, parasport turlarida yuqori natijalarni beradi.

Sportchilarni turnir va musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarini tahlil qilishda, sportchilardagi o'zgarishlarni monitoring qilishda samarali hisoblanadi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

1. В. С. Кубланов, В. И. Борисов, А. Ю. Долганов, Анализ биомедицинских сигналов в среде MATLAB.

2. https://bitalino.com

3. https://btsbioengineering.com

4. John D. Enderle, Susan M. Blanchard, Joseph D.Bronzino, "Introduction to biomedical engineering" 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.