EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
BIOLOGICAL AND PHYSICO-CHEMICAL ANALYSIS OF MUMMY COMPOSITION A.N.Yusufjanov H.K.Turayeva
Institute of Pharmaceutical Education and Research, Tashkent, Republic
of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11175072
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Mummy was analyzed by atomic absorption spectrophotometry and chromatography-mass spectrometry (GC-MS). The presence of a number of active metals, biologically and chemically active substances was checked, and it was found that their use in medicine in various diseases justified itself.
Received: 03rd May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS Mummy, atomic absorption spectrophotometry, chromatography-mass spectrometry (GC-MS),
biologically and chemically active substances, solvents.
БИОЛОГИЧЕСКИЙ И ФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОСТАВА МУМИЕ
А.Н.Юсуфжанов Х.К.Тураева
Институт фармацевтического образования и исследований, г. Ташкент, Республика
Узбекистан https://doi.org/10.5281/zenodo.11175072
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03rd May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS
атомно-
Мумие, абсорбционная спектрофотометрия, хромато-масс-спектрометрия биологически и
Мумие анализировали методами атомно-абсорбционной спектрофотометрии и хромато-масс-спектрометрии (GC-MS). Проверено наличие ряда активных металлов, биологически и химически активных веществ и установлено, что их применение в медицине при различных заболеваниях оправдано.
активные
растворители.
(GC-MS), химически вещества,
MUMIYO TARKIBINI BIOLOGIK VA FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI
A.N.Yusufjonov X.K.Turayeva
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekiston Respublikasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11175072
ABSTRACT
Mumyoni atom-absorbsion spektrofotometriya va xromato-mass-spektrometriya (GC-MS) yordamida tahlil qilindi. Bir qator aktiv metallar, biologik va kimyoviy faol moddalar mavjudligi tekshirildi va tibbiyotda turli kasalliklarda qo'llanilishini o'zini oqlaganligini aniqlandi.
KIRISH
Dorivor-fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulotlardan olingan bioaktiv moddalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu sababli bugungi kunda bularning kimyoviy tarkibni o'rganishga katta e'tibor berilmoqda. Ma'lumki butun dunyo bo'ylab farmatsevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan dorilar, dorivor tabiiy xom ashyosidan tayorlanadi. Ko'plab mamlakatlarda, shu jumladan O'zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi, dorivor o'simliklar uchun, bunday xomashyoga talabning keskin oshishiga olib keldi. Masalan: mumiyoni olsak. Mumiyo fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulot, tog' yoriqlaridan sizib chiqadigan smolasimon modda. Umuman mumiyoni biologik, geologik va biomineralogik o'zgarishlar mahsuloti deyish mumkin. Mumiyo xalq tabobatida bir necha asrlar davomida ma'lum bo'lgan noyob tabiiy mahsulotdir. Bu o'simlik va hayvon tarkibiy qismlarining aralashmasidan iborat shifobaxsh tog'mumi. Tabobatda qadimdan ishlatib kelinayotgan bu tabiiy mahsulotni Abu Bakr-ar Roziy bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yuz nervi falaji, tutkanoq, yurak-qon tomir sistemasi, nafas yo'llari va boshqa a'zolar kasalliklarida mumiyoni ishlatgan. Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari"da Mumiyoni me'dani mustahkamlaydigan, nafas olishni yengillashtiradigan, shuningdek eng takomillashgan universal dori deb tavsiflagan. Mumiyoning kelib chiqishi va ahamiyati haqida juda ko'p fikrlar mavjud [1-9].
Tadqiqot maqsadi: Mumiyoni tarkibidagi bir qancha aktiv elementlar, biologik va kimyoviy faol moddalarning foizini aniqlash va ularni tahlil qilish.
Tadqiqot usuli: O'zbekiston Respublikasi davlat farmakapeyasi 2021 yil nashrida 2.4.14 keltirilgan sulfat kuli va 2.2.23 atom-absorbsion spektrofotometr usulidan foydalanildi. 2.4.14 Mos keladigan tigelda (platina, fosfor yoki kvarsdan yasalgan) 600-650oC haroratda quritiladi, eksikator yoki boshqa mos namlik yutuvchi uskunada silikagel qatlami ustida sovutiladi va tortib og'irligi o'lchanadi. Sinalayotgan namuna 1 gram miqdori tigelga solinadi va tortiladi. Namunani kam miqdordagi sulfat kislotasi (odatda 1 ml) bilan ho'lanadi, past haroratda namuna butunlay ko'mirsimon kulga aylanishi uchun juda extiyotkorlik bilan qizdiriladi. Qoldiq sovutilgandan song, oz miqdordagi sulfat kislotasi R(odatda 1 ml) bilan xo'lanib, oq bug' ajralishi tugagunicha extiyotkorlik bilan qizdiriladi va 600-650oC haroratda qoldiq butunlay kulga aylangunigacha kuydiriladi. Jarayon amalga oshirish vaqtida alanga bo'lmasligi taminlanishi zarur.
K, Na, Ca, Fe, Mg, Zn, Cu element standartlaridan kalibrlovchi grafik tuzildi 1-rasm.
Received: 03rd May 2024 Accepted: 09th May 2024 Online: 10th May 2024 KEYWORDS Mumiyo, atom-absorbsion spektrofotometriya, xromato-mass-spektrometriya (GC-MS), biologik va kimyoviy faol moddalar, erituvchilar.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
Calibration Curvs let : 01)
8iis=0,53671CoilctC.00000 r=C.S72ï
0.1985 C .2738 0.5195
n
Calitration Curve (Ct : 01) as 0.5K-
Abs=O.M822GMCfO.OODOO r-0.9156
,1000 0.0655 ,2500 0.28(3
.SO DO v.«
a
' I t:- .JI - ■ P [CD : 01)
Abs
0.100 0.200 0.300 0.(00 Cone ( fif w I
Abs=0. 3134 IiCmic+O.OOOOO - .3575
O.OM^ 0.337:
a
il_j ration Carve ici ; 01)
Sbs=0.04360 ÎCoric+0.00000
J.:5«! ) .2602 I.: ü
Calibration Curve (Cl A;: s
SbB-O.lOlOOCûnc+ll.00000 r-1.9992
Cone (ppm)
0,5000 1.0000 2.0000
0.500 1.000 1.500 2.000 ConeIppm)
0.0514 0.0968 0.2041
g
Calibration Curve (C# : 01)
0.300--
1.500 1.000 1.500 Conc(fçi)
M>s-0.1535SCoiirt0.00000 -=1. Û000
O.SOOO 0.0811 l-OOOQ 0.1562 2.0000 0.3047
u
Rasm 1. K, Na, Ca, Fe, Mg, Zn, Cu element standartlaridan kalibrlovchi grafik.
20 mg namuna kukundan olib 100 ml hajmli o'lchov kolbasida 5% li nitrat kislotasi bilan eritildi. Undan 1 ml alikvot olinib 100 ml o'lchov kolbasida eritildi. Olingan eritma filtrdan o'tkazilib AAC da tahlil amalga oshirildi. Tahlil davomida K, Na, Mg, Ca, Fe, Cu, Zn, elementlarida amalga oshirildi.
1 gram ichida K=218.0mg, Na=9.0mg, Ca=70.4mg, Fe=3.9mg, Mg=47.2mg, Zn=11.5mg, Cu=0.1mg borligi aniqlandi.
Keyingi tahlillar xromato-mass spektrometriyasida o'rganildi. GC-MS-spektr: «Agilent Technologies 7890 N Network GC system» nomli firma xromato-mass spektrometriyasida mass selektiv detektorli «5977 A MSD» DRUGS SKAN.A1 M metod orqali ichki yuzasi 5% li
e
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
fenilmetilsiloksan bilan qoplangan uzunligi 30 m kapilyar kolonka ishlatilib, injektorning 280oC haroratida, termostatning harorati 150oC dan 289oC gacha ko'tarilishi 1 daqiqa oralig'ida 10oC ni, umumiy tahlil vaqti 26,67 daqiqani tashkil etdi.
GC-MS tahlili: Metanol va etanol 2:1 nisbat, suv va etanol ajratishda etilatsetatdan foydalanildi "ishqoriy muhitda" GC-MS uskunasida tahlil qilindi va turli organik birikmalar
aniqlandi 2-rasm.
Rasm 2. (GSX) Qurilmadagi mumyoning xromatogrammasi.
Mumiyo ekstraktidan GX-MS yordamida aniqlangan foyiz miqdori yuqori bo'lgan ba'zi birikmalar tahlili: 13.627 daqiqa - 6.64% Diizobutil ftalat, 14.276 daqiqa - 22.40% Dibutil ftalat, 19.140 daqiqa - 20.82% Bis(2-etilgeksil)ftalat, 19.696 daqiqa - 8.53% 1,2-siklogeksandikarbon kislota (2-rasm).
Bu birikmalarning asosi ftal kislotaning murakkab efirlari bo'lib asosan ftalatlar ham deyiladi. Bu birikmalar ba'zi ma'lumotlariga ko'ra plastifikatorlik hususiyati mavjud bo'lib, asosan laklar va kosmetika kabi ko'plab sanoat va shaxsiy mahsulotlarda qo'llaniladi. Shuningdek boshqa biologik faol moddalar ham mavjudligi ko'rildi va ularning miqdorlari aniqlandi (1-9 rasmlar):
Rasm 3. Paromomisinning mass-spektri.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
Paromomisin bir qator parazitar infektsiyalarni, jumladan amyobiaz, giardiaz, leyshmanioz va tasmasimon infektsiyalarni davolash uchun ishlatiladigan mikroblarga qarshi preparatdir. Homiladorlik davrida amyobiaz yoki giardiazni davolash uchun birinchi darajali dori (3-rasm).
Rasm 4. Astaksantinning mass-spektri.
Astaxanthin (lot. Astaxanthin) - karotinoid. Oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida ro'yxatga olingan E161j (4-rasm).
Rasm 5. Gidrokumarinning mass-spektri.
Hydrocoumarin - gidroksikumarinlar prothrombin va boshqa qon ivish omillari sintezida vitamin K funksiyasiniga aralashadi va ular ortiqcha K vitamin bilan antagonizatsiya qilinadi. Boshqa muhim antikoagulyant geparin bo'lib u ko'plab sulfat efiti va sulfamik kislota guruhlariga ega bo'lgan mukopolisaharidlar aralashmasidi (5-rasm).
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
Rasm 6. Gematoporfirinning mass-spektri.
Hematoporphyrin- Gematoporfirin (Photodyn, Sensibion) gemindan tayyorlangan porfirindir. Gematoporfirin antidepressant va antipsikotik sifatida ham ishlatidi (6-rasm).
Hit 2 : Gentamicin a
C18H36N4010, MF: 812; RMF: 833; Prob 1 46%; CAS: 13291-74-2; Lib: mainlib; ID: 14419
Rasm 7. Gentamitsinning mass-spektri.
Gentamicin a - Gentamitsin ko'plab bakterial infektsiyalarga, asosan gramm-manfiy bakteriyalarga, jumladan Pseudomonas, Proteus, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter aerogenes, Serratia va Gram-musbat stafilokokklarga qarshi faoldir, Gentamitsin nafas yo'llari infektsiyalari, siydik yo'llari infektsiyalari, qon, suyak va yumshoq to'qimalar infektsiyalarini davolashda qo'llaniladi (7-rasm).
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
Rasm 8. Likopenning mass-spektri.
Lycopene- Likopen - karotenoid deb ataladigan organik pigmentning bir turi. U betakarotin bilan bog'liq bo'lib, ba'zi sabzavotlar va mevalarga (masalan, pomidor) qizil rang beradi. Likopen kuchli antioksidant bo'lib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi (8-rasm).
Hit 1j Thymol
C10H140; MF: 999; RMF: S99; Prob 78.2%; CAS; S9-S3-B; Lib: ID- 1397-
Rasm 9. Timolning mass-spektri
Thymol-Timol tibbiy dezinfektsiyalovchi va umumiy maqsadli dezinfektsiyalovchi sifatida ham ishlatilishi mumkin (9-rasm).
Natija va xulosalar: Atom-absorbsion spektrofotometr usulidan foydalanib mumiyo tarkibida K=218.0mg, Na=9.0mg, Ca=70.4mg, Fe=3.9mg, Mg=47.2mg, Zn=11.5mg, Cu=0.1mg borligi aniqlandi.
Mumiyo eritmasidan gaz xromatografiyasi-mass-spektrometriyasi yordamida aniqlangan birikmalar tarkibidagi 25 xilda bir qancha biologik faol organik kimyoviy moddalar borligi va bular inson organizmi uchun foydali ekanligi asoslandi.
References:
1. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. Публикация 6. Влияние на течение экспериментальной острой лучевой болезни //Традиционная медицина. - 2008. - №. 4 (15) 2008. - С. 54-61.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.921 www.in-academy.uz
2. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. Публикация 10. Влияние на рост опухолевых клеток и некоторые показатели крови //Традиционная медицина. - 2009. - №. 4 (19) 2009. - С. 34а-45.
3. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. Публикация 3: Влияние на желудочно-кишечный тракт. Противоязвенное, гепатопротекторное, желчегонное действие //Традиционная медицина. - 2008. - №. 1 (12) 2008. - С. 48-56.
4. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё публикация 4: регенеративное действие при переломах костей //Традиционная медицина. - 2008. - №. 2 (13) 2008. - С. 51-60.
5. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. Публикация 2: противовоспалительное, противоожоговое и регенеративное действие //Традиционная медицина. - 2007. - №. 4 (11) 2007. - С. 51-55.
6. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. Публикация 2: противовоспалительное, противоожоговое и регенеративное действие //Традиционная медицина. - 2007. - №. 4 (11) 2007. - С. 51-55.
7. Фролова Л. Н., Киселева Т. Л. Биологическая активность мумиё. публикация 1. антибактериальное действие. обзор //Традиционная медицина. - 2007. - №. 3 (10) 2007. - С. 46-52.
8. Абу Али ибн Сино Канон врачебной науки 1-Х тома Ташкент,1996.
9. Шакиров А.Ш. Тайна древнего бальзама мумиё - асиль - Ташкент, Фан 1973.