MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA ODDIY DIFFERENSIAL
TENGLAMALAR FANINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Nasrulloyeva Rayhona Noibjon qizi
Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti Matematika ta'lim yo'nalishi 21_02 guruh talabasi.
Telefon +998990158003 E-mail: rayhonanasrullayeva3 @gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur'atlarda rivojlanshi, oliy ta'limda multimediyadan foydalanish va interfaol multimedia texnologiyalari to'g'risida va oddiy differensial tenglamalarning hayotimizda ahamiyati haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya, boshlang'ich ta'lim, interfaol multimedia, matematik model, grafiklar, sxema, animasiya.
Kirish. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta'lim moddiy - texnika ba'zasini mustahkamlash barkamol avlod kadrlarini tayyorlashda eng asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz rahbari sifatida Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta'lim sifatini oshirish masalasiga juda katta e'tibor bermoqdalar. Masalan, 2017-yil 14- yanvarda bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbari ta'lim-tarbiya tizimida o'quv reja dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqish zarurligini qayt etgan edi, chunki ta'lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta'limga doir me'yoriy hujjatlar, o'quv - uslubiy ta'minotning o'rni katta.
Prezidentimiz tomonidan o'qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amalga joriy etish, o'quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan holda qo'yilmoqda. Xuddi shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi — "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida"gi PF-5313-sonli farmonini, 2018-yil 5-sentabrdagi — "Xalq ta'limi tizimida boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida va boshqa hujjatlarda ta'lim sifatini oshirish masalasiga katta e'tibor berilgan.
Keyingi davrlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur'atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, shuningdek, axborot resurslariga bo'lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Bunday holatlarda turli ko'rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi
oqimining muvofíqligini ta'minlovchi matematik model, usul va algoritmlami yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to'liq, anglash va o'zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy qism. Oliy ta'lim jarayonida Oddiy differensial tenglamalar faninini o'qitishda multimediyadan foydalanish talabalarga: -darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
-bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish;
-nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. Oliy ta'lim jarayonida Oddiy differensial tenglamalar faninini o'qitishda multimediyadan foydalanish talabalarga esa:
-fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; -ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
-mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash;
-zamonaviy axborot
- kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm, video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Bundan tashqari, multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:
-fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; -o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; -o'z -o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; -bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;
-o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv -metodik yordam ko'rsatish.
Oddiy differensial tenglamalar fanini o'rganish hayotimizning har jabhasida keng qo'llaniladi. Masalan: iqtisodda, fizikada, muhandislikda ,ilmiy ishlanmalarni qurish uchun asos bo'lib xizmat qilishi bilan birga va real jarayonlarni modellashtirishda funksional foydalaniladi, bu esa zamonaviy kimyo, tibbiyot va boshqa sanoat tarmoqlarining texnologik rivoji uchun juda muhimdir. Shu ma'noda differensiallash amaliyotda keng qo'llaniladi. Masalan, kimyoviy reaksiyalar natijasi, moddalarni parchalanish qonuniyatlari, genetik o'zgarish tendentsiyalari, kompaniyaning asosiy daromadlarini hisoblash, vaqt bo'yicha joriy kuchning dinamikasi, ma'lum bir mintaqadagi demografik vaziyatlar va hokazolar differensial tenglamalar yordamida modellashtiriladi, hisoblanadi. Differensial tenglamalarni yechishni o'rganish yuqoridagi sohalardagi muammo va kamchiliklarni o'rganish uchun dolzarb hisoblanadi.
Oliy ta'lim jarayonida Oddiy differensial tenglamalar faninini multimediya texnologiyalari asosida o'qitish katta samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana
shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning elektron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib, videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi talabalar tomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Oliy ta'lim jarayonida Oddiy differensial tenglamalar faninini multimedia vositalari har xil ta'lim yo'nalishlari (stillari) uyg'unligida qo'llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo'lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o'qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko'rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o'zlashtirishni xush ko'radilar. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo'lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug'diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o'qish malakalari o'sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oliy ta'limda Oddiy differensial tenglamalar faninini o'qitishda multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo'lib, u talabaga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko'ra keng ko'lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko'rgazmali va uyg'unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o'rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini — "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilillda amalga oshirish"ga oid Davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy -uslubiy risolasi. Toshkent — "Ma'naviyat" 2017-yil.
2. Mirziyoyev SH. M. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz" - Toshkent.: — "O'zbekiston". 2017. - 488 b.
3.A.Sadullaeva, M.A.Tashpulatov, R.X.Xaliknazarov, Sh.A.Alishev "Численные Методы" managrafiya
4. B. Toshpolatova E.Sh.Nazirova "Internet tarmog'ida ishlash" Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma
5.А. Karimova M.B.Zaynidinova E.Sh.Nazirova Sh.Sh.Sadikova "Tizimli tahlil asoslari" Oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik
6. https://tuit.uz/multime.