Научная статья на тему 'Moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish imkoniyatlari'

Moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish imkoniyatlari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1207
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
moliya bozori / banklar moliyaviy resurslari valyuta kursi / valyuta bozori / valyuta siyosati / revalvatsiya / to’lov balansi / devalvatsiya / rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti / valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi / valyuta cheklovlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Odiljon Sheraliyevich Olimboyev, Akbar Aqmirzayevich Shernayev

Ushbu maqolada bank tizimini rivojlantirishning mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarish zaruriyati xamda moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish imkoniyatlari va respublikamiz tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirish bilan bog’lik bo’lgan ayrim muammolarning mavjudligi va ularni xal qilishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi bo’yicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish imkoniyatlari»

Moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish

imkoniyatlari

Odiljon Sheraliyevich Olimboyev Akbar Aqmirzayevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada bank tizimini rivojlantirishning mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarish zaruriyati xamda moliya bozori orqali banklar moliyaviy resurslarini oshirish imkoniyatlari va respublikamiz tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirish bilan bog'lik bo'lgan ayrim muammolarning mavjudligi va ularni xal qilishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: moliya bozori, banklar moliyaviy resurslari valyuta kursi, valyuta bozori, valyuta siyosati, revalvatsiya, to'lov balansi, devalvatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi, valyuta cheklovlari.

Opportunities to increase the financial resources of banks

through the financial market

Odiljon Sheralievich Olimboyev Akbar Akmirzayevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: In this article, the need to fulfill the tasks defined in the intended strategy for the development of the banking system, as well as the possibility of increasing the financial resources of banks through the financial market, and the existence of some problems related to the development of the activities of commercial banks of our republic, and the development of proposals and recommendations aimed at solving them suggestions are given as necessary.

Keywords: Financial market, financial resources of banks, exchange rate, foreign exchange market, foreign exchange policy, revaluation, balance of payments, devaluation, economy of developing countries, globalization of currency-financial relations, currency restrictions.

Iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud bo'lib, ular bank kreditlari yordamida moliyalashtirish hamda qimmatli qog'ozlar bozori orqali

moliyalashtirishdir. Bank kreditlari yordamida moliyalashtirish kontinental Yevropada moliyalashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda moliyaviy resurs jalb qilish maqsadida bankka murojaat qiladi. Bank kompaniya moliyaviy holatini tekshiradi, taqdim etgan loyihasi va uning samaradorligini ijobiy baholaganda boshqa shartlarning ham bajarilishini inobatga olgan holda kredit ajratadi. Tegishli talablar bajarilmagan yoki taqdim etilgan loyihalar ijobiy baholanmagan holatlarda, shuningdek loyihalar yuqori riskli deb topilganda banklar moliyalashtirish bo'yicha arizaga rad javobini berishi mumkin. Bundan tashqari faoliyatni moliyalashtirish bo'yicha bir necha kreditlarni moliyalashtirish murakkab jarayon ekanligini ham shu o'rinda qayd etib o'tish lozim. Bank stavkalari yuqoriligi, alohida bank tomonidan mustaqil ravishda yirik summada kredit berish imkoniyati pastligi bunday amaliyotning kamchiliklari hisoblanadi. Banklar tomonidan kreditlashning kamchiliklari o'z navbatida kompaniyalar tomonidan qimmatli qog'ozlar bozori orqali mablag'lar jalb qilishni rivojlantirishga zaruratni yuzaga keltiradi.

Har qanday iqtisodiy faoliyat mablag', pul talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda bo'lmasin, baribir moliyani yuzaga keltiradi. Chunki makroiqtisodiyotning uchta asosiy yo'nalishi, ya'ni nima ishlab chiqarish kerak, qancha ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqarish faoliyatida olingan natijalarni qanday taqsimlash kerakligini faqat moliya yordamida hal qilinishi mumkin. Bu masalani hal etishda siyosiy yoki ma'muriy tadbirlar yordamida amalga oshirilsa, gap buyruqbozlikka asoslangan yoki rejali iqtisodiyot haqida boradi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo'jalik doirasida pul mablag'lari erkin harakatining maxsus shaklidir. Moliya bozori - juda keng tushunchadir. U keng ma'noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi, hamda muayy'an moliya muassalari orqali o'zaro ta'sirida bo'ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o'rtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi.

Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o'ziga xos "Asab markazi" hisoblanadi, uning rivojlvnish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining "ahvoli" haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta'sir ko'rsatib jamiyatning iqtisodiy faolligini boshqarish mumkin.

Qimmatli qog'ozlar bozori orqali moliyalashtirish Amerika qo'shma shtatlarida va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda kompaniyalar qimmatli qog'ozlar muomalaga chiqaradi va kapital jalb qilish uchun ularni bozorda sotadi. Qimmatli qog'ozlar bozoridan mablag'lar jalb qilish kapital jalb qiluvchi uchun quylay bo'lsada, loyihalarni moliyalashtirish uchun qimmatli qog'ozlardan foydalanish har doim ham qulay hisoblanmaydi. Chunki bank kreditini jalb qilish uchun faqatgina bank ishonchini qozonish yetarli bo'lsa, qimmatli qog'ozlar orqali kapital jalb qilish ko'plab investorlar ishonchini qozonishni talab qiladi. Bunda investorlarni loyihaning samaradorligi va eng asosiysi emitentning investorni muntazam ravishda daromad bilan ta'minlashiga ishontira olishi lozim

bo'ladi. Qimmatli qog'ozlar bozoridan mablag'lar jalb qilish quyidagilar bilan bevosita bog'liq:

• emitent investorlar uchun ochiq va nufuzli bo'lishi lozim, uning loyihalari, moliyaviy hisobotlari va ko'rsatkichlari tanishish uchun qulay bo'lishi lozim;

• jalb qilinadigan kapital kreditga nisbatan arzonga tushishi lozim. Buning uchun odatda qimmatli qog'ozlar chiqarish orqali katta miqdorda kapital jalb qilishga alohida e'tibor qaratiladi.

Yuqoridagilardan ham ko'rinib turibdiki, turli mamlakatlarda iqtisodiyot va moliya sohasi rivojiga ko'ra jahonda moliya bozorining bank va qimmatli qog'ozlar bozoriga asoslangan ikkita asosiy modeli shakllanganligi tilga olinadi. Bu modellar odatda insayderlik va autsayderlik modellari, nemis va ingliz modellari sifatida ham tilga olinadi. Moliyaviy sxemalar va munosabatlardagi yaqqol farqlarning yuzaga kelganligidan kelib chiqqan holda moliya bozorining islom modeli ham keyingi paytlarda alohida qayd etilmoqda.

Bank modeli - bank tomonidan moliyalashtirishga asoslangan tizim bo'lib, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa dunyoning ko'plab mamlakatlarida keng qo'llaniladi. O'zbekistonda ham moliya bozori banklar tomonidan moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat berilgan bo'lsada, ma'lum bir farqli jihatlar mavjudligini qayd etish lozim. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

• tijorat banklari moliyaviy vositachilar (broker, diler, anderrayter) funksiyalarini bajaradi;

• kreditlash mexanizmlari orqali kompaniyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish ustunlik qiladi;

• mulkchilikning yuqori ulushi guruhlar qo'lida jamlanadi. Bunda davlat va yirik korporativ tuzilmalar ulushi yuqori hisoblanadi;

• qimmatli qog'ozlarni qo'shimcha joylashtirish yopiq xarakterga ega;

• aksiyadorlik kapitali tarkibi nazorat paketi va vertikal ishtirok etishga asoslanadi;

• bir foizgacha kapitalga egalik qiluvchi mayda aksiyadorlar kamchilikni tashkil qiladi, shuningdek kollektiv investitsiyalash institutlari faoliyati mayda investorlar faoliyatida ahamiyat kasb etadi. Autsayderlik, anglo-amerika modeli kabi nomlar bilan ham ataluvchi nobank modeli - qimmatli qog'ozlar bozoriga yo'naltirilgan va institutsional investorlar (sug'urta kompaniyalari, investitsiya va pay fondlari) tizimidir. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

• qimmatli qog'ozlar bozorida moliyaviy vositachilar funksiyalarini nobank moliyaviy institutlar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha tashkilotlar (birjalar, vositachilik tashkilotlari va hokozolar) bajaradi;

• banklar va ularning filiallari yoki vakolatxonalariga qimmatli qog'ozlar bozorida mijozlar uchun operatsiyalarni amalga oshirishlari ta'qiqlangan;

• qimmatli qog'ozlar asosan ko'plab mayda mulkdorlar o'rtasida birja mexanizmlari orqali joylashtiriladi;

• aksiyadorlik kapitali tarqoq bo'lib, mayda xususiy investorlar ulushi aksiyadorlik kapitalining 50 foizidan yuqorini tashkil etadi;

• xususiy investorlar o'rtasida moliyaviy aktivlar savdosi uchun bozor sifatida fond birjalarning rivojlanganligi;

• kompaniyalarni moliyalashtirishda qarz majburiyatlariga nisbatan aksiyalar bozorining ustunlikka egaligi.

XX asr oxiri - XXI asr boshiga kelib ko'plab Yevropa mamlakatlari moliya bozorlari anglo-amerika modeli xususiyatlarini o'zlashtira boshladilar. Natijada moliya bozorining anglo-amerika va kontinental modellari o'zaro yaqinlashuvi yuz berdi. Moliya bozorining islom modeli asosan moddiy manfaat, iqtisodiy foydadan oldin axloq qadriyatlari ustunligiga asoslanadi. Bu tizim XX asr oxirlarida arab davlatlarida neft eksportidan yuqori daromadga bog'liq holda shakllangan. Aynan neft eksporti bo'yicha yuqori daromad tufayli kelib tushgan pul mablag'larini qanday saqlash masalasi yuzaga kelgan. Bungacha tushumlar miqdori past bo'lganligi sababli, mablag'lar an'anaviy banklarda saqlanar edi. Islom modelining asosiy xususiyatlari quyidagilar:

• foiz undirishga ta'qiq mavjudligi. Lekin bunday ta'qiq faqat banklar uchun daromadlar kafolatgan holda amal qiladi;

• ulush asosida ishtirok etishdan yoki ijaradan daromad olish imkoniyatlari;

• obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi. Lekin obligatsiyaning maxsus turi loyihani moliyalashtirishdagi ulushi asosida daromad olish imkonini berish orqali amal qiladi.

• azart o'yinlari, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog'liq biznesga investitsiyalar kiritishga ta'qiq qo'yilganligi;

• hosilaviy moliyaviy instrumentlarning mavjud emasligi. Masalan, pishib yetilmagan bug'doy uchun ham hosilaviy instrumentlar qo'llanilishi mumkin emas;

• nochorlarga yordam prinsiplari amal qilishi. Bunda har bir islom banki va uning mijozlari zaxira kapitali va foydasi hisobidan kambag'al musulmonlar foydasiga islom solig'i ajratish asosida maxsus fond tashkil etadi.

Umumiy holda ta'kidlash mumkinki, moliya bozori modellari ma'lum darajada korporativ madaniyatga ham bevosita bog'liq.

O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar o'rtasida qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat ko'rsatish uchun eng qulay shart-sharoitlarga ega bo'ldi. Birinchidan, an'ana bo'yicha, banklarda fond bozori to'g'risida tassavurga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar to'plangan. Ikkinchidan, banklar to'g'risidagi qonunchilikni o'zi tijorat bankining faoliyatini aktsiyadorlik jamiyati, ya'ni muomalaga qimmatli qog'ozlarni va avvalambor aktsiyalarni chiqarib

turuvchi emitent sifatida tartibga solindi. Uchinchidan, odatdagi korxona va tashkilot bilan solishtirganda, banklar katta miqdorda o'z mablag'lari va qarz resurslarini to'plaganlar, ular fond bozorida yirik sarmoyador sifatida qatnashish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Nixoyat, respublika qonunchiligi banklarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyatini biron-bir tarzda (masalan, bir qancha davlatlarda, xususan AQSh da bo'lganidek) cheklamagan va ayni vaqtda banklar o'z mijozlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risida eng keng ma'lumotlarga ega bo'lgan va ma'lumotlarni olishga huquqi cheklangan sarmoyadorlar oldida imtiyozlar bergan.

O'zbekiston Respublikasida qimmatli qog'ozlar bozorida tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradilar: •qimmatli qog'ozlarning emitenti sifatida; •qimmatli qog'ozlarning yirik investorlari sifatida; •milliy qimmatli qog'ozlar bozorida vositachi sifatida.

Bulardan ko'rinib turibdiki, moliya bozorida tijorat banklarining ahamiyati kattadir. Shuni xam ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda qimmatli qog'ozlar bozoriga xam aynan tijorat banklari asos soldilar.

Umumiy trast - mayda pul badali egalari bilan maxsus, ishonchli tuzilgan shartnoma asosida boshqarish. Banklar uzoq muddatli kredit institutlarini aktsiyadorlik asosida tashkil etishgan. Ular axolining omonatlarini sotuv shaklidagidek trast sertifikatlarini berish orqali jalb qilganlar, ya'ni bu sertifikat omonatchi pul mablag'larini uning oldida bankning ishonchli boshqarish majburiyatdir.

O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatida sof trast operatsiyalari mavjud emas. Hozirgi vaqtda ular emitentlarning obligatsiyalarini birlamchi joylashtirish ya'ni, anderrayting bilan shug'ullanmoqdalar.

Ma'lumki, korporativ qimmatli qog'ozlardan biri xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning obligatsiyalari hisoblanadi. Korporativ obligatsiyalarning boshqa qimmatli qog'ozlarga nisbatan quyidagi afzallik tomonlari mavjud:

•sarmoyadorlar aktsiyadorlar huquqlarini buzish holati riskidan ozod bo'ladilar, chunki korporativ obligatsiyalar mulkiy va boshqaruv huquqini bermaydi;

•korporativ obligatsiyalar oddiy aktsiyalarga nisbatan qat'iy belgilangan daromadni kafolatlaydi. Ko'p holatlarda korporativ obligatsiyalar bo'yicha daromadlar xar chorakda to'lab boriladi. Ushbu omil korporativ obligatsiyalarga bo'lgan moddiy manfaatdorlikni kuchaytiradi;

•korporativ obligatsiyalar bo'yicha bitimlarni rasmiylashtirish va uni amalga oshirish bo'yicha transaktsiya xarajatlari sezilarli tarzda qisqaradi;

•korporativ obligatsiyalarning likvidligi uning nashri bo'yicha anderrayter tomonidan ta'minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in Joint Stock Company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Кабулов, Х. А. (2020). ПРИОРИТЕТНЫЕ ВОПРОСЫ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА. ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС теория и практика № 9-1 (67), 9(1), 147.

11. Kobulov, K. (2020). Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets. Архив научных исследований, 35.

12. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

13. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

14. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛИКДАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

15. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

16. Kobulov, K. (2020). СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА В УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Архив научных исследований, 35.

17. Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

18. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

19. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.